Ijtimoiy – o‘z ichiga regional, kasbiy, marosimiy, erotik, ramziy, belgi funksiyalarini oladi.
Estetik – o‘z ichiga badiiy-timsoliy va sof estetik funksiyalarni oladi.
Kiyim tasnifi
Zamonaviy kiyim juda xilma xil. Uning tasnifi jins, yosh belgisi, inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanishi (maqsadiy vazifasi), mavsumiy va gazlama turiga qarab amalga oshiriladi.
Jins, yosh belgisiga ko‘ra kattalar uchun (erkaklar va ayollar) va bolalar uchun (o‘g‘illar va qizlar) kiyimiga bo‘linadi.
Inson turli faoliyat sohalarida foydalanilishiga ko‘ra kiyim maishiy, kundalik, uy, tantana, sport, ishlab chiqarish, forma kiyimlarga bo‘linadi. Maishiy kiyim o‘z ichiga turli maishiy va ijtimoiy sharoitlarda kiyiladigan kiyimlarni oladi. Bu ish va turli mashg‘ulotlar uchun kostumlar, madaniy va tomosha joylariga borish uchun tantanali kostumlar, dam olish va uyda ishlash uchun kostumlardir.
Kundalik kiyimda insonga ishga tayyorgarlik xarakterini beruvchi ishbilarmonlik kostumi tipi o‘z o‘rnini egallagan.
Uy kiyimi uyda dam olish, turli mashg‘ulotlar va ishlarni bajarish uchun qulay bo‘lib, o‘z egasining individualligini erkin namoyon bo‘lishiga imkon beradi. Aniq yechimlar turli-tumanligi bilan tantanalar uchun kiyim farqlanadi.
Sport kiyimiga kasbiy va qiziquvchanlar sporti uchun kiyim kiradi. Kasbiy sport kiyimini aniq sport turining talablarini maksimal qondirish utilitar bo‘libgina qolmay, ushbu sport turi uchun xarakterli harakatlar bajarilishini osonlashtirishi kerak. Qiziquvchanlar sporti uchun kiyim utilitar funksiya bilan bir qatorda ma’lum darajada estetik funksiyalarni ham bajaradi.
Ishlab chiqarish kiyimi ishlab chiqarish turlari bo‘yicha bo‘linadi va ba’zi hollarda maxsus himoya kiyimi (metallurgiya, kimyo va boshqa korxonalarda) kabi, boshqa hollarda esa belgili kiyim kabi (yo‘l ishchilari uchun to‘q sariq rangdagi jaketlar) hal etiladi.
Formali kiyim harbiy xizmatchilar, maxsus idora xizmatchilari, o‘quvchilar, sport jamiyatlari va jamoat tashkilotlari a’zolari uchun mo‘ljallangan. Harbiy xizmatchilar uchun kiyim qo‘shin turlari bo‘yicha bo‘linadi, farqlar eng avvalo kiyim rangida va farqlashbelgilarida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |