Mundaraja kirish I. Bob. Tog`li hududlarga tavsif va tabiatidan foydalanishnig geografik jihatlari


Download 156.5 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1579594
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
HISOR TIZMASINING

Tog` zanjiri — uzun cho`zilgan balandlik. burmalanish zonasining yo`nalishi bo`yicha juda katta masofaga cho`ziladi. Har bir tog` zanjiri boshqasi bilan tog` vodiysi bilan ajralib turadi. Tog` qirrasi — tog` yonbag`rilarini kesishgan chizig`i.
Yassi tog` nisbatan bir xil yuzaga ega bo`lgan ulkan maydonlar. (Afrika, Braziliya, Avstraliya, Hindiston, Markaziy Osiyo va h.k). Tog`liklar — tog` tizmalari va yasi tog`lardan iborat bo`lgan keng hududlar (Cherskiy, Eron, Tibet, Katta havza).
Yer po`stining rivojtanishida va Yer yuzasi relyefini hosil bo`lishida tog` hosil bo`lish yoki burmalanish bosqichlari muhim ahamiyati kasb etadi. Yer po`sti rivojlanishi tarixida quyidagi burmalanish bosqichlari ajratiladi: Baykal, kaledon, gersin, me-zozoy (kimmeriy va laramiy), Alp.
Baykal tog` burmaiamsh bosqichi proterozoy erasiniing oxiri va kembriy davrining boshida ro`y bergan. Mazkur burmala­nish bosqichida Baykal bo`yi, Baykalorti tog` tizmalari, Sayan tog`Iari, Braziliya yassi tog`ligi, Koreya yarim orolidagi ba`zi tog`lar, Janubiy Afrikadagi tog`lar ko`tarilgan. Mazkur burma­lanish jarayonida barcha qadimgi platformalar shakllangan.
Kaledon burmalanish bosqichi paleozoy erasining birinchi yarmida (Kembriy, Ordovik, Silur) sodir bo`lgan. Asosan ilk paleozoy bilan o`rta paoleozoy o`rtasida ro`y bergan. Burmalar, tog`lar paydo bo`lgan va magma otilib chjqqan. Ikkiga bo`linadi: yerta kaledon burmalanish bosqichi, ordovikning oxiri, silur-ning boshlarida ro`y bergan; kech kaledon burmalanish bosqichi, silurning oxiri va devon davrining boshlarida sodir bo`lgan. Mazkur burmalanish bosqichda Grenalandiya, Britaniya orollari, Skandinaviya, Qozog`iston past tog`larining g`arbiy qismi, Shimoliy Tyanshan. Oltoy, G`arbiy Sayan, Shimoliy Mongoliya, Janubi-sharqiy Xitoy togiari paydo bo`lgan.
Gersin burmalanish bosqichi paleozoy erasining ikkinchi yarmida (devon, karbon, perm) sodir bo`lgan. Devon davrining oxiri va karbon davrining boshlaridan boshlanib o`rta va kech karbonda kuchaygan va trias davrining o`rtalarida tugagan. Ger­sin burmalanish bosqichida Britaniya orollaridagi Kembriy tog`Iari, Kornoul yarim orolidagi tog`lar, Armorikan massivi, Reyn slanesli tog`lari, Gars rudali tog`lari, Ural, Tyanshan, Oltoy, Kunlun, Sharqiy Avstraliya, Appalachi, Atlas tog`lari, Qozog`iston past tog`larining sharqiy qismi ko`tarilagn. Keyin-chalik mazkur gersinidlar platforma holatiga o`tgan.
Mezozoy burmalanishi. Ikki qismdan iborat: kimmeriy va Laramiy burmalanish bosqichlari.
Kimmeriy (Qoradengiz bo`yidagi qabila nomi) burmalanishi mezozoy erasining boshi va o`rtalarida sodir bo`lgan. Mazkur bosqichda burmali va ko`tarilma harakatlar va magmatizm ja-rayonlari xos bo`lgan. Qadimgi kimmeriy burmalanish bosqichi triassning oxiri va yura davrining boshlarida sodir bo`lgan. Mazkur bosqichda Verxoyansk-Kolima tog`li o`lkasi, Shimoliy Amerikada Kordilera tog`larining katta qismi ko`tarilgan.
Laramiy bosqichi (AQSHdagi Laramiy daryosi nomidan olingan). Bo`r davrining oxiri va paleogen davrining boshlarida sodir bo`lgan. Mazkur burmalanish bosqichida Shimoliy Amerikadagi qoyali tog`lar, uzoq sharqdagi Sixota-Alin, Saxalin tog`lari ko`tarilgan. Tibetda va Malay yarim orollarida ham sodir bo`lgan.
Alp burmalanish bosqichi kaynazoy erasida sodir bo`lgan. Ushbu burmalanish bosqichi ro`y bergan Alp tog`lari nomi bi-lan atalgan, Alp burmalanish natijasida hozirgi mavjud ko`p tog` tizmlari ko`tarilgan. Ular ikkita tog1 mintaqasini hosil qilgan (Alp-Ximolay va Tinch okean):
— Alp-Ximolay mintaqasi: Pireney, Andalusiya, Atlas, Apen-nin, Alp, Bolqon, Karpat, Kavkaz, Kichik Osiyo, Eron, Hindiqush, Ximolay tog`lari;
— Tinch okean mintaqasi: Koryak, Kamchatka, Saxalin, Yapon, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya, And tog`lari, Aleut orollari va h.k.
Burmalanish bosqichlari davomida Yer yuzasidagi asosiy relyef shakllari hosil bo`lgan.
Alp burmalanishi bosqichida hosil bo`lgan tog`lar baiandligi, kuchli parchalanganligi bilan ajralib turadi. Jahondagi eng baland tog`lar Alp burmalanish bosqichida hosil bo`lgan (Alp, Himolay, Kavkaz, Pomir, And, Hindiqush, Kordilera).
Vulqonlar ham turli xil tog` relyef shakllarini hosil qiladi. Ulardan keng tarqalganlari quyidagilar: Lavali qoplamalar (trapp yuzalari), Islandiyada, Yangi Zelandiyada, Azor, Kanar va Gavay orolla-rida keng tarqalgan. Hozir ular kam uchraydi ammo qadimda juda keng tarqalgan (Sibir, Kavkazorti, Hindiston yarim oroJi Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy Afrika, Avstraliya, Ant-raktida); Magma cho`kindi jinslar ichiga kirib borib va u yerda qotib qolishi natijasida Yer yuzasida gubazsimon balandliklar hosii qiladi. Lavalarni otilishi va chor atrofga oqib ketishi natijasida qalqonli vuikanlar hosil bo`ladi (Gavay, Islandiya Polineziya orollari, Sharqiy Afrika), lava va maydalangan tog` jinslarining otilishi natijasida qatlamsimon vuikanlar hosil bo`ladi. Ular ko`p hollarda baland bo`ladi, cho`qqilari qor chizig`idan yuqorida bo`ladi. Masalan, Chimborasi vulkanining mutlaq balandligi 6262 m, Kotopoxi—5897 m, Elburs—5642 m.t Popokatepetl—5452 m, Ararat 5165 m, Fudziyaina 3776 m.

Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling