Mundaraja kirish I. Bob. Tog`li hududlarga tavsif va tabiatidan foydalanishnig geografik jihatlari
Download 156.5 Kb.
|
HISOR TIZMASINING
- Bu sahifa navigatsiya:
- - yaylovlar, lalmikor va sug`orma dehqonchilik hududlarida ixotazorlar barpo etish;
- - yer resurslaridan samarali foydalanish maqsadida geoekologik monitoringni tashkil etish;
Manba: Abdullaev S. I.,Usmonov I. 1981 Hozirgi paytda Qashqadaryo viloyati yer resurslaridan qishloq xo`jaligida foydalanish tuzilmasida uchta asosiy tarmoq – yaylov chorvachiligi, sug`orma (obikor) dehqonchilil va lalmikor dehqonchilik mavjud. Tabiiy yaylovlarni tog`, dasht, cho`l, quriq, to`qay va o`rmon yaylovlariga ajratish ham joyning tabiiy xususiyatlariga bog`liq. Qashqadaryo viloyatining tog`li qismida ham yer resurslaridan yaylovlar sifatida foydalanish imkoniyatlari katta. Adirlar va pastak tog`larning yonbag`irlari mol boshqish va pichan tayyorlash uchun, o`rtacha baland va baland tog`lar bahor, yoz va kuz oylarida mol boqish uchun foydalaniladi. Yer resurslaridan yaylovlar sifatida foydalanishda tabiatni muhofaza qilishga jiddiy e`tibor berish lozim. Chunki yaylovlarning barcha xildagi tuproqlari relefning xususiyatlariga bog`liq holda turli darajada ifodalangan eroziya (yuvilish) jarayonlari ta`siri ostidadir. Shuningdek, yaylovlarning o`simlik qoplamidagi o`simliklarning bioekologik sharoitlarini e`tiborga olmasdan foydalanashi o`simlik resurslarining tabiiy tiklanish sharotilarini qiyinlashtiradi va o`simlik qoplamining siyraklashuviga olib keladi. O`simlik qoplamining siyraklashuvi esa o`z navbatida suv va shamol eroziyasini kuchayishiga, tuproqlardagi organik moddalarning yuvilishiga yoki uchirilib ketishiga, pirovard natijada yaylovlar mahsulodorligining kamayishiga olib keladi. Yer resurslaridan yaylovlar sifatida foydalanishda o`simlik qoplamining biologik mahsuldorligini va o`simliklarning bioekologik sharoitlarini e`tiborga olgan holda almashlab foydalanishni, mahsuldorligi pasaygan yaylovlarni ozuqa bop o`simliklarni ekish bilan oshirish lozim. Xisor tizmasining janubiy-g`arbiy tarmoqlarida o`simlik turlari g`oyatda boy bo`lishiga qaramay daraxtsimonlarni turi kam qashqaryoni tog`li mintaqasida tabiiy holda usadigan daraxt va butalar 60 ga yerlar yetmas qadimiy dexqonchilik ulkalaridan biri bulgan bu mintaqada o`rmonlarni turli maxsulotlar uchun kesilishi, kontinental tog` iqlimi daraxtchil florada yangi turlar paydo bo`lishi uchun noqulay bo`lgan, chamasi archadan tashqari shumtol, bargi zarang, Turkiston zarangi va Semyonov zarangi kai uch tur suz teragi, kumush jiyda, uchqat kabi daraxtlar o`sadi. Na`matak, bodom, qora va qizil zirk, julg`un va boshqa butasimonlar deyarli hamma joyda uchraydi va daraxtsimon butalar tog` dashtning quruq iqlimgiga moslashgan tikanli kserofil o`simliklari dir. Bu yerda uchraydigan yovvoyi nok va pista issiq va sernam subtropik o`lkalar florsi bo`lgan o`simliklar esa janubiy o`lkalar bilan o`simliklar taraqqiyotida aloqa bo`lganligini ko`rsatadi. Sigirquyruq, kiyiko`t, tog` rayhon, tog` jambuli, zira, shirach, marmarak, mavrak, kovrak, anzur, ravoch, lola,yersovun, tog` yalpiz, yetmak va boshqa o`simliklar bilan bir nechta turda uchraydi. Bu rayonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida kampirchopon oilasiga kiruvchi mehrigiyo o`simligining ikki turi topildi. Endem turi o`simliklarini deyarli barchasi “ Qizil kitob” ga kiritilgan. Mintaqaning hayvonot olami viloyatning boshqa qismlari uchun xos bo`lgan kaltakesaklar, kemiruvchilar, tuyoqlilar kabilarning xilma – xil turlari tarqalganligi bilan ta`riflanadi. Jayron, bo`ri, tulki kabi sutemizuvchilar bilan birga bo`g`ma ilon kabi sudralib yuruvchilar, shuningdek, tipratikan, qo`shoyoq, yumronqoziq kabi hayvonlar uchraydi. Adir va tog` da bo`ri, tog`echkisi, qor qoploni, oq tirnoqli ayiq, tulki, quyon, bo`rsiq, yvvoyi cho`chqa va boshqa havvonlar bor. Xilma – xil qushlar, hasharotlar juda ko`p. Hisor davlat qo`riqxonasining tashkil etilganligi ko`pgina hayvonlarni saqlanib qolishiga olib keldi. Jumladan, oq tirnoqli ayiq, qor qoploni minzbir sug`uri kabi hayvon va qushlar jahon “Qizil kitob” idan o`rin olgan. Hisor tog`larining etaglarida juda zaharli ilon ( ko`zoynakli ) kobra uchraydi. Uning uzunligi 1,5 metr. Qushlardan burgut,miqqiy, bedana, kaklik, ko`k qarg`a, tuvaloq kam uchraydigan uikki, dala chumchug`I kabi qushlar uchraydi. Tog` o`rmonlari sutemizuvchi hayvonlarga juda boy o`rmon sichqonlari, sug`ur, ko`rshapalaklar, Buxoro takatumshug`I, kalamushlar va boshqa hayvonlar yashaydi. XULOSA Hisor tizmalarida yuqorida ta`kidlab о`tilganidek, tabiiy sharoitlar va resurslarning qulayligi tufayli obikor va lalmikor dehqonchilikda ancha katta miqyoslarda foydalanilgan va ularning rivojlanishi tabiiy-antropogen tavsifga ega bо`lgan. Buning natijasida hozirgi paytda hudud doirasida katta maydonlar о`zlashtirilgan va hozirgi landshaftlarning aksariyat katta qismi ularning о`zgartirilgan (antropogen) turlaridan iborat. Hisor doirasida joylashgan Chiroqchi, Shahrisabz va Kitob, Yakkabog`, Qamashi, Dehqohobod ma`muriy tumanlarining sug`orish tizimlari atrofidagi barcha maydonlar dehqonchilik qilinadgan yerlarni tashkil etadi.Hiisor tarmoqlari etagidagi adirlar va unga tutash hududlar Hisor tizmasining janubi – g`arbiy tarmoqlari bilan Kitob – Shaxrisabz botig`I, Qarshi qiya tekisligi, Surxondaryo vodiysining oralig`ida qiya tekisliklar sifatida anchagina katta maydonlarni ishg`ol qiladi. Tog`larda quyidagi landshaft tiplari ajratiladi: 1. past tog`larning chala chо`l landshaftlari, 2. о`rtacha baland tog`-dasht landshaftlari, 3. о`rtacha baland tog`-о`rmon landshaftlari, 4. baland tog`-о`tloq-dasht landshaftlari va 5. baland tog` glyatsial-nival landshaftlar. Botiq doirasida esa 1. chala chо`l va 2. quruq dasht tiplari ajratiladi. Landshaft tiplari va undan yuqori iyerarxiyada turadigan taksonomik birliklar (sinflar va kichik sinflar) nafaqat tabiiy sharoitlarning majmuasiga, balki xо`jalikda foydalanish xususiyatlariga kо`ra ham bir-biridan farq qiladi. Bu xilma-xillik esa о`z navbatida xо`jalik tarmoqlarining ixtisoslashuviga, ishlab chiqarish unumdorligiga katta ta`sir kо`rsatadi. Shu sababli landshaftlarning hududiy tabaqalashuvi sharoitlarini kichikroq birliklarga (turlarga) va landshaftlarning morfologik birliklari (fatsiya, urochishe va joy) bо`yicha о`rganish ularning tabiiy-xо`jalik xususiyatlarini yanada yaqqolroq ochib berish va landshaftlarning tabiiy imkoniyatidan meliorativ tadbirlar о`tkazish yordamida unumliroq foydalanish mumkin. Qashqadaryo viloyati ham mamlakatimizdagi tog` hududlaridan biri bо`lib, viloyatning Kitob, Shahrisabz, Yakkabog`, Qamashi, G`uzor, Dehqonobod va Chiroqchi tumanlarida ancha katta maydonlar tog` hududlariga mansub. Viloyatimizning dengiz sathidan 800 metr yuqorida joylashgan “sof” tog` hududlarining maydoni 760 ming ga (7,6 ming km2) yoki viloyat umumiy maydonining 26 foizini tashkil etadi. Bu kо`rsatkich butun respublika miqyosida 43 foizni tashkil etadi. Respublikamizda 23 ta tog`li ma`muriy tumanlar mavjud. O`rta Osiyo tog`li hududlari qishloq xo`jaligining majmuali rivojlantirish dasturida tabiatdan foydalanishni, aholi joylashuvini, kurort – rekreatsion tizimini rivojlantirishni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Tog` – tekislik va tekislik – tog` relyef elementlari o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik xususiyatlari ishlab chiqarish yo`nalishidan kelib chiqadi. Ma`lumki, mintaqaning iqtisodiy salohiyati qanchalik yirik regionda bo`lsa, u holda tog` va tekislik orasidagi aloqa shunchalik iqtisodiy yuksalgan bo`ladi. Tekisliklarning iqtisodiy rivojlanishi ko`p hollarda tog` xo`jaligiga bog`liq. Suv – energetika, mineral resurslar qishloq xo`jaligi va rekreatsiya resurslari bilan o`ziga xos samaradorlikka ega. Bundan tashqari, kaliy va osh tuzining ulkan zaxirasi mavjudki, yaqin kelajakda bu foydali qazilma turlari mamlakatimiz sanoatining bir qator tarmoqlarida xom ashyo sifatida foydalanila boshlandi.Tabiatdan foydalanish jarayonida asosiy e`tibor tabiiy resurslarni iste`mol qilishga qaratilgan bo`lib, tabiatdan foydalanishning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi bo`g`inlariga - tabiiy resurslarni ilmiy asosda o`rganish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilishga yetarlicha e`tabor berilmayotir. Shuningdek, tabiatdan foydalanishda ishtirok etadigan har bir tarmoq ko`proq o`zining manfaatlarini yuqoriroq qo`yganligi sababli tabiiy resurslardan foydalanishda nes – nobudgarchilikka ham yo`l qo`yilmoqda. Viloyatning ayrim tabiiy resurslari, xususan qurilish materiallari resurslari, mineral tuzlar, o`simliklar va hayvonot dunyosining resurslari yetarlicha foydalanilmayotgan sharoitlarda quyosh va shamol energiyasi kabi tabiatning “tekin” ne`matlari batamom foydalanilmayotir. Eng muhimi tabiiy resurslardan majmuali holda foydalanish tashkil etilganicha yo`q.Hisorning janubi – g`arbiy tarmoqlari tog` landshaftlarining hozirgi holati tabiatidan foydalanishni ilmiy asosda tashkil etishni taqozo etadi. Bizning nazarimizda tog` oldi landshaftlarida tabiatdan foydalanishni to`g`ri tashkil etishda quyidagi asosiy vazifalar birinchi galda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:- tog` va tog` oldi hududlarida tabiiy resurslarning tarqalishi, zaxiralari va ularni baholash bo`yicha ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish;- tog` va tog` oldi hududlarida tabiiy resurslarning hududiy tarqalishi va zaxiralarini aks ettiradigan landshaft kartalarini va ularga asoslangan ekologik kartalarni tuzish va tabiatdan foydalanishni ana shu kartalarning materiallariga asoslangan holda tashkil etish;- ushbu hududlarda har bir ishlab chiqarish korxonasi faqat tabiat muhofazasi bo`yicha emas, balki tabiatdan majmuali foydalanish rejasiga ega bo`lishi va shu reja asosida geoekologik tadbirlarni amalga oshirilmog`i lozim;- kon- qazlov sanoatida, neft – gaz sanoatida tabiiy resurslar qazib olingan va geologik qidiruv ishlari olib borilgan hududlarda landshaftlarni rekultivatsiya (qayta obodonlashtirish) ishlariga jiddiy e`tabor berilishi zarur;- yaylovlar digressiyasini oldini olish, ularda suv ta`minotini tubdan yaxshilash, ozuqabop o`simliklarni sun`iy ekish bilan yaylovlarning mahsuldorligini oshirish va yaylovlardan almashlab foydalanishni yo`lga qo`yish, sug`oriladigan yerlarda pichanzorlar tashkil etish lozim;- yaylovlar, lalmikor va sug`orma dehqonchilik hududlarida ixotazorlar barpo etish;- lalmi yerlarda tuproq unumdorligini va tuzilmasining buzilishini suv va shamol eroziyasidan, qayta sho`rlanish va zax bosishidan (sizot suvlari satxining ko`tarilishidan) himoya qilishga doir agrotexnik va gidromeliorativ tadbirlarni amalga oshirish;- yer resurslaridan samarali foydalanish maqsadida geoekologik monitoringni tashkil etish;- viloyatning tog` hududlaridagi Xisorak va Kitob qo`riqxonalarining maydonlarini kengaytirish.Hisorning janubi – g`arbiy tarmoqlari tog` va tog` oldi hududlarida tabiatdan foydalanish tizimini takomillashtirishning hududiy geoekologik muammolarini hal etish, ishlab chiqarish va tabiat (tabiiy resurslar) birgaligida vujudga keladigan ekologik iqtisodiy tizimlarning samaradorligini ta`minlaydi.yer va suv resurslaridan foydalanishda to`lov yo`lini amalga oshirish; meliorativ chora – tadbirlarni uzliksiz olib borish va boshqalar. Bozor iqtisodiyoti ilgari shakllangan sanoat tarmoqlarini doimiy ravishda jahon bozori talablariga moslashtirilib borishini taqozo etadi. O`zbekiston tog`lari yoqilg`I energetika, rangli metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, sanoati va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish hamda joylashtirish uchun katta ahamiyatga ega. Lekin tog`li hududlarda qishloq xo`jaligi va u bilan aloqador qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarini rivojlanishiga ustuvor ahamiyat berish lozim. Bu muammolarning hal etilishi respublika iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda muhim omillardan hisoblanadi. Download 156.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling