Mundaraja kirish I. Bob. Tog`li hududlarga tavsif va tabiatidan foydalanishnig geografik jihatlari
Hisorning tuproq – o`simlik qoplami va hayvonot dunyosi
Download 156.5 Kb.
|
HISOR TIZMASINING
2.2. Hisorning tuproq – o`simlik qoplami va hayvonot dunyosi
O`rta Osiyo materikning markazida, okeanlardan uzoqda, berk ( Kaspiy – Orol – Balxash ) havzasida joylashganligi, shimol va g`arb tomonga ochiqligi, sharq va janubdan qudratli tog` tizmalari bilan o`ralganligi o`lkaning eng muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. O`rta Osiyoning tabiiy sharoiti xususan,uning rel`efi, yotqiziqlarning litologik tarkibi, iqlimi va o`simliklari makonda o`zgaruvchan bo`lib, tupoqlarining tarqalishiga ham ta`sir ko`rsatgan. O`rta Osiyo o`lkasi shimoldan janubga uzoq masofaga cho`zilganligi hamda tekisliklar ko`pligi, iqlimiy omillarning shu yo`nalishda o`zgarishi va boshqa sabablarga ko`ra tuproqlari mintaqalangan. O`lkaning janubiy va o`rta mintaqalarida vegetatsiya davrining gidrotermik rejimi har xil bo`lishiga sabab, bahorning qisqa va issiqligi hamda sernamligidir. Yozning esa bahorga nisbatan quruq, issiq va uzoq davom etishidir. Qish oylarida esa olkada tuproq qoplami muzlaydigan darajadagi sovuqlarning kam kuzatilishidir. Qish oylarida o`lkaning janubiy qismlarida vegetatsiya kuzatilib, tuproq yuzasi muzlamaydi. O`lkaning shimol va tog` yonbag`irlari tomon iqlimiy o`zgarishlar tuproq qoplamida ham aks etadi. Iqlimiy va tabiiy sharoitning xususiyatlariga ko`ra o`lka hududida janubdan shimol tomon tekislikda cho`l –qum, taqirli, qo`ng`ir – bo`z, kashtan kabi tuproq mintaqalari ajratiladi. Ular orasida azonal omillar ta`sirida va daryo qayirlari hamda del`talarida gidromorf tuproqlar uchraydi. Iqlimiy o`zgarishlarning tog` yon bag`irlarini keskin farqlanishi, relef va o`simlik dunyosining balandlik o`zgargan sari o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`lib borishi tuproqlar ham o`zgarishiga sabab bo`ladi. Tyanshan va pomir togliklarida quyidagi tuproq o`simlik mintaqalarini ajratish mumkin: cho`l dasht yoki adir, quruq dasht, tog`-o`rmon-o`tloq-dasht, tog`-o`tloq va o`tloq-dasht subalp, tog`-o`tloq-o`tloq-dasht alp, baland tog`-dasht, baland tog`-cho`l, abadiy qorliklar va muzliklar. O`rta osiyo o`lkasining janubiy va sharqiy chegaralaridagi tog`lar kengliklar boyicha cho`zilmaganligi hamda ularning balandligi turli bo`lganligi quyoshga nisbatan joylanishi tuproqlarning tarqalishida o`ziga xos rol oynaydi. Yer yuzasining murrakab geomorfologik tuzumini tog` jinslari va iqlim sharoitlarini hilma- hilligi hamda inson xo`jalik faoliyatining tarixiy va xududi hususiatlari tufayli Hisor tizmasining janubiy- g`arbiy tarmoqlari va unga tutash xududlarda O`zbekiston uchun hos bo`lgan barcha tuproq turlari tarqalgan ammo tuproq o`simlik qoplami bu xududda balandlik mintaqalanish qonuniga bo`ysungan holda shakillangan o`simliklarni tarqalishda joyning balandligi yetakchi omil bo`lganligi tufayli akademik Q.Zokirovning O`rta Osiyo uchun keng qo`llaniladigan geobotanik balandlik mintaqalari tariflanayotgan xudud uchun ham amal qiladi chunki bu balandlik geobotanik mintaqalar tuproq o`simlik qoplami rivojlanishi va tarqalishdagi barcha geografik sharoitlarni xisobga olgan ayni vaqtda bu xudud avvaldan o`zlashtirilgan rayonlar bo`lganligi uchun o`simlik tuproq qoplami inson xo`jalik faoliyati natijasida bir muncha o`zgargan xususan adir va past tog`larda madaniy landshaftlar shakillangan bu yerdagi tipk o`simliklar qo`rg`oqchil iqlim sharoitida kisorofit harakterga ega bo`ladi. Tog` oldi va past tog`li chala cho`llar mintaqasidan(500-1200m) o`tloqlar sifatida va donli ekinlar (lalmikor) ekinda foydalaniladi. Bu yerlar uchun qoramtir tipik och bo`z tuproqlar harakterlidir. Bazi joylarda o`tloq, alyovial va sho`rxok tuproqlar ham uchraydi . Bir muncha unumdor bo`lgan tuproqli yerlardan donli ekinlar va beda ekishda foydalaniladi. O`simlik qoplami tog` oldi mintaqasida adir harakterga ega. Ularning asosiy qismini efemeriyod va ednmer o`simliklari: karrak, oqquray, ko`zoquloq, bug`doylik formasiyalari va boshqalar egallaydi. Bu formasiyadan tashqari butasimon o`simliklar ham uchraydi: bodomcha, namatak. O`rtacha balandlikdagi tog`larning tuproq mintaqasi tog`qung`ir tog`o`rmon qung`ir tuproqlari va ularning boshqa turlaridan iborat. Tog` qung`ir tuproqlarining asosiy turlaridan bu yerda tog` och qung`ir qoramtir qung`ir tuproqlar tarqalgan . Bu mintaqlarda yovvoyi arpa, bug`doyik, kiyko`ti va butalardan zirik, jiyda, pista, bodomcha tog`olcha usadi. O`rmonlarni archa, zarang, uchkat, irg`ay va boshqa daraxtlar tashki etadi. SHuningdek, bu yerda efemer va efemeriyod o`simliklar keng tarqalgan. Baland tog` mintaqasida (2500-2800 m dan baland) och qung`ir o`tloq - dasht tuproqlari shakllangan. O`simliklari boshoqli o`simliklar , sassiqmatal , tovsagiz , tipcha , bug`doyik , yovoyi arpa , yaltiroqbosh , shuningdek tikanli yostiqsimon kobrizya o`simliklari al`p va supal`p yaylovlarini tashkil etadi. Yer resurslarining Qashqadaryo viloyati hududida landshaftlarning balandlik mintaqalari bo`yicha taqsimlanish qo`yidagi 5- jadvalga berilgan:
Download 156.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling