Mundareja I. Kirish II. Asosiy qism


Download 1.36 Mb.
bet2/5
Sana15.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1269100
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ibodillayev Bobur. python labaratoriya.

PYTHON TARIXI
Python tilini rivojlantirish 1980 yillarning oxirlarida Gollandiyaning CWI instituti xodimi Gvido van Rossum tomonidan boshlangan. Amoeba (Amsterdam Universiteti) ning tarqatgan operatsion tizimi kengaytiriladigan stsenariy tilini talab qildi va Gvido bo'sh vaqtida Python-ni yozishni boshladi, ba'zi kodlarni ABC tillaridan olib mustaxkamladi. (Gvido dasturlashni o'rganishga yo'naltirilgan ushbu ABC tilni ishlab chiqishda ishtirok etgan). 1991- yil fevral oyida Gvido asl matnni alt.sources yangiliklar guruhiga joylashtirdi . Eng boshidanoq Python ob'ektga yo'naltirilgan til sifatida ishlab chiqilgan.
Gvidoning Python uchun muvaffaqiyat omillaridan biri tilni rivojlantirish uchun PEP hujjatlarini yaratishda, muhokama qilish, tanlash va amalga oshirishning aniq tartibga solinadigan jarayoni (inglizcha Python Enhancement Proposal) - Pythonni ishlab chiqish bo'yicha takliflar asosida amalga oshiriladi .2008 yil 3-dekabrda uzoq sinovlardan so'ng, Python 3000 ning birinchi versiyasi (yoki Python 3.0, shuningdek Py3k deb qisqartirilgan) chiqdi. Python 3000 arxitektura nuqsonlarini ko'pini yo'q qiladi va iloji boricha eski Python versiyalari bilan mosligini saqlab qoladi.
Python 2.7-ni dastlab 2015 yilgda, 2020 yilga Python 2.7 so’ngra Python 3.6.x va undan keyingi versiyalari yaratildi.


II. Asosiy qism

  1. Python dasturlash tilida sintaksis.

Python dasturlash tili sintaksisi o`zi kabi juda sodda: Satr oxiri instruksiyaning oxiri hisoblanadi (nuqta vergul shart emas) Pythonda sintaksis juda sodda tuzilishga ega. Quyida “Salom dunyo” gapini ekranga chiqaruvchi kod ko’rsatilgan: print ("Hello world") Har bir qator boshidagi bo`sh joy(отступ) muhim ahamiyatga ega. Kiritilgan amallar bo`sh joylarning kattaligiga qarab bloklarga birlashadi. Bo`sh joy istalgancha bo`lishi mumkin asosiysi bitta kiritilgan blok chegarasida bo`sh joy bir xil bo`lishi kerak. Noto`g`ri qo`yilgan bo`sh joylar xatolik yuz berishiga olib kelishi mumkin. Bitta probel bilan bo`sh joy hosil qilish yaxshi qaror emas uni o`rniga to`rtta probel yoki Tab belgisini ishlatish kerak. Odatda dasturlash tillarida abzats kodni oson o’qilishi uchun ishlatiladi. Ammo Pythonda abzats kodning blokini ajratib ko’rsatadi. Misol keltiramiz: if 5 > 2: print("Besh ikkidan katta"). Agar kodimizni mana bunday tarzda yozsak dasturda xatolik yuz beradi: if 5 > 2: print("Besh ikkidan katta") Pythonga kiritilgan amallar bir xil shablonda yoziladi. Bunda asosiy amal ikki nuqta bilan tugatiladi va uning orqasidan kiritilgan blok kodi ham joylashadi. Odatda, asosiy amalning ostidagi satr bo`sh joy bilan ajratiladi. Bazan bir nechta amalni bitta satrga nuqtali vergul bilan ajratgan holda yozish mumkin. a = 1; b = 2; print(a, b) Buni ko`p ham qo`llamang! Yaxshisi bunday qilmang, o`qishga noqulay.




  1. Pythonda chiziqli algoritm.

Masalani hal etish uchun tuzilgan algoritm tarkibidagi buyruqlar ketma ketligi uzluksiz bo‘lishi mumkin yoki qandaydir holatlarda shartlar asosida uzluksizlik tarqatilishi mumkin. Chiziqli algoritmlarda esa buyruqlar ketma-ketligi doim uzluksiz bo‘ladi. Tarif: Algoritm bajarilish vaqtida hech qanday to‘siqqa uchramasdan buyruqlar ketma-ketligi uzluksiz bajarilsa bunday algoritmlar chiziqli algoritm deyiladi. Demak, algoritm bajarilishida hech qanday shart bo‘lmaslik va uzluksizlik yo‘qolmaslik kerak. Algoritm tuzish vaqtida uning turini aniqlash uchun masala tarkibida hech qanday shart yoki takrorlanish bo‘lmaslik kerak. Har qanday masala algoritmini ham uchta chiziqli, shartli va takrorlanuvchi algoritmlar yordamida tasvirlash mumkin. Chiziqli algoritmlar bajarilish vaqtida buyruqlar ketma-ketligi buzilmasdan davom etadi. Misol: a ni qiymati berilganda quyidagi funksiyani hisoblash algoritmini keltiring. 𝑦 = 𝑎 7 − 𝑡𝑎 5 + 3𝑎 – 12. Bu masala algoritmini tuzish jarayoni a va t noma’lumning qiymati berilganda y funksiyaning natijasi hisoblanish kerak. Demak, faqat a va t ning qiymati kiritilib y funksiyaning natijasi hisoblanish kerak bo‘ladi. Berilgan masala uchun algoritmning quyidagicha ya’ni so‘zlar va bloksxema ko‘rinishida ko‘rinishida bo‘ladi:

Blok-sxemalar bilan ishlashni yaxshilab o‘zlashtirib olish zarur, chunki bu usul algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo‘lib, programma tuzishni osonlashtiradi, programmalash qobiliyatini mustahkamlaydi. Algoritmik tillarda blok - sxemaning asosiy strukturalariga maxsus operatorlar mos keladi.Shuni aytish kerakki, blokBoshlash 𝑦 = 𝑎 7 − 𝑡𝑎 5 + 3𝑎 − 12 a vat ni kiriting Y ni chiqaring Tamom sxemalardagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan katta farq qilmaydi. Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga-chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko‘rsatiladi. Aslida programma ham algoritmning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lib, u insonning kompyuter bilan muloqotini qulayroq amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling