Mundareja I. Kirish II. Asosiy qism
Masala 2. Uch xonali son berilgan.Uning yuzlar xonasidagi raqamini aniqlovchi programma tuzilsin
Download 1.36 Mb.
|
Ibodillayev Bobur. python labaratoriya.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masala 3 A va B haqiqiy sonlari berilgan.Shu sonlarni shunday o`zgartirish kerakki A son kichik B son kata bo`lsin A va B ning qiymati ekranga chiqarilsin.
Masala 2.
Uch xonali son berilgan.Uning yuzlar xonasidagi raqamini aniqlovchi programma tuzilsin. Pythonda tarmoqlanuvchi algoritm. Masala yoki muommoni hal etish jarayonida qandaydir shartlarga duch kelinsa, bu masala shartlarning bajarilishi asosida amalga oshiriladi. Masala yechimi aniqlanish jarayonida tuzilayotgan algoritmlar shartlar asosida tarmoqlanishi mumkin, ya’ni shart bajarilish asosida chin qiymat qabul qilganda algoritmning bir qismi yolg‘on qiymat qabul qilganda esa algoritmning boshqa qismi bajariladi. Algoritm bajarilish davomida har doim ham buyruqlar ketma-ketligi bajarilavermaydi, shunday holatlar ham mavjudki, algoritm tarkibida shartlar asosida buyruqlar ketma-ketligi tarmoqlanib ketadi. Ta’rif: Algoritm bajarilish vaqtida buyruqlar ketma-ketligi shartlar asosida u yoki bu qismga tarmoqlanishiga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar quyidagicha so‘zlar yordamida tasvirlanadi. Agar (shartli ifoda) u holda (hisoblansin) aks holda (hisoblansin) Tarmoqlanuvchi algoritmlar quyidagicha blok-sxema yordamida tasvirlanadi. S hart chin bo‘lganda algoritm 1 tomonga yolg‘on bo‘lganda esa 0 tomonga harakatlanadi. 1 yoki 0 o‘rniga ha yoki yolg‘on, + yoki – larni yozish mumkin. Algoritmni ifodalovchi blok-sxema ko‘rinishiga e’tibor qaratsangiz romb belgisi tarkibiga algoritm sharti keltiriladi. Agar algoritm sharti natijasi chin qiymat qabul qilsa, algoritm + tarafdagi buyruqlarga o‘tadi aks holda – tarafdagi buyruqlar ketma-ketligiga o‘tadi. Misol. Kvadrat tenglamaning a,b,c koeffitsentlari berilganda, uning ildizlarini hisoblash algoritmini tuzing. Masala 3 A va B haqiqiy sonlari berilgan.Shu sonlarni shunday o`zgartirish kerakki A son kichik B son kata bo`lsin A va B ning qiymati ekranga chiqarilsin. Pythonda takrorlanuvchi algoritm. Masala yoki muommoni hal etishda ba’zi jarayonlar bir necha marta takrorlanish mumkin. Algoritm tarkibida biror parametr qandaydir shartga bog‘liq ravishda oshishi yoki kamiyish hisobiga takrorlanish jarayonlari vujudga kelishi mumkin. Bunda bu jarayonlar takrorlanishlar orqali amalga oshiriladi. Ta’rif: Algoritmning ma’lum bir qismi qandaydir shartlar asosida ikki va undan ortiq bajarilishiga takrorlanuvchi algoritmlar deyiladi. Takrorlanuvchi algoritmlar bajarilish vaqtida uning qandaydir qismi bir necha marta takrorlanadi. Algoritm bajarilish davomida har doim ham buyruqlar ketma - ketligi bajarilavermaydi, shunday holatlar ham mavjudki, algoritm tarkibida shartlar asosida buyruqlar ketma-ketligi bir necha marta takrorlanish ham mumkin. Masalan 1 dan n gacha sonlarning kvadratlar yig‘indisi yoki yig‘indisi x ga teng sinuslarning kvadratlar yig‘indisi kabi masalalar algoritmi shartlar asosida takrorlanishlar yordamida tuziladi. Takrorlanuvchi algoritmlar asosan ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi. -Takrorlanishlar soni oldindan aniq; -Takrorlanishlar soni qandaydir shartlarga bog‘liq. Takrorlanishlar soni oldindan aniq bo‘lgan masalalarda algoritm bajarilishini bitta parameter soni bilan bog‘lanadi. Takrorlanishlar soni qandaydir shartlarga bog‘liq bo‘lgan holatlarda takrorlanishni shartli jarayon bilan ifodalanadi. Misol: Quyidagi yig‘indini hisoblang. p = sin(1) + sin(2)/2 + ⋯ + sin(𝑛)/𝑛 Berilgan masalani yechish algoritmi tarkibida takrorlanish soni oldindan ma’lum chunki bu n ga bog‘liqdir. Yuqorida keltirilgan algoritmning turlari asosida ixtiyoriy masala yoki muommolarni hal etish imkoniyati yaratiladi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling