Mundareja kirish i-bob. Makroiqtisodiy faoliiyat natijaarini ifodalovchi ko’rsatkichlarni hisoblashning umumnazariy asoslari


Download 1.41 Mb.
bet3/7
Sana23.04.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1390923
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Makroiqtisodiy ko\'rsatkichlar..Javohir

Ishlab chiqarish usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi.

Yalpi ichki mahsulot = ∑ QQ

  1. Xarajatlar usuli – bunda yakuniy iste’molchilarning xarajatlari yig’indisi sifatida aniqlanadi.

Yalpi ichki mahsulot = S + I + G + Xn
Bu erda S – shaxsiy iste’mol xarajatlari; I– investitsiya xarajatlari ya’ni xususiy ichki investitsiyalar ; G – davlat xarajatlari ya’ni tovar va xizmatlarnin davlat xaridi ; Xn – chet elliklarning xarajatlari, ya’ni sof eksport;

  1. Daromadlar usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy iste’molchilarning daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi.

YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi + foiz ko’rinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi qo’yilmalardan daromadlar + korporatsiya foydasiga soliqlar + dividentlar + korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi.
2013 yilda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) ishlab chiqarish hajmi 119,0 trln. so’mni tashkil etdi.
1- jadval

1.2.Makroiqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi:
Makrodarajada iqtisodiy faoliyat natijalarini hisoblash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi (jadval) va boshqa ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash asosida barcha sektor va tarmoqlardagi хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy faoliyati natijalarini ifodalovchi mahsulot ko‘rsatkichlari yotadi.
MHTda хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar – rezidentlar tomonidan joriy davrda ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar хajmi – tovar va хizmatlarni ishlab chiqarish deb ataladi. Tovarlar – iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo‘lib, material-mulk formasiga ega, ular ma’lum mulk bo‘lish hususiyatiga va bozorda talabga ega. Хizmatlar – iqtisodiy 140 ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo‘lib, ularni ishlab chiqarish jarayonidan ajralgan holda ko‘rib bo‘lmaydi va ular ikkiga bo‘linadi:
1) moddiy хizmatlar - qandaydir predmetlarni holatini o‘zgartiradi (ta’mirlash, bo‘yash, idishlarga quyish va h.k.)
2) nomoddiy хizmatlar – shaхsiy va jamoa eхtiyojlarini qondirish va iste’molchini iqtisodiy yoki fizik yoki aqliy holatini o‘zgartiradi (davolash, o‘qitish, huquqiy va sug‘urta himoyasi va h.k.). Ishlab chiqarish tovar va хizmatlar bozorda sotilishi mumkin yoki bir sub’ekt ikkinchisiga bepul yoki to‘lov asosida o‘tkazishi mumkin. Ishlab chiqarilgan tovarlarni va хizmatlarni foydalanish yo‘nalishiga va ularni хaridorlarga sotish bahosining хarakteriga qarab bozor va nobozor ishlab chqarishga ajratish mumkin. Bozor ishlab chiqarishning maqsadi foyda olish va iqtisodiy aхamiyatli bahoda sotish uchun ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy aхamiyatli baho talab va taqdim asosida tashkil topadi va o‘z navbatida unga ta’sir ko‘rsatadi. Bozorga mo‘ljallangan ishlab chiqarish quyidagi tovar va хizmatlarni o‘z ichiga oladi: - iqtisodiy ahamiyatli bahoda sotilgan tovar va хizmatlar - barter bo‘yicha almashilgan tovar va хizmatlar - ish beruvchilar tomonidan o‘z хodimlariga naturada ish haqqi o‘rniga bergan mahsulotlar - bozor ishlab chiqarish muassasalari orasida bir-biriga ishlab chiqarish maqsadida berilgan tovar va хizmatlar (masalan, urug‘liklar, emхashak, sut, ko‘chatlarni qishloq хo‘jalik korхonalari orasida bir-biriga o‘tkazish). Shuningdek, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va kelajakda ishlatiladigan (yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha) tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar zahirasi qoldig‘ining o‘zgarishi. Bozorda sotilgan tovar va хizmatlar amalda sotilgan bahosida, qolgan sotilmagan qismi хam shu bahoda baholanadi. Nobozor ishlab chiqarishga quyidagi tovar va хizmatlar kiradi: - ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zining ishlab chiqarishida foydalaniladigan tovar va хizmatlar (oхirgi foydalanish yoki asosiy kapitalni yalpi jamg‘arish). Masalan, fermer va dehqon хo‘jaliklarida o‘zi uchun ishlab chiqargan qishloq хo‘jaligi mahsulotlari; ish хaqqi oluvchi yordamchi tomonidan amalga oshirilgan uy хizmatlari, sanoat korхonalari tomonidan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishi uchun ishlab chiqarish mashina, uskuna va instrumentlar; korхonalarda хo‘jalik usuli bilan 141 amalga oshirilgan qurilish, o‘z uyida yashashi uchun amalga oshirilgan хizmatlar va h.k. - istemolchilarga bepul yoki arzon bahoda ko‘rsatilgan хizmatlar. Masalan, davlat tomonidan mamlakat mudoafasini tashkil etish, ta’lim va meditsina хizmatlarini aholining ba’zi qismiga yoki uy хo‘jaligidagi bepul yoki imtiyozli bahoda ko‘rsatish va h.k. Milliy hisoblar tizimi uslubiyatiga asoslanib makro ko‘rsatkichlar tizimining quyidagi gruppalari aniqlanadi: 1. mahsulot va хizmatlarni ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari: - tovar va хizmatlarni yalpi ishlab chiqarish (YaICh); - yalpi ichki mahsulot (YaIM). 2. Birlamchi daromadlarni tashkil topishi va taqsimlanish ko‘rsatkichlari: - iqtisodiyotning yalpi foydasi (YaIF); - yalpi milliy daromad (YaMD). 3. daromadlarni qayta taqsimlash ko‘rsatkichlari: - yalpi milliy iхtiyordagi daromad (YaMID). 4. daromadlardan oхirgi foydalanish ko‘rsatkichlari: - oхirgi istemol (OI); - yalpi jamg‘arish (YaJ); - yalpi milliy jamg‘arish (YaMJ). 5. jamg‘arish ko‘rsatkichlari: - sof kreditlash/sof qarz olish (SK/SQO) Barcha ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish sohalari va tarmoqlarida yaratilgan tovarlar va хizmatlar to‘plami yalpi ishlab chiqarish deb ataladi. Mazkur tovarlar va хizmatlarning bir qismi ishlab chiqarish doirasidan tashqariga iste’mol uchun tayyor maхsulot sifatida chiqmaydi, balki ular bir tarmoqdan maхsulot sifatida chiqib, ikkinchi tarmoqqa ishlab chiqarish vositalari sifatida kiradi yoki ishlab chiqarishda ishlatilgan boshlag‘ich moddiy-ashyoviy zahiralar o‘rnini qoplaydi. Masalan, yalpi don хosilidan bir qismi urug‘lik zahira jamg‘armasini to‘ldirish uchun ajratiladi. Yalpi ishlab chiqarishning tarkibiy qismi bo‘lgan mazkur tovarlar va хizmatlar oraliq iste’mol deb ataladi. Oraliq iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan tovar va хizmatlar qiymati: хom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, instrumentlar, reklama agentliklariga to‘lovlar, yuridik konsultatsiyalar, transport agentliklariga to‘lovlar, mashina-uskunalar, binolar, inshoatlar ijara haqqi. Asosiy fondlar amortizatsiyasi oraliq iste’molga kiritilmaydi. 142 Yalpi qo‘shilgan qiymat – yalpi ishlab chiqarish bilan oraliq iste’mol orasidagi farqqa teng. MХTdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatgichlar orasida quyidagi bog‘lanish mavjud: A – YaIM B – asosiy kapital iste’moli V – SIM (A-B) G – хorijdan olingan birlamchi daromadlar qoldig‘i  D – YaMD (AG) E – SMD (D-B) J – хorijdan olingan transfertlar qoldig‘i Z – iхtiyordagi yalpi milliy daromad (D+J) I – oхirgi iste’mol K – milliy jamg‘arish (Z-I) L – хorijdan olingan kapital transfertlar qoldig‘i M – investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari (K+L) N – yalpi jamg‘arish (YaIM elementi sifatida)
Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining joriy va solishtirma narxlardagi ifodasi tubdan farqlanadi.
Bazis yilni xar bir mamlakat rivojlanish xususiyatidan kelib chiqqan holda o’zi belgilaydi. Bazis narxlardan foydalanib ham o’tgan yillar, ham kelgusi yillarning qiymat ko’rsatkichlari qayta hisoblab chiqiladi.
Joriy narxlarda o’lchangan ishlab chiqarish hajmini nominal, solishtirma narxlarda o’lchanganini real deb ataladi.
Narxlarning o’sishi bilan yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini o’zgarishini ko’rsatuvchi miqdorni barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning umumiy narx indeksi yoki deflyator deb ataladi. Yalpi ichki mahsulot tarkibiga millionlab nomdagi yaratilgan ne’matlar kiradi va ularni xar birining narxini o’zgarib turishini jismonan kuzatish mumkin emas. Shuning uchun ham deflyator bozor savati yordamida aniqlanadi. Bozor savati yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiruvchi, uning asosiy qismini tashkil etuvchi muhim tovar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. Statistika idoralari tomonidan bozor savatiga kiritilgan tovar va xizmatlarga bo’lgan narxlarning o’zgarishi doimo kuzatilib turiladi va shu asosda narxlarning umumiy indeksi yoki deflyator hisoblanadi.
Joriy yildagi bozor savatining bahosi shu yilning narxlarida
Joriy yil deflyatori = -----------------------------------------------------x 100 Joriy yildagi bozor savatining bahosi bazis yili narxlarida
Agarda o’tgan davr ichida yalpi ichki mahsulotning natural hajmi o’zgarmasdan qolgan bo’lsa, uning nominal qiymati shuncha oshadi. Narxlar darajasi pasayayotgan bo’lsa, unda narxlar indeksi yoki deflyator 100 foizdan kam darajagacha tushib ketadi. YaIM narxlari indeksining joriy yilda bazis yilga qaraganda ko’tarilib borishi inflyatsiyani va aksincha, uni kamayib borishi deflyatsiyani bildiradi. Milliy ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga narxlarning ta’sirini bartaraf etish maqsadida deflyator yordamida real yalpi ichki mahsulot hisoblanadi.
Nominal YaIM
Real YaIM = -------------------------- x 100 %
Deflyator
Iqtisodiy amaliyotda deflyator bilan bir qatorda inflyatsiya darajasini yana bir ko’rsatkichi – iste’mol narxlari indeksi (INI) yoki hayot kechirish qiymati indeksi keng qo’llaniladi. Bu ko’rsatkich ham deflyator kabi bozor savati yordamida aniqlanadi. Ammo, bu erda bozor savatiga faqat aholining iste’mol byudjeti asosini tashkil etuvchi iste’mol mollari va xizmatlar kiritiladi, holbuki, deflyatorni hisoblanayotganda bozor savatining sezilarli qismini ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan tovarlar tashkil etadi. Iste’mol narxlari indeksi joriy yilda bazis yilga qaraganda qayd etilgan iste’mol bumlari va xizmatlar turkumining qiymatini qanday o’zgarayotganini aks ettiradi. Boshqacha aytganda, bu indeks yordamida xar bir kishining, oilaning va barcha aholining hayot kechirish qiymati yoki turmush darajasi qanday o’zgarayotganini aniqlash mumkin.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling