Mundareja: kirish
Jismoniy tarbiya darsning mazmuni
Download 46.51 Kb.
|
99-933-52-42
2.1 Jismoniy tarbiya darsning mazmuni
Jismoniy tarbiya darsida jismoniy mashqlarga o‘rgatish jarayoni harakatga o‘rgatishning asosini tashkil kiladi. Raem, ashula va boshqa darslarda bolalar diqqati juda aktiv bo‘ladi. Jismoniy tarbiya darslarida ham mashklarni o‘zlashtirishda bolalar dikqatini yuqorida qayd qilingan darslardagidek bo‘lishiga erishish kerak. O‘rgatishning boshlang‘ich etapi. Mashqni bajarilishini boshlanishi bilanok tushuntirishga, dikqat bilan eshitishga erishish, bajarilayotganni to‘la tasavvur kilish, ijroni tahlili va uni bajarishga zo‘r ishtiyokni, intilishni paydo kilish lozimligi ta’limning birlamchi etapini asosiy mazmunini tashkil etadi. Kichik yoshdagilarga iloji boricha o‘yin tarzidagi xarakatlarni o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish o‘qitishning boshlang‘ich etapni asosiy vazifasidir. Bolalarda o‘sha faoliyatga kerak bo‘lgan harakatni bajarmaslikka olib keladigan sabablarni ko‘ra bilish, o‘rgatishning samarali boshlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va o‘qitishda yaxshi natija beradi. O‘smirlarga mashg‘ulotlar paytida eng dastlabki bajarish ular uchun tanish sharoitda, tashki qo‘zg‘atuvchisiz, chalg‘ituvchilarsiz amalga oshirilishi muhim. Professor Kas’yanovning yozishicha tajriba maktabining darsiga tajriba o‘rgangani bir guruh nazoratchilar kelgan. Uni kurgan o‘qituvchi, bolalar yaxshi kurgan sport jihoalarida, bolalar uchun tanish bo‘lgan mashklardan foydalanib mashg‘ulot o‘tkazgan. Ajablanarlisi shu bo‘lganki, o‘quvchilar o‘zlari duppadurust avval bajargan mashqlarini bajarishda ham ancha qiyinlashgan. Darsda qatnashayotgan nazoratchilar o‘kuvchilar uchun qo‘shimcha ko‘zg‘atuvchi bo‘lgan, bu bilan o‘quvchilarning bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ida yangi ko‘zg‘alish o‘chog‘i vujudga kelib mavjud shartli harakat reflekslarini normal o‘tishiga to‘siq yuzaga kelganligi kuzatilgan. Yukori sinfdagilar harakatlarni birinchi ko‘rishdanoq yaxshi bajarishlari mumkin. Bunga sabab ularning jismoniy tayyorgarligining yuqoriligi va uddalash qobiliyatlarini yetarliligi sabab bo‘lishi mumkin. Harakatga o‘rgatishda, o‘rganilishi lozim bo‘lgan mashkni dastlab muskul kuchni oz sarflab, harakatlarni sekinlashtirilib bajarish bilan o‘rgatilsa material oson o‘zlashtiriladi. Bir xil harakatni uzok takrorlash xarakatga o‘rgatish samaradorligini pasaytiradi. Shuning uchun o‘sha harakatga monand, bajarish texnikasi o‘zlashtirilayotgan mashqga yaqin jismoniy mashqlar yoki harakatli o‘yinlardan foydalanishning samarasi katta. Amaliy materiallarni o‘zlashtirish o‘z navbatida yangisini o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Uzunlikga sakrash, masofada tez yugurishni osonlashtiradi. Ammo mashg‘ulotlar davomida bir mashg‘ulotda, darsdan bir xil jismoniy sifatni rivojlantiruvchi mashqlarni tanlash bolalarda darsga qiziqishni so‘ndiradi. Yukori natijalarga erishish uchun ayrim mashqlarni ko‘p marotalab takrorlash zarur. Amaliyot shuni isbotladiki 60 m ga IX sinf o‘quvchisi I ,4 sek natijasidan 0,9 sekundga' tushunturguncha 2 yilda maxsus mashqlar bilan qo‘shganda 26 km yugurishi kerak ekan. Mustahkamlash va takomillashtirish etapi harakatga o‘rgatish jarayonida muhim ahamiyatga ega va bu jarayon o‘quvchilarning yoshi xususiyatlari bilan bog‘liq. O‘zlashtirilgan harakat malakasi yarim sharlar po‘stlog‘ida hali chukur iz koldirmagan bo‘ladi. Uni chukurlashishi mustahkamlash hamda takomillashtirish etapida me’yoriga yetadi. Hosil bo‘lgan «iz» ma’lum davr o‘ltandan so‘ng ham eski malakani qaytadan tiklanishiga sababchi bo‘lishi mumkin. O‘quvchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Kichik maktab yoshidagilarda jismoniy sifatlar rivojlanadi. Lekin bu rivojlanish ma’lum yillarda ayrim sifatlarni oldinlab, ma’lumotlarini esa kechroq rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bunga yashash sharoiti, kun tartibi, jismoniy mehnat va kator boshqa ijtimoiy faktorlar sabab bo‘ladi. Bundan tashkari yoshlar, o‘smirlar va kichik yoshdagilarni jismoniy sifatlarini tarbiyalanishi tabiiy ravishda o‘zgarayotgan va rivojlanayotgan organizmning xususiyatlariga ham bog‘liq. Eng muhimi maqsadga muvofik holda uyushtirilgan Mashg‘ulotlar harakat sifatlarini rivojlantirishda asosiy rolni o‘ynaydi. Harakatga o‘rgatish bilan bu jarayon o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib quyidagilarga yo‘naltirilgan: 1. Jismoniy sifatlar, turli xil yoshdagilarda, har xil rivojlangan bo‘lib, harakat malakalarini egallashda muhim ahamiyatga ega. Ularni rivojlanishi organizmning funksional qobiliyatini yaxshilaydi va kuchaytiradi. 2. Ayrim hollarda ma’lum yoshdagilarda uchraydigan jismoniy sifatlarni rivojlanmay qolishi yoki orqada qolishi o‘zlashtirishni orqaga suradi. 3. Ayrim jismoniy sifatlarini esa normal rivojlanishini chetga burilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 4. Jismoniy sifallarni rivojlantirish uchun ortiqcha mehnat qilishga, energiya sarflashga yo‘l bermaydi. Sobiq Ittifoqning Fizkultura ilmiy tadqiqot institutlarining tadqiqotlari natijalariga Karaganda maktabda fakat jismoniy tarbiya darsida shug‘ullanishi bilan cheklangan bolalar bilan, shu yoshdagi, o‘sha sinfda yengil atletika seksiyasida shug‘ullangan bolalar orasida jismoniy sifatlar rivojlanishida fark yuzaga keladi. 10 oylik mashklar davomida seksiyaga borganlarning kaftini stanvoy kuchi 4-6 va 8-10 kg bo‘lgan. Faqat darsda shug‘ullanganlarniki esa 2-3 va 4-6 bo‘lgan xolos. Demak, maxus yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar jismoniy sifatlarni rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Kuch, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik, tezlikni rivojlantirishda o‘sha sifatlar uchun moe, talabga javob beradigan mashklar tanlab olinib, uning me’yori, bolaning yoshi, jinsi hamda jismoniy tayyorgarligiga qarab berilsagina o‘quvchilarni garmoniy tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lar ekan. Harakatga o‘rgatishda mashklarni barcha jismoniy sifatlarga moslab tanlash va ulardan maksadga muvofiq foydalanish bilan jismoniy sifatlarni rivojlantirish mumkin. Ayrim mashqlar bilan alohida jismoniy sifatlar ajaratib rivojlantirilishi mumkin. Akrobatikadagi oldinga dumbaloq oshish mashqi chakkonlik va tanini boshqara olishni tarbiyalaydi, 30 metrga tez yugurish tezkorlikni va h.k. Shuning uchun biz ularni o‘sha sifatini rivojlanishiga omil bo‘ladi desak xato kilmagan bo‘lamiz. Lekin jismoniy mashklarni bajartirish usuliyati orqali o‘sha mashqni boshqa qator jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun vosita qilib foydalansa xam bo‘ladi. Tennis to‘pini bir maromda yerga urib turishimiz oldniga chakkonlikni tarbiyalasa, uni kuchliroq urib, so‘ng ilib olishni mashq kilsak kuchni va harakat koordinatsiyasi tarbiyalanadi. Shu mashkni bajarish muhlatini 30-20 soniyaga cho‘zsak (yerga urib tursak) chidamlilik tarbiyalanadi. Bu bilan jismoniy mashklarni maqsadli bajartirish metodikasi jismoniy sifatlarni rivojlantirishda asosiy omil rolini o‘ynaydi. Ayrim jismoniy sifatlarni tarbiyalashga e’tibor beraylik: Chakkonlik 1-1U sinf o‘kuvchilarida keyingi sinfdagilarga nisbatan oson rivojlanadi. Bu nerv jarayonidagi qo‘zg‘alish bilan tormozlanishni tez o‘rin almasha olishiga bog‘liq. Bizga ma’lumki, bu yoshdagilarda nerv almashinuvi tez kechadi. Shuning uchun asosiy omil qilib mayda guruh olinadi. Harakatli o‘yinlardagi bir xil reaksiyalar kutilmaganda boshqa bir xili bilan qisqa vaqt ichida o‘rin almashadi. Masalan, «Kun va tun» o‘yini chakkonlik sifatini yaxshi rivojlantiradi. O‘smirlarda chakkonlik boshka harakat sifatlariga nisbatan ancha rivojlangan bo‘ladi. Chunki ularda organizmni rivojlanishi sur’ati 5'ta yuqori, ularga oldingi yoshdagilarga nisbatan og‘irroq mashqlar tavsiya kilinadi. To‘pni irg‘itib oyoqni ko‘tarib uni ostida qarsak kilib ilib olish yoki 360°ga aylanib ilish, xilma-xil muvozanat saqlash mashklari, tanish bo‘lgan o‘yinlarning kiyinlashtirilgan variantlari qo‘llaniladi. Chakkonlikni tarbiyalashda sport o‘yinlarining ahamiyati katta. Katta yoshdagi maktab o‘kuvchilarida ko‘proq gavdani boshkarish, to‘siqlardan oshish, tayanish va osilishdek og‘ir jismoniy mashqlar tanlanadi. Tezlik. Kichik yoshdagilarda o‘rta yoshdagilarga nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘ladi. O‘g‘il bolalarda 8-10 yoshdan boshlab yaxshi rivojlana boshlaydi. 10 yoshga borganda bu sifatning zahirasi anchagina yukori bo‘ladi. Shu yillar mobaynida tezlikni o‘rtacha ortishining me’yori boshka yoshdagilarga nisbatan yukori bo‘ladi. Kizlarda bu qobiliyat bolalarnikiga nisbatan ozrokdir. Tezlikni rivojlanishi uchun ularga anchagina jismoniy mashqlar berish kerakki, ularning bosh miya po‘stloq qismida tezlik markazlari paydo bo‘lsin. Tezlikni rivojlantirish uchun quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi. 7-8 yoshdagilarga ko‘rish, ovoz signallariga o‘z vaqtidayok keskin javob beradigan, o‘z o‘rnini tez topib oladigan harakatli o‘yinlar, erkin yugurish va hokazolar. Qaysiki o‘sha o‘yinlarni o‘ynashda tezkorlikka yo‘naltirilgan vazifalar qo‘yiladi. 3-4 sinflarda esa 20-40m. Masofani tez vaqt ichida bosib o‘tish kerak bo‘lgan o‘yinlar tanlanadi. O‘smirlarda tezlik kichik yoshdagilarga nisbatan yaxshi rivojlanadi, kizlarda esa uni teskarisi, 12 yoshdan boshlab bolalarga nisbatan rivojlanishning kiya chizig‘i pastga tomon ketadi. Sababi ularda organizm yog‘ bosish jarayoniga beriladi, egiluvchanlik va moslanuvchanlik nisbatan susayadi. Nerv jarayonlarining kuchi, ta’sirchanligi ortib ketadi. 14 yoshga kelib tezlikning rivojlanishi aytarli susayadi. Bular uchun tez bajariladigan jismoniy mashqlar tanlab olinadi. Tanlangan mashqlar o‘ta yuqori tezlik bilan bajariladigan mashqlar bo‘lishi shart. Lekin tezlik uchun mashqlarni har doim bir maromda, ko‘p marotabalab, takrorlayverish ular organizmida shu tezlik uchun shartli refleks hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Unda tezlik rivojlanishi keskin susayadi. Shuning uchun mashkni turli xil sharoitda, xilma xil tarzda berish tavsiya kilinadi. Bunga e’tiborsizlik tezlik refleksini hosil bo‘lishiga, bir xil sur’atdagi tezlika namoyon kiladigan holatni yuzaga keltiradi. Ularga beriladigan mashq tezlik-kuch talab kiladigan bo‘lsin. 5-6 sinflarda 6-9 etapli estafetalar tanlanadi. Yoshlar va kizlar tezlikni rivojlantiradigan mashqlarga tez moslashadi. Qizlarda tezlik yoshlarnikiga nisbatan ancha past rivojlangan bo‘ladi. Ular uchun xarakterli vosita qilib 80-100 metrga yugurish, estafetalardan fodalanish lozim. Kuch imkoniyati kichik yoshdagilarda unchalik baland emas. SI. Galperin tajribasi natijasi 7-8 yoshdagi bolalar qo‘li bilan 2,5 kg kuchga ega ekanligini ko‘rsatadi. Kizlarda esa bu sifat anchalik suet rivojlangandir. Ularni tezlik sarf qiladigan mashqlar bilan ko‘p band kilmaslik kerak. /-// sinflarda jismoniy mashklar asosan jihozeiz bajariladi. IIIIV sinflarda esa nisbatan ozgina yuk ko‘tarib bajaradigan mashklar tanlandi. Rezina to‘plar, gimnastika tayoqlari, yengil otish bilan bajariladigan mashqlar qo‘llaniladi. 1-11 sinflarda asosan tanani to‘g‘ri tutish uchun qorin, ko‘krak, bel yonbosh muskullarini rivojlantirishga asosiy e’tiborni karatish kerak, chunki ularda tanani to‘g‘ri tuta bilish malakasi yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. O‘rta maktab yoshdagilarda kuchni yaxshi rivojlangan ekanligini ko‘rish mumkin. Muskullar asta-sekinlik bilan statik ishlar bajarishga moslasha boshlaydi. Qo‘l muskullari, yelka muskullari kuchi yaxshi rivojlana boshlaydi. Sport jihozlarida bajariladigan mashqlar ham qo‘l keladi. 14-15 yoshdagi qizlarda jismoniy rivojlanish xamda jismoniy sifatlardan kuchni rivojlanishi bolalarga nisbatan orkada kolishi kuzatiladi. Kuch uzok vaqt davo.m etmaydigan, o‘z kuchi bilan bajariladigan, tezlikkuchi sarf qiluvchi intensiv mashqlar bilan, 5-6 sinflarda 1-2 kilogrammli charm to‘plarni irg‘itish, ilish, kanatga tirmashib chiqish, og‘irligi 2-3 kg keladigan to‘plarni uloktirishdek mashklar bilan rivojlantiriladi; 7-8 sinflarda shu mashqlar tezlik-kuch bilan bajarilishi orqali, individual xususiyatni hisobga olib, organizmga tushadigan jismoniy kjni ortishi orqali amalga oshiriladi. Yuqori sinf o‘quvchilarida esa og‘ir yuk tashish, ko‘tarish, uzunlikka, balandlikga sakrash, uloqtirish, tortishmachok o‘yinlari, kurash zlementlarini o‘rganish va boshka qator jismoniy mashqlar bilan rivojlantiriladi. Kuch sifatini rivojlantirish ehtiyotlikni talab qiladi. Chunki yosh organizmga hali balog‘atga yetmay turib bu mashqlarni yaxshi bajarish uchun imkoniyat kam bo‘ladi. Chidamlilik 1-11 sinf o‘quvchilarida energiya sarf qilib bajariladigan jismoniy mashqlarni bajarishni uzoqroq davo.m ettirish orqali tarbiyalanadi. Harakatli o‘yinlarni o‘ynash ham bundan mustasno emas. Yoshi ulg‘aygan sari bu sifat ham tabiiy rivojlanib boradi. Bolalarda qizlarga nisbatan bu sifat unchalik yaxshi rivojlanmaydi. O‘smirlarda chidamlilik 300-400 metrga yugurishni yurish bilan almashtirib yoki o‘sha masofani bir xil belgilangan sur’atda yugurish (belgilangan vaqt ichida ma’lum masofani bosib o‘tishlar yoki velosipedda yurish, suzish kabi mashqlar orkali rivojlantirish tavsiya qilinadi. VII-IX sinflarda xam shu mashqlar tezlikni ortirib bajarish orkali bajariladi. Harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari yukori sinflarda bu sifatni rivojlantirish uchun vosita bo‘ladi. Egiluvchanlik. Bu sifatni rivojlantirishga eng kulay yosh kichik maktab yoshidir. Bunda muskullar, bo‘g‘inlar harakati katta yoshdagilarga nisbatan yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun xam bu yoshdagilarda harakatli o‘yinlar orqali egiluvchanlikni rivojlantirish mumkin. O‘smirlarda bu xususiyat kichik yoshdagilarga nisbatan susaygan bo‘ladi. Shuning uchun bularga jismoniy tarbiya darslarida egiluvchanlikni rivojlantiruvchi jismoniy mashklar ko‘proq berilishi kerak bo‘ladi. Ularga mashqlar berishda ehtiyotlik zarur, chunki ular mashq ahamiyatini bilmay muskullarni keragidan ortiqcha zo‘riktirish orkali ularni cho‘zib ko‘yishi mumkin. Bu esa jarohatlanish va boshqalarga olib keladi. Katta maktab yoshdagilarga iloji boricha ko‘proq egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mzshg‘ulotlar tashkillash lozim bo‘ladi. 2.O‘quvchilar jismoniy tarbiyasining o‘quv ishlari shakli O‘quv ishlari — o‘quvchi jismoniy tarbiyasini tashkillashning asosiy shakli bo‘lib, maktab jismoniy tarbiya tarzida uyushtiriladi. dars ~ jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariiing tizimli shakli bo‘lib. bir xil yoshdagi, bir xil kontigentdagi bolalarga belgilangan vakt ichida dastur mavzularini ukitish jarayoni tushuniladi. Maktab darsi jismoniy mashklar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarning alohida shakli bo‘lib u umumta’lim maktablari, akademik, kasb-hunar litseyl'ari, Oliy o‘quv yurtlari, kolledj, gimnaziya va boshqa o‘quv muassasalardagi mashg‘ulotlardan o‘zining maksadi va vazifalari bilan farklanadi. Jismoniy tarbiya jarayoni bir yillik emas. Mazmuni va tashkillanishini turli tumanligi bilan xarakterlanadigan mashg‘ulotlar, darslar turqumi orkaligina tarbiyaning bu yo‘nalishida ma’lum natijalarga erishishni maqsad qilib ko‘yish mumkin. Har bir darsda alohida vazifalar hal qilinadi. Oldin o‘qitilgan (o‘rgatilgan)ni va keyin o‘kitiladigan mavzulari bir biri bilan harakatning ayrim yoki bo‘laklari bilan albatta bog‘lanishi va tuzilishi bilan farqlanadi hamda belgilangan tizim asosida olib boriladi. Jismoniy tarbiya darslarining xarakterli tomoni shundaki, u maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligi taxminan birbiriga yaqin kontigent bilan bir necha yilga mo‘ljallangan dastur asosida hamda ma’lum tizimga solingan jadval asosida tashkillanadi. Darslar umumiy jismoniy tarbiya, kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi va sport ixtisosligini yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning tizimli va nisbatan tejamli, samarali shaklidir. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarning boshka tipik formalari o‘zining davriyligi, tizimli emasligi, faqat bir marotabaliligi, individualligi bilan darslardan tubdan farqlanadi. Ko‘pincha mashg‘ulotlarning yuqorida qayd kilingan shakllari darsni to‘ldiradi va uni xususiy va umumiy vazifalarini to‘ldirishda qo‘shimcha rol o‘ynaydi. Lekin ular aholini fizkultura bo‘yicha ma’lum darajadagi talablarni to‘la qondirib mustaqil ahamiyat kasb etadi. 3.Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va unga ko‘yilgan talablar Jismoniy tarbiyada pedagogik jarayonning natijalari jismoniy tarbiya darslarida olib boriladigan o‘kuv-tarbiyaviy ishlarning sifatiga bog‘lik. Bunga har bir dars zamiridagi qator vazifalarni xal etish bilan erishiladi. Jismoniy tarbiya darslari ta’lim berish (o‘qitish), tarbiyalash va sog‘lomlashtirishdek jismoniy tarbiya jarayonining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, har bir dars uchun aniq «Tanishtirish», «O‘zlashtirish», «mustahkamlash», «Takomillashtirish»dek mazmunga ega bo‘lgan xususiy vazifalarni qo‘yish va uni hal qilishni nazarda tutadi. Ta’lim berish vazifalari bolalarni jismoniy tarbiya dasturda tavsiya kilingan mashklarni bajarishga, o‘rganilgan mashqlarni mustahkamlash va tako.millashtirishga, shuningdek, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga hamda o‘rganilgan mashklarni turli sharoitda amaliyotda ko‘llashga o‘rgatishga yo‘naltiriladi. Ta’lim vazifalarini izchil ravishda bajarish jismoniy tarbiya dasturidagi butun o‘quv materiallarini izchil va mustahkam o‘rganishga olib keladi. Ta’limning ayrim vazifalarini hal etish uchun nisbatan uzok vaqt yoki kator ketma-ket darslar zarur vazifalar boshqa hillarini hal etish uchun esa bir darsning o‘zi kifoy kiladi. Masalan, arkonga ma’lum usulda tirmashib chiqish va uni bajarishda harakatlar ketma-ketligini bir darsning o‘zida texnik jihatdan mukammal o‘rganib olish mumkin emas. Bu umumiy vazifa, buni hal qilish uchun turkum darslar lozim. Kolaversa, shug‘ullanuvchini harakat koordinatsiya™, jismoniy tayyorgarligi, o‘zlashtirish qobiliyati (kabul qilishi), o‘zlashtirilayotgan harakatga o‘xshash harakat zahirasiga xam bog‘liq. Arkonni oyoqlari bilan ushlab tirmashib chiqishga bir darsda o‘rgatish mumkin. Bu kichik xususiy vazifa bo‘lib, uni mazkur darsning aniq vazifalaridan biri sifatida hal qilinadi. Ta’limning vazifalari, yuqoridagilardan tashqari o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sport, sog‘liqni saqlash, chiniqish, jismoniy mashqlarni to‘g‘ri bajarish haqidagi nazariy bilimlarini oshirishlari bilan xam hal kilinadi. Jismoniy tarbiya darslarida faqat ta’lim-tarbiya emas, balki insoniy fazilatlar — e’tiborlilik, dikkatini boshqara olishi, intizomi, irodasi, saranjomliligi, maqsadga intilishi, mustaqilligi va kiyinchildiklarni yengishdagi kat’iyyati va boshqalarni qo‘shib tarbiyalash talab kilinadi. Sog‘lomlashtirish vazifalari ham tarbiya vazifalari kabi har bir darsda xal etilishi lozim. Jismoniy tarbiya darslarini to‘g‘ri uyushtirish va o‘tkazish tegishli kiyim bosh bilan shug‘ullanishni, mashg‘ulotlarning joylarida zaruriy sanitariyagigiena holatini saqlash va rioya qilish, darslarni ochiq havoda o‘tkazilishi, sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etish imkoniyatini yaratadi. Jismoniy tarbiya darsining samarasi ko‘pincha o‘qituvchining tuzgan rejasini hayotiyligi, shug‘ullanuvchilar faoliya^tini tashkillash uchun tanlagan usuliyati va uslublari mavjud jixozlar va sport anjomlaridan, texnik vositalardan, sport inshoatlaridan effektli foydalana olish, temperatura, iqlim sharoiti, o‘quvchilarning tayyorgarlgi, ularning yoshi, individual xususiyatlarini hisobga olib effektli foydalana olish bilan bog‘lik. Darsning uyushtirilishining te’minlanishi kuyidagilarni: 1) tibbiy va gigiena sharoitini yaratish va unga rioya qilishni; 2) moddiytexnik jihatdan ta’minlashni; 3) darsda o‘quvchilar faoliyatini tashkillash usuliyatlarini to‘g‘ri tanlash orqali ko‘yilgan vazifani effektli hal kilishni nazarda tutadi. Darsni o‘tkazishning tibbiy-gigienik sharoitini yaratish deganda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida yuzaga keladigan, sog‘lomlashtirish effektidan kelib chiqadigan bir butun kompleks tadbirlarni tushuniladi. Shunga ko‘ra mashg‘ulotlarni o‘tkazish joyining qatiyyan belgilangan tibbiy-gigienik normalarga muvofiqligiga Erishish. Sport zali uchun havo temperaturasi (eng ma’quli) 14-16°S da ushlanishi. Tanaffuslarda ochiq maydonlarga suv sepilishi, sport zallari esa oynalari ochilib shamollatilishi. Aniqlanishicha, inson o‘pkasida u tinch turgan holda havo ventilyatsiyasi almashishi minutiga 4 dan 6 l atrofida, yuqori intensivlikda bajarilayotgan mashqlarda (yugurish, sport o‘yinlari) organizmni havo yutishi 10 va undan ortik darajadan oshishi mumkin. Shuning uchun mashg‘ulot joylarini toza havo bilan ta’minlashning ahamiyati muhim. Ayniqsa, zaldagi jihozlar, anjomlar, matlar (gilamlar) polni tozaligi doimiy diqkat va e’tiborni talab qiladi. Har bir darsdan so‘ng zal polini xo‘llangan pol latta bilan namlangan latta bilan esa jihozlar, matlarni artib chiqish zaruriyati mavjud. Mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng esa shug‘ullanilgan joy tozalovni talab qiladi. Chunki tozalanmagan zal shug‘ullanuvchi sog‘ligiga katta putr yetkazadi, tanani, sport formalarini kirlanishiga sabab bo‘ladi. Darsni modsiy texnik ta’minlash deganda, darsning optimal zichligini ta’minlashga imkon beradigan, ko‘yilgan kompleks vazifalarni to‘laqonli xal qilish uchun garantiya beradigan, yetarli darajadagi o‘quv-tarbiya jihozlari, anjomlari va mashg‘ulot joyi nazarda tutilgan. Oxirgi yillarda ko‘pchilik maktablarda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tashabbusi bilan sport zallari va sport maydonlari birdaniga ko‘pchilik o‘quvchi shug‘ullanishi mumkin b\;lgan nestandart jihozlar, anjomlar va trenajerlar bilan jihozlanmokda. Bunday jihozlardan foydalanish dars zichligini ahamiyatli darajada yukori effektli tashkiliy formasini vujudga kelishi, oxir okibat mashg‘ulotlar natijalarini oshishiga olib kelmokda. 5.Jismoniy tarbiya darsning mazmuni Jismoniy tarbiya darsining mazmuni dars mashg‘ulotlarini sifatini belgilovchi to‘rtta asosiy komponentning umumiyligida ifodalanadi. Bu elemenlar o‘zaro uzviy bog‘langan va darsning xarakterli komponentlari deb ataladi, ular: a) darsning tarkibiga kiritilgan jismoniy mashklar. Darsning mazmunining eng yirik xarakterli komponentidir. Lekin bunday tushuncha bir tomonlama bo‘lib, tarbiyalash, sog‘lomlashtirish, bilim berish vazifalarini hal qilishda shug‘ullanuvchilar - uchun faoliyat predmeti bo‘lib xizmat kiladi. Mashklar darsning umumlashtirilgan predmetining mazmuni, boshqa ma’noda dars mazmunining bir kirrasi xolos. b) tavsiya kilingan mashklarning bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quvchilarning darsdagi faoliyati dars mazmunining navbatdagi yirik komponentdaridan biri. Bu komponent shug‘ullanuvchini turli ko‘rinishdagi, intellektual va jismoniy faoliyatdan iborat bo‘lib, ular: pedagogii eshitish, ko‘rsatilayotgan mashkni e’tibor bilan kuzatish, harakat faoliyati orqali hosil bo‘lgan tasavvurni ustida fikr yuritish, bajarilishi lozim bo‘lgan faoliyatni loyihasini fikran tuzish, uni bajarish, o‘z harakatlarini nazorat qilish va baholash, vujudga kelgan muammolarni pedagog bilan birgalikda muhokama qilish, o‘z hissiyotini va kayfiyatini nazorat kila olish, vujudga kelgan emotsionallikni boshqarish va h.k.lardir. Download 46.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling