Mundareja: kirish

Jismoniy tarbiya darsida harakatga o’rgatish

Download 47.03 Kb.
bet4/8
Sana28.02.2023
Hajmi47.03 Kb.
#1236190
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
90-722-70-73

3.Jismoniy tarbiya darsida harakatga o’rgatish
Jismoniy tarbiya darslari, maktabda 3 ta: tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlardan iborat. Dars 45 daqiqa davom etilib haftasida 2 marta oʼtkaziladi.
Tayyorgarlik qismining maqsadi, bolalar organizmini darsning asosiy qismiga tayyorlash uning mazmuniga turli yurish va yugurishlar buyumlarsiz va olib boriladigan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar kiradi. Buyumlar bilan oʼtkaziladigan mashqlar bolalarning jinsi, yoshiga qarab olib boriladi.
Jismoniy darslarning tayyorgarlik qismi 10-12 daqiqa davom etishi mumkin. Keyin asosiy qismi boʼlib 28-30 daqiqa davom etadi. Bunda dars oldiga qoʼyilgan vazifani hal qilish kerak. Yakuniy qisim shundan iboratki organizmni oldingi holat nisbatan keltiriщdir 3-5 daqiqa davom etadi, Boshlangʼich sinflarda (7-9 yoshli) oʼquvchilarni vazniga nisbatan boʼyiga oʼsish biroz pasayadi. Boshlangʼich sinf bolalarida har yili vazni 2-4 kg, boʼyi 4 smga yetib boradi. Shunnng uchun chuzilish yoshi deb aytiladi. By yoщdagi bolalarning katta mushaklari, kichik mushaklariga nisbatan tezroq rivojlanadi, shuning uchun ular ayrim mashqlarni qurqib bajaradilar. Bu yoshdagi qizlar tengdoshlari boʼlgan oʼgʼil bolalardan umumiy jismoniy rivojlanishdan qolishmaydi, lekin bu qizlar deb ularga rivojlantiruvchi mashqlar kam berilsa, kelgusida koordinatsiyalash va harakat aniqligi boʼyicha ham oʼgʼil bolalardan sezilarli darajada orqada qoladilar. Jismoniy mashqlar yordamida bolalarni har tomonlama va garmonik rivojlantiruvchi umumiy vazifalar bilan bir qatorda boshqa vazifa: jismoniy rivojlanishning individual kamchiliklarni toʼgʼrilash vazifasi kiradi. Koʼshina bolalarda qaddi-qomatning buzilishi, issi oyoqlik, semirish belgilari uchraydi. Kichik yoshdagi oʼquvchilarda bunday jismoniy rivojlanishning buzilishlari koʼproq, uchraydi. Shuning uchun by kamchiliklarni mumkin qadar tezroq yoʼqotishga harakat qilib, maxsus jismoniy mashqlar majmuasidan foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya darsi boshlangʼich sinflarda mutaxassis oʼqituvchilar olib borishlari lozim. Lekin unga qaramasdan koʼpicha maktablarda boshlangʼich sinf oʼqituvchilari oʼzlari olib boradilar. Bungʼa asosiy sabab mutaxassis oʼqituvchining yetishmasligidir.
1 - 4 sinflarda jismoniy tarbiya darsini oʼtkazishda qoʼyidagi talablar hal etilishi kerak:
1. Statik kuchlanishga yoʼl qoʼymasligi yoki nihoyatda ehtiyotlik bilan oʼtkazish kerak. Boshlangʼich sinf bolalarida statistik kuchlanishi mashqlaridan keyin tez charchash hosil boʼladi.
2. Jismoniy yuklanishni juda oshirib yuborish (koʼp berish) 7-9 yoshdagi bolalarning funktsional rivojlanishiga salbiy taʼsir etishi mumkin.
3. Mashgʼulotni kichkina bolalar bilan toʼgʼri olib borish uchun qisqa vaqtda bajariladigan tezkorlik jismoniy yuklanishini dam olish bilan almashtirib turishi kerak va ayrim mushak bajarayottan ish xarakteri ham oʼzgarib turishi lozim.
4. By yoshdagi bolalarni qisqa vaqtda bajargan tezkorlik jismoniy yuklanishdan keyin dam olish jarayoni ancha uzayadi. Shunday boʼlsa ham umumiy chidamlikni tarbiyalashga harakat qilish kerak.
5. «Аlpomish» va «Barchinoy»ning meʼyor talablarini toshpirishga tayyorlash.
Jismoniy tarbiya darsini boshlangʼich sinflarda oʼtkazishda asosiy vazifalar:
1. Oʼquvchilarning sogʼliklarini mustahkamlash;
2. Ularning jismoniy jihatdan toʼgʼri, chiniqib oʼsishlariga koʼmaklashish hayotda kerak boʼladigan koʼnikma, malakalar: yurish, yugurish, sakrash, irgʼitish, soʼzish, koʼtarish, kichik ogʼirlik olib oʼtishlar qoʼlaniladi. Shular qatori jismoniy sifatlarni ham tarbiyalash olib boriladi. Аgar biz kuch, chidamlik, tezlik, chaqqonlik, va h.k. sifatlarining rivojlanish ustida ish olib bormasak kerakli natijalarga ega boʼlmaymiz. 10-14 yoshli bolalarni (5-9 sinf jismoniy tarbiyalashda organizmini mustahkamlash va chiniqtirish bilan bir qatorda jismoniy sifatlar, ayniqsa chaqqonlik, tezkorlik va boshqa jismoniy qobiliyatlar har tomonlama rivojlantiriladi va bu bilan organizmning tabiiy oʼsish jarayoniga faol taʼsir koʼrsatiladi. Bu yoshdagi oʼquvchilarni jismoniy tarbiyalash vazifalarini hal etishda dastur materiallarini, jumladan gimnastika, yengil atletika, sport oʼyinlari va h.k.ning texnikasi oʼrgatib borilib, sport taktikasining elementlari bilan tanishtirilib boriladi. Bu davrda oʼquvchilarni jismoniy tayyorgarlik talablariga binoan meʼyorlarni toshpirishga tayyorlash; sportdagi muvaffaqiyatlarni yanada rivojlantirishga yordamlashish; ularni oʼrganayottan harakat faoliyatlarining hayotiy ahamiyati haqida chuqurroq bilimlar bilan tanishtirish, uchun jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati haqida maʼlumotlar berish: Vatan mudofaasiga va mehnatga tayyorlash uchun jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati haqida maʼlumotlar berish: shaxsiy va umumiy gigiena haqida maьlumotlar berish; bolalarni individual kun tartibini mustaqil tuzishga oʼrgatish; tabiatning tabiiy faktorlaridan chiniqish maqsadida toʼgʼri foydalanishga oʼpgatish; jismoniy tarbiya va sportning tashkiliy ishlari bilan tanishtirish, sport musobaqalarida hakam boʼlish haqida tushuncha berish zarur, 15-17 yoshlarni (10-11 sinf) jismoniy tarbiyalashda organizm shakllantirilib boriladi hamda jismoniy tarbiya jarayonida funktsional oʼzgarishlariga yoʼnaltirilgan taьsirlar kuchaytiriladi. Yuqori sinf oʼquvchilarini jismoniy tarbiyalaщda ularning tayyorgarligini oshirib borib qoʼyidagi jismoniy sifatlarni: tezkorlik, tezkor-kuch, kuch, chidamlilik, chaqqonlik va h.k. tarbiyalanadi. Shu bilan birga organizmni chiniqtirish, tana tuzilishini yaxshilash ham taьminlanadi. Bu yoshdagi oʼquvchilarni jismoniy tarbiyalash jarayonida sport trenirovkasi va sportchilarning oʼz oʼzini nazorat qilish amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya vositalarining asosi haqida maʼlumot berish va ulardan hayotda mustaqil foydalanish, u bilan birga oldingi yillarda qoʼlga kiritilgan tashkiliy metodik koʼnikma va malakalarni takomillashtirib borish. Bu davr jarayonida oʼquvchilarni «Аlpomish» va «Barchinoy» majmuasi meʼyorlarini topshirishga tayyorlashlari lozim.
Jismoniy tarbiya vositalari. 1-4 sinf oʼquvchilari uchun jismoniy tarbiya vositalari kuyidagilardir: asosiy gimnastika, oʼyinlar, velosipedda uchish, sayrlar va ekuskursiyalar uyushtirish. Bu yoshda bolalar sportning ayrim turlari (suzish, kurash, boks, ogʼir atletika, badiiy gimnastika va tennis) bilan shugʼullanishlari mumkin.
5-9 sinif oʼquvchilari uchun jismoniy tarbiyaning xarakterli vositalari: asosiy gimnastika. «Аlpomish» va «Barchinoy» majmuasiga kiruvchi mashqlar (yurish, yugurish, xarakatli oʼyinlar, sport oʼyinlari va x.k.) dir. Bu yoshdagi bolalar sport turlari (qisqa masofaga yugurish, uzunlikka va balandlikka sakrash, sport uyini) bilan toʼgaraklarda shugʼullanishi mumkin.
Bular uchun eng muhim vositalardan biri turistik sayrlar poxodlar va velosiped sayrlaridir (poxodlarda xar xil oʼyinlar oʼtkaziladi) 10-11 sinf oʼquvchilari uchun asosiy va yordamchi sport gimnastika mashgʼulotlarning hamma turlarida majburiy boʼlib qoladi. Ular «Аlpomish» va «Barchinoy» majmuasining maщqlari umumiy jismoniy tayyorlanishda muhim ahamiyatta ega oʼsmirlar uchun sportning hamma turlari qulaydir. Bular bilan koʼp kunlik poxodlar ham uyushtirish mumkin.
Oʼqituvchining darsga tayyorgarlik koʼrishi. Jismoniy tarbiya darsining sifatini yuqori darajaga koʼtarish oʼquvchilar harakat faolligini oshirish uchun oʼqituvchi muntazam tayyorgarlik koʼrib borishi shart.
Oʼquvchilarning yosh xususiyatlarini eʼtiborga olib:
1. Darsning turi, xaraktera, vazifalari toʼgʼri aniqlanadi.
2. Darsni qismlari boʼyicha oʼylab bunda oldin darsning asosiy qismi, keyin tayyorgarlik qismi tuziladi.
3. Oʼquvchilarni tashkil etish va oʼrgatishda qoʼllaniladigan metodlar fikrlashdi.
4. Darsda zarur boʼlgan sport asbob anjomlari holatini ham eʼtiborga olinadi.
5. Uy vazifalari aniqlanadi.
6. Oʼquvchilarni tekshirish va bilimlarini boholash
7. Dars konspektini tuzish.
8. Oʼqituvchining ayrim mashqlarni oʼzi bajarib koʼrishi.
9. Darsgacha faollarga instruktaj berish.
10. Oʼqituvchining tashqi koʼrinishi.
Jismoniy tarbiya darslarini oʼtkazish murakkab, koʼpqirralik faoliyatdir. Shu boisdan mashgʼulotlarning yuqori sifatli boʼlishi uchun oʼqituvchi darsga tayyorgarlik koʼrishda qoʼyidagi hisobga olgan holma oldindan va jiddiy tayyorlanish lozim:
a) dars vazifalarini aniqlash;
b) darsning konkret rejasini ishlab chiqish;
v) darsda kerak boʼlgan inshootlarni tayyorlash.
Boʼlar oʼzaro bogʼliq boʼlsa ham, ularni har biri maxsus ishlarni talab etadi. Oʼquv tarbiya jarayonida asosiy boʼlgan vazifalar har bir darsda shugʼullanuvchilarga (taʼlimiy, tarbiyaviy va sogʼlomlashtirish) taьsirini koʼrsatish lozim. Oʼquv darslarining oldiga avvalo taʼlimiy vazifa qoʼyiladi. Taʼlimiy vazifalarni hal etish bir qator jismoniy mashqlarni bajarish bilan erishiladi. Bu mashqlarning murakkabliligi va shiddatligidan darsning tarbiyaviy sogʼlamlashtirish effektiga bogʼliq; bunda har bir dars vazifasi konkret qoʼyilmogʼi zarur. Masalan: past stardan chiqishga oʼrgatish. Darsda 2-3 ta vazifa hal etilishi mumkin.
Masalan:
1. Yugurish ritmiga va brusokga depsinish oyogʼi bilan anioʼ toʼshishga oʼrgatish (uzunlikka oyoqni bukib sakrash usuli bilan).
2. Koptokni irgʼitishda chalkash qadam tashlash texnikasini mustahkamlash.
3. Chidamlikni tarbiyalash (aralash estafeta).
Vazifalar shunday tanlanishi va qoʼyilishi kerakki, ular shu mashgʼulotda hal etilishi lozim. Vazifalar qoʼyilayotganda oldin oʼtilgan bir yoki bir necha mashgʼulotlarning natijalarini chuqur tahlil etish va shu turdagi mashgʼulotlarning qolganini hisobga olish zarur.
Dars vazifalari qoʼyilishining va ularni hal etish rejasini toʼgʼriligi oʼqituvchining pedagogik tajribasiga va ijodiy qobiliyatiga bogʼliqdir. Lekin shaxsiy tajribani yuqori qoʼyish kerak emas. Darsga tayyorlanishning keyingi tartibi darsga toʼliq bayon reja tuzishdir.
Oldin aytganimizdek dars 3 qismdan iboratligini hisobga olib reja tuzilayotgan avvalo asosiy qism mazmuni tuzilib shunga mos ravishda (YPM) tayyorlov va yakuniy qismlar, oʼquvchilarni tashkil qilish tomonlari oʼz aksini topadi. Konspektda oʼquvchilar va oʼqituvchining butun dars davomidagi faoliyati koʼrsatiladi. Darsdan oldin oʼqituvchi mashgʼulot joyini tayyorlash va mashqlarni oʼzi bajarib koʼrishi lozim.

Jismoniy tarbiya darsining sifatini yuqori darajaga koʼtarish oʼquvchilar harakat faolligini oshirish uchun oʼqituvchi muntazam tayyorgarlik koʼrib borishi shart.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling