Mundareja: kirish


Jismoniy tarbiya darslarining shakllari


Download 47.03 Kb.
bet6/8
Sana28.02.2023
Hajmi47.03 Kb.
#1236190
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
90-722-70-73

5. Jismoniy tarbiya darslarining shakllari
Oʼsib kelayotgan avlodning jismoniy tarbiyasi butun tarbiya tizimining ajralmas qismi boʼlib hisoblanadi. U shaxsni har tomonlama gormonik rivojlanishiga, oʼquvchilarni mehnatga, hayotga, jamiyatda faol qatnashishga, Vatanni himoya qilishga tayyorlash umumiy maqsadini amalga oshiradi.
Faqat sogʼlomlashtirish, taʼlimiy, tarbiyaviy vazifalar chambarchas bogʼlangan holda bajarilganda bu maqsad amalga oshirilishi mumkin (bu vazifalar mazmunini eslatib oʼtish).
Jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalarini toʼlaqonli hal etilishi faqatgina bir-biri bilan bogʼliq boʼlgan jismoniy mashgʼulotning shakl tizimi yaratilgan holda mumkin. Bu mashgʼulot shakllariga; a) kundalik ertalabki gimnastika; b) mashgʼulotgacha gimnastika; v) umumtaʼlim darslarida quvnoq daqiqalar; g) maktab va oʼquvchilar kun tartibida oʼtkaziladigan jismoniy mashqlar va harakatli oʼyinlar; d) jismoniy tarbiya darslari; ye) maxsus tibbiy guruhiga ajratilgan oʼquvchilar bilan qoʼshimcha jismoniy tarbiya mashgʼulotlari; j) maktabda sinfdan tashqari oʼtkaziladigan jismoniy tarbiya; z) jismoniy tarbiya va sport boʼyicha maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar.
Hamma yoshdagi odamlar bilan jismoniy mashqlar mashgʼulotlarni tashkil qilishning ahamiyati juda katta va zarur. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiya jarayonining samaradorlik, sifatini oshirishga mashgʼulotlarni toʼgʼri tashkil qilinishiga koʼmaklashadi. Umuman gapirganda jismoniy mashqlar mashgʼulotlari mazmuni boʼyicha koʼpqirralidir va turlicha: sayirlar, ertalabki badantarbiya, sport musobaqalari, jismoniy tarbiya darslari va boshqalar. Lekin, jismoniy mashqlar mashgʼulotlarining shakllari va mazmuni pedagogik nuqtai nazardan qaraganda chambarchas bogʼliqligini aniq tasavvur qilish lozim. Аmaliy faoliyat jismonan takomillashuviga faol yoʼnaltirilgan mashgʼulotlar maxsus mazmuni boʼlib hisoblanadi. Ular, nisbatan bir qator mustaqil elementlardan iborat: jismoniy mashqlarning oʼzi, ularni bajarishga tayyorgarlik koʼrish, faol dam olish va h,.k.
Ushbu mustaqil elementlarni joʼnlashtirish usullari mashgʼulotlarning shakli boʼlib hisoblanadi. (ularga quyidagilar - mashqlarni bajarish ketma-ketligi, shugʼullanuvchilarni tashkil qilish metodlari, dars qismlarning oʼzaro bogʼliqligi, munosabati va shu kabilar). Har qanday holda jismoniy mashqlar mashgʼulotlarining shakli uning mazmuniga mos boʼlishi kerak.
Masalan: agarda mashgʼulot mazmuni jismoniy sifatlarini rivojlantirishga yoʼnaltirilgan boʼlsa, unda jismoniy sifatlarini xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyalash uchun jismoniy mashqlarni maxsus qatʼiy tartibga solish zarur (masalan: shugʼullanuvchilarni tashkil qilish usullari, jismoniy yuklanish va dam olishni boshqarish xarakteri va h.k).
Mashgʼulotlar shakli uning mazmuniga faol taʼsir koʼrsatadi. Bir xil boʼlgan mashgʼulotlar shaklidan muntazam foydalanganda shugʼullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashuvi tuxtaydi. Jismoniy tarbiya vazifalarini samarali hal qilishida turli-tuman mashgʼulotlar yaratadi (masalan: yengil atletika darsi, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar; maxsus tayyorlashga yoʼnaltirilgan mashqlar, darsni tashkil qilish usullari dars oldida qoʼyilgan vazifalarga mos boʼlishi kerak).
Har bir jismoniy tarbiya darsi uch qismdan iborat (tayyorlov asosiy, yakuniy qisimlari). Nima uchun shunday? Darsning bunday tuzilishi birinchi navbatda odam organizmining moslashishi (kirishi), shugʼullanuvchilarning ishchanligini oshirishga qaratilgandir
Oʼquvchilar ishining samaradorlngini, ularning faolligini va tashabbuskorligini oshirishda bolalar faoliyatini baholash eng muhim shartlardan biridir.
Undan tashqari oʼquvchilarning bilim satxini, harakat koʼnikma va malakalarini baholar orqali tahlil qilish oʼqituvchilar faoliyatining natijalarini, ularning dars oldida toʼgʼri vazifa qoʼyishlarini, bu vazifalarni hal etishda foydalaniladigan vositalar va metodlardan foydalanish bilim boyligini umuman oʼqituvchnning darsga boʼlgan tayyorgarligini mehnatini aniqlash mumkin.



Download 47.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling