Mundareja: kirish
O’QUVCHILARNI HARAKATGA O’RGATISH
Download 47.03 Kb.
|
90-722-70-73
1. O’QUVCHILARNI HARAKATGA O’RGATISH
Umumtaʼlim maktablarda jismoniy tarbiya boʼyicha tuzilgan dars turlari shu davrgacha bir necha marta oʼzgarib kelgan va davr, zamon talabiga binoan har 3-5 yilda oʼzgarib turadi. Shu jumladan 2009 yili yangi original majmua dasturi ishlab chiqildi. Аlbatta hamma yangi ishlab chiqilgan dasturlar qandaydir oldinga siljishga olib keladi. Bizning jumhuriyatimizda, ham bunday siljishlar roʼy berdi (uslublar oʼzgarishi, dars sifatini oʼzgarishi va h.k) lekin oʼquvchilarning jismoniy tayyorgarligi pastligicha qolaveradi. Demak, bu original dastur ham oʼzini oqlamadi, yaʼni jumhuriyatimizga mos kelmadi. Boshqacha aytganda Oʼzbekiston iqlim sharoiti, iqtisod va ijtimoiy, urf odat, anʼanaviy boʼlib qolgan oʼyinlar, musobaqalar boshqa mashqlar hisobga olinmagan. Jismoniy tarbiya boʼyicha nazariy maʼlumotlarni oʼquvchilar ongiga yetkazish, shakllantirish uchun kam eьtibor berilgan. Shuning uchun ham maktab oʼquvchilari oʼz ustida mustaqil ishlay olmaydilar. Shu dasturlarni tahlil qilish asosida 2001-2003 oʼquv yilida mustaqil Oʼzbekisgonda umumtaьlim maktablari uchun jismoniy tarbiya boʼyicha birinchi marta oʼzining dasturini ishlab chikdilar. Bu dastur oldingilariga qaraganda butunlay oʼzgargan (mazmuni boʼyicha, meьyorlar va talablar, yangi boʼlimlar, soatlar setkasi, hajmi va toʼlaligi va h.k), shu borada ishonchimiz komilki, 6olalar jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi oshib boradi. Dasturning uqtirish xatida yoshiga, jinsiga qarab qanday vazifalarni yechish, har bir dastur boʼlimlariga tushuncha berish, sharoiti bor yoki boʼlsa, qaysi dastur boʼlimini oʼtish va almashish (suzish: gimnastika, basketbol yoki qoʼl toʼpi), qanday oʼquvchilarning jismoniy rivojlanishi ustidan nazorat olib borish, dastur talablariga meʼyorlarga javob berish qanday berish uchun tayyorlash va h.k berilgan. Bu dasturni ishlab chiqishda koʼp olimlar, nazariyachilar, oʼqituvchi amaliyotchilar va boshqalar qatnashdi. Ushbu dasturni ishla6 chiqish Oʼzbekiston Davlat jismoniy institutining ilmiy prorektori professor F.N.Nasriddinov rahbarligida olib borildi. Bu ishlab chiqilgan dastur bir oʼquv yilida sinovdan oʼtdi va muhokama asosida koʼrsatilgan takliflar boʼyicha oʼzgarishlar kiritildi hamda Vazirlar Mahkasamasi tomonidan tasdiqlanib mustaqil dastur boʼlib kuchga kirdi. Dasturda 1-4, 5-9: 10-11 sinflar uchun har bir boʼlimlariga belgilangan vaqtlari ham koʼrsatilgan. Ushbu dastur 1999-2000 oʼquv yiligacha ishlab keldi. 2000 yildan bir qancha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ochildi va ishga tushdi. Umum taʼlim maktablari bosqichma-bosqich 9 yillik taьlim maktablariga aylandi. Shu boisdan hamda ishlab chiqilgan taʼlim standarti asosida 1999 yilda akademik litsey va kasb-hunar kollej oʼquvchilari ychyn jismoniy tarbiya boʼyicha yangi dastur ishla6 chiqildi. 2000 yilda boshqa mualliflar tomonidan ana bir yangi dastur ishlab chiqildi. (konkurent sifatida). Ular sinovdan oʼtgach vaqt va oʼquv ish tajribalari asosida optimal variant olinadi. Jismoniy tarbiya dasturi bu qonun yaʼni unda koʼrsatilgan boʼlimlar va materiallar oʼtilishi shart. Harakatlanish mahorati, harakatlar ko‘nikmasi, harakatlar malakasi va ko‘nikmlarining ahamiyati. Ko‘nikma va malaka harakatni bajarishning turli darajalari va tushunish vazifasi sifatida. Ko‘nikma va malakalarini shakllantirish. Dastlabki o‘rgatish bosqichi. Chuqurlashtirib o‘rgatish bosqichi. Mustahkamlash va takomillashtirish bosqichi. Tayanch so‘zlar:Harakatlanish, harakat mahorati, harakatlar ko‘nikmasi, harakatlar malakasi, dastlabki o‘rgatish bosqichi, chuqurlashtirib o‘rgatish bosqichi, mustahkamlash va takomillashtirish bosqichi. Ko‘p yillik jismoniy tarbiya jarayenida jismoniy mashqlar, tabiyatnining sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillardan jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasidir. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo‘lib, u tarixan gimnastika, o‘yinlar, sport va turizm tarzida guruxlarga ajratilib, tarbiya jarayenining vositasi sifatida foydalanib kelindi. Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyeriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyat lari gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, tuplandi va usluban tuldirildi. Tarbiya amaliyetida, asosan, inson mehnat faoliyatida kullaydigan harakatlarini ko‘prok mashq qiladi. Jismoniy mashqning rivojlanishida diniy marosimlarda, bayramlardagi o‘yinlar, rakslar, harbiy faoliyatdagi, san’atdagi ongli ravishda bajariladigan ixtiyeriy harakatlar manba bo‘lib xizmat qiladi. Jismoniy mashqlar tabiatining tabiiy qonunini I.M. Sechenov va I.P Pavlovning ilmiy dunekarashi ochib berdi. Ixtiyeriy harakat Sechenovning fikricha, ong va akl bilan boshqariladi hamda biror maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Pavlov esa harakatlarni fiziologik mexanizmini ochib, harakatlar bosh miya pustlok qismining tuplash xususiyati bilan bog‘liqligini birinchi, ikkinchi signal sistemasi, shartli hamda shartsiz reflekslarning aktiv ishtirokida vujudga kelishligini ilmiy isbotladi. Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilovchi omillar. Har xil jismoniy mashqlarning samarasi turli xil yeki turli xildagi jismoniy mashqlarning bir xil tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi amaliyetda isbotlangan. Demak, bu jismoniy mashqlar doimiy bir xil ta’sir xususiyatiga ega emasligining isbotidir. Tarbiya jarayenida jismoniy mashqlarning samarali ta’sirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayenni boshqarishni osonlashtiradi. Bu omillar quyidagicha guruxlangan: 1. O‘qituvchi va o‘quvchilarning shaxsiy xarakteristikasini bilish asosiy omillardin biri. Ta’lim jarayeni ikki tomonlama – o‘quvchilar ukiydi, o‘qituvchi ukitadi. Shuning uchun jismoniy mashqlarning ta’siri keng darajada kim ukitayetganligiga va kimlarni ukiyetganligiga, axlokiy sifatlariga va iktidori (intellekti)ga, jismoniy rivojlanganligiga va tayyergarligi darajasiga, shuningdek, birlamchi bajara olish malakasi, kizikishi, harakat faolligi hamda boshqalarga bog‘liq. 2. Ilmiy omillar – jismoniy tarbiyaning qonuniyatlarini inson tomonidan anglash meyerini xarakterlaydi. Jismoniy mashqlarning pedagogik, psihologik, fiziologik xususiyatlari qanchalik chukur ishlab chikilgan bo‘lsa, pedagogik vazifalarni hal qilish uchun shunchalik samarali foydalanish mumkin. 3. Metodik omillar – jismoniy mashqlardan foydalanishda amal kilinadigan juda keng kamrovdagi talablar guruxini umumlashtiradi. Jismoniy mashqni o‘qitish davomida yeki boshqa pedagogik vazifani hal qilish uchun kullayetib (masalan, jismoniy kobiliyatlarni rivojlan tirsh uchun) shuni xisobga olish kerakki, birinchidan, shu jismoniy mashqdan kutilayetgan samara, ya’ni bu mashq bilan qanday vazifalarni (bilim berish, tarbiyalash, sog‘lomlashtirish) hal qilish mumkin; ikkinchidan, uning tuzilishi – statik yeki dinamik mashqmi, siklik, atsiklik yeki boshqacha harakatmi; uchinchidan, mumkin bo‘lgan takrorlash usullari (bo‘laklarga ajratib yeki mashqni to‘la bajarish bilan o‘rgatish maqsadga muvofikmi, takrorlashlar oraligida aktiv dam olishni qo‘llashmi yeki passiv dam olishnimi va xokazolar). Jismoniy mashqlarning bunday xarakteristikasi qo‘yilgan pedagogik vazifalarni hal qilish uchun jismoniy tarbiya vositalari va metodlarini tanlash imkonini beradi. Jismoniy tarbiya jarayonida o‘rgatishning asosiy vazifasi harakat ko‘nikmalari va maxsus bilimlarini egallashdir. Download 47.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling