Mundareja: kirish
O’quvchilarda jismoniy tarbiya darsiga bo’lgan asosiy talablar va jismoniy tarbiya vazifalari
Download 47.03 Kb.
|
90-722-70-73
2. O’quvchilarda jismoniy tarbiya darsiga bo’lgan asosiy talablar va jismoniy tarbiya vazifalari
Jismoniy tarbiya darslari oʼrta maktabda 2002 yilda dastur boʼlimiga kiritilgan va haftasida ikki marta 45 daqiqadan oʼtkaziladi. Jismoniy tabriya darsi va mashgʼulatlar oʼquvchilar organizmiga jismoniy mashqlarning ijobiy taьsiriga erishish uchun quyidagilarga eʼtibor berish kerak: Jadvalda darsning birinchi soatlarga, hamda oxirgi soatlarga jismoniy tarbiya darsini quyilmagani maqsadga muvoffikdir. Nima uchun? Ilmiy ishlar va kuzatishlar aaosida isbatlab umumtaʼlim maktablarda jismoniy tarbiya yoki jismoniy tarbiya deb ataladigan maxsus oʼquv fanini oʼqitish asasida tashkil etiladn. Hamda uning ahamiyati boshqalar bilan bir qatorda 9 yillik maktabni bitirish haqidagi guvoxnomaga va oʼrta maьlumot xakidagi shaxodatnamnga baholarni qoʼyilishi bilan belgilanadi. By fanning oʼqitilishnning aaosiy yoʼnalishn umumiy jismoniy tarbiyaning, jismoniy qobiliyatini har tomonlama tarbiyalash, sogʼliqni mustahkamlash, tana tuzilish xususiyatlarini takomillashtirish bilan birligini taьminlaщdir. Jismoniy tarbiya sohasida maxsus bilimlarni oʼrgagish oʼquv jarayonida berish bilan bir qatorda jismoniy tarbiya dasturida koʼnikma va malakalarini shuningdek gigienik va tashkiliy koʼnikmalari shakllantiradi. Jismoniy tarbiya fanining oʼqitilishi oʼquvchilar shaxsini shakllantirish asosida jamoat ongini rivojlantirish boʼyicha, ahloqiy chiniqish va ahloqiy intizom koʼnikmalarini hosil qilish, irodaviy sifatlarini tashkil qilishi, inteliktual xususiyatlarini va estetik, mehnat tarbiyasini rivojlantirish bilan bogʼliqdir. Jismoniy tarbiya fani boʼyicha oʼquv tarbiya ishlari boshqa fanlar boʼyicha darsda ish qobiliyatini oshiradi. Jismoniy tarbiya darslarida egallangan xarakat koʼnikma, malakalari va jismoniy sifatlarning tarbiyalanishi, oʼquvchilarda oʼquv va ishlab chiqarish mehnatining tufli koʼrinishlarida talab etiladigan ish harakatini yaxshi shakllantirishga, jismoniy yuklanishini oson yengishga, ishning kerakli temp va ritmiga oson va tezda kirishish, mehnat harakatlarini maqsadga muvofiq hamda tejamli foydalanishga yordam beradi. Ikkinchi tomondan koʼshina oʼquv fanlari jismoniy tarbiya fanini oʼzlashtirishga yordam beradi. Masalan: tabiiy fanlar sohasidagi olingan maʼlumotlarga tayangan holda oʼquvchilar jismoniy mashqlarning organizmga taʼsirini tezda tushunib oladilar (fiziologiya, gigiena, biologiya na x.k) oʼquvchilar rasm, chizmachilik, mehnat va boshqa fanlar boʼyncha jismoniy tarbiya jarayonida olingan koʼnikmalardan foydalaniladi. Misol: egiluvchanlik, chidamlilik, irodalilik. Darsda boʼlgan talablar. Jismoniy tarbiya darsi 3 qismdan iborat (tayyorgarlnk, asosiy va yakuniy qismlari) boʼlib dars oldida qoʼyidagi talablar qoʼyiladi: a) dars aniq vazifalarga ega boʼlishi kerak; b) metodik tuzilish boʼyicha toʼgʼri boʼlishi lozim; v) oʼquv materiallari, oldingi dars, keyingilari bilan bogʼliq boʼlishi maqsadga muvofiqdir; g) dors mazmuni boʼyicha oʼquvchilarning yoshiga, jinsiga, jismoniy tayyorgarligiga salomatligiga, mos boʼlishi zarur; d) darslar qiziqarli va oʼquvchilarning faol faoliyatini oshirishga qaratilgan boʼlishi kerak; ye) dars mazmuni oʼquvchilar salomatliklarini, toʼgʼri qaddiqomatini saqlash va hartomonlama jismaniy rivojlantirishga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak. j) boshqa darslar bilan jadvalda toʼgʼri tuzilgan boʼlishi lozim; z) tarbiyaviy xarakterda boʼlishi shart. Jismoniy tarbiya darslarining vazifalari. Jismoniy tarbiya darslarida taьlim, tarbiya va sogʼlomlashtirish vazifalari hal etiladi. Taьlimiy deganda biz jismoniy tarbiya va sport boʼyicha asosiy tushunchalarni, ularning mohiyatini va qiymatini hamda dasturda mavjud boʼlgan jismoniy tarbiya jarayonida mashqlarni oʼquvchilarga oʼrgatishini tushunamiz. Taʼlimiy vazifalarni hal qilish uchun koʼshimcha vaqt talab qilinadi. Masalan: arqonga tirmashnb chiqishni bir darsda oʼrgatish mumkin emas. Taʼlimiy vazifalariga, shuningdek, jismoniy tarbiya va sportga, salomatlikni saqlash, kundalnk rejim, toʼgʼri nafas olish, chiniqtirish, mashqlarni toʼgʼri bajarishlari toʼgʼrisidagi bilimlar kiradi. Taʼlimiy vazifalarni hal etish tarbiyaviy va sogʼlomlashtirish vazifalar bilan bogʼliq boʼlishi kerak. Darsda diqqat, eʼtibor, intizom, harakat sifatlari, oʼrtoqlilik, doʼstlik xislatlari, maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni yengish kabi sifatlar tarbiyalanadi. Taʼlimiy vazifani amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sport toʼgʼrisida nazariy bilimlarini shakllantirishga katta eʼtibor beriladi. Sogʼlamlashtirish vazifalari – oʼsayotgan orgaizmlarning garmonini rivojlanishga, sogʼliqni mustaxkamlashga jismoniy tarbiyalarini xar tomonlama tarbiyalashga qaratilgan vazifalar. Yosh xususiyatlarga qarab quyidagi amalga oshiriladi: a) organizmni chiniqtiring, jumladan jismoniy charchash boshqa muxitning boshqa muxitning t-pa taʼsiri quyosh radiyatsiyasi kabi faktorlarga qarshi kurashishni oshirish; b) jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash, jumladan: -kichik maktab yoshdagi jismoniy sifatlarni har tomonlama rivojlanishini taʼminlash. Unda koʼproq koordinatsiyalash va tezkorlik xususiyatlarni taʼminlash; -oʼrta maktab yoshidagi ayrim tezkorlik kuch qobiliyatlariga aerobli xarakter chidamlilikka yordam beruvchi taʼsirlarni kengaytirish, dastur talablariga binoan. “Аlpomish va Barchinoy” meʼyor – talablar majmuasini bajarish. -Katta maktab yoshdagi jismoniy qobiliyatlarini (koordinatsiyalash, tezkorlik, tezkor –kuch, kuch, chidamlilikka) yuqori darajasini taʼminlash, shuningdek qiziqishga bogʼliq holda sportning biror bir turi boʼyicha mativlarni taʼminlash va umumiy ish qobiliyatlarini rivojlanishi. v) zarur boʼlganda: harakat faoliyatlarining turli shartlarida ratsional qaddi qomatni shakllantirish va mustaxkamlash. Tarbiyaviy vazifalari: -jism, axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasining oʼzaro bogʼliqligidan kelib chiqarilgan vazifalar. Bunday vazifalarning birqanchalik jismoniy tarbiya jarayonida hal etiladi. Download 47.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling