Mundarij a kirish I bob. Iqbol mirzo she’riyаtiga bir nazar


Download 118 Kb.
bet5/7
Sana05.05.2023
Hajmi118 Kb.
#1431993
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IQBOL MIRZO

Qorako`z turnalar Qo`qonga qaytar… [Mizro I. 2020.103]
Ammo sen ro`yosan, bilmayman,
Qaydasan va qachon qaytasan? [Mizro I. 2020.113]
Qumdan qurgan qo`rg`onim qani? [Mizro I. 2020.131]
Yuqorida keltirib o`tilgan misralarda q undoshi bilan boshlanuvchi so`zlardan mohirona foydalanish orqali shoir she’rning badiiylik xususiyatini bir qancha darajaga oshira olgan va she’rdagi ritmni ham bir tizginda ushlab turishga erishgan. Bu she’rdagi ekspressivlikni oshirishga xizmat qilgan.
Qo`llarim qaqshaydi soching sog`inib,
Sochlarim sog`indi barmoqlaringni. [Mizro I. 2020.40]
Endigi parchada q hamda s undoshlari uyg`unlikda alliteratsiya hodisasini yuzaga keltirgan. Bu o`rinda alliteratsiya bilan birga xiazm ya’ni tеskari tartibdagi sintaktik parallelizm, misradagi so`z yoki bo`laklarni teskari tartibda takrorlashga asoslangan stilistik figura ham qo`llanilgan. Natijada, she’rning emotsional- ekspressivlik xususiyati o`sishi bilan birga misralar bir o`qishda yod bo`lib qoladigan darajadagi ritm kasb etgan.
Alliteratsiya hodisasining yana bir go`zal ko`rinishi “ Tubida tosh dumalatib…” nomli she’rning har bir bandi so`nggidagi takrorlanuvchi misrada ham o`z aksini topgan:
Ko`zlarimdan ko`zlaringiz ketmadi, yor. [Mizro I. 2020.193]
Bu she’rning har bir bandi shunday yakunlangani uchun ham alliteratsiya yaqqol ko`zga tashlanib turadi va o`quvchi qalbiga o`zgacha ta’sir eta oladi. Bundan tashqari, shu she’rning o`zida yana bir misra e’tiborimizni jalb etadi:
Hammasi ham bu holimga hayron o`tdi. [Mizro I. 2020.193]
Darhaqiqat, she’rdagi ushbu misra ham o`quvchi diqqatini jalb etadi va yuqoridagi emotsional-ekspressivlikni yana bir pog`onaga olib chiqishga xizmat qiladi.
Iqbol Mirzoning barcha she’rlari orasida “Shimoldan shoshqaloq shamollar kelur” misrasi bilan boshlanuvchi she’ri alliteratsiyaga yorqin misol bo`la oladi. Boisi, ushbu she’r boshdan oyoq alliteratsiya asosida yozilgan. She’rning birinchi bandi:
Shimoldan shoshqaloq shamollar kelur
Halqumga hanjardek hilollar kelur,
Siynadan sirtilgan savollar kelur,
Rahmingiz kelmasmi?
Birinchi misrada shamolga shoshqaloq deb ta’rif berilishi hamda uning aynan shimoldan kelishi shoirning mqsadi alliteratsiya hodisasini yuzaga chiqarish ekanligini ochiqlaydi. Ikkinchi misrada hilolni ya’ni oyni hanjarga mengzash bu tabiiy hol, ammo uning halqumga kelishi shoirning ijodiy ixtirosi bo`lib, bu ham alliteratsiyani yuzaga keltirish yo`lida namoyon bo`lgan. Uchinchi misrada esa qalb so`zining ko`chma ma’nodagi sinonimi orqali ifodalaydi va mazmun va shaklni uyg`unlikda o`quvchiga yetkaza oladi.
Bu bo`m-bo`sh bog`imga bahorlar kelgay,
Umidlar ufurib, uforlar kelgay,
G`arib g`orotlardan g`uborlar kelgay,
Rahmingiz kelmasmi?
Keyingi bandni o`qir ekanmiz, mazmunan birinchi band davom ettirilganligining guvohi bo`lamiz. B harfi bilan yuzaga kelgan allitaratsiya mavjud misradagi mazmun qalbga ishora qilmoqda. Ya’ni shoirning qalbi bo`m-bo`sh bog` kabidir. Keyingi misrada esa shoir alliteratsiyaga yondosh hodisa hisoblangan assonans vositasidan foydalangan. Assonans unli tovushlarning takrorlanishidir. Bu o`rinda u unlisi orqali assonans yuzaga chiqmoqda va mazmuniy butunlikni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Navbatdagi misrada ham g` undoshli alliteratsiya ifodalanadi.
Sochlari soylanib, sanamlar kelsa,
Qayrilma qoshlari qalamlar kelsa,
Azoblar, anduhlar, alamlar kelsa,
Rahmingiz kelmasmu?
Ushbu misralarda ham s,q undoshlari orqali alliteratsiyaning go`zal namunalari hamda a unlisidan foydalangan holda assanans yuzaga kelgan va natijada to`la emotsionalekspressiv bo`yoq bilan yo`g`rilgan asar yaratilgan.
Kunlarim kullarga ko`milib ketmish,
Tunlarim tangadek to’kilib ketmish,
Sabrning sarposi so`kilib ketmish,
Rahmingiz kelmasa…
O`zingiz keling!
She’rning so`nggi bandi ham yuqoridagi an’anani davom ettiradi. Undagi qo`llanilgan so`zlarni alohida olib qarasak, ular o`rtasida o`zaro bog`liqlik mavjud emasligini yaqqol sezamiz(kun-kul/tun-tanga/sabr-sarpo). Ammo alliteratsiya vositasida ular bir umumiy ma’noda uyg`unlashadi.
Yuqorida ta`kidlanganidek, misrlarning boshidagi so`zlarning o`zigina bir xil undosh tovush bilan boshlansa ham alliteratsiya yuzaga kelgan hisoblanadi. Chunki faqat misralar boshidagi bir xil undosh takrori ham she’rga o`zgacha ekspressivlik bag`ishlay oladi va shu bilan bir qatorda shoirdan ulkan mahorat talab etadi:
Keturman,
Kutmagil,
Kelmasman qaytib. [Mirzo I. 2020.100]
Ushbu parchadagi so`zlar bir xil undosh bilan boshlanishi bilan birga, asosi bir bo`g`indan iboratligi, sof o`zbekcha so`zlar ekanligi bilan ham o`zaro umumiylik kasb etadi. Bu umumiylik mazmundagi uyg`unlikni yuzaga chiqaradi va natijada ushbu uyg`unlik she’rga ko`chib, she’rdagi musiqiylikni barqarorlashtiradi.
Xulosa qilib aytganda, Iqbol Mirzo she’riyatida qo’llanilgan har bir obraz va o’xshatishlar o’zining ta’sir ko’lami va kitobxonga estetik ta’sir qilishi bilan e’tiborga loyiqdir. Yuqorida biz shoir she’rlarida qo’llanilgan dunyo obrazi va uning o’xshatishlari, unga berilgan ta’riflarni ko’rib chiqdik. Dunyo sir-sinoatlarga, kashf etilmagan va kutilmagan turli voqea-hodisalarga boydir. Unda yaxshi-yomon odamlar ham, ezgu va yovuz kuchlar ham, baxt va qayg’u ham hukmronlik qiladi. Bu dunyo sinovli dunyo hisoblanadi. Odamzod yashashi davomida baxtsizlikka, omadga va muvaffaqiyatsizliklarga duch keladi. Xuddi shu narsalarni hisobga olgan holda dunyo obrazi yuqoridagi misralarda har xil usullarda ifodalangan.


Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling