Mundarij a kirish I bob. Iqbol mirzo she’riyаtiga bir nazar


II BOB. IQBOL MIRZONING POETIK MAHORATI


Download 118 Kb.
bet6/7
Sana05.05.2023
Hajmi118 Kb.
#1431993
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IQBOL MIRZO

II BOB. IQBOL MIRZONING POETIK MAHORATI
2.1. Shoir Iqbol Mirzoning lirik asarlari, ularning badiiyati
Iqbol Mirzo ijodida muhabbat mavzusidagi she`rlarning ajoyib namunalarini uchratish mumkin. Masalan, Iqbol Mirzoning «Farishta», «YOnimga kel, yorim», «Seni moo’inib», «Istaysizmi-yo`qmi», «Muhabbat», «Ko`nglingda nima bor?», «Seni bugun ko`rmasam bo`lmas» kabi she`rlarida sof-samimiy,, pokiza muhabbat, unga intilish va shu orqali tozargan qalb, ruhi poklangan jism, botini harirlashgan banda, majoziy muhabbatdan ilohiy ruh, ilohiy go`zallik izlagan inson tasviri gavdalanadi. Bu she`rlarning ayrimlari qo`shiq sifatida ijro etilib xalq qalbidan joy olishga ham ulgurgan. Lirik she`rlar, ya`ni muhabbat mavzuidagi she`riyat namunalari. Hamma zamonlardagi kabi davrimiz she`riyatida ham muhabbat mavzusi o`zining etakchilik mavqeini saqlab qoldi, yangidan yangi ijod namunalari hisobiga kengaydi. Muhabbat mavzuidagi she`rlar zamirida yotgan badiiy-falsafiy yuk ramziy ishora va obrazli ifodalarga boy bayon tarzi bilan yanada teran ma`no kasb etdi. SHuningdek, mumtoz she`riyatimizda mavjud ilohiy va majoziy ishq, yor jamolining Olloh jamoli tajallisi ekanligi, oshiq o`zini ma`shuqa bilan bir deb bilishi kabi tasavvufiy g’oyalar aks etgan she`rlarining tez-tez ko`zga tashlanib turishi ham bugungi o`zbek she`riyati uchun xos yana bir xususiyatdir
Ijtimoiy lirika – bu guruhga Vatan, Istiqlol, mamlakatdagi turli o`zgarishlar, kamchilik va yutuqlar kabi turli xildagi masalalardan bahs yurituvchi she`rlarni kiritish mumkin. Bunday she`rlarni ikkinchi nom bilan zamonaviy mavzudagi she`rlar deb atashimiz ham mumkin.
Davrimiz she`riyatida, tabiiyki turli muammolar aks etgan she`rlar ham uchraydi. Masalan, jamiyatimizda mehr-oqibatning ko`tarilayotganligi, hamma narsa texnikaga asoslanilib, odamlar bir-birlarini tanimay qolayotganligi, bozor iqtisodiyoti sharoitini ayrim odamlar o`zicha tushunib, insofu diyonat, adolatni unutib qo`yayotganligi, hattoki vatanfurushlar paydo bo`layotganligi kabi masalalardan bahs etuvchi she`rlar ham uchraydi. Iqbol Mirzoning «Qo`shiq», «G’iybatchilar, hormanglar», «G’irrom dunyo», Usmon Azimning «Po`latdan zirh kiyar Evropa», Sirojiddin Sayyidning «Bozor ijodiyoti» sarlavhasi ostida berilgan bir qancha she`rlari, masalan, «Bozor iqtisodiyoti va she`r», «Duo so`rab», «Tijorat mulkida», «Tijoratchi do`stim Tursunboyga hazil manzuma» kabi asarlari shular jumlasidandir.
Ularda mavjud siyosiy-madaniy hayot, jamiyat odamlararo munosabatlar, bugungi kun yangiliklari va ularning insoniyat tarqqiysi uchun qilayotgan ezguliklari yoki aksincha harakatlari tahlilga tortiladi. SHoirlarning jamiyatdagi o`zgarishlarga munosabtalari aynan mana shu mavzudagi she`rlarning tahlil ob`ektiga kiradi. Bunday she`rlarning aksariyati uchun xos xususiyat shundaki, kutilmagan yangi bir voqea-hodisa yo muammo, yoki tasvir haqida so`z ochiladi- yu, she`r so`nggida shoir aytmoqchi bo`lgan asosiy fikr ijtimoiy-siyosiy mavzuga ulab ketiladi. Demakki, ushbu mavzudagi she`rlarda ko`proq insonlar o`rtasidagi ko`zbo`yamachilik, o’ayirlik, qalloblik, mehr-oqibatning ko`tarilayotganligidan qayo’urish, fan-texnika asrining ayrim odamlarni telba, shoshqaloq qilib qo`yayotganligi-yu, milliylik, sabr-toqatlilik, ko`ngilning hissiy kechinmalariga farzandlar tarbiyasi-yu, qarilarga e`tiborning ham ma`lum bir o`lchovga solib borilayotganlgidan qayo’urish muammolari aks ettirilgan.


Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling