Mundarij a kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash psixologik-pedagogik komponent sifatida


II BOB. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING INNOVATSION SHAKLLARI


Download 63.56 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi63.56 Kb.
#1562315
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mohidilxon

II BOB. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING INNOVATSION SHAKLLARI



  1. 1. Ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik tizimini yaratish mexanizmlari

Mamlakatimizda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlarni tayyorlash masalasi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va oʻzgarishlar natijadorligi maktab taʼlimiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish masalasiga borib taqaladi.
Mamlakatimizda ta'lim sohasida, xususan, maktablarimizni bugungi kun talablari asosida tashkil etishda tub o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonga oliy ta'lim muassasalarining ham jalb etilayotgani bejiz emas. Chunki har ikki ta'lim muassasasi bir-biri bilan uzviy bog'liq: bir-birini to'ldiradi va rivojlantiradi. Ularni biridan ikkinchisini ayro tasavvur etib bo'lmaydi.
Ushbu islohotlarni amalga oshirishda Samarqand xalqaro texnologiya universiteti jamoasi ham viloyatimizdagi umumta’lim maktablarida ta'lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va sifatini oshirish, o'quvchi-yoshlarning o'z iste'dodini to'liq namoyon etishlariga har tomonlama ko'maklashmoqda. Maktablar bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish va ularning rivojlanishiga hissa qo'shish universtitetimizning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
Maktablarda asosiy e'tibor bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishlari uchun ko'maklashish va kasbga o'rgatish, ikkinchi tomondan, quyi sinflarda tahsil olayotgan o'quvchilarni qiziqishlariga qarab turli kasb-hunarlarga yo‘naltirish, iste'dodlarini yuzaga chiqarishga qaratiladi. Oliy ta'lim muassasasi va maktablar o'rtasida yo'lga qo'yilgan bunday hamkorlik yaqin kelajakda o'z mevasini berishi shubhasiz.

Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko'tarish, ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimining tuzilmasi va mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tubdan isloh qilish davr talabidir. Buning uchun, avvalo, ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini ilg'or, ilmiy-metodik jihatdan asoslangan yangi va zamonaviy metodika bilan ta'minlash, sifatli ta'lim muhitini yaratish uchun mas'ul bo'lgan o'qituvchi-pedagoglarni zamon talabi asosida tayyorlash va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda kasbiy rivojlantirish, shuningdek, "lifelong learning" tamoyili asosida uzluksiz holda malakasini oshirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.


Hayot davomida o‘qish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: maktabgacha ta’lim, o‘rta maktab, bakalavriat, magistratura, doktarantura va malaka oshirish kurslari.
Respublikamiz ta’lim loyihasida uzluksiz ta’lim tizimini joriy etishga ustuvor ahamiyat berilayotgani nodavlat ta’lim muassassalarining (NTM) faoliyatlarida ham nomoyon bo‘lmoqda. Bunday NTM qatoriga 2015-yilning 20-yanvarida Samarqand shahrida birinchi xususiy maktab sifatida tashkil etilgan “Istiqbolli ta’lim” nodavlat ta’lim muassasasini kiritish mumkin. Iqtisod fanlari nomzodi, professor Aslanova Dilbar Xasanovna asos solgan va homiylar kengashi raisi hisoblangan mazkur ta’lim maskanida ingliz, rus va o‘zbek tillari hamda matematika fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘rgatiladi.
Mazkur maktab o‘qituvchilariga va unda tahsil oluvchilariga ta’limiy metodik yordam berish maqsadida 2022-yilning 15-dekabr kuni Samarqand xalqaro texnologiya universiteti va “Istiqbolli ta’lim” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zaro hamkorlik doirasida tomonlar quyidagilarga kelishib olishdi:

NTM yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va o‘z o‘qituvchilarining malakaviy darajalarini oshirishda SXTU professor-o‘qituvchilarining xalqaro tajribasidan samarali foydalanish;


"Istiqbolli ta’lim" NTM ta’lim dasturiga asosan tuzilgan o‘quv faoliyatni eng ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash;
NTM o‘qituvchilari uchun Samarqand xalqaro texlogiya universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan xorijiy metodika asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
SXTU professorlari tomonidan axborot texnologiyalari bo‘yicha qo‘shimcha dasturlar ishlab chiqib, «Speaking Club»ni xorijlik inglizzabon til mutaxassislari tomonidan o‘tkazishni ta’minlash;
Matematika, kimyo, fizika va boshqa tabiiy fanlardan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish;
SXTU doirasida o‘quvchilar uchun turli xil kurslarni (AKT kurslari, xorijiy tillarni o‘rganish kurslari va boshqalar) tashkil etish;
SXTU qoshidagi WIN markazi doirasida o‘tkaziladigan treninglar va boshqa ta’limiy dasturlarda NTM o‘qituvchilari hamda tinglovchilarini taklif etish;
NTM o‘qituvchilari hamda tinglovchilari uchun SXTU xududida va Eriell kompaniyalari obyektlarida tanishtiruv tadbirlari va ekskursiyalarni tashkil etish;
NTMda o‘tkaziladigan turli xil konkurslarda SXTU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokini ta’minlash.
O‘zaro do‘stona ruhda o‘tgan tadbir davomida mazkur rejalarni hamkorlikda bajarish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
NTM homiylar kengashi raisi, Dilbar Aslanova Samarqand xalqaro texnologiya universiteti bilan tuzilgan ushbu memorandum uchun samimiy minnatdorchiligini izhor etib, o‘zaro hamkorlik orqali NTMdagi ilg‘or va izlanuvchan o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga hissa qo‘shish, hamkorlikda mahorat darslari, davra suhbatlari tashkil etish ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga olib borishini ta’kidladi.
Ushbu hamkorlikning yana bir muhim jihati shundaki, endi maktablar erishayotgan yutuqlar, yo'l qo'yayotgan kamchiliklarga har ikki tomon ham birdek mas'ul. Bu, o'z navbatida, o'zaro hamkorlik samaradorligini yanada oshirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
Muhimi, xorijiy tillarni chuqur bilgan, salohiyatli kadrlarni hayotga tayyoralashdir. Kelgusida hamkorlikdagi tadbirlar ko‘lami kengayadi. Zero maktablar bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish va ularning rivojlanishiga hissa qo'shish universitetimizning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
O‘tgan davr mobaynida sog‘lom va har tomonlama rivojlangan o‘sib kelayotgan avlodning shakllanishini ta’minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta’lim tizimini tashkil qilish bo‘yicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, mavjud tizimli kamchiliklar maktabgacha ta’lim sohasidadavlat siyosatini to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, xususan:
birinchidan, maktabgacha ta’limni boshqarishning amaldagi holati tizimli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, mazkur sohada, shu jumladan, nodavlat sektorda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermayapti;
ikkinchidan, maktabgacha ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb qilishga, shu jumladan, ijtimoiy-hammabop maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish, ularni moddiy-texnik jihatdan qayta jihozlash va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy qilinmagan;
uchinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining amaldagi holati bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermayapti, mamlakatda aholi sonining o‘sishi ayrim maktabgacha ta’lim muassasalarining haddan tashqari bandligiga olib kelmoqda;
to‘rtinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik (shu jumladan, o‘yinlar va o‘yinchoqlar) materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga joriy etish ishlari zamonaviy talablarga javob bermaydi;
beshinchidan, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning amaldagi tizimi maktabgacha ta’lim sohasini bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlay olmaydi;
oltinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimining past darajada ekanligi malakali kadrlarni jalb qilish imkonini bermayapti;
yettinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hududiy sog‘liqni saqlash organlari ishini tashkil etishdagi kamchiliklar bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, shu jumladan, sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda.
Maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilsin.

Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladi:


zamonaviy ijtimoiy-hammabop maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida investorlarga yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolar, shu jumladan faoliyat yuritmayotgan va tarbiyalanuvchilar soni kam bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini beg‘araz ajratish;
investorlarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, ayniqsa, shunday tashkilotlarga yuqori ehtiyoj mavjud bo‘lgan va infratuzilmasi rivojlanmagan hududlarda tashkil etish uchun zarur bo‘lgan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalarni, shuningdek, imtiyozli kreditlarni taqdim etish imkoniyati;
investorlar tomonidan vakolatli davlat organlari bilan 50 yil muddatga tuziladigan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv asosida loyihani amalga oshirish
investorlar tomonidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvda nazarda tutilgan shartlarga, maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat talablariga, sanitariya-gigiyena normalariga qat’iy rioya etish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilish, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xizmati narxining ijtimoiy hammabopligini ta’minlash;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv shartlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni bekor qilish mexanizmlari.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2018-yilda o‘tkazilgan eksperiment yakunlari.



Download 63.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling