Mundarij a kirish I bob. Sosoniylar


Somoniylar davlatining huquqiy tizimi


Download 73.68 Kb.
bet7/9
Sana04.05.2023
Hajmi73.68 Kb.
#1425510
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi 37

Somoniylar davlatining huquqiy tizimi
Ulkan va qudratli Somoniylar davlati o'ziga xos huquqiy tizimga ega bo'lgan. U o'zidan oldingi, jumladan, islomga qadar mavjud bo'lgan huquqiy normalar va institutlarni qabul qilib olgan. Jumladan, «Avesto»ning Ico'pgina qonun va qoidalarini ham Somoniylar davlatida harakatda bo'lganligini ko'rish mumkin. Shuningdek, bu davrda Sosoniylar qonunnomasi, Bobil Talmudi va Ishoboxta qonunnomasi normalari ham harakat qilgan. Bu huquqiy yodgorliklar zardushtiylik, iudaizm va xristianlik diniy jamoalariga tegishli edi. Mazkur diniy jamoalar o'z huquqiy tizim-laridan foydalanganlar va yurisdiksiya sohasida mustaqil bo'lganlar.
Biroq, Somoniylar davlatida islom davlat dini sifatida tan olinib, islom huquqi huquqiy tizimda hukmron mavqeni egallagan.
Shunday qilib, Somoniylar davlati huquqiy tizimining shakllanishi va rivojlanishida quyidagilar manba bo'lib xizmat qilgan: Markaziy Osiyoning islomga qadar huquqiy normalari va institutlari; Somoniy tomonidan bosib olingan turli mintaqalarda mavjud bo'lgan huquqiy normalar va institutlar; Markaziy Osiyo xalqlarining hamda ushbu imperiyaga ko'chib kelib o'rnashgan boshqa xalqlarning o'zaro odatlari va an'analari; mazkur xalqlarning bir-biridan juda farq qiluvchi diniy normalari; yuqoridagi xalqlar va davlatlarning siyosiy an'analari; islom huquqi; Somoniylar davlati hukmdorlarining ulamolar, shuningdek mahalliy hokimlar, raislar va boshqa ma'muriy-huquqiy birliklarning mansabdor shaxslari bilan birgalikdagi huquq ijodkorlik faoliyati; sud-boshqaruv amaliyoti va boshqalar.
Yuqorida aytib o'tilganidek, islom huquqi Somoniylar davlati huquqiy tizimida hukmron bo'lganligi uchun fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi va sud ishlarini yuritilishi, umuman olganda shariatga asoslangan edi.
Shariat bo'yicha fuqarolik huquqi munosabatlari (muomalot) batafsil tartibga solinadi. Fuqarolik huquqiy munosabatlarining subyekti jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin. Shariat yuridik shaxslarning huquqiy holatini alohida tarzda ko'rib chiqmaydi. Jismoniy shaxslar tomonidan qilingan fuqarolik-huquqiy harakat qonuniy (halol) va yo'l qo'yilgan (joiz) yoki qonunsiz, yoi qo'yilmagan (harom) bo'lishi mumkin. Harakat, shuning­dek, shariat nuqtayi nazaridan maqtovga loyiq (mustahib) va tanbehli (makruh), majburiy va majburiy bo'lmagan kabi turlarga bo'linadi.
Jismoniy shaxslarning layoqatligiga jinsi, tabaqasi, mulkiy ahvoli, ayniqsa e'tiqodi ta'sir etadi. To'liq darajadagi huquq layoqatiga va muomala layoqatiga mulkdor musulmon erkak kishilar, hukmron tabaqa vakillari ega bo'lgan. Huquqiy layoqat tug'ilishdan boshlab, meros masalalarida esa tug'ilmasdan ham avval vujudga kelgan va o'lim bilan yoki bedarak yo'qolish bilan tugagan. Yosh bolalar, 15 yoshga to'lmagan voyaga yetmaganlar, shuningdek, ruhiy kasallar va aqli zaiflar muomala layoqatiga ega emas deb hisoblangan.
Fuqarolik huquqining obyektini ashyolar, mulkiy, shuningdek, mulkiy xarakterga ega bo'lmagan shaxsiy huquq (masalan, ismga ega bo'lish huquqi) tashkil etgan. Ashyolar harakatda va harakatsiz (ko'chmas), almashtiriladigan va almashtirilmaydigan, nasliy va nasliy bo'lmagan, bo'linadigan va bo'linmaydigan, iste'molga yo'l qo'yilgan va iste'raolga yo'l qo'yilmaydigan, muomaladan olingan va muomaladan olinmagan bo'lishi mumkin.
Somoniylar davlatida sud ishlari shariat qonun-qoidaiariga asoslangan edi. Sud ishlari qozilik devoni tomonidan boshqarilgan. Sud jarayoni qozikalon, qozilar, mufti, raislar tarafidan amalga oshirilgan. Viloyat qozilari qozikalonga bo'ysungan. Og'ir jinoyat qilganlar o'limga yoki uzoq muddat qamoq jazosiga mahkum etilgan. Viloyatlarda og'ir jinoyat sodir etganlar qozikalon va amir hukmiga havola etilgan. Oiim jazosini ibrat uchun Buxoro Registonida, ko'pchilik oldida ijro etishgan. O'g'irlik qilganlar muhtasib va uning mirshablari tomonidan ushlanib, aholi to'plangan yoki bozor joylarda qo'li chopib tashlangan. Yengilroq gunoh qilganlarga tan jazosi (kaltak, darra) berilgan yoki jarima solingan.
Somoniylar davlatida islomdagi huquqiy munosabatlarni mahalliy xalq urf-odatlariga moslashtirishga yordam beruvchi asarlar yaratilgan. Ulardan qozilik mahkamalari yordamchi qo'llanma tarzida foydalanganlar. Masalan, faqih Abulays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad Samarqandiy (vafoti 985-yil)ning «Xazinatul-fiqh» («Musulmonchilik qonun-qoidalari xazinasi») asarini ko'rsatish mumkin. Xusrav I Anushirvon hukmronligi davrida mamlakatda bir qator islohotlar o‘tkazdi. Mamlakatni markazlashtirishga xarakat qildi. Yuqorida yuz bergan
Xalq harakati hukmron sinfga eski boshqaruv usulini saqlab qolish mumkin emasligini ko‘rsatdi. Shu boisdan ham tarixiy adabiyotlarda “O‘lmas” nomini
olgan yangi sosoniy hukmdor Xusrav I Anushirvon davlat rivoji va hukmdor hokimiyatni mustahkamlanishiga turtki bergan islohotlarni o‘tkazishga xarakat qildi. Xalq xarakati paytida bosib olingan yerlarning katta qismi davlat ixtiyoriga o‘tkazildi.
Soliq islohotiXusrav I Eron tarixida yirik islohotchi sifatida kirdi. Davlat yerlari egalik munosabatlarini rivojlantirib, yer solig‘ini tartibga soldi. Xusravning islohotiga qadar yer solig‘iga natura shaklida olingan bo‘lib, uning miqdori hosilning 1/8 dan 1/3 qismigacha bo‘lgan. Uning buyrug‘i bilan ekin ekiladigan hamma yerlarning xisobi olinib, yiliga 2 marta olinadigan yer solig‘i o‘rnatildi. Moliya amaldorlari bo‘lgan mirzala, yerlardan olinadigan hosilni tubdan tekshirib chiqib, har yili hosilga qarab soliq miqdorini belgilaydigan bo‘ldilar. Islohot natijasida soliq yer maydoni yoki ayrim mevalar uchun esa tub soniga qarab belgilanadigan bo‘ldi. Yer solig‘i to‘lash uchun o‘lchov birligi sifatida 1 garib (taxminan 0,2-0,3 ga) olindi. Yer solig'i shunga asosan hisoblangan.
Masalan, 1 garib maydonda bug‘doy yoki arpa ekkan odam 1 dirxam soliq to‘laydigan bo‘ldi. To‘rt tub xurmo yoki olti tub zaytun daraxti uchun esa 7 dirxam, 1 garib uzumzor uchun 8 dirxam soliq solingan. Yer solig‘idan tashqari jon solig‘i pul bilan almashtirildi. U gezit deyilgan. Shoh amaldorlar, harbiylar, kohinlar va barcha davlat xizmatchilarini bu soliqdan ozod qildi. Aholi mulkiga qarab yiliga 4, 6, 8, 12 gezit to’lagan. Xusrav I savdogar va sudxo‘rlarning pul muomilasi sohasidagi amaliy tajribasidan foydalanish maqsaddida davlat moliya bo‘limiga xizmatga yolladi. U mamlakat xazinasiga tushuvchi soliqlar miqdorini tartibga solish orqali xazinaning qudratini saqlab qolishni amalga oshirdi.
Harbiy islohoti. Moliyaviy ahvolini yaxshilab olgan Xusrav I mamlakatda harbiy islohotni ham amalga oshirdi. Mamlakatda doimiy armiyaga asos soldi. Xusrav zamonasiga qadar davlatdagi jangchilar faqat urush vaqtida yig‘ib olinardi. U armiyani ham tubdan o‘zgartirib doimiy armiyani tuzishga erishdi. Mamlakat armiyasi yirik 12 bo‘linmaga ajratildi. Og‘ir qurollangan qo'shin soni ortib, ular savaron deb nomlandi. Doimiy armiya qo'shinlariga davlat xazinasidan oylik mablag‘ ajratildi.
Ma’muriy-hududiy islohoti. Xusrav I ning ma’muriy-hududiy islohotiga qadar Eron ma'muriy jihatdan urug' zodagonlari va vassallar tomonidan boshqarilgan. Har bir qismning boshlig'i-padospan harbiy islohot natijasida shakllangan to‘rt qismning harbiy boshliqlari-ispexbedlarga bo‘ysundirildi. Lavozimlarga faqat shohning ko'rsatmasi bilan ayonlar tayinlana boshladi. Barcha sud ishlari ham shohga berildi. Vazurg - framatar (bosh vazir) ning vakolatlarini qisqartirdi va uning bir qismini qolgan amaldorlarga berdi. Shunday qilib, mahalliy va yuqori amaldorlarning hokimiyatini chekladi hamda o‘zining hokimiyatini mustahkamladi.10
Qurilish ishlari. Mamlakatda yo’l qurilishiga ko’priklar, yanggi shaharlar qurishga e’tibor berildi. Kanallar ishga tushirildi. Xusrav I kanal, damba, to’g’on, Ktesifonda saroy qurdirdi. Bu davlatda ilm fan va madaniyat rivojlandi. Shox yunon tilini bilib Platon asarlarini o’qigan. Hind tilidagi asarlar pahlaviy tiliga o’girildi. Eronga shaxmat o’yini kirib keldi.
Tashqi siyosati. Xusrav I davrida chegaralar xavfsizligiga ahamiyat berdi. Vizantiya, eftaliylar, Yaman davlatlari bilan urushlar olib bordi. Xusrav taxtga kelmasdan oldin 526-531-yillarda Vizantiya bilan urush yuz bergan edi. 532-yilda Xusrav taxtga kelgach “abaiy tinchlik” shartnomasi imzolandi. Lekin 540-yilda shartnoma Eron tomonidan buzildi. 542-yilda ular Antioxiyaga bostirib kirdi. U Antioxeyadan asr olganlarni “xisrav antioxeyasi”ga joylashtirildi. Bu urush 20 yildan ortiq davom etdi. 561-yilda 50 yillik sulz imzolandi. Lekin yana 570-yilda Xusrav Yamanni bosib olganligi sababli sulx buzildi. U urush ham 20 yil davom etgan. Lekin Xusrav I urushni nihoyasiga yetkaza olmadi.
Xusrav I davrida doim ham tinchlik bo’lmagan. 572- yilda Armaniston va Liberiyada qo’zg’alonlar bo’lgan.
Qo'zgolonchilar bevosita Vizantiya imperatori tomonidan qo'llab-quvvatlandi. 576-yilda sosoniylar qo‘shini Melit ostonalarida mag'lubiyatga uchradi. Xusrav vafot etganidan so‘ng hokimiyat tushkinlikga yuz tuta boshladi. Jahon tarixi(o’rta asrlar davri) fanidan o’quv uslubiy qo’llanma.,2019.
Xisrav I Anushirvon о‘tkazgan islohotlar natijasida quyidagi о‘zgarishlar qilindi:
- xalq qо‘zg‘oloni natijasida qо‘lga kiritilgan yerlarning katta qismi musodara qilindi va davlat yer fondi tarkibiga kiritildi;
- quldor zodagonlar qо‘lidan tortib olingan yerlarning ikkinchi qismi yangi egalari qо‘liga о‘tdilar;
- hukmron sinf tarkibida ham о‘zgarish sodir bо‘ldi. Yerlardan mahrum
bо‘lgan mulkdor tabaqa vakillarni va ”ozodiylar” dan chiqqan vakillarni Xisrav podshohlik xizmatiga jalb etdi. Bu yо‘l bilan u butun borlig‘i bilan Shahanshohga bog‘liq bо‘lgan, yangi mulkdor tabaqaning paydo bо‘lishiga imkon tug‘dirgan.
Xisrav I hukmronlik qilgan davr boshqa xalqlarga qarshi urush olib borish bilan о‘tdi. U ayniqsa Vizantiyaga qarshi qattiq urushlar olib borgan edi.
Xisrav о‘z podsholik davrining boshlarida 532-yilda Yustinian I bilan “abadiy tinchlik” tо‘g‘risida shartnoma tuzadi. Lekin Vizantiyaning kuchayib ketishidan qо‘rqib, bu ahdnomani buzadi. 540-yilda u Suriyaga qattiq hujum qildi va Antioxiyani bosib olib, uni batamom yondirib yuborgan edi. Antioxiyaning aholisini asir qilib olib ketib, Ktesifon atrofiga joylashtirdi.
Sо‘ngra urush Mesopotamiya bilan Kavkaz ortida davom etdi. U tо‘xtab-tо'xtab 562-yilgacha chо‘zildi. Nihoyat, ikkala tomon holdan ketib, 50 yillikka mо‘ljallangan sulh tuzildi, ikkala tomon ham о‘zining ilgarigi chegaralarini saqlab qoldi. Biroq 570-yilda Xisrav Yamanni bosib oldi. Bu narsa Eron bilan Vizantiya о‘rtasida yana urush chiqishiga sabab bо‘ldi, bu urush 20 yil davom etib, Xisrav vafotidan keyin uning о‘g‘li zamoniga kelib tugaydi.
Biz о‘rganayotgan davrda dehqonlar va yer egalari о‘rtasidagi ijtimoiy ziddiyatlar kuchayib borgan. Sosoniylar mazdakiylarni yо‘q qilishga muyassar bо‘lishmadi; ular Eronning qishloq joylarida yashirin faoliyat kо‘rsatishni davom ettirdilar, ayniqsa mamlakatning shimoliy hududlarida faollashganlar, va oqibatda yangidan boshlangan qо‘zg‘olonlarda о‘zlarini qо‘rsatdilar. Shaharliklarni, ayniqsa hunarmandlarni soliqlar miqdorini yuqoriligiga va soliq tо‘lovchi aholi о‘rtasidagi huquqiy tengsizlikka qarshi kurashi kuchaydi. VI asrning 50-yillarining о‘rtalarida Xuzistonda shahar aholisini qо‘zg‘oloni bо‘lib о‘tdi. Qо‘zg‘olonga Xusrav I ning о‘g‘li, shahzoda Anoshazod boshchilik qilgan va u xristianlik mahzabida turgan. Xusrav II ning hukmdorligi vaqtida Nisibinda katta qо‘zg‘olon bо‘lib о‘tdi, shuningdek bir qator mahalliy qо‘zg‘olonlar va zodagonlarning g‘alayonlari ham yuz bergan.Xisrav I о‘lgandan keyin Sosoniylar hokimiyati tushkunlikka yuz tuta boshladi. Feodallashayotgan zodagonlar markazga yaxshi itoat etmadi.
Viloyatlarning katta-katta hokimlari Sosoniylarga qarshi uzluksiz qо‘zg‘olon kо‘tarib turdi. Feodallarning shahanshohga qarshi qaratilgan eng katta qо‘zg‘olonlaridan biri 590-yilda kо‘tarilgan Bahrom Chubin qо‘zg‘oloni bо‘ldi. Bu qо‘zg‘olon Sosoniylarni ag‘darishiga sal qoldi. Shoh Xisrav II (510—628) Vizantiya imperatoridan yordam sо‘rashga majbur bо‘ldi va Vizantiya qо‘shinining yordami bilangina taxtini tiklab oldi. 591-yilda Eron bilan Vizantiya о‘rtasida sulh tuzildi, bu sulhga binoan Kavkaz ortidagi chegara chizig‘i Vizantiyaga о‘tdi.
VI asrning oxiri — VII asrning boshlarida eron xalq ommasining ahvoli juda yomonlashib ketdi. Feodallar zulmi va og‘ir soliqlar eron dehqonlarini butunlay xonavayron qildi, ular endi harbiy xizmatni ham tuzukroq ado etolmaydigan bо‘lib qoldi. Sosoniylar va ularni qurshab turgan feodallar ichki ziddiyatlarni tashqi urushlar yо‘li bilan hal qilishga urindi. 60-yillarda Vizantiya bilan yana urush boshlandi. Vizantiyaning о‘z ichidagi inqirozdan foydalanib turib, Xisrav II dastlabki vaqtda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishdi. U Kichik Osiyoga bostirib kirdi va Marmar dengizining Osiyo qirg‘og‘ida va Konstantinopolning rо‘parasidagi Xalkidon shahriga yaqinlashib bordi, lekin keyin chekinishga majbur bо‘ldi.
613— 620 yillarda Xisrav II Suriyani, Falastin va Misrni zabt etdi. Biroq 623-yildan boshlab Vizantiya imperatori Irakliyning о‘zi hujumga о‘tdi. 628-yilda vizantiyaliklar Ktesifonga yaqinlashib kelib, Sosoniylar poytaxtini bosib olish xavfini tug‘dirdi. Mamlakatda shohdan norozilik kuchaya boshladi. Bundan foydalanib, zodagonlar Xisrav II ga qarshi fitna uyushtirdilar. Zodagonlar tomonidan shoh qilib kо‘tarilgan Qubod II (Xisrav II ning о‘g‘li) otasiga qarshi urush ochib, otasini asir oldi va uni qatl qilishni buyurdi. Vizantiya bilan sulh tuzildi, bu sulhga muvofiq vizantiyaliklar qо‘ldan ketgan hamma yerlarini qaytarib oldi.
Ardasherning vorisi va о‘g‘li Shopur I (241-272) davrida bir qator g‘alabalarga erishdi va sharq hamda g‘arbda (Afg‘oniston, Kavkazorti va boshqa joylarda) yangi hududlar istilo qilinib, mamlakat hududiga qо‘shib olindi. Sosoniylar endilikda “Eron shahanshohi” deb atala boshladi.
Shopur I davrida Mesopatamiya uchun bо‘lgan Edessa yonidagi jangda rimliklar qattiq zarba yedilar. Imperator Valerian boshchiligida asir tushgan rimliklar qulga aylantirilgan. Manbalarda yozilishicha, ularning qullari bilan Karun daryosida katta tо‘g‘on va suv inshootlari qurilganki, ular Bandi-Kaysar (Sezar tо‘g‘oni) nomi bilan mashhurdir.
Shopur I О‘rta Osiyoga ham yurish qiladi. U Choch viloyatiga qadar bostirib kirgan. III-IV asrlarda Sosoniylar davlati hududiga Marv tog‘li tumanlar, sharqda Hirot va boshqa yerlar kirgan. V asrda Eron Kaspiy dengizi qirg‘oqlarida mustahkam о‘rnashib oldi va Buyuk Ipak yо‘lining ushbu qismida nazorat о‘rnatdi.
Milodiy III asrda Sosoniylar davlati kuchayib ketishi natijasida ma’lum bir davrdavomida eronliklarning Buyuk ipak yо‘liga bо‘lgan ta’siri kuchayadi. Ayniqsa ushbu yо‘lning g‘arbiy bо‘lagi ancha vaqtgacha ular nazorati ostida bо‘ladi. Eronliklar savdo ishlariga mohirligi va ularning manfaati bunga bevosita bog‘liq bо‘lganligi sababli, ular xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim о‘rin tutadi.
Birinchi shohi Papakning otasi Soson nomi bilan atalgan. Papakning oʻgʻli Ardasher I Soson davlatining asoschisi boʻlgan. Soson sulolasining gullab yashnagan davri Shopur I, Yazdigard II, Feruz va Xusrav I Anushirvon davrlariga toʻgʻri keladi.
Sosoniy hukumdorlar shajarasi:
● Ardashir I - 224 dan 241 gacha
● Shapur I - 241 dan 272 gacha
● Hormizd I - 272 dan 273 gacha
● Bahram I - 273 dan 276 gacha
● Bahram II - 276 dan 293 gacha
● Bahram III - 293
● Narse - 293 dan 302 gacha
● Xormiz II - 302 dan 310 gacha
● Shapur II - 310 dan 379 gacha
● Ardashir II - 379 dan 383 gacha
● Shapur III - 383 dan 388 gacha
● Bahram IV - 388 dan 399 gacha
● Yazdegerd I - 399 dan 420 gacha
● Bahram V - 420 dan 438 gacha
● Yazdegerd II - 438 dan 457 gacha
● Hormiz III - 457 dan 459 gacha
● Peroz I - 457 dan 484 gacha
● Balash - 484 dan 488 gacha
● Kavad I - 488 dan 531 gacha
● Djamasp - 496 dan 498 gacha
● Xosrau I - 531 dan 579 gacha
● Hormizd IV - 579 dan 590 gacha
● Bahram Chobin - 590 dan 591 gacha
● Xosrau II - 591 dan 628 gacha
● Kavad II - 628
● Ardashir III - 628 dan 630 gacha
● Shahrbaroz - 630
● Purandox - 630 dan 631 gacha
● Hormizd VI - 631 dan 632 gacha
● Yazdgerd III - 632 dan 651 gacha
Ardashir I, Ardashir Papakon (taxminan milodiy 180 — 239 yoki 241) — Erondagi sosoniylar sulolasi asoschisi va dastlabki shohi11. Ardashirning bobosi Soson 612-yilda Fors poytaxti — Istaxr shahridagi bosh ibodatxonaning kohini boʻlgan12. Ardshir Parfiya podshosi Artabon V (209 — 224)ning vassali Darabgird (Forsdagi qal’a) hokimi saroyida xizmat qilgan. Taxminan 200-yilda ushbu qal’a hokimi boʻlgan; tez orada butun Fors, Kirmon va Gey (hozirgi Isfahon)ni oʻziga tobe etgan hamda zodagonlar va ruhoniylar madadiga tayanib Artabon V ga qarshi chiqqan. 224-yil 28-aprelda Ormizdagon tekisligida parfiyaliklarga qaqshatqich zarba bergan, Parfiya podsholigi shundan soʻng tugatilgan. 226-227-yil shahanshoh unvoni bilan toj kiygan13. Ardashirning Mesopotamiya va Armanistonga egalik qilish uchun Rim bilan Sharkda olib borgan urushlari natijasida Sosoniylar davlati hududi ancha kengaygan14.
11 Sharifi Culture of Persian Literature.
12 Parikhanian In the Cambridge History of Iran.
13 Frye Political Persian History During the Sasanian Era.
14.Lokonin Sasanian Persian Civilization.
Shopur I ( 272)- Eron shohi (239 yohud 241-yildan), Sosoniylardan. Ardashir I ning oʻgʻli. Otasi davrida boshlangan davlat hududini kengaytirish va uni mustahkamlash ishlarini davom ettirgan. U katta hududlarni bosib olgan. Shopur I Turon hududiga ham bosqinchilik yurishlari qilgan.
Shopur I davrida Eronda keng miqyosda irrigatsiya va qurilish ishlari olib borilgan, koʻplab shaharlarga asos solingan. Xusrav II Parviz (aynan—muzaffar, gʻolib)(628) — sosoniylar shahanshoxi (591 yildan). Hurmuzd IV ning oʻgʻli.
Bahrom Choʻbin boshchiligidagi isyonkor zodagonlar 590-yil Hurmuzd IV ni taxtdan agʻdarishgan. Biroq zodagonlarning boshqa bir guruhi Xusrav II ni shahanshoh deb eʼlon qilgan.
Xusrav II Bahromdan xavfsirab Vizantiyaga, imperator Mavrikiy huzuriga qochgan va 591-yil vizantiyalik va arman qoʻshinlari yordamida Baxromni yenggan va taxtga chiqqan. VIIasr boshida Eronga Vizantiya imperiyasining sharqiy va janubiy viloyatlarini qoʻshib olgan.
Xusrav II Parviz shoirlar, mashshoqlar, olimlarga homiylik qilgan.
V-asrning 20-yillarida Vizantiya xazarlar va turklar bilan ittifoq tuzib Xusrav II ga qarshi chiqqan. Bahromgoʻr yoki Varaxran V(shohlik yillari 421 – 438) – Eronda hukmronlik qilgan sosoniylardan Yazdigardning oʻgʻli.
Yaman podshohi Nuʼmon va uning oʻgʻli Munzir tarbiyasida oʻsgan. Yazdigard zulmidan bezor boʻlgan xalq u vafot qilgandan soʻng Ardasher nasliga mansub Kisroni taxtga koʻtaradi.
Bu voqeadan xabar topgan Baxrom lashkar tortib Eronga keladi. U otasining xatolarini takrorlamaslik va mamlakatda adolat, tinchlik oʻrnatishga oʻz aʼyonlari va xalq oldida qasamyod qiladi. Anʼanaviy shartga muvofiq ikkita sherni oʻldirib, ular oʻrtasidagi tojni oladi va podshoxlik taxtiga oʻtiradi.
Uning sevgan mashgʻuloti goʻr (qulon) ovi boʻlganligi uchun ham u Goʻr laqabini olgan. Baxromgo’r davrida Eronda zardushtishshk dinini mustahkamlash va keng yoyish maqsadida yangi-yangi otashkadalar qurildi. Nasturiylik (xristianlikdagi oqimlardan biri) qattiq taʼqib ostiga olindi. Bu harakat Eron-Vizantiya urushini keltirib chiqardi (423 – 424). Urushda Vizantiyaning gʻalabasi nasturiylikka qarshi qaratilgan siyosatni bir oz susaytirdi.
Firdavsiyning "Shohnoma", Nizomiyning "Haftpaykar", Hisrav Dehlaviyning "Hasht bigʻisht" va Alisher Navoiynnng "Sabʼai sayyor" dostonlarida Baxromgo’r adolatli shogʻ, jasur sarkarda, ayni vaqtda maishatparast, xudbin shaxs sifatida tasvirlangan. Maʼlumotlarga koʻra, Baxromgo’r 63 yil (baʼzi manbalarda 70 yil) umr koʻrgan. Yozma adabiyotda uining shaxsi badiiy obraz darajasiga koʻtarilgan.
Qubod I, Qavad (? -531) - Sosoniylar davlati shohi (488—496, 499— 531). Zodagonlar va kohinlarning siyo-siy va iqtisodiy qudratini zaiflashtirish maqsadida mazdakiylar harakatiga qoʻshilgan va ularning dasturiga mos keladigan bir qancha islohotlar oʻtkazgan. taxminan 496- yil zodagonlar Qubod I ni taxtdan agʻdarib, oʻrniga ukasi Zamaspni oʻtqazishgan. Qubod 1 eftaliylar huzuriga qochib borgan, ularning harbiy yordamida taxtini qaytarib olgan (499). Shundan soʻng zodagonlarga qarshi qaratilgan siyosatini davom ettirgan, mazdakiylik tarafdorlariga yuqori mansablar bergan. Vizantiyaga qarshi muvaffaqiyatli urush olib borgan (502— 505 yoki 506); shimoliy gunnlarning bosqinini qaytargan. Qubod I davrida bir qancha shaharlarga asos solingan, sugorish kanallari tarmogʻi kengaygan va boshqa, shuningdek Qubod I ning oʻgʻli Xusrav I Anushirvon davrida nihoyasiga yetgan ichki islohotlarga tayyorgarlik ishlari boshlangan. Qubod 1 hukmronligining oxirida mazdakiylar bilan aloqasini uzgan va 3-oʻgʻli Xusrav yordamida mazdakiylar tarafdorlarini qatagʻon qilishni tashkil, etgan (528-529). 527-yildan Vizantiya bilan qaytadan urush boshlagan. Xusrav II ning nabirasi. Ichki ijtimoiy tanazzul, betoʻxtov urushlar oqibatida mamlakatni xonavayron boʻlishi Sosoniylar davlatini holdan toydirgan.



Download 73.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling