Mundarij a kirish I. Nazariy qism
Polimerlarning kelib chiqishi, kimyoviy tarkibi va tuzilishiga ko’ra sinflanishi va nomlanishi
Download 0.71 Mb.
|
BMI
1.4. Polimerlarning kelib chiqishi, kimyoviy tarkibi va tuzilishiga ko’ra sinflanishi va nomlanishi.
Barcha yuqori molekulyar birikmalar kelib chiqishiga qarab quyidagicha sinflanadi: Sintetik polimerlar – quyi molekulyar birikmalardan sintez yo`li bilan olinadi; Tabiiy polimerlar – tabiiy materiallardan olinadi; Sun`iy polimerlar – tabiiy polimerlarni kimyoviy modifikatsiyalash orqali olinadi; Sintetik polimerlar tabiiy polimerlardan kimyoviy strukturasining soddaligi bilan ajralib turadi. Masalan, polivinilxlorid quyidagi sodda strukturaga ega: Sintetik polimerlarning ba`zi vakillari 3000 – 4000oS gacha haroratga chidamli. Amerikadagi “Jeneral elektrik” kompaniyasi laboratoriyasining kimyogarlari 5500oS gacha barqaror turaoladigan rezina olish usulini ishlab chiqdilar. Yuqori molekulyar birikmalar makromolekulasida monomer zvenolarining bir-biri bilan bog’langanligiga ko`ra chiziqli, tarmoqlangan va fazoviy (to`rsimon) tuzilishda bo`ladi. Yuqori asimmetrik darajali uzun zanjirsimon makromolekulalardan iborat polimerlar chiziqli polimerlar deyiladi va ularni quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin: – M – M – M – M – M – M – M – Yon tarmoqlarga ega bo`lgan va bu tarmoqlar soni hamda uzunligi juda katta oraliqda o`zgarishi mumkin bo`lgan zanjirsimon strukturali polimerlar tarmoqlangan polimerlar deyiladi: Bir-biri bilan fazoda ko`ndalang kimyoviy bog’lar bilan bog’langan uzun zanjirsimon makromolekulalardan iborat polimerlar fazoviy yoki to`rsimon polimerlar deyiladi : Asosiy zanjirning tuzilishiga ko`ra barcha yuqori molekulyar birikmalar gomozanjirli va geterozanjirli polimerlar guruhlariga bo`linadi: Asosiy zanjiri bir xil atomlardan, masalan uglerod, oltingugurt, fosfor va h.k. iborat bo`lsa gomozanjirli polimerlar hisoblanadi. Makromolekulaning asosiy zanjiri faqat uglerod atomlaridan tuzilgan bo`lsa, karbozanjirli polimerlar deyiladi: Asosiy zanjir har xil atomlardan iborat bo`lsa, geterozanjirli polimerlar deyiladi: Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling