Mundarij a kirish I. Nazariy qism
Download 0.71 Mb.
|
BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- PM / m
I. Nazariy qism.
1.1. Yuqorivolekulyar birikmalarning kimyosining asosiy tushunchalari. “Yuqorivolekulyar birikmalar kimyosi”-o’z nomi bilan ushbu fanni mazmuni, ob’ekti nimaligini ko’rsatib turibdi. Yuqorimolekulyar birikmalar bu nomni molekulyar massalarining nihoyatda katta ekanligi sababli olganlar. Agar oddiy quyimolekulyar birikmalarning molekulyar massalari kamdan-kam hollarda bir necha yuzga etsa, yuqorimolekulyar birikmalarning molekulyar massalari esa, bir necha o’n yoki yuz mingni, ba`zi hollarda millionlarni tashkil qiladi. Masalan, suvning molekulyar massasi 18, karbonat angidridniki 44, glyukozaniki 180 bo’lsa, yuqorimolekulyar birikmalar sinfiga kiruvchi tabiiy kauchuk molekulyar massasi 7·104 dan 2,5-106 gacha bo’lgan qiymatga teng. Yuqorimolekulyar birikmalarning molekulyar massasi juda katta bo’lgani uchun ham ularni makromolekulalar deb ataladi. Bu atamani fanga birinchi bo’lib nemis olimi Shtaudinger kiritgan. Ko’pchilik yuqorimolekulyar birikmalarning makromolekulalari ko’plab marta takrorlanadigan atomlar guruhi bir xil elementar zvenolardan tuzilgan. masalan, tsellyuloza C6H10O5 tabiiy kauchuk C5H8, polivinilxlorid C2H3C1, polietilen oksidi C2H4O va boshqalar o’zaro bir-biri bilan kimyoviy (kovalent) bog’lar bilan bog’langan elementar zvenolardan iborat. shundan kelib chiqqan holda takroriy zvenolardan, ya`ni dastlabki quyimolekulyar birikmalar qoldiqlarining bir-biri bilan kimyoviy bog’lar orqali bog’lanishidan hosil bo’lgan yuqorimolekulyar birikmalarni polimerlar deb yuritiladi. Yuqori molekulyar birikmalar molekulasi oddiy bo’g’inlardan tashkil topgan bo’lib, ular quyidagicha o’zaro bog’langan bo’ladi: ─ A ─ A ─ A ─ A ─ A ─ yoki (─ A ─) n bu erda, A ─ takrorlanuvchi zveno; n ─ bo’g’inlar soni bo’lib, polimerlanish darajasini ifodalaydi. Polimerlanish darajasi polimerning molekulyar massasi (M) va monomer molekula massasi (m) bilan PM / m nisbatda bog’langan bo’ladi. Bundan M = P·m ya`ni polimerning molekulyar massasi (M) uning oddiy bo’g’in molekuyar massasi (m ) ning polimerlanish darajasi (P) ga ko’paytmasiga teng. Polimerlarni hosil qiladigan quyi molekulyar moddalarni monomerlar deyiladi (mono-bir demakdir). Agar polimer hosil bo’lishida monomer molekulasi to’liq o’zgarmagan holda makromolekula tarkibiga o’tsa. Takrorlanuvchan zvenoni monomer bo’g’in deb ataladi. Bir hil tarkibli monomerlardan hosil bo’ladigan makromolekulani gomopolimerlar deyiladi. Polimer hosil bo’lishida turli xil monomerlar ishtirok etsa hosil bo’ladigan makromolekulani sopolimerlar deyiladi. Masalan, tarkibi turlicha bo’lgan monomer zvenolarni A.B.C deb ifodalansa, ulardan hosil bo’lgan sopolimerlarning tuzilishi quyidagicha bo’ladi: ─ A ─ A ─B ─ A─ B ─ B ─ A ─ B ─ A ─ A ─ B ─ yoki ─ A ─ B ─ B ─ C ─A ─ C ─C ─ B ─A ─ B ─ B ─ Sopolimer makromolekulasida ko’p marta qaytariladigan zvenolar joylanishining ketma-ketligi tartibsiz bo’lsa, bunday sopolimer statik sopolimer deb ataladi. Ba`zi sopolimerlar makromolekulasida monomer zvenolari batartib joylashgan bo’ladi. Masalan: ─ A ─ A ─A ─ A─ B ─ B ─ B ─ B ─ A ─ A ─ A ─ A ─, bunday sopolimerlar blok sopolimerlar deyiladi. Makromolekulani asosiy zanjiriga ikkinchi biror-bir monomer zvenolari quyidagicha bog’langan bo’lsa, bunday sopolimerlarga payvand sopolimerlar deyiladi. │ B │ B │ ─ A ─ A ─ A ─ A ─ A ─ A ─ A ─ A ─ A ─ │ │ B B │ │ Endi makromolekulada yonma-yon joylashgan monomer zvenolarini bir-biriga nisbatan turli fazoviy holatlarini (konfiguratsiyalarini) qarab chiqamiz. Shuni eslatib o’tish kerakki, bu holatlar “yaqin tartibli” tuzilish deb yuritiladi va o’z navbatida bu “yaqin tartibli” konfiguratsiyalar struktur va fazoviy izomerlarga bo’linadi. Struktur izomerlar polimer makromolekulasida monomer zvenolarining bir-biriga nisbatan qanday holatda birikkanligini xarakterlaydi. Odatda bunday birikishlar uch xil bo’ladi. “Boshga-bosh”; 2) “Boshga-dum”; 3) “Dumga-dum”. Agar CH2 = CH tipidagi monomerlarning CH2X gruppasini “bosh” va CH gruppasini “dum” deb hisoblasak, Yuqorida aytilgan uch xil birikish quyidagi shaklni oladi: CH2= CH →~ CH ─ CH2 ─ CH2 ─ CH ~ │ │ │ x x x “boshga-bosh” birikish CH2=CH→~ CH2 ─ CH ─ CH ─ CH2 ~ │ │ │ x x x “dumga-dum” birikish CH2=CH → ~ CH2 ─ CH ─ CH2 ─ CH ~ │ │ │ x x x “boshga-dum” birikish Amalda polimer makromolekulasi zanjirida uch xil birikish kuzatiladi. Bunday birikish aralash holda ro’y beradi: b g b g g b b g Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling