O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 93 Kb.
bet1/6
Sana06.04.2023
Hajmi93 Kb.
#1334071
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OZBEK-FOLKLORI-1-KURS


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI









TASDIQLAYMAN”
Jizzax davlat pedagogika universiteti
rektori_______prof.Sh.S.Sharipov “____”___________2022 yil








O‘ZBEK FOLKLORI
FANINING O‘QUV DASTURI
(1-kurs, 1-semestr)



Bilim sohasi:

100000 – Ta’lim

Ta‘lim sohasi:

110000 – Ta’lim

Ta‘limy o`nalishi:

60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti


Jizzax 2022

Fan/Modul kodi
351O‘FM06

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
I

Kreditlar
II



Fan/Modul kodi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
2

1.

Fanning nomi

Auditoriya soatlari
(soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama
(soat)

O‘zbek folklori





Ma’ruza 14
Seminar 16

30


60


2.

I. Fanning mazmuni



Ushbu ishchi o‘quv fan dasturi 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda o’zbek xalq og’zaki ijodi, o’zbek adabiyotining qadimgi tarixi fanlaridan sistemali bilimlar berish nazarda tutilgan. «O’zbek folklori» kursi haqida; Kursning mundarijasi, maqsad va vazifalari; «O’zbek folklori» kursining manbalari; O’zbek folklori fan sifatida; O’zbek folklori fanining predmeti, maqsad va vazifalari; O’zbek folklorining tarkibiy qismlari; O’zbek folklorining boshqa fanlar bilan aloqasi; O’zbek folklorining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o’rni kabi masalalar o`rganiladi. Mazkur dasturda fanni o‘qitishning maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi, talabalar bilimiga qo‘yiladigan talablar hamda fanni o‘qitishda qo‘llanadigan vositalar, jihozlar, metod va texnologiyalar mazmuni aks etgan.
Fanni o’qitishdan maqsad – -o‘zbek folklori fanining maqsad va vazifalari talabalarni (bakalavr) xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, uning taraqqiyot bosqichlari bilan tanishtirish;
-og‘zaki ijod janrlari va asoslarini o‘rganish, shu bilan bir qatorda milliy mafkura tamoyillarini egallash;
-talabalarni og‘zaki ijod namunalarini chuqur tahlil yeta olishga o‘rgatish. Shuningdek, ularni yuksak axloqiylik, ruhiy barkamollik, insoniy qadriyatlarga sodiqlik, ma’naviy merosga muhabbat ruhida tarbiyalash.



II. Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg`ulotlari)


II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-mavzu. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi”.
Mustaqillik davrida O‘zbek xalq og‘zaki ijodini o‘rganishning yetakchi masalalari. Xalq og‘zaki ijodi so‘z san’ati sifatida.
2-mavzu. Mif va uning badiiy talqinlari. Afsona, rivoyat, naqllarning badiiyati
Sof mifologik afsonalar.Tarixiy voqea-hodisalami izohlovchi afsonalar. Mahalliy hududlardagi geografik nomlar bilan bog‘liq afsonalar.
3-mavzu. Mavsumiy va oilaviy marosim folklori namunalari va ularning badiiyati
Marosim folklori haqida umumiy ma’lumot. Mavsumiy marosimlar folklori va ularning o’ziga xos xususiyatlari. Oilaviy maishiy marosimlar folklori. Bizgacha yetib kelgan qadimiy an’ana va qadriyatlarni ahamiyati.
4-mavzu. Xalq dostonlari.
Doston haqida umumiy ma’lumot. Dostonchilik maktablari. Dostonlar klassifikasiyasi. Dostonning g’oyaviy mazmuni. Alpomish xalq orzusida ideal qahramon.
5-mavzu. Qahramonlik dostonlarining g‘oyaviy badiiy xususiyatlari.
Har bir dostonchi yoki dostonchilar guruxi o’ziga poetik yo’li uslubi bilan bir-biridan farq qilishi. umumlashgan epik an’ana doirasida baxshi yoki baxshilar guruxiga xos alohida ijodiy xususiyatlar o’zgachaligi majudligi.
“Qaxramonlik” termini o’zbek folklorshunosligida ikki ma’noda: keng ma’noda umumiy o’zbek eposiga nisbatan, tor ma’noda uning bir turiga nisbatan ishlatilishi.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling