M U N D A R I J A:
Kirish
BOB. Yosh oilalarda er-xotin munosabatlari va psixologik xususiyatlar
Er-xotinlar turli xil shaxslararo munosabatlar tizimi, turlicha tamoili
Er-xotinlarning oiladagi muloqotning umumiy qonuniyatlari
Er-xotin muloqoti, muomalasining o`ziga xos nozik jihatlari
BOB. Oiladagi er-xotin muloqotining muhim xususiyatlaridan biri
Oilaning mustahkam bo`lishi, er-xotinning baxtiyor, tinch-totuv yashashlari
Oila energetikasi tushunchasi o‘z ichiga ko‘plab jabhalari
Oilaviy munosabatlar tizimi – Satir ta’rifida oila a’zolarining muayyan rollar doirasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati. Odamlar o`rtasidagi muloqot va uning umumiy qonuniyatlari odam turmush tarzining barcha jabhalarida boshqa odamlar bilan bo`ladigan o`zaro munosabatning eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Odamning aqli, irodasi, hissiy madaniyati, tarbiyalanganligi, nazokati va shu kabilarning barchasi muloqot tufayli shakllangan xislatlardir. Shu bilan birga uyqusizlik, bosh og`rig`i, nevroz, insult, infarkt va boshqa turli kasalliklar, shuningdek, ichqilikka, giyohvand moddalarga ruju qo`yish, hatto o`z joniga qasd qilish kabilar ham shu muloqotning natijasidir. Rivoyatlarda aytilishicha, dono Ezop o`z xo`jayinining «Menga avval dunyodagi eng mazali, shirin taomni keltir va undan so`ng aksincha, eng bemaza, yaramas taomni keltir», — deb buyurganida, u har ikkala safar ham qaynatilgan tilni keltirgan ekan. Demak, til, muloqot inson hayotida undan qanday foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil qilishga qarab, uning uchun eng aziz, eng qadrli bo`lishi yoki aksincha, eng fojiali bo`lishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |