Xalqaro ichki audit standartlari7
Tartib raqami
|
Standartlarning nomi
|
|
Standartlarning sifat tavsiflari
|
1000
|
Maqsadi, huquqi va majburiyatlari
|
1100
|
Mustaqillik va ob’ektivlik
|
1200
|
Malakali va ish jarayoniga professional yondashuv
|
Ichki audit xizmati faoliyatini takomillashtirish, eng avvalo, uning kontseptual asosini yaratish, baholash mezonlarini ishlab chiqish, ichki nazorat izimi va uslubini shakillantirishni taqozo qiladi. Tabiiyki, ushbu sifat ko’rsatkichlarsiz bank tizimida joriy qilingan ichki audit faoliyatini baholash mumkin emas.
Bazel qo’mitasining tavsiyalariga ko’ra, ichki audit xizmati bank faoliyati ustidan mutassil nazorat olib borishning tarkibiy qismi hisolanadi. Respublikamiz tijorat banklarida ichki audit xizmati muhim o’rin egallagan bo’lib, uning faoliyati Markaziy bank tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan Nizomda tekshiruvni tashkil etish va olib borish jarayonlari umumiy ko’rinishda yoritib berilgan.Respublikamiz iqtisodiyoti erkinlashuvi sharoitida ichki audit faoliyati samaradorligini oshirishga audit qo’mitasi, tashqi auditorlar, xodimlar mustaqilligi va malakasiga bo’lgan talablar kabi omillar ta’sir ko’rsatadi.Ichki auditorlik faoliyati standartlarining joriy etilishi ushbu tizimning sifat tamoyillarini takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish va tashqi auditorlarning ish hajmini kamaytirish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |