Mundarij a: kirish
Download 291.21 Kb.
|
tijorat banklarida ichki audit tashkil etish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiyatlar tarkibi 01.01.2018 yil holatiga
- Jami: 2 393,9 4 684,2
to’g’risida ma’lumot8
Bank passivlari tarkibi dinamikasi o’rganilganda 2018 yildako’rish mumkunki muddatli depozit ko’proq qismni ya’ni 47,6 foizni, keyingi o’rinda banklararo depozitlar 18,3 foizni tashkil qilmoqda. Shuningdek depozitni jalb qilish boshqa banklarga nisbatan yuqori tendentsiyaga ega. Ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdaki bankda Respublikamiz boshqa banklariga nisbatan omonatlarga taklif etilayotgan foiz to’lovlari 2018 yilda yuqori bo’lgan, shu sababdan ham ushbu yilda muddatli depozitlar jami passivlarning 47,6 foizini tashkil qilgan. Tijorat banklari iqtisodiyotda mavjud bo’sh pul mablag’ini jalb qilib aktiv operatsiyalarga joylashtiradi, bu orqali qo’shimcha qiymat yaratilishida samarali mexanizm rolini ijro etadi, bunda resurslarni samarali jalb qilish tijorat banklari uchun asosiy va birinchi darajadagi ahamiyatga ega bo’lgan vazifasi hisoblanadi. Banklarning depozitlar va banklararo kreditlarni jalb qila olish qobiliyati, bir tomondan boshqa qatnashchilari tomonidan qanchalik tan olinishi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan uning likvidliligiga bog’liq. Bank likvidliligi kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan hamda bankning shartnoma asosida o’z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarini o’z vaqtida bajarishi mumkinligi bilan belgilanadi. Bank majburiyatlarini bajarishi uchun asosiy mablag’ manbalari bo’lib kassa qoldig’ida aks ettirilgan naqd pullar va vakillik hisobvarag’idagi (markaziy bank va boshqa tijorat banklaridagi) mablag’lar, tez naqd pulga aylanuvchi aktivlar, zarur hollarda banklararo bozor yoki Markaziy bankdan olinadigan banklararo kreditlar hisoblanadi. yil davomida AT «Aloqabank» tomonidan kredit portfelini diversifikatsiya qilish siyosatini qo’llagan holda, kreditlash jarayon-larining asosiy yo’nalishini belgilashda asosiy e’tibor iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, manzilli va hududiy dasturlarga kiritilgan loyihalarni, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining istiqbolli loyihalarini moliyalashtirishga qaratildi. Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalarning iste’mol ehtiyojlarini to’laroq qondirish maqsadida ajratilgan iste’mol kreditlari fuqarolarning turmush farovonligini oshirishga munosib xizmat qilmoqda. Respublikamiz barcha unversal banklari qatorida AT “Aloqabank” ham amaldagi me’yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq har yilda bir marta o’z kredit siyosatini belgilaydi va u asosida mijozlarni kreditlash jarayonida keng qamrovli bank xizmatlarini ko’rsatish, bank faoliyatining kredit munosabatlari sohasida asosiy strategiya va taktikasini belgilaydi. Maqsad kreditlash jarayonida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish, umumiqtisodiy maqsadlarga qaratilgan kreditlash tartiblarining bir xilligini kafolatlash, tavakkalchilikni muntazam ravishda diversifikatsiyalash, bank likvidligi va foydaliligini ta’minlashdan kelib chiqadigan kredit samaradorligini belgilashdan iborat. yil 1 yanvar holatiga yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar salmog’i 3 773,2 mlrd. so’mni tashkil qildi. Xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga ajratilgan kreditlar qoldig’i yil boshiga (1 377,4 mlrd. so’m) nisbatan 2 395,8 mlrd. so’mga oshib, o’sish 273,9 foizni tashkil etdi. 2.5 - jadval. Download 291.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling