Mundarija : kirish asosiy qism i-bob. Amir temur va temuriylar davrida o’lkamiz


Download 115.34 Kb.
bet2/4
Sana13.02.2023
Hajmi115.34 Kb.
#1195046
1   2   3   4
Bog'liq
Amir temur

Mavzuning o’rganilish darajasi : Amir Temur davrida O‘rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilm-fan, adabiyot va san’at, hunarmandchilik va me’morchilik ravnaq topdi. Mamlakat va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo’lida mahalliy va chet mamlakatlardan ko‘plab fan va san’at ahllarini, hunarmand me’morlarni va musavvirlarni to‘pladi.
Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida ishlab chiqarishga, xususan qishloq xo‘jaligiga alohida e’tibor berdi. O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi sun’iy sug‘orishga bog‘liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qazdirdi va Murg‘ob vodiysida sug‘orish ishlarini yo’lga qo‘ydi. Samarqand va Shahrisabz shaharlari oqar suv bilan ta’minlandi. Lalmikor yerlarda ariklar qazildi. Dehqonchilikda donli ekinlar, paxta, zig‘ir ekilgan. Bo‘yoq uchun ro‘yan o‘simligi, shuningdek pillachilikda tutlar ko‘p ekilgan. Uzum, limon yetishtirilgan.
Kurs ishi maqsadi :Amir Temur va temuriylar davrida o’lkamiz.
Kurs ishi obyekti :Temuriylar davrida ma’daniy hayot.
Kurs ishi predmeti :Amir Temur davrida hunarmandchilikni taraqqiy topishi.
Kurs ishi tuzilishi :Kurs ishi kirish, 2 ta bob ,xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I-BOB.AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA O’LKAMIZ.

    1. Amir temur buyuk sarkarda, jamoat arbobi va yuksak ma’naviyat sohibi.

Jahon davlatchiligi tarixidan yaxshi bilamizki, bashariyatning kelgusi taraqqiyoti uchun yurtparvarlik, insonparvarlik siyosatini olib borib numuna bo‘lgan hukmdorlar sanoqli. XIV asrning eng yorqin siymosi – Amir Temur ana shunday ulug‘ va mo‘'tabar zotlardan biri hisoblanadi. Ammo oradan asrlar o‘tib, ulkan hududimiz mustamlakachilar qaramligiga o‘tganidan keyin sobiq sho‘ro tuzumi tufayli milliy tarix surbetlarcha soxtalashtirildi. Buyuk Sohibqiron Amir Temur shaxsi sho‘ro mafkurachilari tomonidan salbiylashtirib, tarix darsliklarida, ilmiy va badiiy adabiyotlarda “qora bo‘yoqlar”da berildi. Mustamlaka iskanjasida qolgan millat ulug‘ ajdodini qadrlash, uning mislsiz merosidan kuch-madad olish imkonidan mahrum bo‘ldi. O‘z vaqtida dunyoni titratgan benazir shaxs, yurtning shavkatli farzandi tariximiz sahifalaridan qariyb o‘chirilib, unutishga mahkum etildi. Mustamlakachilarning asl maqsadi xalqimizning milliy ongi va milliy g‘ururini yo‘qotish edi. Lekin o‘zbek xalqi buyuk ajdodlarini, qahramonlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalbining to‘rida saqlab keldi. O‘lkamizda Amir Temurning ulug‘vor ruhi kezib yurdi.
Amir Temur haqidagi birinchi kitob 1553-yili Florensiya (Italiya)da chiqqan. Italiyalik olim Perondini qalamiga mansub boshqa shu asrda ispan tarixchisi Pero Meksikaning “Buyuk Temur tarixi” degan asari ham chop etildi. 1582-yili Seviliyada mashhur Ispaniya elchisi Klavixoning “Esdaliklar”i nashrdan chiqdi.Ingliz dramaturgi Xristofor Morloning “Buyuk Temur” degan sahna asari ham shu asrda yaratildi.Sоhibkirоn Tеmur jаhоn хаlklаri tаriхidа kаttа iz kоldirgаn buuyk siymоdir.Аmir Tеmur timsоli bаdiiy аdаbiyotning kаriyb bаrchа jаnrlаridа tаsvirlаngаn. Mаg`ribu Mаtrikning so`z sаn`аtkоrlаri uning siymоsini chizishgа, fеnоmеni sirlаrini оchishgа intilgаnlаr. Chunonchi, Amir Temur bobomiz haqida ingliz dramaturgi Kristofer Marlou 1588 yili tarixiy pyesa, mashhur nemis kompozitori Georg Gendel 1724 yili opera, amerikalik adib Edgar Po esa 1827 yili she‟riy poema yaratgan. Va bunday asarlar bugungi kunda ham ko„plab paydo bo„lmoqda. Fransiyalik taniqli olim Lyusyen Keren tomonidan 2006 yili xalqaro miqyosda keng nishonlangan Sohibqironning 670 yillik tavallud to„yi arafasida Parijda fransuz tilida nashr qilingan «Samarqandga, Amir Temur davriga sayohat» nomli fundamental tadqiqot bu fikrning yaqqol tasdig„idir. Tabiiyki, bu asarlarning barchasi ulug„ bobomizning hayoti va faoliyati bilan bog„liq ko„pgina masalalarga javob topishda, ularni tarix va bugungi zamon nuqtai nazaridan yoritishda muhim o„rin tutadi. Ularning har biri Sohibqiron siymosi haqida o„ziga xos tasavvur va tushuncha beradi. Sоhibkirоn Tеmur оbrаzi yаrаtilgаn аsаrlаri ikki guruhgааjrаtish mumkin. Birinchisi, ilmiy-tаriхiy vа mеmuаr аsаr lаr bo`lsа, ikkinchisi аdаbiy-bаdiiy аsаrlаrdir. Аmir Tеmur оbrаzi birinchi bo`lib tаriхiy-mеmuаr аsаrlаrdа yаrаtilgаn. Bulаrgа Ibn Аrаbshоhning «Аmir Tеmur tаriхi», Ruyn Gоnsаlеs dе Klаviхо «Sаmаrkаndgа Tеmur sаrоyigа sаyohаt kundаligi» kаbi vаbоshkааsаrlаr kirаdi. Аmir Tеmur оbrаzigа murоjааt Sоhibkirоnning tirikligidаyok bоshlаngаn. Аyniksа, Оvrupа Uyg`оniy dаvri ijоdkоrlаri uning shахsigа kаttа kizikish bilаn kаrаgаnlаr. Uyg`оniy dаvri gumаnistlаri jismоniy vа mа`nаviy еtuk kоmil insоn idеаligа intilgаnlаr. 11 Хоrijning mаshhur tаriхchilаridаn E.Gibbоn, F.SHlоssеr, G.Vеbеr, JаnPоl‟ Ru vа bоshkаlаr o`z аsаrlаridаАmir Tеmur fаоliyаti hаkidа mа`lumоtlаr bеrgаnlаr. Хоrij tаriхshunоsligidаАmir Tеmur tаriхigаоid yozilgаn аsаrlаrning sаlmоkli vа ilmiy kimmаti bilаn аjrаlib turаdigаn kismi Rоssiyа tаriхshunоsligigа tааlukli. Rus muаrriхlаrining Аmir Tеmur shахsi vа uning tаriхdаgi o`rni hаkidаgi fikrlаri sоvеt tаriхchilаri uchun аsоsiy dаsturilаmаl bo`lgаn.
Amir Temur oʻzining ilk harbiy faoliyatini qoʻl ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning oʻzaro kurashlarida qatnashib, jasorat koʻrsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dongʻi butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aqlu zakovati, shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasovuriy va amir Qazagʻon bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning yozishicha, otasi amir Taragʻoy Amir Temurni avval (1355) amir Joku barlosning qizi Nurmushk ogʻoga, soʻngra oʻsha yili (1355) Qazagʻonning nabirasi va amir Husaynning singlisi Oʻljoy Turkon og'oga uylantiradi. Keyingi nikoh tuayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn oʻrtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurashadilar. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yoʻlidagi harakati 14-asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi. 14-asr ning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning oʻzaro kurashi kuchayib, amir Qazagʻon oʻddirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, ogʻir tanglik sodir boʻldi. Xondamirning "Habib ussiyar" kitobida keltirilgan maʼlumotlarga qaraganda, ulus oʻnga yaqin mustaqil bekliklarga boʻlinib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon sulduz, Keshda amir Hoji barlos, Xoʻjandda amir Boyazid jaloir, Balxda Uljoy Bugʻa sulduz, Shibirgʻonda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Koʻhistonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr Yasovuriylar oʻzlarini hokimi mutlaq deb eʼlon qiladilar.
Bu davrda Chigʻatoy ulusining sharqiy qismi — Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan moʻgʻul xonlari Movarounnahrdagi ogʻir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu yerda oʻz hokimiyatini oʻrnatishga harakat kiladilar. Jeta xonlaridan Tugʻluq Temur va uning vorisi Ilyosxoja 1360 — 61 va 1365 y. larda Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar. Moʻgʻul xonlarining boskinchilik yurishlari va zulmiga karshi xalq harakati boshlanadi. Biroq, Movarounnahr amirlari xalqqa bosh boʻlib, moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashga jurʼat eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafiga oʻtadi, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark etib, oʻzga mamlakatlardan boshpana izlaydilar. Amir Temurning amakisi, Kesh viloyatining hukmdori amir Hoji barlos Xurosonga qochadi. Mana shunday ogʻir pallada siyosat maydoniga Amir Temur kiradi. Moʻgʻullarga qarshi turish uchun kuchlar nisbati teng emasligini hisobga olgan 24 yoshli Amir Temur 1360 yilning boshida Tugʻluq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishadi. Sharoit taqozosi bilan xon xizmatiga oʻtib, uning yorligʻi bilan oʻz viloyatining dorugʻasn etib tayin qilinadi. Shubhasiz, bu noilojliqdan qoʻyilgan siyosiy hamda strategik qadam boʻlib, bu bilan Amir Temur moʻgʻullarning navbatdagi talontarojining oddini olgan, mamlakat va xalqni falokatdan qutqargan edi. Biroq, Movarounnaxrning hukmdori etib tayin qilingan Ilyosxoja va uning lashkarboshisi amir Bekkichik bilan Amir Temurning murosasi kelishmay qoladi. Shu sababdan 1361 yilning oxirida u mamlakatni tark etishga majbur boʻladi.
Xivaning janubida, Urganjiy dashtida Amir Temur Tugʻluq Temurning yana bir raqibi — qaynogʻasi amir Husayn bilan uchrashadi. Amir Temur moʻgʻullar bilan kurashish maqsadida u bilan birlashib, ikkovlon kuch toʻplashga kirishadi. Dastlab ular Tugʻluq Temurxonning farmoniga binoan Amir Temurni taʼqib qilishga kirishgan Xiva dorugʻasi Toʻqol (Tavakkal) bilan jang qiladilar. Soʻngra 1362 yilning kuzida Seistonda viloyat hukmdori Malik Qutbiddinning tarafida turib mekroniylar bilan boʻlgan toʻqnashuvda Amir Temur oʻng kifti va oʻng oyogʻidan jarohatlandi.
Amir Temur va amir Husayn keyingi ikki yil davomida Ilyosxoja boshliq Jeta lashkari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat, 1364 y. oxirida ular moʻgʻul qoʻshinlarini Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq boʻladilar.
Biroq, Movarounnahrni qoʻldan chiqarishni istamagan Ilyosxoja 1365 y. ning bahorida yana Turkiston ustiga qoʻshin tortadi. Toshkent bilan Chinoz oraligʻida ikki oʻrtada sodir boʻlgan jang tarixda "Loy jangi" nomi bilan shuhrat topadi. Jangda amir Husaynning xiyonati oqibatida magʻlubiyatga uchraydilar va oʻz qoʻshinlari bilan Amudaryo boʻylariga chekinib, Balx viloyatida oʻrnashdilar. Ilyosxoja esa hech qanday qarshilikka uchramay Xoʻjand, Jizzax va boshqa bir qancha shahar hamda qishloklarni egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqand oʻsha paytlarda katta qoʻshinga qarshilik koʻrsata olmasdi. Shaharning na devori va na mustahkam istehkomlari, na qurollangan sipohiysi bor edi. Bek va amirlar shaharni tark etgan edi, lekin moʻgʻullarga qarshi xalq koʻtariladi, sarbadorlar shahar mudofaasini oʻz qoʻllariga oladilar. Shahar mudofaachilariga Madrasa tolibi ilmlaridan Mavlonozoda Samarqandiy, jun (paxta) tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof va mergan mavlono Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar Samarqand shahrida moʻgʻullarga qaqshatqich zarba beradilar. Ilyosxoja dastlab Samarqandni, soʻngra butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi. Sarbadorlarning moʻgʻullar ustidan qozongan gʻalabasi haqidagi xabar amir Husayn bilan Amir Temurga ham borib yetgan. Amir Temur qishni Qarshida, Husayn esa Amudaryo boʻyida oʻtkazib, 1366 y. bahorida Samarqandga yoʻl oldilar. Ular Konigita toʻxtab sarbadorlarning dushman ustidan qozongan gʻalabalaridan mamnun boʻlganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Biroq, sarbadorlarning boshliqlari amirlar huzuriga kelganlarida amir Husayn buyrugʻi bilan Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof bilan mavlono Xurdak Buxoriylar dorga tortiladi. Mavlonozodani esa Amir Temur. oʻz himoyasiga olib kutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda amir Husaynning hukmronligi oʻrnatiladi, ammo koʻp vaqt oʻtmay Husayn bilan Amir Temur oʻrtasidagi munosabat keskinlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Amir Temurning nufuzi ortib borayotganligidan xavfsiragan amir Husayn Balxga qaytib, uning qalʼa devorlari va istehkomlarini mustahkamlashga kirishadi. Balx, Qunduz va Badaxshondan koʻp sonli lashkar ham toʻplaydi. Kesh va Qarshi viloyatlariga bosh boʻlgan Amir Temur ham amir Husaynga qarshi hal qiluvchi jangga hozirlik koʻradi. 1366 — 70 yillar oʻrtasida bir necha bor toʻqnashuvlar boʻlib oʻtadi.
"Buyuk amir" sifatida saylanishi
14-asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan nihoyatda ogʻir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni taqozo qilmoqda edi. Amir Husayndan koʻra Amir Temur zamonining bunday talabini yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham oʻz faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnaxrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur tarqoq mamlakatni birlashtirishga kirishar ekan, kurashni avvalo ichki gʻanimlaridan boshlaydi. 1370 y. bahorida Amir Temur amir Husaynga qarshi yoʻlga chiqadi. Qoʻshin Termiz yaqinidagi Biyo qishlogʻiga yetganda makkalik shariflardan Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta nogʻora — tabl bilan yalov — bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur buni yaxshi tushunardi. Shuning uchun ham Balxga yetmasdan Oʻrpuz mavzeida u amir va noʻyonlari bilan kengash oʻtkazadi. Koʻpchilikning xohish va ixtiyori bilan, oʻsha davr qonun-qoidalariga koʻra, chingiziylar avlodidan boʻlgan Suyurgʻatmish oʻgʻlon Movarounnahr podsholigi taxtiga oʻtqazildi. Amir Temur qoʻshini to Balxga yetib borgunicha, unga yoʻl-yoʻlakay yangi-yangi kuchlar kelib qoʻshildi. Shu asnoda amir Husaynni koʻpchilik amirlari tark etdilar. Jangda amir Husayn qoʻshinlari yengildi, ikki kunlik qamaldan soʻng , 1370 yilning 10 apr.da Balx sh. Amir Temurga taslim boʻldi. Amir Husayn asir olinib, qatl etildi. Bu gʻalabadan soʻng Amir Temur Movarounnahrning chingiziylardan boʻlgan hukmdori Qozonxonning qizi Saroymulk xonimni oʻz nikohiga oladi. Xon qiziga uylanganligi munosabati bilan Amir Temur "koʻragon", yaʼni "xonning kuyovi" unvonini oldi.
1370 yilning 11 aprelida Chigʻatoy ulusining barcha beklari, amirlari, viloyat va tumanlarning dorugʻalari hamda Termizning sayyidlari (xudovandzodalari), shuningdek Amir Temurning yoshlikdan birga boʻlgan quroldosh doʻstlari va piri Sayyid Barakaning ishtirokida oʻtkazilgan qurultoyda anʼanaga koʻra chingiziylardan Suyurgʻatmishxon mamlakat hukmdori deb eʼlon qilingan boʻlsada, amalda markaziy hokimiyatni Amir Temur oʻzi boshqardi, viloyatlardagi hokimiyatni oʻgʻillari, nabiralari va yaqin amirlari orqali idora qildi. Samarqand Amir Temur davlatining poytaxtiga aylantirilib, oʻsha yilning yozida shahar devori va qalʼasi tiklandi, saroy va qasrlar bino qilindi.
Temur davlati va unga qaram yerlarning mustahkamlanishi
Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy mavqeyini mustahkamlab, koʻpdan davom etib kelayotgan ichki tarqoqlikka barham berish, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish maqsadida Amir Temur (1370 y. iyunida) Samarqandda katta qurultoy chaqirdi. Unda markaziy davlat tizimini shakllantirish va qoʻshin tuzish masalalari muhokama etildi.
El-yurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyatini yaxshi tushungan Amir Temur qoʻshinning tuzilishiga katta ahamiyat berdi. U "amir" va "amir ul-umaro" kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy qildi. Qoʻshinni harbiy jihatdan isloh qilar ekan, u ayniqsa lashkarboshilarni tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda intizom masalalariga nihoyatda eʼtibor beradi (yana q. Temuriylar harbiy sanʼati).
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, dastlabki vaqtlardayoq mamlakatda roʻy bergan ogʻir iqtisodiy tanglikni bartaraf qilish uchun eng avvalo soliq tizimini tartibga soldi. Davlat soliqlarini yigʻishda aminlar, kalontarlar va soliq yigʻuvchilarni raʼiyatga nisbatan insof va adolatli boʻlishga, qonunga xilof ish tutmaslikka chaqirdi, chunki saltanatning barqarorligi koʻp jihatdan raʼiyatning hol-ahvoli, uning davlat va davlat boshligʻiga boʻlgan sadoqatiga bogʻliq. Raʼiyatni himoya qilish qonun bilan mustahkamlangan, qonun barchaga barobar boʻlgan. Amir Temur nafaqat oʻz xalqini, balki zabt etilgan mamlakatlarning aholisini ham imkoni boricha qonun himoyasiga olgan. Ularni asirlik va talon-tarojlardan saqlagan.
Amir Temur yoshlik chog‘idan mard, dovyurak, g‘ururli, o‘tkir zehn va aqlu idrok egasi bo‘lib o‘sgan edi. U turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san'atni egallagan, madrasada o‘qib, Qur'oni karimni yod olgan, hadis ilmini o‘rgangan edi. Ana shu iqtidori, tirishqoqligi tufayli iymon-e'tiqodli, halol-pok inson bo‘lib yetishdi. U yoshligidan boshlab o‘z oldiga Ona yurtini mo‘g‘ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo‘yish baravarida, yer yuzida buyuk saltanat sohibi sifatida ko‘plab elu davlatlarning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko‘tarib, dunyoga mashhur qildi. Og‘ir va mashaqatli yo‘lda qiyinchiliklarni yengib o‘tdi, bir dam bo‘lsa-da ortga chekinmadi. Amir Temurdagi ana shunday qat'iyat va kuchli iroda Amu bilan Sir o‘rtasidagi mo‘'jaz Movarounnahr davlatini ulkan imperiyaning markaziga aylantirdi. Milliy tariximizni chuqur bilgan, mard va olijanob ajdodlarimizning bunyodkorlik ishlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan Islom Karimov uchun Amir Temur va ul zotning faoliyati oliy namuna, andoza, taraqqiyot modeli bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekistonda Amir Temur g‘oyalari qanot yoyib, yurtni azaliy orzulari sari yetaklay boshladi. Demak, Islom Karimov ham yurtimizda tajavuzkor sho‘ro mafkurasining zararli ildizlarini quritdi, odamlar ongida qotib qolgan qaramlikni yo‘q qildi va istiqlol tuyg‘usini uyg‘otdi.
Amir Temurning davlat qurilishi, harbiy san'ati o‘z zamonasidan ancha ilgarilab ketgan edi. Shuning uchun Sohibqironning davlatchilik va harbiy san'at falsafasidan bugungi kunda ham Sharqu G‘arb davlatlari bahra olmoqda. Jahonda Amir Temur shaxsiga bo‘lgan qiziqish tobora ortmoqda, yangi tadqiqotlar yaratilmoqda . Qolaversa, bu Amir Temurdek iste'dod sohibi, yirik davlat arbobini dunyoga keltirgan zaminga, mamlakatga beqiyos hurmat-ehtirom, sadoqat ramzi hamdir. Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgan 1989 yildan boshlab yurt mustaqilligini mustahkamlash maqsadida, avvalo, davlat ustunlari bo‘lgan – armiya, davlat xavfsizligi, ichki ishlar, tashqi ishlar, adliya, sud, prokuratura va boshqa ijtimoiy-siyosiy davlat boshqaruv institutlari asoslari barpo etildi, milliy iqtisodiyot, pul-moliya tizimi ishlab chiqildi. “Mustaqillik – bu huquqdir”, degan edi Islom Karimov. Demak, o‘zining haq-huquqini bilgan davlat boshqa bir davlatning marhamatiga zor bo‘lmaydi. “Orqaga yo‘l yo‘q, ko‘priklar yonib kul bo‘lgan, biz faqat oldinga intilishimiz shart” – bu so‘zlar zamonaviy O‘zbekistonning birinchi rahbari faoliyatidagi muhim shior bo‘lib qolgandi.
Amir Temur jahonning qariyb yarmiga hukmronlik qilsa-da, u kuch-qudrat zo‘ravonlikda emas, adolatda ekanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotladi. Zamonaviy O‘zbekiston davlatining Birinchi rahbari Islom Karimov ham Amir Temurga o‘xshab, adolatparvarlik va inson manfaatlari masalasini birinchi o‘ringa qo‘ydi. Xususan, har bir yilga maxsus nomlar berilib, shu asosda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rejalar ishlab chiqildi, reja asosida maqsadli ishlar, jiddiy islohotlar amalga oshirildi.
Islom Karimovning kuchli siyosatchi sifatida e'tirof etilishi shunda ko‘rinadiki, ul zot mustaqillikning ilk kunlaridanoq dunyoning eng rivojlangan davlatlari bilan “tenglar ichra teng” tamoyiliga asoslangan ijtimoiy-siyosiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Bunga AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Kanada, XXR, Malayziya, Hindiston, Rossiya, Turkiya, Eron va boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalarning yo‘lga qo‘yilgani yorqin misol bo‘la oladi.
Bugungi globallashuv sharoitida insoniyatga xavf soluvchi turli ofatlar yanada ko‘paydi. Davlat xavfsizligi, milliy xavfsizlik, ma'naviy xavfsizlik kabi masalalar kun tartibiga qo‘yilmoqda. Jamiyatda odamlarning birligini ta'minlash, ong va qalb sokinligini ta'minlash, sog‘lom aql, sog‘lom avlod o‘ta dolzarb masalaga aylandi. Og‘ir pallada buyuk bobomiz Amir Temur g‘oyalari va ulardan ruhlangan Islom Karimovning sa'y-harakatlari, g‘oyalari, fikrlari xalqimizni yanada birlashtirish, jipslashtirish, iymon-oqibatli bo‘lish, qudratli kelajakni bunyod etish jarayoniga yangi kuch-quvvat bag‘ishlagani sir emas. Mustаkillik dаvri tоm mа`nоdа hаzrаti Tеmurning kаytа tug`ilish dаvri bo`ldi. Sоhibkirоnning «Bizkim, mulki Turоn, Аmiri Turkistоnmiz. Bizkim, millаtlаrning eng kаdimgi vа eng ulug`i – turkning bоsh bo`g`inimiz», dеgаn gаplаri хаlkimizgа milliy o`zligini, buuyk vа jаhоnshumul аn`аnаlаrgа vоris ekаnligini chukur аnglаshgахizmаt kilаdi. «Аmir Tеmur tuzuklаrini o`kisаm, - dеgаn edi Prеzidеnt I.Kаrimоv-хuddi bugungi zаmоnning kаttа-kаttа muаmmоlаrigа jаvоb tоpgаndеk bo`lаmаn». 1995 yil dеkаbrdа Prеzidеnt I.Kаrimоv 1996 yilni Аmir Tеmur yili dеb e`lоn kildi.«Tеmur tuzuklаri» bir nеchа tillаrdа chоp etildi. O`shа dаvr tаriхiy, mаdаniy yodgоrliklаrini tiklаb, yozmааdаbiyotlаr ilmiy muоmаlаgа kiritildi. Mukаddаs kаdаmjо - Аmir Tеmur mаkbаrаsi tа`mirlаndi. Judа kiskа fursаtdа, bоbоkаlоnimizning dunyoviy shа`ni vа shаvkаtigа mоs kеlаdigаn Tеmuriylаr dаvri tаriхi muzеyi kurildi. Prеzidеnt I.Kаrimоv Sоhibkirоn Аmir Tеmurning 660 yillik uybilеyigа bаg`ishlаngаn 1996 yil 24 оktyаbrdа Tоshkеntdа o`tkаzilgаn хаlkаrо ilmiy аnjumаndа shundаy dеdi: «Bizning tаriхimizdаАmir Tеmurdаy ulug` siymо bо ekаn, uning kоldirgаn mеrоsi, pаdu o`gitlаri bugungi hаyotimizgа hаmоhаng ekаn, оldimizdа turgаn muаmmоlаrni еchishdа bizgа ko`l kеlаyotgаn ekаn, bizning bu mеrоsni o`rgаnmаsdаn, tаriflаmаsdаn, tаrg`ibоt kilmаsdаn hаkkimiz yo`k. SHuning uchun hаm mаnа shu minbаrdаn turib, butun O`zbеkistоn хаlkigа, kоlаvеrsа, butun jаhоn аhligа kаrаtа «Аmir Tеmur bizning fахrimiz, iftiхоrimiz, g`ururimiz!», - dеb аytsаm, o`ylаymаnki, хаtо kilmаgаn bo`lаmаn». SHuni аlоhidа tа`kidlаsh jоizki, Аmir Tеmur tаvаlludining 660 yilligi jаhоnning 50 dаn оrtik dаvlаtlаridа nishоnlаngаni, ulug` bоbоkаlоnimiz mеrоsini o`rgаnishgа bаg`ishlаngаn хаlkаrо ilmiy аnjumаndа 30 gа yаkin mаmlаkаt оlimlаri ishtirоk etgаni buni yаnа bir bоr tаsdiklаydi. Sоhibkirоn Аmir Tеmurning 660 yillik uybilеyi 1996 yil 21-24 аprеl kunlаri Frаntsiyа pоytахti Pаrij shаhridа UYNЕSKО tаshаbbusi vа rаhbаrligidа 14 nishоnlаndi, undа O`zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti I.Kаrimоv ishtirоk etdi vа kаttа nutk so`zlаdi. 1996 yilning 18 оktyаbr kuni ulug` bоbоkаlоnimiz, buuyk dаvlаt аrbоbi vаеngilmаs sаrkаrdаАmir Tеmur yodi хоtirаsigааtаb SHаrk milliy mа`mоrchiligining nоyob nаmunаsi sifаtidа bunyod etilgаn – Tеmuriylаr tаriхi dаvlаt muzеyining tаntаnаli оchilish mаrоsimi bo`ldi. Temur va temuriylar davri o'rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o'zbek madaniyatining bugungi huquqiy joylashuvida asos bo'lib xizmat qiladi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog'liqdir. Amir Temur davrida o'rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ilm-fan, adabiyot va san'at, hunarmandchilik va me'morchilik ravnaq topdi. Mamlakat va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo'lida mahalliy va chet mamlakatlardan ko'plab fan va san'at ahllarini, hunarmand me'morlarni va musavvirlarni to'pladi. Temur o'rta Osiyoda qishloq xo'jaligi sun'iy sug'orishga bog'liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qazdirdi va Murg'ob vodiysida sug'orish ishlarini yo'lga qo'ydi. Samarqand va Shahrisabz shaharlari oqar suv bilan ta'minlandi. Lalmikor erlarda ariklar qazildi. Dehqonchilikda donli ekinlar, paxta, zig'ir ekilgan. Bo'yoq uchun ro'yan o'simligi, shuningdek pillachilikda tutlar ko'p ekilgan. Uzum, limon etishtirilgan.
Markaziy Osiyoda madaniyatning rivojlanishiga qo'shni mamlakatlar bilan madaniy aloqalar muhim rol o'ynadi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo Eron bilan qadimdan mustahkam aloqa o'rnatgan bo'lib, XIV - XV asrlarda bu ikki davlat o'rtasida iqtisodiy, madaniy aloqalar ham kuchaya boshladi. Bu davrda Xitoy bilan ham aloqalar mustahkamlanib bordi. Shohrux davriga keiib, Hindiston bilan ham aloqalar o'rnatildi. Temuriylar davrida madaniyat yangi bosqichga ko'tarilib, Markaziy Osiyoda qadimgi yunon va hind olimlarining falakiyot, riyoziyot, tibbiyot, kimyo va boshqa fan sohalaridagi tadqiqotiar keng tarqaldi. XIV - XV asrlarda ma'naviy - madaniy rivojlanish islom diniy qarashlarini mustahkamlanib borishi biian uzviy bo'g'iiq bo'lib, hukmron mafkura sifatida madrasayu masjidlarda keng o'qitilib - o'rganilib, qonun - qoida an'analar esa shariyat asosida olib borilaverdi. Markaziy Osiyoda XI asrdan boshlab yo'yila boshlagan tasavvur ta'limoti bu davrga kelib Movarounnahr va Xurosonda tasavvufning yassaviya, kubraviya va ayniqsa, naqshbandiya tariqati ma'naviy hayotda katta rol o'ynaydi. Amir Temurning o'zi ham mutasavvuf olimlarga katta hurmat bilan munosabatda bo'lib, tasavvufning naqshbandiya suluki targ'ibotchilaridan Sayyid Mir Kulolni (Shamsiddin Foxuriy, vafoti 1371 yil) o'ziga pir deb bilgan. Uning hamadoniya taraqqiyotiga asos solgan yirik mutasavvuf Sayyid Hamadoniy bilan uchrashib muloqotda bolganligi, 1398 yilda Turkistonning Yassi shahrida yirik mutasavvuf Ahmad Yassaviy qabrini ziyorat etganligi, uni ta'mirlatib, ustiga oliy bino qurishni buyurgani tarixiy manbalarda ko'rsatib o'tilgan. XIV - XV asrlarda Markaziy Osiyo keng tarqalayotgan tasavvuf ta'limotining So'fi, Porso, Charxiy, Mahmud A'zam, Xo'ja Ahror kabi yirik vakillari naqshbandiya taraqqiyotiga oid qator yaratish bilan bir qatorda, jamiyatning ma'naviy poklanishi va rivojlanishi yo'lida faol xizmat qildilar, taniqli arboblar bilan muloqotda bo'lib, ilarga ta'sir o'tkazdilar. Bu davrda Samarqand, Hirot va boshqa shaharlarda musavvirlik, naqqoshlik san'atining mohir istalari paydo bo'ldi. Xususan, "Sharq Rafaeli" deb tanilgan Komoliddin Behzod o'z ijodi bilan butim sharqdagina emas, balki Ovro'pada ham mashhur bo'ldi. XIV - XV asrlarda fanlarning ko'p sohalari: tibbiyot, riyoziyot, handasa, jo'g'rofiya, falakiyot, tarix, mantiq, adabiyot, falsafa, axloqshunoslik va boshqa fanlar taraqqiy etdi. Adabiyot va adabiyotshunoslik yuksalib, she'riyat nazm sohasida ijod qiluvchi mashhur shoirlar yetishib chiqdi. Yirik shoirlar Davlatshoh Samarqandiy, Sakkokiy, Bisotiy, Samarqandiy, Mirzabek, Vosifiylar Samarqandda, Ismoil Buxoriy, Hofiz Horazmiy, Yaqiniy, Hiloliy, Gaodiy, Atoiy, Suxayliy, Sayfiy Buxoriy, Mullo kabilar Movarounnahr va Xurosonning turli shaharlarida, yashab, ijod qilib, bir qancha she'riy va nasriy asarlar yaratdilar. Bu davrda tibbiyot ilmi ham o'zining yirik namoyondalariga ega edi. Samarqanddan kelib ijod qilgan tabobat ilmining yirik vakillaridan Burxoniddin Nafis ibn Evaz hakim al - Kirmoniy, Sulton Ali tabib Xurosoniy, tabib Husayin Jarroh shular jumlasidandir. XIV asrning oxiri XV asrning boshida Markaziy Osiyo, aniqrog'i Movarounnahr va Xuroson tarixida - o'rta asr uchun oliy darajadagi madaniy - ma'naviy yuksalish davri bo'ldi. Ulug'bek: Mutafakkir olim, davlat arbobi Ulug'bek 1394 yil 24 martda bobosi Amir Temurning harbiy yurishi vaqtida Sultoniya shahrida tug'ilgan. To'rt yoshdan Hamza ibn Alidan xat, savod va hisobdan ilk saboqlar oladi.
1.2 Amir Temur davrida o’lkamiz taraqqiyoti.
Temuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil bo‘lgan. Birinchisi-ma’muriy-siyosiy maqsadda bo‘lib, qal’a yoki shahar ichida qurilgan. Ikkinchisi-shahar tashqarisidagi bog‘larda qurilgan qarorgohlarda qabul marosimlari, majlislar o‘tkazilgan va xordiq chiqarilgan. Shahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr bo‘lib, toq va ravoqlari beqiyos bo‘lgan. Temur va Ulug‘bekning asosiy qarorgohi Samarqanddagi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy deyiladi. Shuningdek, shahar tashqarisida Temur o‘n ikkita bog‘ va saroylar bunyod ettirgan.
Temur va temuriylar davrida tarixshunoslik fani rivoj topdi. Bu davrda yashab ijod kilgan muarrixlarning asarlarida usha zamon tarixiy vokealarning mufasal tafsilotlari, sharxlaridan tashkari ularning chukur ijtimoiy moxiyati, mazmuni uzining butun ziddiyatliligi va murakkabliligi bilan ifoda etilgan. Bu davr tarixchilaridan Nizomiddin Shomiy, Xofizu Abru, Sharofiddin Ali Yazdiy, Fosix Xavofiy, Abdurazzok Samarkandiy, Ibn Arabshox, Giyesiddin Ali, Mirxond, Xondamir usha davr ijtimoiy xayeti jarayenining talab va extiyejlaridan kelib chikkan xolda temuriy xukmdorlarning turli-tuman faoliyati, sa’y-xarakatlari bilan boglik tarixiy xodisalar, vokealarni xolis va xakkoniy aks ettirishga intilganlar
Ulug‘bek davrida Samarqandning Registon maydoni shakllandi, «Masjidi Muqatta’», 210 gumbazli Ko‘kaldosh jom’e masjidi qad ko‘tardi. Shohizindada ayrim maqbaralar, Shahrisabzda Ko‘kgumbaz masjidi, «Chilustun» va «Chinnixona» saroylari uning davrida qurildi.
XV asrning ikkinchi yarmida Samarqandda Xo‘ja Ahror madrasasi, Ishratxona, Oqsaroy maqbaralari bunyod qilindi.
Amir Temur va Ulug‘bek davrida tasviriy san’at turli yo’nalish bo‘yicha yuksaldi. Islomda jonli narsalar tasviriga sig‘inmaslik tasviriy san’atda naqshning ravnaqiga sabab bo‘ldi. O‘rta Osiyoda arablar bosqini tufayli to‘xtab qolgan devoriy suratlar va umuman tasviriy san’at Temur davrida yangi shakl va mazmunda tiklandi. Xattotlik- qo‘lyozma adabiyotning ajralmas bir qismi hisoblangan. Miniatyura- tasviriy san’atga ham avvalo naqsh sifatida qaralgan. Temuriylar davrida tiklangan devoriy suratlar esa XVI asrda yana to‘xtab qoldi. Samarqanddagi Temuriylarning saroy-qarorgohlarida qabul marosimlari, jang voqealari, ov manzaralari, xalq bayramlari tasviri tushirilgan devoriy suratlar bo‘lgan. Temur, o‘g‘illari, nabiralari, ayollari va kanizaklari tasviri bu devoriy suratlarda aks ettirilgan Ulug‘bek devorida ham devoriy suratlar mavzu jihatdan rang-barang bo‘lib, uslubiy jihatdan miniatyura janriga yaqin bo‘lgan. Bu davrda qayta ko‘chirilgan Abdurahmon as-So‘fiyning (X asr) falaqiyotga oid asariga ishlangan bir suratda Andromeda yulduzlar turkumi Chochlik ayol qiyofasida tasvirlanadi. Samarqand rasadxonasida esa to‘qqiz falak ko‘rinishi, yetti gardish, yetti yulduz-yoritqich daraja, vaqt bo‘limlari, Yer yuzining yetti iqlimi tasvirlangan.
Temur darvrida qurilgan Shirinbeka opa, Bibixonim, Tuman opa obidalarida naqqoshlik va xattotlik bilan birga tasviriy lavhalar ham mavjuddir. Shirinbeka opa maqbarasida tasvir ko‘p ranglarda, qolgan ichki bino devorlarida oq va moviy rangdagi tabiat manzaralari tasvirlanadi.
Xattotlik san’ati taraqqiyotiga XV asrda an’anaviy nasxi, kufiy, devoriy xatlari bilan birga peshtoqlarni bezovchi suls va tezkor-nasta’liq noyob qo‘lyozma asarlar ko‘chiriladigan maxsus ustaxonalar kitobotchilikning ravnaqiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Amir Temur davrida Samarqandda miniatyura rassomchilik maktabi tashkil topdi. hozir Turkiya va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan ko‘chirma- homaki miniatyura nusxalari XIV-XV asrlarga oid bo‘lib, ularda alohida shaxslar, daraxtlar, gullar, kichik kompozisiyalar, naqshlarda chiziqlar uyg‘unligi, harakatlar aniqligi, qiyofalarning o‘z o‘rnida joylashtirilishi bilan ajralib turadi.
Tarixiy shaxslarning qiyofalari ham miniatyuralarda aks etgan. Amir Temur qiyofasi tiriklik vaqtida aks etgan miniatyuralar hali topilmagan. Asl holatiga yaqin suratlar «Zafarnoma»ning dastlabki ko‘chirilgan nusxalarida uchraydi. Uning bir muncha yorqinroq qiyofasi Hirotda (1467 y.) ko‘chirilgan «Zafarnoma»da keltiriladi. Dastlab Mirak Naqqosh boshlagan va Behzod yakunlagan ushbu miniatyurada boy kompozisiya va serjilo bo‘yoqlarning uyg‘unligi ajralib turadi.
Miniatyura rassomchiligining taraqqiyoti adabiyotning rivoji bilan bog‘liq bo‘lgan. Musavvirlar Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, so‘ngra Jomiy va Navoiy asarlariga rasmlar ishlagan. XIV asrda «Jome’ ut-tavorix», «Tarixi Rashidiy» kabi tarixiy asarlarga ham miniatyuralar ishlagan. Bu an’ana Temuriylar davrida ham davom ettirilib, «Zafarnoma» va «Temurnoma» asarlarida jang lavhalari tasvirlanadi. Ayrim hollarda diniy asarlarga ham Makka va Madina tasviri tushirilgan. Badiiy asarlarning ba’zilarida Muhammad payg‘ambarning (yuzi niqobda) odamlar orasida turgan holati va me’rojga chiqishlariga oid lavhalar uchraydi.
Amir Temur va temuriylar davri madaniyatining tudakonli mazmuni, manzarasi va kulami usha zamondla xar taraflama gurkirab ravnak topgan badiiy adabiyotda yakkol namoyon buldi. Eng muximi shundaki, bu davrda badiiy tafakkurda an’anaviy bayrokdor bulib kelgnan fors-tojik adabiyoti bilan yonma-yon turkiy-uzbek adabiyoti xam rivojlanib, uning namoyandalari safi kupayib bordi. Bu urinda uzbek mumtoz adabiyoti tarakkiyotiga salmokli xissa kushgan Lutfiy, Xaydar Xorazmiy, Durbek, Gadoiy, Atoiy, Sakkokiy , Xusayniy singari budiy suz ustalari nomini aloxida tilga olib butish joizdir. Shoir Lutfiy (1366-1465) o’zining 20 dan ortiq asarlari bilan Navoiygacha ham mashhur bo’lgan.
Ana shu davrda Sharofiddin Ali Yazdiyning (vafoti 1454 y) Temur tarixiga doir Nizomiddin Shomiydan so’ng yozilgan bir xil nomdagi «Zafarnoma» asari yaratildi.
Fors-tojik adabiyotida mashhur bo’lgan Abduraxmon Jomiy (1414-1492)ning ham roli buyuk bo’ldi.
Temuriyzodalar urtasidagi uzaro urushlar, birodarkushliklar nafakat kuyi tabaka axlining, balki yirik zodagonlarning xam noroziliklariga sabab buldi. Temuriylar davlatidagi siyosiy tarkoklik, ayrim xukmdorlarning ajralib, mustakillikka intilishi bu davlatning yemirilishiga olib keldi. Natijada Amir Temur asos solgan ulkan saltanat tanazzulga yuz tutdi va tugatildi.
XV asr miniatyuralarining aksariyatida sharq she’riyatining qahramonlari-Layli va Majnun, Xusrav va Shirin, Rustam, jang lavhalari tasvirlanadi. Umuman miniatyura san’ati Iroq, Eron, Xuroson, Movarounnahr va Hindistongacha hududda bir davrga xos badiiy- estetik hodisa edi. Bu hodisa Temuriylar bilan bog‘liq bo‘lib, temuriylarning Bag‘dod, Sheroz, Tabriz, Hirot, Samarqand, Dehli kabi markazlarida bir necha miniatyura maktablari vujudga keldi.
Samarqand miniatyura maktabi XIV-XV asrning birinchi yarmida qaror topgan bo‘lib, turli turkumda yaratilgan bu miniatyuralarda Sharqiy Turkiston san’atiga xos bo‘lgan Turkiy obrazlarda Xitoy rassomchiligi ta’siri sezilib turadi.
Samaqanddagi saroy musavvirlari Abul Xayya va uning shogirdlari Shayx Mahmud Taliliy, Pir Ahmad Bog‘i Shamoliy, Muhammad bin Mahmudshoh, Darvesh Mansurlar ishlagan rasmlar nozik, bo‘yoqlar ustalik bilan qo‘llangan. ularning miniatyuralari temuriylar davriga xos ov-shikor mavzuida yaratilgan. 1420 yildan keyin Boysunqur Mirzo Hirotda xattotlik va naqqoshlik ustaxonasi tashkil qilgach bu rassomlarning ayrimlari hirotga ko‘chib o‘tadi. Abul hayya tarixiy asarlariga ishlagan miniatyuralarda Amir Temur va temuriylarning qiyofalari aks etsa, badiiy asarlarga ishlagan rasmlarida ham ular turli holatlarda tasvirlanadi. Xalil Sulton davrida ishlangan ayrim miniatyuralar grafik tarzda, badiiy jihatdan o‘ziga xos «siyohi qalam» uslubida ishlangan. Temur hayotlik davrida uning saroy devorlarida shoh va shahzodalar bor bo‘yida tasvirlanib, haqiqiy portret janrini Kamoliddin Behzod shakllantirdi. Umuman, Temur va temuriylarning qiyofalari tasvirlangan ko‘plab miniatyuralar dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Ularning aksariyatida rasm chizilgan davr yoki rassom, joy, maktab ko‘rsatilmagan. Biroq, bu miniatyuralarda nur sochib turgan quyoshsimon sherning boshi tasvirlangan tug‘-Temurning gerbi-uning saroyi peshtoqida, Xalil Sulton va Ulug‘bek zarb qilgan tangalarda uchraydi. Shuningdek, tabiat tasvirida to‘q yashil va jigarrang ko‘pligi, kiyimlar turkiy millatga xos bo‘lganligidan bu miniatyuralar Samarqand miniatyurachilik maktabiga mansub deyish mumkin. Chunki, Hirot va Sheroz miniatyuralari qahramonlarining kiyimlari boshqacharoqdir.
Samarqand maktabi miniatyurachilari vakillari kompozisiya yaratish va manzara tasvirida mahoratlidirlar.
Ulug‘bek davrida mashhur bo‘lgan xattot va musavvir asli Obivardlik Sulton Ali Boverdiy miniatyuralari chiziqlarning keskinligi, ranglarning yorqinligi bilan o‘ziga xosdir. Samarqand maktabiga xos bo‘lgan 18 ta miniatyura Nizomiyning»hamsa» asariga va 49 ta miniatyura «Shohnoma» asariga ishlangan bo‘lib hozir Turkiya kutubxonasida saqlanadi. Ulug‘bek davrida as-So‘fiyning «Siljimas yulduzlar ro‘yhati» asariga ishlangan miniatyuralarda xaritalar qizil va qora doiralar bilan katta va kichik yulduzlarning joylashishi ko‘rsatilgan bo‘lib, grafik tarzda rang bermay, qora siyohda chizilgan. Yulduz turkumi oddiy xalq vakili qiyofasida tasvir etiladi. Sharq miniatyurachiligida oddiy xalq hayoti mavzui temuriylar davrida paydo bo‘lgan. Masalan, «Samarqand masjidini qurish», «Iskandar devorini bunyod etish», «Ko‘chmanchilar turmushi», «Jamshidning oddiy xalqqa hunar o‘rgatishi mavzuidagi miniatyuralar bunga misoldir.



Temuriylar davrida madaniyatning yuksalishi badiiy hunarmandchilikning turli shakllarida namoyon bo‘ldi. Badiiy hunarmandchilik asosan me’morchilik bilan bog‘liq bo‘lmay, koshinkorlik kulolchiligi, yog‘och va tosh o‘ymakorligi bilan ham bog‘liq edi. qabr toshlariga qisman o‘simliksimon, asosan geometrik nazmlarda xattotlik namunalari bilan so‘zlar bitilgan. Bu yozuvlar chuqur, qusha o‘yiqlarida bitilgan. qabrtoshlar sag‘ana yoki suna shaklida bo‘lib, bo‘z rangli marmardan, ayrim hollarda o‘ta noyob toshlardan tantana idishlar ishlangan. Yog‘och o‘ymakorligida Go‘ri Amirda, Shohi Zinda, Yassaviy maqbaralari, eshiklari, shuningdek Xv asrga oid uy ustunlari naqshlar bilan ishlangan. Temur va Ulug‘bek davrlarida metall o‘ymakorligi taraqqiy etadi. Buyum va idishlar oltinsimon bronza, latun, qizil misdan ishlangan. Naqshlar o‘yib, bo‘rtma usulda, qimmatbaho toshlar qadalib tayyorlangan. Yassaviy maqbarasi ulkan-shamdonlar, ayniqsa ikki tonnalik qozon bronza qo‘yish san’atining eng yuksak namunasidir.
Amaliy san’atning kulolchilik turi uchun yashil, zangori tusdagi yorqin sir ustiga sodda o‘simliknoma naqshlarni qora bo‘yoqlar bilan tushurishga yoki uyurma gullar ishlanishi, bu davrda paydo bo‘lgan oppoq idishlarga sir ustidan kobalt yordamida naqsh berilishi yangilik edi. Sopol buyumlardagi naqshlar mo‘yqalamda chizilgan. Oldingi asrlarda sopol buyumlariga chiziq naqshlar chizishgan, temuriylar davriga mansub chikkisimon sopol buyumlarda kulol-rassom turli uslubda och havorangdan to lojuvardga qadar ranglarni qo‘llaydi. Temur va temuriylar davrining amaliy san’at turlaridan to‘qimachilik, gilamdo‘zlik, kashtachilik yuksak san’at darajasiga ko‘tarildi.



Amir Temur ilm-fan rivoji uchun g‘amxo‘rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma’rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, qozizoda Rumiy, tabib Xusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Ahmad, Ulug‘bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko‘rsatgan. Temur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi hamda jahon faniga munosib hissa qo‘shdi. Falokiyotshunoslik fanida Ulug‘bek, qozizoda Rumiy, g‘iyosiddin Jamshid va Ali qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Tarix ilmida Sharofiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abro‘, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san’at asarlari bilan mashhur bo‘ldi.
Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqandda birinchi Akademiyaga asos solindi, Yer kurrasini o‘lchash va falaqqiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarqand rasadxonasining qurilishi ulkan madaniy voqea bo‘lib, jihozi va ilmiy yutuqlari jihatidan unga teng keladigan rasadxona yo’q edi. Rasadxonada Ulug‘bek matematika, geometriya, falaqqiyotshunoslikda chuqur bilimlar sohibi edi. Ali qushchi, Muhammad Xavofiylar uning sevimli shogirdlari bo‘lgan.
Mirzo Ulug‘bek «Zij» asarida VIII-XI asrlarda boshlangan falaqqiyot ilmiga oid an’anani davom ettirib, yuqori darajaga ko‘taradi. Matematikaga doir «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», Falaqqiyotshunoslikka oid «Risolai Ulug‘bek» va musiqa haqida «Musiqa ilmi haqida risola» kabi asarlar yozdi. Ulug‘bek Samarqand, Buxoro va g‘ijduvonda madrasalar qurdirib, ta’lim ishlariga rahbarlik qildi.
Temur va temuriylar davrida xalq og‘zaki ijodi namunalari yaratildi. Adabiyot badiiy uslub jihatidan takomillashdi, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yaratildi. O‘zbek tarjima adabiyoti vujudga keldi.
Bu davrda yetuk ijodkorlar qutb, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod qildi. Ayniqsa o‘zbek yozma adabiyotining dunyoviy ko‘lamini Alisher Navoiyning ijodi kamolot bosqichiga ko‘tardi.
Movarounnaxr va Xurosonda o‘zbek tili, adabiyoti va madaniyatining mavqei orta bordi. Xurosondagi turkiyzabon xalqlar va ularning ziyolilari Samarqand, Buxoro, Turkiston va boshqa shaharlardagi olimlar shoiralar va san’atkorlar bilan o‘zaro juda yaqin munosabatda bo‘la boshladilar. qaysi ijodkor o‘ziga qaysi mamlakat yoki shaharni qulay deb bilsa, yosha yerda yashab ijod qildi.
Masalan, xorazmlik shoirlar Haydar va hofiz Xorazmiylar Sherozga, Ismoil Ota avlodlaridan bo‘lgan shoir Shayx Atoiy Turbatdan (Toshkent yaqinidan) Balxga, Mavlono Lutfiy ham asli Toshkentdan bo‘lib Hirot yaqiniga borib yashab qolganlar.
Temur va uning avlodlari adabiyot va san’atga, ilm-fanga yaqin kishilar edi. Temuriylardan 22 ta ijodkor-shoir bo‘lib, ular o‘zlari she’r yozish bilan birga ijodkorlarga xomiylik ham qilgan. Xalil Sulton, Husayn Boyqaro kabilar o‘z she’rlaridan devon tuzganlar.
Xuroson va Movarounnaxrda forsiy va turkiyda ham ikkala tilda ijod qiluvchi shoirlar ko‘p bo‘lib, adabiy hayot yuksaladi. Sharq klassik adabiyoti tarjimalariga ham e’tibor kuchayadi. «Chaxor manoli» kabi adabiyot nazariyasiga oid asarlar yaratilgan. Badiiy ijodning g‘azal, ruboiy, tuyuq kabi turlari rivoj topgan. Adabiy jarayonda shohlar ham, oddiy kosib va hunarmandlar ham, olim va fozillar ham qatnashgan.
Xurosondagi adabiy hayotning rivojida Boysung‘ur Mirzo (Shohruhning o‘g‘li) ning o‘rni beqiyos bo‘lib, u o‘z tashabbusi bilan fanlarning barcha sohalariga va san’at rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning rahbarligida Firdavsiy «shohnomasi»ning ko‘p qo‘lyozmalarni qiyoslash asosida ishonchli ilmiy matni yaratildi. Boysung‘urning o‘zi ham forsiy va turkiyda she’rlar yozgan. Xullas, XV asr o‘rtalarida Xurosonda o‘zbek adabiyotining yangi maktabi yuzaga keldi.
Movarounnaxrda Ulug‘bek davrida ko‘plab forsiy va turkiy ijodkorlar to‘plandi. Adabiy muhitni bevosita Ulug‘bekning o‘zi boshqarar, Samarqandda o‘sha davrning eng yaxshi shoirlari yig‘ilgan edilar. Shoirlarning sardori («Malik ul-kalom») qilib Mavlono Kamol Baraxshiy tayinlangan edi. Sakkokiy o‘z qasidalaridan birida Ulug‘bekning she’r yozishini va uning she’r haqidagi tushunchasi yuqori bo‘lganligi ta’kidlab o‘tgan. Ulug‘bek Xurosondagi ijodkorlar bilan ham do‘stona munosabatda bo‘lgan. U Lutfiy she’rlarini XV asrning mashhur shoiri Salmon Sovajiy she’rlari bilan teng ko‘rgan. Mumtoz shoir bilan tenglashtirish Lutfiy uchun katta sharaf edi.
Ulug‘bek saroyidagi eng obro‘li o‘zbek shoiri Sakkokiyning lirik she’rlari bilan birga o‘zbek tilidagi qasidalari ham bu she’riy janrning sezilarli yutug‘i bo‘ldi.
Navoiy «Majolisun-nafois» tazkirasida ko‘proq xurosonlik shoirlar haqida ma’lumotlar bersa, Davlotshoh Samarqandiy «Tazkirat ush-shuaro» asarida o‘tmishda o‘tgan ijodkorlarga to‘xtaladi. Yaqinda ma’lum bo‘lgan Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziyning «Fukukul-balog‘a» (1437 y.) asari temuriylar davri Movarounnaxrdagi adabiy hayotni o‘rganish imkonitlarini ochdi.
Shayx Axmad Taroziy asarida she’r nazariyasiga doir ilmiy masalalarni yoritish bilan birga, shu paytgacha noma’lum bo‘lgan o‘zbek va forsiyzabon shoirlarning she’rlaridan misollar keltiradi. Shayx Taroziy o‘z asarida bizga ma’lum bo‘lgan mashhur shoirlardan tashqari, bizga noma’lum bo‘lgan Muhammad Temur Buzoning tuyuqlarini, Shams qisoriyning «al-maqlubul-ba’z» she’riy san’ati namunalarini, Jaloliy degan shoirning ishqiy mazmundagi baytlarini, «mutasalsal» she’riy man’atiga o‘zining g‘azalidan namunalar keltiradi.
«Mutasalsal» san’ati qofiya bo‘lib kelgan so‘zlarning yoki uning bir bo‘lagining keyingi bayt boshlanishida takrorlanishi bilan baytlarni bir-biriga bog‘lashni anglatadi. Taroziyning «Fukukul-balog‘a» asari o‘sha davr o‘zbek adabiyoti tarixini yanada chuqurroq o‘rganishda qimmatlidir.
XV asrning ikkinchi yarmi o‘zbek adabiyotining eng rivojlangan davri bo‘lib, bu yuksalik Temuriy Boyqaro va o‘zbek adabiyotining porloq quyoshi Navoiy nomlari bilan bog‘liq. Boyqaro hukmronligi davrida adabiyot, san’at va fanning ko‘p sohalari rivojiga katta ahamiyat bergan. «Husayniy» taxallusi bilan she’rlar yozgan, bu ulug‘ zot o‘z hukmronligi davomida Navoiyga «muqarrabi hazrati sultoniy» mansablarini berib birgalikda madaniyatning rivojlanishiga homiylik qilishgan. Navoiy ustozi Jomiy bilan hamkorlikda ma’naviyat taraqqiyotiga rahnamolik qildi. Ular timsolida badiiy adabiyot eng buyuk yutuqlarga erishdi. Navoiyning «Xamsa» va «Xazoyinul-maoniy» devoni, Jomiyning «hasht avrang» va she’riy devonlari shu davr adabiyotining eng buyuk namunalari bo‘ldi. Husayn Boyqaro o‘z «Risolasida» uning hukmronligi davrida shunday asarlar yaratilganidan cheksiz faxrlangani bejiz emas.
Bu boy adabiy meros o‘zbek adabiyotining keyingi taraqqiyotiga ham o‘zining chuqur ta’sirini ko‘rsatdi. Boburning «Boburnoma» asari shu davr o‘zbek adabiyoti va ilmining hayotbaxsh an’analari asosida yuzaga kelgan edi.
XV asrda o‘zbek adabiyoti, ayniqsa Navoiy ijodi misolida adabiy janrlar rang-barangligi nuqtai nazaridan ham eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. O‘zbek adabiy tili shakllandi. o‘zbek nazmi va nasridagi adabiy uslubning xususiyatlaridan biri adabiy va ilmiy asarlarda fikr ifodasida forsiy va arabiy so‘z va iboralardan, atamalardan, forsiy tilga xos jumla tuzilish qoidalaridan keng foydalandilar.
Markaziy Osiyodagi IX - XII asrlardagi ilm-fan, madaniyatning gurkirab yashnashi Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ilk Uyg'onish davrini tashkil etgan bo'lsa, XIV asr oxiri va XV asr boshi mo'g'ullar mustamlakachiligidan qutilib, mustaqil davlatning shakllanishi va rivoji asosida madaniyatda yana ko'tarilish va keskin rivoj ro'y berdi. Bu davrni madaniyatdagi keskin ravishda bo'Iinib qolgan, Uyg'onish davrining yakuni - so'nggi Uyg'onish davri deb atash mumkin. Bu ko'tarilish avvalgi madaniy yutuqlarga, ularni yanada yuksaltirish va zamona ma'naviy talablari asosida yangilash natijasida vujudga keldi. Bu davrda arab tili qisman fan tili bo'lib qolsa-da, asosan ilm va badiiy adabiyot, san'at tili sifatida turkiy va forsiy tillarning mavqei kuchayib, asosiy o'ringa chiqdi. Davlat ishlari ham shu tillarda olib borildi. Temur va Temuriylar davlati deyarli bir yarim asr Osiyo, ayniqsa, Markaziy Osiyo tarixida nihoyatda ko'p, serqirra, rang-barang madaniy - ma'naviy boyliklarni yaratishga, xalq talantlari uchun imkoniyat yarata olganligi, turkiy xalqlar madaniyati tarixida tamoman yangi, uzoq asrlarga ozuqa bergan qatlamlar, yangi sahifalar vujudga kelganligi bilan mashhurdir. Temur mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirishga harakat qildi. U ishg'ol qilgan xorijiy mamlakatlardagi ilm ahlini o'z panohiga oldl Movarounnahr va Xuroson shaharlarini obodonchiligi uchun jon kuydirdi. Rus olimi A.Y.Yakubovskiy Temurning bu sohadagi ishlari haqida yozgan edi: "U yosh hisob - kitoblik xo'jayin edi. U Movarounnahrga nafaqat turli - tuman boyliklami, balki hunarmand, musavvir, me'mor va olimlarni ham olib keldi. To'g'ri Movarounnahrning o'zi mutaxassis". XIV asrning oxiriga kelib Samarqand Sharqning eng go'zal va obod shaharlaridan biriga aylandi. Bu yrda ulkan binolar, keng hiyobonlar qurishga katta e'tibor berildi. XV asr boshida Movarounnahrga kelgan ispan sayyohi Rui Ganzales de Klavixoning ma'lumotiga qaraganda, Samarqandning boyligi faqat oziq -ovqatning mo'lligi bilan emas, balki, shoyi matolari, atlasi, mo'ynadan qilingan kiyimlar, turli mamlakatlardan keltirilgan son-sanoqsiz mollari, bozor va maydonlari, ko'chalarining keng va ko'rkamligi bilan ko'zga tashlandi. Ayniqsa, qishloq xo'jaligini rivojlantirish borasida mamlakatda har xil qurilish inshootlari barpo qilinib, irrigatsiya shaxobchalari tuzatilib, Mug'on cho'li o'zlashtirildi. Xurosonda va boshqa joylarda kanallar o'tkazildi, ko'priklar qurildi, shoyi va jundan to'qilgan matolarni ishlab chiqarish, kiyim - kechak tikish keng yo'lga qo'yildi. Olacha, duxoba, kimhob va boshqa matolarni to'qiydigan va ularga bezak beradigan maxsus ustalar paydo bo'ldi. Bu davrda paxtadan tayyorlangan mahsulotlarga, xususan dag'al matolar va polotnolarga bo'Igan talab kuchli edi. Zargarlik, kulolchilik hunarlari keng rivojlandi.
Temuriylarning adabiyot va madaniyat sohasidagi an’analari keyinchalik boburiylar tomonidan Afg‘oniston va Hindistonda, XVIII-XIX asrlarda Xorazm va qo‘qon xonligida rivojlantirildi.[1]
Ulug'bek madrasasi darsxonalarida o'quv mashg'ulotlarining boshlanishi 1420 - yilga to'g'ri keladi. Vosifiyning bergan ma'lumotlariga qaraganda, madrasaning birinchi mudarrisligiga Mavlono Muhammad Havofiy tayinlangan. Madrasa bitishiga yaqin qolganda qurilishda mehnat qilayotganlar bu yerga tashrif buyurgan Ulug'bekdan kim madrasaga mudarris etib tayinlanadi, deb so'rashgan. Savolga javoban Ulug'bek mudarrislikka barcha ilmlardan xabardor kishini topajakligini aytdi. Shunda oddiy xizmatkorlar qatorida g'ishtlar orasida eski kiyimda o'tirgan Mavlono Muhammad bu lavozimga men munosibman, deb o'zini tanishtiradi, Ulug'bek Mavlono Muhammadni imtihon qiladi. Mavlono Muhammadning javoblaridan to'la qoniqish hosil qilgan Ulug'bek uni hammomga olib borib, yuvintirib, kiyintirishga farmon beradi. Madrasa ochilishidagi birinchi ma'ruzani Mavlono Muhammad o'qiydi. Ma'ruzaning mohiyati shu qadar ilmiy va murakkab bo'lib, uni hosil bo'lgan 90 olimdan faqat Mirzo Ulug'bek bilan Qozizoda Rumiy tushungan, xolos. Ulug'bekning "Ziji jadidi Ko'ragoniy" (yangi astronomik jadval) kitobi Sharq klassik astronomiyasini nazariy va amaliy masalalarini o'zida mujassamlashtirgan va uni yangi dalii - isbotlar bilan boyitgan shoh asardir. Bu asar ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 sobita (qo'zg'almas) yulduzlarning o'rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat. Bundan tashqari Ulug'bek "To'rt ulus tarixi" va musiqa ilmiga bag'ishlangan 5 ta risola ham yozgan. Ulug'bek - Qur'on, hadis, arab tili, adabiyot, musiqa, riyoziyot va falakiyot ilmlarini chuqur bilgan qomusiy olim bo'lgan. Ulug'bek davrida Registon shakllandi. Shohizinda xazirati mujassamati jihatidan to'la qurib bitkazildi. Rumiy maqbarasi me'moriy jihatdan eng ajoyibi hisoblanadi. Alisher Navoiy (1441-1501). O'zbek adabiy tilining asoschisi, ulug' shoir va mutafakkir, yirik davlat arbobi va madaniyat xomiysi Alisher Navoiy 1441 - yilning 9- fevralida Hirot shahrining Bog'i Davlatxona degan joyida tug'iIgan. Alisherning otasi G'iyosiddin Muhammad "Kichkina Bahodir", "Kichik baxshi" laqablari bilan tanilgan bo'lib, temuriylar saroyida e'tiborli shaxslardan hisoblangan. Onasi Qobulning amirzodalaridan Shayx Abu Said Changning qizi edi. Alisherning ota - bobolari temuriylar bilan emikdosh bo'lganiar va hamma vaqt temuriylar hokimiyatini mustahkamlashga yordam berganlar. Xurosonning bo'lajak hukmdori, iste'dodli Xusayn Boyqaro bilan Alisher Navoiy o'rtasidagi yaqin do'stlik va hamkorlikning ildizlari ham ota - bobolar o'rtasidagi ana o'sha yaqinlikka borib taqaladi. Alisher bolaligidanoq o'tkir zehnli, fahm - farosati bilan o'z tengdoshlari orasida alohida ajralib turadi. U to'rt - besh yoshligidanoq she'riyatga muhabbat qo'yadi. Chunki Alisherlar xonadonida she'riyat muhlislari, taniqli shoirlar tez - tez yig'ilishib, she'rxonliklar bo'lib turar edi. Qolaversa, yosh Alisherning tarbiyasida o'z zamonasining iste'dodli shoirlari bo'lmish tog'alari Mir Said va Muhammad Ali Qobiliylarning ta'siri bo'lgan. Alisher o'zi yashagan davr an'anasiga binoan boshlang'ich bilimlami forscha manbalarda oldi. Chunki u davrlarda saroy ahli fors tilini tan olib, turkiy tiini mensimas edi. Shu sababli Alisher maktabda o'qib yurgan kezlaridayoq Nizomiy Ganjaviy, Shayx Muslixiddin Sa'diy, Xofiz Sheroziy, Farididdin Attor asarlarini o'qigan, Qosim Anvar g'azallarini yod oigan. Mir Shoxiy, Sharofiddin Ali Yazdiy kabi yirik forsiy shoir va olimlarning ijodi bilan tanishgan, ulardan ilhom olib, o'zi ham ojod qilishga kirishgan edi. O'z g'azallarini dastlab fors - tojik tilida yaratgan Alisher ulg'aya borgan sari o'z ona tilining boyligi va go'zalligini anglab, bevosita turkiy tilda she'rlar yarata boshladi. O'n besh yoshlarida u ikki tilda (fors - tojik va turkiy tillarida) ham ajoyib asarlar yaratib, "zullisonayn" (ikki til egasi) shoir sigatida tanilib qolgan edi. Alisher Navoiy turkiy tillardagi she'rlarida "Navoiy", fors - tojik tilida yozilgan asarlarida "Foniy" taxalluslarini qo'llaydi. 1469 - yilda Hirot taxtiga Navoiyning do'sti Husayn Boyqaro o'tirdi. Alisher Navoiy singari obro'Ii va tadbirli kishilarga muxtoj Xusayn Boyqaro maktabdosh do'stini saroyga chaqirib, muhrdorlik vazifasiga qo'yadi. Navoiyning xalq orasida obro' - e'tibori osha boradi. U oddiy xalq manfaatini hamma narsadan ustun qo'yadi, zolim amir -amaldorlar va mamalakatni bo'lib yuborishga intilayotgan shaxzodalarga qarshi kurashadi. Navoiy do'sti Husayn Boyqaroga qarshi uyushtirilgan Yodgor Muhammad fitnasini fosh qiladi va uni bartaraf qiladi. Navoiyning tashabbusi bilan xalq gardaniga haddan tashqari soiiqlarni oshirib, zulmlarini kuchaytirayotgan amaldorlar o'z vazifalaridan chetlashtiriladi. Bunga 1470 yilda mamlakat poytaxtiga ko'tarilgan xalq qo'zg'oloni misol bo'la oladi. Alisher Navoiy xalq tomonida bo'ladi. Xuroson xalqini xo'rlagan bek va amaldorlar qattiq jazolangan. Xususan, ana shu voqeadan so'ng Alisherning shuhrati xalq orasida keng tarqaladi. O'z hokimligining dastlabki yillarida ancha sezgir va ziyrak bo'ladi. Alisher Navoiy juda ulkan badiiy, ilmiy meros qoldirdi. 1483 yilda Navoiy o'zining shox asari "Hamsa"ni yozishga kirishadi. Bu asarni Navoiy ikki yiidayoq yozib tugallaydi. "Hamsa" besh dostonni o'z ichiga oladi. 1483 yilda "Hamsa" ning birinchi dostoni "Hayratul abror" ("Yaxshi kishilarning hayratlanishi"), 1485 yilda "Saddi Iskandariy" ("Iskandar devori") dostonlarini yozib nihoyasiga yetkazdi. Bu dostonlarda Alisher Navoiy o'zi yashagan davrning juda muhim muammolarini falsafiy tarzda talqin etadi, ilg'or va ijobiy fikr yurituvchi ulug' bir mutafakkir sifatida bu muammolarni hal qilish yo'lini ko'rsatib beradi. Ulug' shoir dostonlaridagi asosiy g'oya va mavzu mehnatkash xalq manfaatlarini har narsadan ustun qo'yish, adolat va insof, mardlik va qahramonlik, sof sevgi va muhabbat, halollik va rostgo'ylik, go'zallik va nafosatni ulug'lashni, mehnatni butun bilimning boshlang'ich ibtidosi va asosi deb bilishdir. Navoiy dostonlaridagi asosiy qahramonlar - Farhod, Shirin, Layli va Majnun kabilar insonlardagi barcha ulug' va oliyjanob fazilatlarni o'zlarida mujassamlashtirgan. Navoiy o'z "Hamsa" si bilan o'zbek tilining qudrati, kuchini namoyon qiladi. Nizomiy Ganjaviy va Xisrav Dexlaviy bilan "Hamsa" chilikda ijobiy musobaqada katta muvaffaqiyatlarga erishadi
Temuriylar davri adabiyoti o‘zbek adabiyoti rivojida o‘ziga xos alohida bir bosqichni tashkil etadi. Undagi ulug‘vor insonparvarlik va xalqchillik, adolatparvarlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari hamon o‘z tarovatini yo’qotgani yo’q. Bu adabiy meros O‘zbekistonda hali asrlar davomida o‘zining boy mazmuni bilan, g‘oyaviy-mafkuraviy teranligi va ilohiyligi bilan komil insonni tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.
Temuriylar davrida yaratilgan adabiyot tasavvufning adabiyoti darajasini belgiladi. Adabiyot tasavvufning g‘oyaviy mazmunida ilohiy masalalarni qamrab olib umuinsoniy tafakkurni ifodaladi.
Movarounnaxr va Xurosonda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda ro‘y bergan madaniy yuksaklik butun musulmon Sharqigina esas, ovropa mamlakatlarini hayratga soldi. Bu yuksaklik Markaziy Osiyoning so‘nggi madaniy-ma’naviy rivojinigina belgilab bermay, qo‘shni mamlakatlardagi madaniy taraqqiyotga ham katta turtki berdi.
Bulardan birinchi navbatda siyosiy-ijtimoiy omilni ko‘rsatish mumkin. Movarounnahr va Xurosonda tarqoq, o‘zaro nizo va urushlar natijasida turli viloyat, amirliklarga bo‘linib ketgan va kelgindi hukmronlar- mo‘g‘ullar tomonidan ayovsiz ezilgan xalqning mustamlakachilikdan qutulishi, mamlakatda yagona birlashgan davlatning barpo etilishi, yagona davlatchilik asosida boshqarish qoidalarining joriy etilishi, zo‘ravonliklar, o‘zboshimchaliklar kabi illatlarning tugatilishi ijtimoiy yuksalishi ta’minlandi.
Ikkinchi - iqtisodiy omil - Movarounnahr va Xurosonda yagona idora tizimining joriy etilishi iqtisodiy osoyishtalik ishlab chiqarishning so‘nggi rivojlanishiga olib keldi. Davlat tomonidan dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiqning rivojiga e’tibor berilishi va bu sohada qator tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatning ma’naviy-madaniy taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi.
Uchinchi - ma’naviy omil - avval madaniy meros, ma’naviy qadriyatlar, boyliklardan keng foydalanish, ular asosida rivojlanishini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. Markaziy Osiyoda avvalgi asrlarda, xususan IX-XIII asrlarda yaratilgnan ma’naviy-madaniy boyliklardan, Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Chag‘miniylar merosidan; arab, fors va turkiy tillarda yaratilgan Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Rumiy, Tusiy, Attor kabi allomalar merosidan: Musulmon Sharqi ma’naviy merosida keng ahamiyat kasb etgan qadimgi yunon ilmiy-ma’naviy, boyliklaridan keng foydalanildi.
Bu davrda Amir Temur davlatining ta’sirida bo‘lgan va bo‘lmagan boshqa mamlakatlar o‘rtasida madaniy aloqalar tez rivojlandiki, bunday aloqalar ma’naviy boyliklarni o‘zaro almashishga keng yo’l ochib berdi. Eron, arab mamlakatlari, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar bilan bo‘lgan aloqalarda madaniy boyliklar almashinuvi ha muhim ahamiyat kasb etdi.
To‘rtinchi - g‘oyaviy omil - bu omil ma’naviy omilning uzviy davomi bo‘lsa-da, uning muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi va o‘z davri ma’naviy hayotida katta rol o‘ynaganligi uchun alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu XV asrga kelib Movarounnahr va Xurosonda keng tarqalgan tasavvuf - xususan Naqshbandiya ta’limotidir. Markaziy Osiyoda Yusuf Hamadoniy, Abu Xoliq g‘ijduvoniy ta’limotlarini rivojlantirish asosida shakllangan Naqshbandiya ta’limoti va uning yirik vakillari XIV-XV asrlardagi siyosiy-ijtimoiy hamda madaniy hayotda nihoyatda muhim rol o‘ynadi, ma’naviy o‘zgarishlar ma’lum erkinlik uchun g‘oyaviy asos, omil bo‘lib xizmat qildi. Temur va temuriy shahzodalar, ko‘p olim-fozillar, hunarmandlar naqshbandiya ta’limotidan ozuqa oldilar, o‘z faoliyatlari, ijodlari bilan uni har tomonlama boyitdilar.
XV asrda yashab ijod etgan Naqshbandiya ta’limotining yirik vakili Xo‘ja Ahror Vali faqat madaniy hayotdagina emas, siyosiy-iqtisodiy tinchlik va rivojlanish ishida muhim ijobiy rol o‘ynadi.
Bu kabi omillar Temur va Temuriylar davri madaniyati va ma’naviyatining tez va yuksak darajada ko‘tarilishiga olib keldiki, uning yutuqlari so‘nggi uzoq asrlar davomida madaniy rivojlanish uchun ozuqa bo‘ldi.
XIV-XV asrlarda ma’naviy-madaniy rivojlanish islom diniy qarashlarining mustahkamlanib borishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, hukmron mafkura sifatida madrasayu masjidlarda keng o‘qitilib, o‘rganiliib, qonun-qoida, odat, an’analar esa shariat asosida olib borilar edi. «Temur tuzuklari» da din arboblari, shayx, sayid, ulamolar faoliyatiga alohida o‘rin ajratilib, ularning davlat ishlaridagi ishtiroki maxsus va bir necha qayd etilib o‘tiladi. Lekin bu davrda shu bilan birga xalq orasida, ayniqsa, ziyolilar, aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi ilm-fan, san’at, madaniyat xodimlari o‘rtasida o‘z davrida islom qoidalarini zamona talablar, ijtimoiy yuksalish zaruratlari asosida talqin etishga intilish natijasida yuzaga kelgan tasavvuf ta’limoti keng tarqaladi.
Markaziy Osiyoda XI asrdan boshlab yoyila boshlagan tasavvuf ta’limoti bu davrga kelib Movarounnaxr va Xurosonda tasavvufning yassaviy, kubroviya, qodiriya va ayniqsa naqshbandiya tariqati ma’naviy hayotda katta rol o‘ynaydi.
Amir Temurning o‘zi ham mutasavvuf olimlarga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lib, tasavvufning naqshbandiya suluki targ‘ibotchilaridan sayid Mir Kulolni (Shamsuddin Foxuriy, vafoti 1371 y.) o‘ziga pir deb bilgan. Shuningdek, turli o‘lkalardagi yirik mutasovvuflarga ham hurmat ko‘rsatgan. Uning hamadoniya tariqatiga asos solgan yirik mutasavvuf Sayid Hamadoniy bilan uchrashib suhbatda bo‘lganligi, 1398 yilda Turkistonning Yassi shahrida yirik mutasavvuf Ahmad Yassaviy qabrini ziyorat etganligi, uni ta’mirlatib, ustiga oliy bino qurishni buyurgani tarixiy maktablarda ko‘rsatib o‘tilgan.
«Tuzuklar»da: «... mashoyixlar, so‘fiylar xudoni tanigan oriflardir. Ularning xizmatlarida bo‘lib, suhbatlar qurdim va oxirat foydalarini oldim. Ulardan Tangri taoloning so‘zlarini eshitib karomatlar ko‘rdim», - deb yozadi Amir Temur.


Download 115.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling