Mundarija : kirish I. Bob. Sssr prezidenti va hukumati ham inqiroziy holatdan chiqishning yo’li
Download 81.94 Kb.
|
O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi va siyosiy suvereniteti uchun amaliy harakatlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi kuchlar
Birinchi kuchlar – N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobiq SSSRni saqlab qolish, xalq xo’jalini markazdan boshqarish, huquqni ko’proq markazda to’plash niyatida edilar. Ular iqtisodiyotni rivojlantirishda sotsialistik yo’ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.
Ikkinchi kuchlar – bu M.Gorbachev Dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa yo’lini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki dastur yo’nalishlarini uyg’unlashtirish va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan ma’muriy buyruqbozlik hokimiyatni yo’qotmaslik, “shokovaya terapiya” (“falaj qilib davolash”) usulidan foydalanish g’oyasini ilgari surar edi. Yangi Ittifoq Shartnmasini tayyorlash ham shu maqsadlarga yo’naltirilgan edi. Jumladan, yangi Ittifoq Shartnomasida mamlakat nomini ham “Sotsialistik Respublikalari”, “Mustaqil Davlatlar Ittifoqi” deb atash to’g’risidagi takliflar ham o’rtaga tashlana boshladi. Shunday qilib, sobiq SSSR ijtimoiy taraqqiyotida uchta yo’nalish – totalitarizmga qaytish, burjuacha transformatsiya va sotsialistik yo’nalishdagi demokratik kuchlar to’qnashib qolgan edi. Tabiiyki, bu mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tanazzulni vujudga keltirgan edi. Ana shunday ziddiyatli bir sharoitda O’zbekiston rahbariyati bu yo’nalishlarning nomaqbul ekanligini aniq-ravshan ko’rdi va respublika xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazishning o’ziga xos yo’lini mustaqil tarzda o’zi belgilay boshladi. Avvalo, “O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsepsiyasini” tayyorlashga kirishildi. Konsepsiya respublika Davlat Reja qo’mitasi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya qo’mitalari bilan hamkorlikda tayyorlandi. Unga ko’ra, “O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiaga o’tishning asosiy prinsiplari” ishlab chiqildi va 1990 yil 17 oktabrida umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi3. 1990 yil oktabri oxirida O’zbekiston SSR Oliy Kengashi IV sessiyasida bu masala yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi. Oliy Kengash sessiyasi “vujudga kelgan ahvoldan chiqishning yo’lini… respublikaning iqtisodi mustaqilligiga erishish asosida iqtisodiy islohotlari chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat” deb hisoblandi. Shuning uchun ham sessiya respublika Hukumati Dasturini ma’qulladi va O’zbekiston Ministrlar Sovetiga “O’zbekiston SSR mulkiga egalik qilish, uni tasarruf etish, taqsimlash undan foydalanish masalalari yuzasidan respublikaning suveren huquqlarini amalga oshirishning samarali amal qiluvchi mexanizmini yaratish bo’yicha asoslangan takliflar tayyorlash, shuningdek, 1 iyungacha O’zbekiston Oliy Sovetiga iqtisodiy tizim masalalari va yer, yer osti hamda boshqa tabiiy boyliklarni, ishlab chiqarish korxonalarini O’zbekiston SSR mulkiga o’tkazish bo’yicha O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga kiritiladigan o’zgarishlar to’g’risida Qonun loyihasi kiritishni topshirdi. Hukumat Dasturiga ko’ra, quyidagilar O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o’tishning asosiy yo’nalishlari qilib belgilandi: Mustaqil davlat bo’lmish O’zbekiston: Boshqa respublikalar bilan muvofiqlashtirilgan mustaqil ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni xalq xo’jalini o’zi boshqarish va o’zini o’zi pul bilan ta’minlash sohasida suveren huquqlarini amalga oshiradi, xo’jalik turmushi va mdaniy turmushdagi milliy o’ziga xoslik saqlanib qolishini ta’minlaydi; Boshqa respublikalar bilan o’z iqtisodiy aloqalarini ekvivalentlik va o’zaro manfaatdorlik asosida mustaqil hal etadi, bu aloqalarni mamlakatning yaxlit xalq xo’jalik kompleksi doirasida o’zaro shartnomalar va bitimlar bilan tartibga solinadi; Mahalliy Sovetlarning mahalliy o’zini o’zi boshqarishni keng rivojlantirish, uning mulkiy va moliyaviy negizini mustahkamlash huquqlariga kafolat beradi; O’z ixtiyorida bo’lgan hamma vositalar bilan mehnat jamoalarining va fuqarolarning iqtisodiy huquqlarini mustahkamlashga ko’maklashadi, shu huquqlarning har tomonlama himoya qilinishini ta’minlaydi. Shuningdek, ushbu hujjatda O’zbekiston SSR iqtisodiy mustaqilligini kengaytirishning bosh maqsadi iqtisodiyotning jo’shqin, yuksak samarali, ekologik turmush standartlari darajasidagi farovonligini, ijtimoiy adolat va himoyalanishni ta’minlaydigan yangi xo’jalik-huquqiy sharoitlarni shakllantirishdan iborat qilib belgilandi. Download 81.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling