Mundarija : kirish
Etika bu - xulq-atvor me’yorlarining yig‘indisi
Download 254.5 Kb.
|
psixologning etikaviy standartlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyillari.
1.1.Etika bu - xulq-atvor me’yorlarining yig‘indisi
Layoqatli va butunlikcha psixologik yordam tashkil etish uchun psixolog kasbdoshlari va yondosh mutaxassislik vakillari ya'ni psixiatrdar, shifokor psixoterapevtlar, neyropsixologlar bilan aloqa o‘rnatish kerak. Mijozga “Yo‘q men bu savollar bilan shug‘ullanmayman, boshqa mutaxassisga murojat qiling” degan javob uning layoqatlilik ko‘rsatkichi bo‘ladi. Shaxsiy layoqatlilik prinsipi psixologdan faqatgina biladigan, shu savolni yechish uchun amaliy ish metodlariga ega boigan holat kirishishi mumkinligini talab etadi. Psixologik masalalarni yechishda psixolog nazariy ko‘rsatmalar va amaliy tajribaga suyanishi kerak. 2)Insonga zarar yetkazmasiik prinsipi Psixolog o‘z ish faoliyatini avvalo buyurtmachining foydasidan kelib chiqqan holda olib boradi. Lekin shu bilan birga zarar yetkazmasiik prinsipiga amal qiladi, u yoki bu darajada amaliy tajribalarga qo‘shilgan mijozlar mas’uliyat sezishi kerak. Ko‘pgina psixologik jarayonlar orqaga qaytmasligini nazarda tutisb kerak. Gippokrat tomondan tuzilgan bu zarar yetkazish etikaviy qoida nafaqat shifokorlar, psixologlar uchun ham juda muhim. Psixologning olib borgan psixologik jarayonlari insonning sog‘ligiga, jamiyatdagi o‘miga, qiziqishlariga zarar yetkazmasligi lozim. Bundan tashqari, psixologik tahlil javoblaridan xabari bor insonlar ham tekshiriluvchiga zarar yetkazmasliklarini ta'minlash zarur. Buning uchun psixolog o‘z takliflarini shakllantirib, ularni saqlanishini tartibga soladi. 3)Obyektivlik prinsipi Psixolog har qanday insonga nisbatan boshqacha qarashga yo‘l qo‘ya olmaydi. Har qanday sharoitda ham obyektiv bo‘lish, boshqalar fikri ta'siriga tushmasligi kerak. Tajriba olib borilayotgan insonning yuridik va jamoatdagi o‘mi, boshqalaming unga nisbatan ijobiy yoki salbiy qarashiari psixolog fikriga ta'sir etmasiigi lozim. Ish davomida olingan javoblar har doim ilmiy asoslangan, tekshirilgan va har tomonlama o‘ylab ko£rilgan bo‘lishi kerak. Psixolog bilan quyuq shaxsiy aloqalar bo‘lish ehtimoli qoidalarga to‘g‘ri kelmaydi. Psixolog chetdan, hissiyotga berilmasdan mijozning muammolariga qarab, qaror qabul qiladi. 4)Mijozni xurmat qilish prinsipi Psixolog tajriba qilinayotgan mijozni qarashlarini hurmat qilishi, u bilan aloqada rostgo‘y, haqqoniy boMishi talab qilinadi. Psixolog bilan muloqot davomida mijoz unga nisbatan ishonch, moyillik, va qoniqish hissini sezishi kerak. Amaliy psixolog va mijoz o‘rtasida tenglikka asoslangan muloqot amalga oshsa, bu ish jarayoni optimal olib borilayotganidan darak beradi Mijoz o‘zini psixologning to‘laqonli hamkoridek sezishi kerak. Amaliy psixolog mijozning harakatlariga nisbatan baholovchi gaplar aytishdan o‘zini tiyishi va unga keraksiz maslahatlar berishdan o‘zini qaytarishi kerak. Buyurtmachiga psixolog tarafdan beriladigan yordam maslahat ko'rinishida boiishi kerak, uning kasbiy ishbilarmonligiga hurmat bilan qarab, ehtiyotkorona fikr bildirishi kerak. 5)Kasbiy konfidensiallikka rioya qilish Psixolog psixodiagnostik metodikalami maxfiyligini saqlay bilishi lozim. Bu shuni bildiradiki, kasbiy metodikalar professional bo'lmagan insonlar qo‘liga tushmasligi kerak. Psixolog psixodiagnostik tajribalaming natijalarini maxfiyligini saqlab, javoblami bexos yoki atayin tarqalib ketishini oldini olish uchun xizmat qiladi. Mijoz to‘g‘risidagi ma'lumotlar hech qanday holatda ochiq munozaraga qo‘yilishi kerak emas. Tajriba qilinayotgan mijoz o‘zining psixologik ko‘rinishini bilishga qiziqishi mumkin. Bunday holatda psixolog ma'lumotning ma'lum bir qismini ko‘rsatishi mumkin. G. Lessing fikriga ko‘ra “Mijozga faqat haqiqatni va faqat haqiqatni aytish kerak, lekin hammasini emas”. 1.2.Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyillari. Psixodiagnostika – bu psixologning kasbiy faoliyatidagi murakkab va juda ma'suliyatli sohadir. Shuning uchun ham psixodiagnostikaga bir qator ijtimoiy-axloqiy talablar qo‘yilgan bo‘lib, ular quyidagilardir: Ø Psixodiagnostika sirlarini saqlash. Ø Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi. Ø Sinaluvchiga ziyon etkazmaslik. Ø Xulosalarning ob'ektivligi. Ø Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi. Yuqorida qayd qilib o‘tilgan talablarning, har birini psixodiagnostikaning tamoyillari sifatida alohida ko‘rib chiqamiz. Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili – sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e'lon qilmaslik, bu birinchi navbatda balog‘at yoshiga etgan odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar balog‘at yoshiga etmagan bo‘lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e'lon qilish uchun ota-onalarning, bolalar uchun ma'naviy va huquqiy mas'ul bo‘lgan shaxslarning ruxsati bo‘lishi shart. Faqat ba'zi hollarda ilmiy maqsadda, ya'ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida e'lon qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilarning aniq ismi-shariflarini bayon etish tavsiya qilinmaydi. Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo‘yiladi, ya'ni olingan natijalarga to‘liq ishonch imkonini bersin. Download 254.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling