Mundarija : kirish
Maktab psixologining individual yoki guruhiy
Download 254.5 Kb.
|
psixologning etikaviy standartlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.Psixologiyada individual maslahat berish yoki guruhiy treninglar o’tkazish
Maktab psixologining individual yoki guruhiy ish usulini tanlashi.
Albatta, maktabda ikkala usul bilan ham ishlashga to’g’ri keladi, lekin tanlash imkoniyati mavjud bo’lsa, sizning individualligingiz uchun qaysi usul ko’proq mos keladi, siz qaysi usulda kuchli ekanligingizni qanday tushunish mumkin. 30 yoshlardagi maktab psixologi o’qituvchilar va o’quvchilar bilan guruhiy treninglar o’tkazadi. Umuman treninglar muvaffaqiyatli o’tadi, lekin mashg’ulotlardan so’ng kuchli charchoq sezadi, kasal bo’lib qoladi. Uning fikricha, o’zini yomon his qilishi ishi bilan bog’liq. Nima uchun? Haqiqatdan ham ayol psixologning fikri to’g’ri bo’lib, unda hayotiy tonusning pasayib ketishi u ko’p shug’ullanadigan psixologik ish usuli bilan bog’liq. Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, «inson - inson» sohasida ishlaydigan mutaxassislarda, psixologiya ham ana shu fanlar sohasiga kiradi, individual yoki guruhiy ish usuliga layoqat mavjud bo’ladi. Agar siz tabiatan guruhiy ishlarni yoqtirsangiz, charchamasdan a’lo darajada ma’ruzalar o’qiysiz, uzoq davom etadigan seminar va treninglar o’tkazasiz, individual konsultastiyalar bo’lsa, sizda bir muncha qiyin kechadi, ko’p energiya kuch talab qiladi. Agar siz individual ishga layoqatli bo’lsangiz, faoliyatning guruhiy turlarini uncha yoqtirmaysiz. Mijozingiz bilan individual munosabatda bo’lishni afzal ko’rasiz. 2.2.Psixologiyada individual maslahat berish yoki guruhiy treninglar o’tkazish «Psixolog-individual» va «psixolog guruhchilar» qanday xususiyatlarga ega degan savolga javob beramiz?» Guruhiy treninglarda muvaffaqiyat qozonasiz, agar siz: -ochiq, serharakat inson bo’lsangiz, -nutqingiz yaxshi, o’z fikrlaringizni oson va aniq bayon eta olsangiz, savollarni to’g’ri tushunib, ularga tez javob topa olsangiz: -vaziyatni tez va aniq his qilsangiz, tez moslasha olsangiz, tez qaror qabul qila olsangiz: - yuqori energetik kuchga ega bo’lsangiz, auditoriyani qiziqtira olsangiz, artistlik qobiliyatingiz mavjud bo’lsa: -guruh bilan besh kun qatorasiga 8 soatlab ishlay olasiz va bu sizni charchatmaydi, aksincha uning kundan-kunga «yonib», ishlashidan «huzur olasiz». -agar siz o’zingizni sevsangiz, o’zingiz haqingizda bemalol gapirsangiz, har qanday qiyin savolga javob berayotganda ham o’zingizga qat’iy ishonsangiz, bahsga jon deb kirishib, unda har doim engib chiqasiz - agar siz diqqat markazida bo’lishni yoqtirsangiz: - agar siz tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lsangiz va «odamlarni orqangizdan ergashtira olsangiz» Individual konsultastiyalarni yaxshi o’tkazasiz, agar siz: -xotirjam, muvozanatli inson bo’lsangiz: -sekin, muloyim gapirsangiz: -suhbatdoshingiz kayfiyatidagi arzimas o’zgarishni seza olsangiz, o’zingizni «ikkinchi darajali» deb hisoblab, uning individualligiga moslasha olsangiz: - ishonch qozona oladigan, ochiq ko’ngil, mehribon, «da’volovchi» ko’rinishingiz bo’lsa, - insonlar bilan cuhbatlashganda, yaqinlik hissini yarata olsangiz: - shoshmaysiz, hamdard bo’lib, tinglay va jim tura olasiz. Download 254.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling