Kurs ishining oʻrganilganlik darajasi. Ushbu mavzuni rus olimlaridan Olimpiyev. A.Yu, Xazanov.A.M,2 Belyakov V.V,3 Xazanov A.M,4 Malisheva D.B, Ixsanoglu Ekmeliddin,5 Arunova M.R,6 Trievtsev K.M ; arab olimlaridan Ismail Siraj,7 Muhammad Jabbar,8 Nabil Fahmi,9 Ahmad Tahir,10 Samir Amin kabi olimlar izlanish olib borishgan.
Kurs ishining maqsad hamda vazifalari: Ushbu kurs ishini yozishdan asosiy maqsad Misr tashqi siyosati va uning turli yoʻnalishlarini atroflicha oʻrganish, undan xulosalar olishdir. Kurs ishi bilan tanishish jarayonida biz quyidagilar bilan ham tanishib, ularni tahlil qilishimiz mumkin boʻladi:
Misr tashqi siyosati tarixiga qisqacha nazar;
Misrning mustaqillik yillarida, Arab Jazirasi davlatlari bilan, Afrika davlatlari bilan boʻlgan koʻp qirrali mustahkam va moʻrt aloqalarini tadbiq va tahlil qilish;
Davlatning tashqi siyosat yoʻnalishlari, tashqi siyosiy maqsadlarini ochib berish;
Tashqi siyosat yuritish jarayonida Misr hukumati qozongan muvaffaqiyatlar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni atroflicha muhokama qilish.
Kurs ishi mavzusining predmeti. Misr tashqi siyosatining oʻziga xos xususiyatlari.
Misrning faol tashqi siyosat olib borish jarayonida koʻplab davlatlar bilan yaqinlashuvi;
Bir qutbli hamda koʻp qutbli dunyo davridagi tashqi siyosati;
Zamonaviy davrdagi Misr tashqi siyosati.
Kurs ishi mavzusining nazariy-metodologik asoslari. Mavzuni oʻrganish davomida tarixiy, qiyosiy-siyosiy, content tahlillar kabi metodlardan foydalanildi.
Kurs ishini yozish chogʻida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning asarlaridan foydalanish bilan bir qatorda arab, gʻarb va rus olimlarining qimmatli asarlari, maqolalari, dissertatsiyalari, oʻquv qoʻllanmalari, ma’ruzalaridan, shuningdek, internet saytlaridan atroflicha foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |