Mundarija 1-bob. Misr arab respublikasining zamonaviy tashqi siyosati rivojlanish tendensiyalari
Download 100.21 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-BOB. MISR ARAB RESPUBLIKASINING HARBIY SALOHIYATI VA UNING TASHQI SIYOSATGA TA’SIRI.
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
MUNDARIJA 1-BOB. MISR ARAB RESPUBLIKASINING ZAMONAVIY TASHQI SIYOSATI RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. Abdul Fattox As-Sisi davrida tashqi siyosatning rivojlanishi Misr tashqi siyosati huquqiy asoslari 2-BOB. MISR ARAB RESPUBLIKASINING HARBIY SALOHIYATI VA UNING TASHQI SIYOSATGA TA’SIRI. 2.1. Misr Arab Respublikasining harbiy strategiyasi 2.2. Misrning yetakchi Arab davlatlari bilan harbiy hamkorligi 2.3. Misr va AQSh harbiy aloqalarining rivojlanish jarayonlari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi davrdagi xalqaro munosabatlarda xavfsizlik va uni qanday saqlab turish, xavsizlik masalalari orqali turli xil xurujlarnining oldini olish masalalari muhim vazifa boʻlib kelmoqda. Tashqi siyosat va tashqi siyosiy aloqalar tizimini oʻrganar ekanmiz, bu soha qanchalik muhimligi, uni tadbiq etish hozirgi davrdagi eng muhim vazifalardan biri ekanligining guvohiga aylanamiz. Tashqi siyosat bu davlatning oʻz imidjini ochib beruvchi, dunyo ommasi oldida oʻz kuch va salohiyatini namoyon qiluvchi muhim omil hamdir. Misr Arab Respublikasi mustaqillikka erishgan davrdan boshlab to hozirgi kunga qadar oʻz boshidan turli iqtisodiy, siyosiy, va turli xil vaziyatlarni oʻtkazdi. Bu haqda quyidagi reja hamda mavzularda batafsil bayon etiladi. Oʻzbekiston ham tashqi olamning, dunyo davlatlari e’tiboriga tushgan ular bilan tengma teng aloqalar olib boruvchi tashqi siyosiy davlat sifatida ham, ikkinchidan musulmonlik e’tiqodlariga asosan Misr bilan yaxshi siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlarga ega. Dunyoning boshqa davlatlari bilan boʻlgani kabi Respublikamizning ham Misr davlati bilan yaxshi aloqalari mavjuddir. Tashqi siyosat xalqaro munosabatlarning oʻrganilish tizimida muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Xalqaro hayot bilan bogʻliq voqealar oʻrganilar ekan, tashqi siyosat, diplomatiya tushunchalari qoʻllaniladi. Bu ikki siyosiy istiloh orasida oʻzaro sinonimlik hosil qilinadi. Tashqi siyosat masalasiga toʻxtalar ekan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, tashqi siyosatning muhim va ustuvor fikrlarga toʻxtalib, tashqi siyosatga doir ahamiyatli belgilarini belgilab quyidagilarni ta’kidlab oʻtgan edi: “Biz tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni avvalo xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda amalga oshiramiz. Bu siyosatning asosini tinchlikparvarlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama qarshiliklarni faqaq tinch, siyosiy yol bilan hal etishni tashkil etadi. Biz bundan buyon ham uzoq-yaqindagi barcha xorijiy mamlakatlar, jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorligimizni davom ettiramiz. Bu borada ochiq, doʻstona va pragmatik siyosat olib borish tamoyiliga sodiq qolamiz”.1 Shu jihatidan ham hozirgi globallashuv jarayonida , ayniqsa , tashqi siyosat masalasi kun tartibidagi masala hamdir. Oʻrganilayotgan masala boʻlmish Misr Arab Respublikasining tashqi siyosati xususiyatlari ham bevosita davlatimiz uchun ham tashqi siyosiy jarayon jihatidan ham muhim ahamiyatga egadir. Misrning tashqi siyosiy konsepsiyasini, uning davrida buyuk derjavalar bilan bolgan munosabatlari va hozirgi kundagi koʻp qutbli dunyodagi oʻrni, uning iqtisodiy siyosiy qudrati, jahon hamjamiyatidagi oʻrnini qodir qilganicha oʻrganar ekanmiz, bevosita tahlil jarayonlaridan ham oʻtkazib, uning mamlakatimiz tizimi bilan ham mutanosiblik yoki farqli tomonlarini ham koʻrib oʻtamiz. Download 100.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling