Mundarija 1
Chilonzor tumani Bandlikka ko‘maklashish markazining kadrlar xizmati faoliyati
Download 226 Kb.
|
БКМ 4-курс.Чилонзор тумани лотин
4. Chilonzor tumani Bandlikka ko‘maklashish markazining kadrlar xizmati faoliyati
O‘n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta’minlanish xuquqini olishgacha bo‘lgan davrda, ishga va ish xaqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat bo‘limida ro‘yhatga olingan. Mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tishga, malakasini oshirishga tayyor, mehnatga qobiliyatli shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladilar. Ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari tasdiqlangan normativ-huquqiy materillar asosida amalga oshiriladi. Ish qidirayotgan fuqaroni ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror - fuqaro ro‘yhatga olingandan keyingi birinchi 10 kun ichida, unga maqbul keladigan ish taklif qilinmasa yoki mehnat bo‘limlari yo‘llanmasi bo‘yicha shaxsni ishga joylashtirish yuzasidan korxona tomonidan rad javobi berilsa, mehnat bo‘limi tomonidan ish qidiruvchi sifatida ro‘yhatga olingandan keyin 11 - kundan kechikmasdan qabul qilinadi. Ish qidirayotgan shaxsni ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror - mehnat bo‘limi komissiyasi mazkur shaxsni ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chikib, mazkur komissiya tomonidan tegishli xulosa chiqarilgandan keyin mehnat bo‘limi boshlig‘i tomonidan qabul qilinadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ish bilan ta’minlashning quyidagi yo‘nalishlari mavjud: -davlat va nodavlat tizimlari mablag‘lari hisobidan ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta tuzish dasturlarini amalga oshirish va shunga ko‘ra mehnat resurslarini taqsimlash; -ishchi kuchi taklifi va unga bo‘lgan talabni iqtisodiy va huquqiy vositalar orqali tartibga solish; -ishsizlarning va mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan aholi tabaqalarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash uchun mahsus tadbirlar ko‘rish; -ishchi kuchi sifatini oshirish; - aholining iqtisodiy faolligini rivojlantirish; -yakka tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va boshqalar. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling