Mundarija 1


Toshkent shahar Chilonzor tumanida 2019 yil 01 yanvar holatiga ko‘ra mehnat resurslarining balansi


Download 226 Kb.
bet10/10
Sana26.01.2023
Hajmi226 Kb.
#1128330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
БКМ 4-курс.Чилонзор тумани лотин

Toshkent shahar Chilonzor tumanida 2019 yil 01 yanvar holatiga ko‘ra mehnat resurslarining balansi



KURSATKICHLAR

soni

Foizi

I.

Jami aholi

245,4

100




Shundan







II.

Mehnat resurslari

153,5

62,5

1.

Iqtisodiy faol aholi

122,5

49,9

1.1.

Jami ish bilan band aholi soni

118,4

48,2




SHu jumladan:







1.1.1.

Iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlar

102,8



41,8

1.1.2.

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar

15,1

6,1

1.1.3.

Respublika tashqarisiga ishlash uchun ketganlar

0,5

0,2

1.2.

Jami mehnatga muhtoj ishsiz aholi soni

3,6

1,4




Ishsizlik darajasi, %

2,9

-

2.

Jami iqtisodiy nofaol aholi

31

12,6

4-jadvalda ko‘rib turganimizdek CHilonzor tumanida jami 245,4 ming kishi istiqomat qiladi, shundan 62,5 foizi mehnat resurslarini tashkil qiladi. Tuman iqtisodiy faol aholisi jami aholining 49,9 foizni, iqtisodiy nofaol aholi esa 12,6 foizni tashkil qiladi. Tumanda ishsizlik darajasi 2,9 foiz bo‘lib, respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha past. Bu Chilonzor tumani hokimiyati va bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining faoliyati samarasidan dalolat beradi.


Xulosa va takliflar
Amaliyot vaqtida olingan ma’lumotlar tahlilidan kelib chiqib bir qancha xulosalar qilish mumkin.
Markaz uz faoliyatida Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va konunlariga, Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining karorlariga, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, karorlari va farmoyishlariga, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karor va farmoyishlariga, Uzbekiston Respublikasi Mexnat vazirligining karorlari, buyruklari va normativ - xukukiy xujjatlariga, bosh boshkarmaning buyruk va karorlariga, tuman xokimining karor va farmoyishlariga, shuningdek Nizomga amal kiladi.
Keyingi yillardagi iqtisodiy o‘zgarishlar tuman aholisini ish bilan band qilish muammosini murakkablashtirmoqda. CHunki mehnat resurslarining mehnatda band bo‘lish tarkibi o‘zgarmoqda. Bugungi kunning dolzarb bo‘lgan vazifasi mehnat resurslarini tuman iqtisodiyoti tarmoqlari o‘rtasida intensiv ravishda qaytadan taqsimlash, aholining mehnatda band bo‘lish tarkibini, tuzilishini aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar va yakka tadbirkorlik hisobiga o‘zgartirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Iqtisodiy islohotlar sharoitida iqtisodiyot sohalarida band bo‘lgan ish bilan bandlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Ularning soni rasmiy sektorda 55,1 %ni tashkil qilgan bo‘lsa, norasmiy sektorda ish bilan bandlar 44,9 %dan iborat. Tumanda ish bilan banlik holati shahardagi ish bilan bandlik holatiga nisbatan yaqin. SHu bilan birga aholining yirik biznesdagi ish bilan bandlik darajasi shahar ko‘rsatkichlaridan ancha farq qiladi.
Tumanda ish izlovchilar sifatida eng katta salmoqqa ega bo‘lganlar bu mehnat bozorida birinchi bor ish izlayotgan umumta’lim maktabini bitiruvchilar, kasb-xunar kollejlari, oliy o‘quv yurtini bitiruvchilar tashkil qiladi va ular soni 2607 kishidan iborat. Tumanda ish o‘rni qisqartirilgan fuqarolar, qurolli kuchlardan zahiraga bo‘shatiladiganlar, jazodan ozod qilinadiganlar 1800 kishini tashkil qiladi.
YUqoridagi xulosalarda kelib chiqib tumanda aholining ish bilan bandligini oshirish, uning daromadlarini ko‘paytirish va turmush farovonligini yanada yaxshilashda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir:

  1. Tumanda ishsizlar, ish bilan bandlar, ishlash uchun xorijga ketgan fuqarolar hisobini yuritish, ishsizlarni faol mehnatga jalb qilish va aholi ish bilan bandligini oshirishda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqaruv organlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari rolini kuchaytirish lozim.

  2. CHilonzor tumanida Bandlikka ko‘maklashish markazi orqali ishsizlarni ishga joylashtirishda xususiy sektorning ishtirokini kuchaytirish lozim.

  3. Tumanda yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida kasanachilik mehnatini kengaytirish maqsadga muvofiq. Bunda nafaqat hunarmandchilik va kasanachilikni, sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlarini rivojlantirish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilishga yanada ko‘proq e’tibor qaratish taklif qilinadi.

SHunday qilib CHilonzor tumanida aholini ish bilan bandligini oshirish borasida tuman bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan sezilarli darajada ishlar olib borilmoqda.

ILLOVALAR


Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling