Мундарижа 1


 Radioreleyli aloqa tizimi


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/24
Sana18.11.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1785001
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
sdh

3. Radioreleyli aloqa tizimi 
Radioreleyli aloqa bu bir necha retranslyasion radiostansiyalar zanjiri orqali 
radioaloqa liniyasini hosil qilinishi tushuniladi. Odatda desimetrli va santimetrli 
to’lqin uzunliklarida ishlaydi. Radioreleyli aloqa liniyasi stansiyalarining 
antennalari balandligi 70-100 metrgacha bo’lgan machtalarga o’rnatiladi, qo’shni 
antennalar bir birini ko’rib turishi lozim (antennalar orasidagi masofa 40-50 km). 
Radioreleyli aloqaning ishlash prinsipi ma’lum bir masofalarda joylashgan 
retranslyator antennalar yordamida aloqani hosil qilinishi tushuniladi. 
Quyidagi 2-rasmda radioreleyli aloqa liniyasining tuzilish prinsipi 
ko’rsatilgan. 
5-rasm. Radioreleyli aloqa liniyasining tuzilish prinsipi 
janub 
Optik agraget kanal
SDH
triblari 
shimol 
РDH
triblari 
(ulanuvchi kanallar)
v) Ichki kommutatsiyalash rejimidagi kirish/chiqishli multipleksor. 


24 
Radioreleyli aloqa tarmog’i PDH va SDH texnologiyalari asosida quriladi.
PDH texnologiyasi asosida qurilgan radioreleyli aloqa liniyasi o’rta va past tezlikli 
uzatish satxlari deyiladi. SDH texnologiyasi asosida qurilgan esa yuqori tezlikli 
radioreleyli aloqa liniyasi esa yuqori tezlikli uzatish satxlari deyiladi. Bu tizim 
orqali ma’lumotlarni uzatish tezligi STM-16 sathida 2,5 GBit/s gacha yetishi 
mumkin. Trafikni himoyalash uchun turli xil zaxiralash qurilmalarining 
sxemalaridan foydalaniladi. 
Radioreleyli aloqaning afzallik va kamchiliklari 
Afzalliklari:
1. Ko’p kanalli aloqani tashkil qilish va tor polosali va keng polosali 
signallarni uzatish imkoniyati 
2. Foydalanuvchi abonentlar orasida ikki tomonlama (dupleks) aloqani 
ta’minlab yerish imkoniyati 
3. Ikki simli va to’rt simli chiqish aloqa kanallarini hosil qilib berish 
imkoniyati 
4. Amaliy jihatdan atmosferali va ishlab chiqari halaqitlarining yo’qligi 
5. Kabelli aloqaga nisbatan tarmoqni qurish tezligi 
Kamchiliklari 
1. Qo’shni stansiya antennalari geometrik jihatdan bir-birini ko’rib turishlari 
shart 
2. Yuqoriroq ko’tarilgan antennalardan foydalanilishi 
3. Aloqa masofasani uzaytirish uchun oraliq stansiyalardan foydalanilishi
bu aloqa sifatini yomonlashishiga olib keladi 
4. Apparaturalar gabaritining kattaligi 
5. Yetib borish qiyin bo’lgan joylarda radioreleyli aloqa liniyalarini qurish 
qiyinligi 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling