Mundarija: Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi


-chizma. Korxona aylanma mablag’larining namunaviy to’zilmasi


Download 87.53 Kb.
bet5/5
Sana27.01.2023
Hajmi87.53 Kb.
#1132926
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korxonalarda asosiy fondlarning eskirishi, ularni baholash va ta’mirlash.

5-chizma. Korxona aylanma mablag’larining namunaviy to’zilmasi.

Chizmadan ko‘rish mumkinki, ishlab chiqarish zahiralari aylanma ishlab chiqarish fondlarining asosiy qismini tashqil qiladi. Biroq bozor iqtisodiyoti, ayniqsa, barcha resurslar taqchilligi sharoitlarida ishlab chiqarish zahiralarining haddan tashqari oshirib yuborilishi korxona iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qilishidan tashqari, resurslarni “bog‘lab” qo‘yadi hamda ularning yo‘qotilishiga olib keladi. Shu sababli aylanma mablag’lar hajmini optimallashtirish va ularni mahsulot ishlab chiqarish dasturlariga mos holga keltirish korxonaning tejamkorlik rejimida faoliyat yuritishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi.


Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarning aylanma mablag’lari ishlab chiqarishning texnologik tashqil etish xususiyatlariga ko‘ra, bir-biridan farq qiladi. Bu xususiyatlarning harakteri ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va murakkabligi, ixtsisoslashtirish darajasi, mahsulotni realizasiya qilish sharoitlari va shu kabilar bilan izohlanadi. Aylanma mablag’lar to’zilmasining tarmoqlar bo‘yicha farqlanishini quyidagi jadval orqali bilib olish mumkin (1-jadval)
1-jadval

Aylanma mablag’larning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi


Aylanma fondlarning guruh va elementlari

Butun sanoat

Qora metallurgiya

Mashina-so’zlik

Energe-tika

Engil sanoat

Oziq-ovqat sanoati

1. Ishlab chiqarish zahiralari – jami

70,2

65,0

55,3

98,3

90,0

78,8

Jumladan:



















xom ashyo va asosiy materiallar, yarim tayyor mahsulotlar

46,2


23,8


37,5


-


76,7


52,2


Yordamchi materiallar

6,6

11,0

2,3

24,1

5,7

6,1

Yoqilg‘i

1,7

2,0

0,7

37,4

0,5

1,6

Ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar

3,9

11,0

2,0

23,0

1,7

2,0

Qadoqlash va o‘rov materiallari

3,0

0,5

0,6

0,3

1,2

11,3

Instrumentlar, xo‘jalik asboblari va qimmat bo‘lmagan, tez eskiruvchi boshqa predmetlar

9,8

16,7

12,2

19,5

3,2

5,6

2. Tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar

24,0


18,3


42,2


0,5


9,8


19,5


3. Kelgusi davr harajatlari va boshqa mehnat predmetlari

5,8


16,7


2,5


1,2


0,2


1,7


Jami aylanma ishlab chiqarish fondlari



100,0



100,0



100,0



100,0



100,0



100,0

Aylanma fondlar to’zilmasi nafaqat sanoatning turli tarmoqlarida, hattoki bir tarmoq va bir korxonaning o‘zida ham farqlanadi. Bunday farqlanishga turli hildagi xom ashyo va materiallar, ishlab chiqarish texnologiyasi va texnikasidagi farqlar, korxonalarning geografik joylashuvi, ishlab chiqarishning tashqil etilishi va mehnat taqsimoti, moddiy-texnika ta’minoti sabab bo‘lishi mumkin.
Korxonalar aylanma mablag’lari tarkibi va to’zilmasiga xo‘jalik yuritish qobiliyati va uning samaradorligiga rioya qilish qoidalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Yani korxona ishlab chiqarish zahiralarini va aylanma mablag’larning ta’minlanganligini haddan tashqari oshirishga intilmasligi zarur. Amaliyotning guvohlik berishicha, bu, resurslarning halok bo‘lishiga va sun’iy tanqislikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli xom ashyo va materiallarni sarflashning texnologik normalariga rioya qilish, ularni saqlashni to‘g‘ri yo’lga qo‘yish, chiqitlar va yo‘qotishlarni kamaytirish, zamonaviy va arzon materiallardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Biroq arzon materiallardan foydalanish doim ham korxona imkoniyatlari va xohishidan kelib chiqavermaydi va tashqi muhit, birinchi o‘rinda ishlab chiqarishdagi hamkorlar, bahoni shakllantirish, umumiy iqtisodiy barqarorlik va boshqa omillar bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Korxona iqtisodiyotiga aylanma mablag’larning tarkibi va to’zilmasidan tashqari, ularni ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida izlab topish katta ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma mablag’larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi.
Birinchi bosqichda aylanma mablag’lar pul shaklidan moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, yani pul - tovar (D-T).
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag’lar va birinchi o‘rinda aylanma fodlar tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (T).
Uchinchi bosqichda aylanma mablag’lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P).
Shu tariqa aylanma mablag’lar barcha bosqichlardan o‘tib, to‘liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin:
1-bosqich - pul-tovar (P-T);
2-bosqich - ishlab chiqarish (I.CH);
3-bosqich - tovar-pul (T-P).
Shuni qayd qilib o‘tish muhimki, korxonaning aylanma mablag’lari bir vaqtning o‘zida uchala bosqichda ham pul mablag’lari, ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko‘rinishida mavjud bo‘lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag’lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko‘zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag’lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag’larning yetishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.


XULOSA
Hozirgi kunda korxona iqtisodiyotiga bo’lgan kizikish sezilarli ravishda o’sgan. Gap Shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi huquqiy-tashkiliy shakldagi korxonalar, xom-ashyo, material va asbob-uskuna yetkazib beruvchilar, Shuningdek, bevosita mahsulot yoki tovar iste’molchilari (haridorlaru bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar vujudga kelib, rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari, korxona — avvalo ishlab chiqarish jamoasi, odamlarning turli tarzdagi faoliyati bo’lib, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tizimi yuzaga keladi hamda ma’lum bir turmush tarzi, ma’naviyat va axlok me’yorlari shakllanadi. Bo’larning barchasi xo’jalik yuritish shakl va usullarini qayta ko’rib chiqish, korxonaning iqtisodiyot rivojlanishidagi urni va roliga yangicha yondashishni talab qiladi.
Tahlillarning ko’rsatishicha, istalgan korxonaning faoliyatida turlicha savollar yuzaga keladi. Masalan, korxona kay tarzda faoliyat yuritishi kerak va daromad nimaga bog’liq bo’ladi? Samaradorlik va iqtisodiy barqarorlik nimalarga bog’liq? «Xom-ashyo yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan qanday ishlash kerak?» «Mahsulotni sotishda vositachilardan foydalanish zaruriyati; Ishlab chiqarish sur’atini qanday oshirish mumkin?» «Raqobatchilik ko’rashida nima va qanday omillar muvaffaqiyat keltiradi?» «Ishlab chiqarish va sotishni boshqarish tizimi qanday bo’lishi lozim?» va hokazolar. Korxonalar faoliyatida biron-bir mahsulotni kachon, qayerda, kimga sotish, nimani, qancha, qanday qilib ishlab chiqarish lozim, degan savolga javob berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu va shunga o’xshash savollarga javob topishni amaliyotda xato va sinovlar usuli asosida amalga oshirish, hozirgi paytda nafaqat korxona uchun, balki butun jamiyat uchun ham qimmatga tushishi mumkin. Bunda korxonalarning bankrotga uchrashi va tugatilishi, iqtisodiyotning ayrim soha va tarmoqlarida ishlab chiqarish va mehnat faolligining pasayishi, mehnat samaradorligi sur’atining pastligi va hokazolar guvohlik berishi mumkin. Huddi shu qatorga to’lovlarning amalga oshirilmasligi, muddati o’tib ketgan qarzlar va korxonalar faoliyatidagi boshqa iqtisodiy kamchiliklarni ham kiritish mumkin. Bo’larning barchasiga asosiy sabab esa o’rta va quyi bo’gindagi rahbarlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida yangicha xo’jalik yuritish tizimi shakl va usullarini bilmasliklaridir.
Afsuski, korxonalar iqtisodiy bo’limlarining faoliyati ham nuqsonlardan forig’ emas. Kuzatuvlar Shuni ko’rsatadiki, iqtisodiy bo’limlar o’z mavqeini barcha korxonalarda ham saqlab qolmagan bo’lib, zarur bo’lgan marketing tadqiqotlarini doim ham va to’liq holda amalga oshirmaydilar, zamonaviy biznes strategiyasini yaxshi tushunavermaydilar. Iqtisodchilarning ba’zi bir qismi iqtisodiyot "shturmanlari" vazifasini bajara olmaydilar, tashabbuskorlik va novatorlik goyalari o’rniga eskichasiga yuqoridan" buyruq yoki ko’rsatma kutadilar, o’tmishda korxonalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda o’z o’rniga ega bo’lgan va hozirgi bozor munosabatlari davrida ham inkor qilinmaydigan tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni (zarur hollarda boshqa kategoriyadagi mutaxassislarning ishtirokida) samarali tarzda ishlab chiqmaydilar.
Bugungi kunda aksari korxonalar aksiyadorlik jamiyatlari, holding va moliya-sanoat guruhlari tuzish yo’lidan bormoqda. Davlat korxonalarning tashabbuskorligi, ijodiy izlanish va tadbirkorligi uchun keng yo’l ochib, ularning ishlab chiqarish vazifalarini rejali iqtisodiyot davridagi kabi nazorat, limit va qattiq me’yorlar bilan cheklab qo’yayotgani yo’q. Ya’ni qonunda taqiqlab qo’yilgan hollardan tashqari barcha holatlarda mustaqil xo’jalik faoliyati va erkinligi zamonaviy korxonalar faoliyatining eng asosiy xususiyati bo’lib, mazkur o’quv qo’llanmada ko’rib chiqiladigan barcha masalalar ushbu asosda yuzaga kelgan.
Biroq bozor iqtisodiyoti avtomatik ravishda muvaffaqiyat va to’kinlikni ta’minlab beradi, davlat esa barcha korxonalar faoliyatiga umuman aralashmaydi, deb o’ylash mutlaqo xato bo’lar edi. Davlat iqtisodiyotning asosiy islohotchisi bo’lib kelgan va hozir ham shundayligicha qoladi. Davlat uz zimmasidan ma’muriy-buyruqbozlik vazifalarinigina sokit qilib, maxsus iqtisodiy ta’sir choralari yordamida iqtisodiyotni nazorat qilish va boshqaruv vazifalarini, Shuningdek, iqtisodiyotning xo’jalik yurituchi sub’yektlarning to’g’ridan to’g’ri majburiyatiga kirmaydigan hamda ularning qo’lidan kelmaydigan sohalarini rivojlantirishdagi ishtirokini saqlab qolgan.
Ma’lumki, iqtisodiyot jamiyat holatini, ishlab chiqarish kuchlaridan foydalanish va ularning rivojlanish darajasini, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, odamlarning madaniyati va ma’lumoti darajasi va hokazolarni aks ettiradi. Korxona iqtisodiyoti, bilimlarning Mustaqil sohasi va iqtisodiet fanining tarkibiy qismi sifatida masalaning aynan shu tomoniga ko’proq e’tibor qaratadi. Jamiyat uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklardan tashqari milliy daromadning ham asosiy qismi aynan korxonalarda ishlab chiqarilishi sababli korxonalar iqtisodiyotining holati butun xalq xo’jaligiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblanadi. Korxona qaysi tarmoqqa mansubligi va mulk shaklidan qat’iy nazar qanchalik yaxshi va samarali ishlasa, iqtisodiyot ko’rsatkichlari hamda aholining turmush tarzi anchalik yuqori bo’ladi. Bunday sharoitlarda xo’jalik amaliyoti va fan oldiga birinchi o’rinda har bir korxona, to’g’rirogi, ishlab chiqarishda qatnashuvchi butun jamoaning bozor munosabatlariga asoslangan hozirgi iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalari va qonunlarini, avvalo, uning asosiy ko’rsatkichlari - talab va taklif tushunchalarini bilishi va to’g’ri tushunishi, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shilishida o’z hissasini qo’shishi, uchinchidan esa, ishlab chiqarishning har bir bo’limida yuqori samara va sifat ko’rsatkichlariga erishish masalasi qo’yiladi. Iqtisodiyotning rivojlanishiga kerakli buyum va ko’nikmalarni, mablag’ va kuchlarni kiritmasdan turib korxona ham, jamiyat ham rivojlangan iqtisodiyotni hamda moddiy ne’matlarning to’qinligi va turmush tarzining yuqoriligini talab qila olmaydi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo`nalishlari. -T.: «O`zbekiston». 1996. Tom 2, 3-36 betlar.

  2. Karimov I. A. O`zbekiston XX1 asrga intilmoqda. –T.: «O`zbekiston». 2000.352 bet.

  3. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma`ruzasi. 2005 yil 28 yanvar. «Xalq so`zi», 2005 yil, 31 yanvar.

  4. A. Ortiqov. «Sanoat iqtisodiyoti» (darslik). –T.: TDIU. 2004.

  5. E. Maxmudov. «Korxona iqtisodiyoti» (o`quv qo`llanma) –T.: TDIU. 2004. 208-bet.

  6. O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. 8-9-jildlar.- T.: Davlat ilmiy nashriyoti. 2002-2005.

  7. Promqshlennostg Respubliki Uzbekistan 2001-2004 gg. Statisticheskie sborniki.

  8. Мищкевиц А.А. Сборник заданий по экономике. В.3-х книгах. Кн. 1.Задачник по микроэкономике с решениями. - М.: Вита-Пресс, 2001.

  9. Bekmurodov A., Boltaboev M., G’oyibnazarov B., Amonboev M., Toshxo’jaev M. O’zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish yillarida. 1-qism. Makroiqtisodiy siyosat va iqtisodiy islohotlar. T.: TDIU, 2005. – 60 b.




Download 87.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling