Mundarija bet Kirish


II§ Qayta qurish yillarida O’zbekiston madaniyati


Download 372.5 Kb.
bet4/4
Sana20.06.2020
Hajmi372.5 Kb.
#120525
1   2   3   4
Bog'liq
XX – asrning 50 –


II§ Qayta qurish yillarida O’zbekiston madaniyati.

80- yillar o’rtalariga kelib SSSRda tanglik holati keskin kuchaydi, u mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab oladi. Boshi berk murakkab vaziyatdan chiqib, yo’lini qiyinchilik bilan izlash boshlandi. Nihoyat 1985 yilning bahorida QPSSMQ ning aprel plenumi sovet jamiyatini tubdan qayta qurish, uning barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo’lini e’lon qildi. “Qayta qurish” sovet jamiyatini rivojlantirishning ob’ektiv ehtiyoji unda yashovchimillatlar va xalqlar manfaatlari taqoza etgan hayotiy zarurat sifatida tariflandi. 80 yillarning o’rtalaridan boshlangan “qayta qurish” madaniyat sohasini ham qamrab oldi. Mamlakat siyiy rahbariyatining madaniyat sohasini “qayta qurish” aslida ma’naiy jabhada ma’muriy – buyruqbozlik tizmini rivojlanishining ekstensiv yo’li yaroqsiz bo’lib qolganligidan dalolat edi. Haqiqatdan ham shunday edi. Chunonchi uzoq yillar davomida muxtabid tuzumning milliy respublikalar madaniyatini inkor etib, butun mamalakatda yagona “sotsiolistik madaniyat”ni shakillantirish borasida olib borgan g’ayri ilmiy siyosati madaniyatda ham ijtimoiy,iqtisodiy sohalarda bo’lganidek tushkunlik, turg’unlik mehanizimini yuzaga keltirdi. Siyosiy rahbariyatning ta’siri bilan aytganda uning “rivojlanishni sun’iy ravishda jadallashtirish” lozim edi.

Lekin shuni ham alohida ta’kidlash, lozimki, madaniyat rivoji, ma’naviy jarayonlar jamiyatning o’ziga xos ichki, tabiy qonunlari asosida ruy beradi, uni sun’iy jadallashtirish uchun ko’r – ko’rona aralashuv salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.

Yana shuni tan olish kerakki, qayta qurish O’zbekistonda milliy madaniyatni, ayniqsa, milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, xalqning o’zligini anglash, jarayonini tezlashtirish yo’lida ma’lum qadam bo’ldi.

Madaniyatdagi “qayta qurish” hukumron mafkuraning o’z siyosiy

barqarorligini chiklash yo’lidagi navbatdagi urinishi edi,xolos. Uning maqsadi madaniyatdagi shakillanib bo’lgan sekinlashtirish mexanizmining “ko’zga tashlanib” turgan ayrim “qusurlarni” ta’mirlashdan boshqa narsa emasdi. Bu narsa ayniqsa xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimida yaqqol ko’zga tashlanib qoldi.1 1985-1990 yillar xzalq ta’limi tizimidagi ayrim siljishlar ma’muriy – buyruqbozlik tizimining zo’r berib qilgan harakati bilan tafsiflanadi. Lekin bu davrda ta’lim va tarbiya sohasida ziddiyatli holatlar yanada keskinlashdi. Maktab, o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimi moddiy jihatdan yetarli darajada ta’minlashadi.

80 yillarning o’rtalaridan boshlangan xalq maorifidagi islohatlar majoziy ahamiyatga ega bo’lib, mavjud muammoni hal qilishdan ko’ra uni keng xalq ko’z ungidan yashirib “buyab - bejab” ko’rsatish maqulroq ko’rindi. Aslida, islohatdan ko’zlangan maqsad “sovet ta’lim tizimi”ni xalqaro darajada ko’tarish, mutaxassis va o’quvchilar bilan saviyasi sifatini oshirish, ta’limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirishdan iborat edi.

Ammo ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Buning sababi islohotning o’sib borayotgan kommunistik “ta’limga” mustabid jamiyatning tafakkuriga asoslanganligi bo’ldi. Ulardan tashqari islohotni quruq va’dalarga asoslanib o’tkazib bo’lmasdi, u kuchli moddiy bazaga ega bo’lishi kerak edi. Lekin u moddiy jihatdan ta’minlanmadi, shuning uchun ham u kutilgan natija bermadi.

Masalan, xalq ta’limi sohasida belgilangan islohotlarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston SSR maorif vazirligi respublikadagi tabiiy o’sishni e’tiborga olgan holda yuqori saviyadagi ta’lim tizimini

yaratish maqsadida 1985-1990 yillarga mo’ljallab tuzilgan istiqbolli rejada 3693 ming o’quvchiga mo’ljallangan yangimaktablar qurishni
__________________________

1. O’zbekistonning yangi tarixi 2- kitob “O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida”. Toshkent.; 2000 yil 648 bet.

ko’zda tutilgan edi. Lekin markaz islohotni ta’minlash uchun yetarli mablag’ga ega bo’lmaganligi sababli O’bekistonda yangi maktablar qurishni 920 ming o’ringa tushirda.



O’qituvchi kadrlar tayyorlashda ham nomutanosiblik yuzaga kelgan edi. 1985 yilda respublika maktablarida ishlayotgan o’qituivchilar soni 268,4 ming kishini tashkil qilgan holda bu raqam 1990 yilga kelganda 243,9 ming nafarga tushib qoldi. Buning sababi, birinchidan aholi o’rtasida asosiy ziyo tarqatuvchiga nisbatan e’tiborsizlik bo’lsa, ikkinchidan o’qituvchilarni ijtimoiy himoyalashdagi yo’l qo’yolgan xatolar ataldi. 1991 yilda FA tarkibida suv muammolari institutlari tashkil etildi. Fan bilan ishlab chiqarishni yaqinlashtirish maqsadida ba’zi institutlatqoshida ishlab chiqarish birlashmalari, markazlari tashkil etildi.

Ayniqsa astranomiya sohasida katta ishlar amalga oshirildi. 80- yillarning o’rtalaridan boshlab astranomiya instituti olimlari fransuz olimlari bilanhamkorlikda Quyoshning global tebratishini tadqiq etish sohasida keng kulamli ishlar olib borildi. Quyosh faoliyatini tekshirish sohasida Yu.Solonim,I.Sattorov, Z.Qoraboyeva, Sh.Egamberdiyev kabilarning xizmati katta bo’ldi. 1986 yilda esa yuksak energiyali astrofizika bo’limi tashkil qilindi.,unda gamma – astronomiya sohasida tadqiqotlar o’tkazish ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek biologiya, kibrnitika, yadrofizika va meditsina fanlari sohalarida ham bir qator muhim va dolzarb muammolar ustida ilmiy izlanishlar olib borildi.

Ijtimoiy gumanitar fanlar sohasida “qayta qurish” o’yg’onish va hurfikrlilik bo’lib xizmat qildi. (Mavzularni o’rganishda qisman bo’lsada imkon yaratildi.) Falsafa,tarix, ayniqsa vatan tarixini o’rganish uning uslubiyatiga, oq dog’larini doir masalalar faol muhokama etila boshlandi. Ijtimoiy gumanitar fanlarda jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros, til muammolari kabi masalalarni hal

etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag’ishlangan ilmiy ayniqsa, publistik maqolalar, gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turadi.

Biroq kommunistik mafkura yakka hokimligi sharoitida mazkur masalalarni to’liq hal etish mumkin emasdi. Mustabid tuzum milliy o’zlikni anglash jarayoniga tish – tirnog’I bilan qarshilik kursatar, jamiyatdagi mavjud ziddiyatlar, aslida mustabid sovet tuzumi, kommunistik mafkura yakka hokimligi tufayli yuzaga kelayotganligini yashirishga, niqoblashga urinar edi.

“Qayta Qurish” yillarida o’zbek ziyolilarini say – harakatlari bilan milliy – madaniy merosini tiklash, tarixiy – madaniy yodgorliklarni qaytarish muhum masalalardan biriga aylandi. Shu ma’noda 80-yillarning ikkinchi yarmida O`zbekistonda “Meros” dasturi amalga oshirila boshladi. Bu harakat respublika bo`ylab keng yoyildi. Jumladan, O`zbekistontarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash Toshkent viloyati kengashi huzurida tuzilgan yangi tashkilot – “Bobur jamuiyati”, 1989 yilda birinchi jamoat ekspeditsiyasi sifatida tashkil etilgan “Bobur yo`li” ilmiy ma’rifiy uyushma,1 ayni shu paytlarda Farg’onada faolyat ko’rsatgan, “Farg’ona madaniyatini tiklash”, Toshkent shahridagi 254- o’rta maktabga vujudga kelgan “Madaniy merosga ixlos” markazlari xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy g’urur, faxr – iftixor, yuksak ma’naviy – axloqiy fazilatlarni tarkib toptirishda muhim rol o’ynadi.2 “Qayta qutish” bunday markaz tashkilot va uyushmalar O’zbekistonning barcha xududlarida tashkil etilgan edi.

“Qayta qurish” yillarida tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash, muhofaza etish ayniqsa muziylar faoliyatining yaxshilash muammosi eng muhum masalalardan biri sifatida ko’p tartibida turdi. Ma’lumki muzeylar xalq milliy o’zligini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq “qayta qurish” yillarida ham ilgari davrda bo’lgani kabi respublika muziylari asosiy e’tibori inqilobiy – siyosiy, “sotsializmning afzalliklarini” targ’ib qilishga qaratdi. Agar 1985 yilda O’zbekistonda 46 muzey faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 1989 yilga kelib ular soni 58 taga yetdi. Lekin yuqorida qayd qilinganidek, ular asosan hali hukumron bo’lib turgan kommunistik mafkuraning “targ’ibotchilari” sifatida faoliyat kursatar edi.

Ammo shunday sharoitda ham tarixiy madaniy yodgorliklarning saqlash masalasiga bo’lgan kommunistik munosabat o’zgarmadi, yodgrliklarni hisobga olish, muhofaza qilish, ta’mirlsh va ulardan foydalanishdek muhim va murakkab jarayonga e’tiborsizlik bilan qarqldi. 8 yillarning ikkinchi yarmida O’zbekistonda xisobga olgan holda ulardan 6466 tasigina (70%0 davlat muhofazasiga o’tkazildi xolos.1

Yana shunisi tajjubliki, milliy ma’naviyatning asosi bo’lgan yodgorliklarni saqlashga davlat tomonidan arzimagan mablag’ ajratdilar, u ham bo’lsa yildan – yilga kamayib borardi.

XX asrning boshlaridan adabiyot muayyan ma’noda jamiyat hayotining barometri bo’lib kelgan. Bu hol qayta qurish yillarida ayniqsa yaqqol ko’zga tashlandi.

Agar o’zbek adabiyoti nomoyondalari siyosiy – ijtimoiy muzumning “qosh qovog’i” ga qaramay, urush davridan e’tiboran tarixiy mavzularga katta e’tibor bergan va bu sohada Oybek, Mirkarim Osim, Shayxzoda kabi yozuvchilar faoliyat ko’rsatgan bo’lsalar,qayta qurish yillarida tarixiy mavzularga e’tibor yanada kuchaydi. Jumladan Mirmuhsin shu yillarda “Temur Malik” romanini e’lon qildi”. Muhammad Ali “Sarbadorlar” romanini Azim Suyun shu nomdagi dramatiл dostonini yaratdi. Shu tariqa, tarixiy mavzularda o’zbek

adabiyotining yangi avlodi ham qo’l o’ra boshladi.

Qayta qurish ham tarixiy mavzuda ijod etuvchi yozuvchilar uchun qanchalik keng imkoniyat yaratganiga qaramay, bir tomondan, Oydek, M.Osim, M.Shayxzoda singari o’zbek xalqi tarixini puxta bilgan yozuvchilarning bu davrda yetib kelganligi, ikkinchi tomondan T.Qodirov va O.Yoqubov singari yozuvchilarning boshqa yumushlari bilan band bo’lib bu mavzudagi asar yaratilganliklari sezildi.

Yozuvchilar garchand qisqa vaqt davom etgan bo’lsa-da sovet jamiyatini hayotida burilish yasagan qayta qurish davri imkoniyatlaridan shu ma’noda yetarli foydalana olmadilar.



Ammo shu bilan birga qayta qurish davri bergan ikkinchi muhim imtiyoz oshkoralik edi. Kommunistik mafkura hukumronlik qilgan yillarda jamiyatda kechayotgan hayotiy xodisalarni faqat sharqlovchi yoxud ijobiy buyoq xolos, Yozuvchilar bu xodisalarga teran nazar tashlash va badiy taxlil etish imkoniyatiga ega bo’lmailar. Shuning natijasida sovet voqeyligini ideallashtiruvchi, real hayot haqiqatidan o’zoq bo’lgan asarlar ko’plab maydonga keldi. Xolbuki, siovet davri nafaqat ayrim shaxslar balki butun xalqlarning fojiasi bilan to’la bo’lgan. Qishloq xo’jaligini xamoalashtirish singari tadbirlar oqibatidan qanchadan - qancha kishilarning yostig’i qurigan. Milliy respublikalarning huquqlari toptalib, xatto ulrning mahalliy rahbarlari ham o’z xalqini, respublikadagi yer osti va yer usti boyliklarini, xalqning aqliy salohiyatini o’zida mujassamlashrirgan hamoya qilish imkoniga ega bo’lgadilar.

Qayta qurish yillarida berilgan eng katta imkomiyat sovet jamiyati hayotida yuz bergan ana shunday voqealarga xushyor nazar tashlash, respublika tarixining soxtalashtirilgan va noto’g’ri tasvir etilib kelgan saxifalarini qayta baholash bo’ldi. Yozuvchilarning aksar qismi diqqat – e’tiborlarini xuddi shu narsaga qaratdilar.



50 yillarning boshlaridagi qatog’on qurbonlaridan biri Shukrullo “Kafansiz kumilganlar” xotira romanini yozib, unda sovet tuzumining inson xaq – xuquqlarini paymol etish evaziga yangi tarixiy birlik sovet xalqini yaratishga qaratilgan aksilinsoniy maqsad – mohiyatini ochib tashladi. Shu yillarda maydonga kelgan qator ramon, qissa va hikoyalarda sovet jamiyatining qonli tarixi, siyosiy tuzum tomonidan majaqlanib tashlangan taqdirlar xaqqoniy tasvirini topdi. Yozuvchilar yetmish yillik tarixiy jarayonni yangi tafakkur asosida tasvir va talqin etishga faol kirishdilar. To’g’ri shu yillarda sovet jamiyatining yaqin tarixini bir tomonlama tasvirlagan “jim - jitlik” (Said Ahmad asari), “Corraha” (Asqar Muxtor) singari romanlar paydo bo’ldi. Ammo, aksar asarlarning mualliflari kechagi tarixning murakkab ichki ziddiyatlarini to’g’ri ko’ra va aks ettira oldilar. Shuma’noda, Murod Muhammad Do’stning “Lolazor”, O’tkir Xoshimovning “Tushda kechgan umirlar” romanlari shu davrning adabiy xayotida muhum voqea bo’ldi.1

Agar bu asarlarning birinchisida qayta qurish davri arafasidagi respublika hayoti tug’rirog’i shu davrdagi ayrim tarixiyt – shaxslarning faoliyati haqqoniy ta’svir etilgan bo’lsa, ikkinchisiga sovet davrida ro’y bergan ayrim voqealarning aql va zakovat qonunidan chetda kechganligiga urg’u beradi.

_________________________



1. “O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida”. Toshkent. 2000. 653 bet.

III § 50-80 yillarda Qoraqalpog`iston madaniyati va san`ati.

XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o`zgarishlar yuz berdi. 1924 yili Turkmaniston ASSR ning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Hujayli hamda Qung`irot tumanlari hududida Qozog`iston ASSR tarkibida Qoraqalpog`iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930 yilan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932 yilda Qoraqolpog`iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi.

Qoraqolpog`lar tarixida 1936 yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili o`z taqdirlarini O`zbekiston SSR tarkibiga kirishi bilan belgiladi va o`z tanlagan yo`lining istiqbolli ekanligini ko`rsata oldi.

Qoraqolpoq va o`zbek xalqi bir necha o`n yillik mobaynida to`planib qolgan muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirishda o`z an`analaridan unumli foydalanish yo`lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqbolli bir xonligini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib turganligini ochiq-oydin ko`rsatadilar. Tarixan turli davrlarda turli siyosiy o`zgarishlar va qiyinchiliklarda tabiatan do`stlik va qarindoshlik munosabatlari bunga asos bo`ldi.



Shuni alohida ta`kidlash kerakki, sobiq SSR davrida milliy masaladagi yuzaki yondoshuvlar, balandparvoz ishoralar, asossiz chaqiriqlar faqat “o`lug` og`a”lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. Bu ishoralar milliy ravnaq, kichik xalqlarning milliy taraqqiyoti, ittifoqdosh respublikalar xalqlarning milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi. Totalitar davlatchilik paytida birinchi rahbar biron marta ham Qoraqolpog`istonda bo`lmagan, uning xalqi hayoti bilan tanishmagan, unga yaqindan yordam bermagan edi.

Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rivojlantirish, kichik

xalqlarga bo`lgan e`tiborning sustligi tufayli Qoraqolpog`iston sobiq ittifoq tarkibida taraqqiyot darajasi eng past bo`lgan o`lkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, ekologik holat yuzaga keldi. Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining qurishi bilan bog`liq bo`lgan jiddiy muammolar paydo bo`ldi.1

40-80 yillarda Qoraqolpog`iston maorifi, Oliy ta`lim fan, madaniyat va san`ati o`ziga xos yo`nalishda rivijlandi. Xal` ta`lim maktablari va o`quvchilar soni muttasil oshib bordi. Agar 1940-41 o`quv yilida avtonom respublikaga 603 umumta`lim maktablari bo`lib, ularda 91.6 ming o`quvchi ta`lim olgan bo`lsa, 1983-84 o`quv yilida maktab soni 857 taga, o`quvchi soni esa 284.4 mingtaga etdi.2 Lekin hamma maktablarning ahvoli bir xil emasdi. Ayniqsa qishloq maktablarining ahvoli yaxshi emasdi. Ularning ko`pchiligi moslashmagan binolarda joylashgan ma`qul binoga ega bo`lgan maktablarning moddiy-texnika bazasi talabiga javob bermas, o`qituvchi yetishmasdi. Qishloq maktablarining bu ahvoliga tushishiga orol dengizining qurishi bilan bo`gliq ekologik muammolar ham anchgina ta`sir qilgan edi.

Urush yillarining og`ir sharoitiga qaramasdan 1944 yildan Qoraqolpog`istonda davlat pedagogika instituti ochildi va respublika uchun o`qituvchilar tayyorlab beradigan asosiy makonga aylandi. Respublika Oliy o`quv yurtlarida 80- yillarning oxiriga kelib 20 mingdan ortiq talaba o`qidi.3 Qoraqolpog`istonning ko`pgina yoshlari ittifoqning turli shaharlaridagi instituti va texnikumlarda ham ta`lim oldilar.

_________________________



1. O`zbekistonning yangi tarizi 3- kitob “Mustaqil O`zbekiston tarixi”

“Sharq”, “”Toshkent 2000 yil , 133-134 betlar.

2.(O`zbekiston sovet) Народное хозаество Узбекской ССР за солет, стат ” сборник-Т 1984 С 2293-294.

3.1.“Нородное Хозйясво Узбекское ССР за 60 лет” стоит сборник Т, 1998 гю с.300-301.

Qoraqolpog`iston ASSR maorif xalq komissari huzuridagi til va



adabiyot ilmiy tadqiqot negizida 1339 yilda ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilindi, bu instituti 1947 yilda O`zbekiston fanlar akadimiyasi (O`zSSRFA) tarkibiga kirdi. 1956-yilda O`zSSRFAning Qoraqolpog`iston filiali tashkil qilindi.1 Filial tarkibida tibbiyot fanlari kompliks institutlari, tarix, til vaadabiyot institutlari, Botanika bog`i faoliyat ko`rsatdi. Shuningdek 1958-1972 yillar davomida Qoraqolpog`istonda Butun ittifoq va O`zbekiston fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining bir qator filiallari ham tashkil qilindi. Natijada Qoraqolpog`iston olimlari fanning botanika, ekonomika, tarix, tilshunoslik adabiyot, falsafa, san`atshunoslik va boshqa sohalari bo`yicha ilmiy-tadqiqot olib boorish imkonoga ega bo`ldilar. Bu yillarda N.Dovqarayev, Ya.Dosumov, M.Nurmuhammedov, S.Komolov, K.Alimbetov, Q.M.Makaetov kabi bir qator taniqli olimlar yetishib chiqdi.

Qoraqolpog`iston adabiyotida an`anaviy janrlar bilan bir qatorda dramaturgiya, proza, tanqidchilik kabi yangi janrlar ham rivojlandi. Milliy tilda matbuot va kitoblar nashr qilish yo`lga qo`yildi. Qoraqolpog`iston AUR Yozuvchilar uyushmasi tuzildi. Qoraqalpoq adabiyotining A. Musayev, S.Majidov



A.Utirov, Q.Avedov va boshqq yozuvchi, shoirlar “Yangi turmush” kuychilari bo`lib maydonga chiqdilar. I.Kashpnazarov, K.Sentov, J.Sentnazarov, X.Turumbetov, O.Aytmurodov va boshqalar 70-80 yillar qaraqolpoq adabiyotining taniqli nomoyondalari edi.

Qoraqolpog`istonda musiqa va amaliy san`at va sovet andozasi asosida rivojlandi. An`anaviy milliy san`at turlari bilan bir qatorda



taetr rassomchilik, haykaltaroshlik kabi muhim sohalar ham yuzaga keldi va rivojlandi. Qoraqolpog`iston rassomlari asarlari 1969 va 1970

yillarda Moskvada tashkil qilingan tasviriy san`at ko`rgazmalarida



__________________

1.O`zbekistov SSR tarixi. Qadimdi davrdan xozirgi kungacha-T 1974 - 633 bet.

muvaffaqiyat qozondi.

Binobarin, 40-80 yillardagi og`ir sharoitda mustabid tuzum tomonidan aldanib va bor yo`g`idan ayrilib kelgan Qoraqolpog`iston xalqi harbiylashtirilgan teng mehnatning haddan tashqari og`ir bo`lishiga qaramasdan barcha qiyinchiliklarga bardosh berdi va fidokorona mehnat qildi. Shunday bo`lsada, xalqning g`ayriinsoniylikning barcha shakllariga qarshilik ko`rsatish ruhi bekor ketmadi, muqaddas ozodlik olovi odamlar qalbida so`nmadi.

XULOSA

Yangi tarixni yaratish – eng avval xolislik, halol ilmiy tahlil, tarixiy manbalardan mantiqiy foydalanish demakdir. Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidik: “O’zbek olimlarining kuch – g’ayratlari bilan tariximizning ko’pdan – ko’p muhim sahifalari, eng avvalo, temuriylar davri, XIX asr oxiri XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi… o’tmishimizni “oqlash” vazifalari, umuman olganda, bajarib bo’lindi; hozir esa aosiy vazifa tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan xolisona va halol amalga oshirishdan iborat.”1

Darhaqiqat tadqiq qilinayotgan davr nihoyatda murakkab, og’ir va chalkashliklarga boy. Yangi tariximizni yaratish yo’lidagi bu izlanish davomida Prezidentimizning o’git va maslahatlariga to’liq rioya qilindi.

O’tmish tarixiga nazar tashlash shuni ko’rsatadiki, O’zbekiston xalq maorifi tadqiq etilayotgan davrga qadar taraqqiyotning uzoq yo’lini bosib o’tgan. Uning ildizlari qadim o’tmishga borib taqaladi. Xalqimiz azaldan yuksak ma’naviyati, marifati va ilmiy chanqoqligi bilan ajralib turgan. Yevropada hali ijtimoiy taraqqiyot yuzaga kelmasidan ancha ilgari Markaziy Osiyoda yozuv tarqalib, yosh avlodni o’qitish ishlari tashkil etilgandi.

Milliy madaniyat, ilm – fan va maorif taraqqiyotiga arablar fathi ko’p jihatdan ta’sir etgan. Islom dini va arab yozuvi tarqalishi bilan-VIII sasrdan boshlab yoshlarga ta’lim va tarbiya berish asosini musulmon maktab va madrasalari tashkil etdi.



Musulmoncha diniy ta’lim tizimi shaxsning axloqiy – ma’naviy kamolotini milliy va diniy – ahloqiy qadriyatlarni egallashga yo’naltirilgan edi. Diniy ruhini poklash, islom dini o’gitlari, yaxshilik

va adolat g’oyalarini inson ongiga singdirardi. Maktablar, musulmon


___________________________

1. Karimov I.A. Ozbekiston XXI asr bosagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-Toshkent: Ozbekiston. 1997. 141-bet.

ta’lim tizimi boshlang’ich bosqich sinifida, yoshlarning o’qish va yozishni o’rganishlariga ko’maklashar, muqaddas Qur’oni karim oyatlari, Hadisi sharif va boshqa diniy adabiyotlar bilan tanishtirardi. Madrasalar o’rta va oliy ta’lim o’quv yurtlari sanalib, ijtimoiy hayotning turli sohalari uchun milliy mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Markaziy Osiyo Chor Rossiyasi istilo qilgach, ta’limning musulmon tizimiga muqobil bo’lgan dunyoviy ilmlar tizimi yuzaga kela boshladi. U, eng avvalo kelgindi rus aholisini o’qitish Chor rejimiga sodiq kishilarni tarbiyalash ishlariga qaratilgan edi. Chorizm ma’muriyati mustabid – ruslashtirish siyosatini olib borar, musulmon maktablari ta’sirini kuchsizlantirish uchun eng avval o’z maqsadi, g’oyalariga xizmat qiladigan yoshlarni tarbiyalab yetishtiruvchi o’quv muassasalari tashkil etishga intilardi. Biroq mahalliy aholi baribir an’anaviy maktabni afzal ko’radi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida musulmon o’quv yurtlari ta’lim tizimida muayyan o’zgarishlar ro’y berdi. Avvalo o’quv dasturlariga dunyoviy umumta’lim fanlari kiritila boshlandi. Bu g’oyalar jadid yangi usul maktablarining vujudga kelishida o’zining to’liq aksini topdi.

Bugungi kunda shu narsa ayonki, Stalincha madaniy siyosat baynalmilallashtirish suratlarni oshirishga qaratilgan bo’lib oshkora buyuk davlatchilik ruslashtirish xususiyatiga ega edi. Bu siyosat asosini kommunistik rahbariyat millat manfaatlariga zid ravishda chiqargan qarorlarining so’zsiz ijrochilari tarbiyalash va mafkuraviy manqurtlash tamoyillari tashkil etar edi. Uning amalga oshirilishi o’quv tarbiya jarayoniga katta putur yetkazib yoshlarni milliy ildizidan ko’p asrlik madaniyatidan bebahra bo’lishiga olib keldi. Nihoyat darajada siyosiylashtirilgan o’quv yurtlari ma’lum ma’noda umumiy bilim bersada ammo ham maktab o’quvchilari, ham bo’lajak muallimlarni tarbiyalash nuqtayi nazardan, ular o’tmish avlodlarning ma’naviy ahloqiy tajribasidan uzib qo’yilgani bois, ona zamin muhabbatidan milliy ma’naviyatdan mahrum edilar. Ilg’or fikrli milliy o’qituvchilar yoshlarga o’z xalqi o’tmishiga qiziqish uyg’otishga, ularning ko’p asrlik ma’naviy – axloqiy qadriyatlar bilan tanishtirishga imkon qadar intilishar edi. Biroq mavjud totalitar – qatag’on tizimi bunday sa’y - harakat va imkoniyatlarni cheklab qo’ygan edi. Nihoyat O’zbekiston mustaqillikka erishib, milliy davlatchilik tizimi barpo etilgachgina vaziyat tubdan o’zgardi. Endilikda mustaqilik rivojlanish yulidan borayotgan o’zbek xalqi o’zining ma’naviy qadriyatlari va diniy e’tiqodini qaytadan tiklamoqda. Mustaqillik ma’naviyatini mustabid mafkura iskanjasidan ozod qilib, hur fikrlilik, milliy mafkuraning shakllanishi rivojiga keng yo’l ochib berdi.

Mustaqil O’zbekiston olib borayotgan islohotlarda xalq ta’limi o’zining munosib o’rnini egalladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan buyon uning xalq ta’limi chuqur o’zgarishlarga yuz tutdi. Xalq ta’limi aholi o’rtasida milliy ma’naviyatimiz qadriyatlarimizning tiklanishiga faol ko’maklashib, yoshlarni ko’p asrlik ahloqiy ma’naviy qadriyatlar, shuningdek, bugungi tanlagan yo’limiz to’g’riligiga ishonch ruhida tarbiyalashga yo’naltirilgan. O’quv tarbiya ishlarini yo’lga qo’yishda asosiy vazifa sifat jihatidan yangi tafakkurni shakllantirish, yoshlarga mustaqil O’zbekistonning kelajagi haqida qayg’urish, o’z xalqi sha’nini yuksaklarga ko’tarish, vatan ravnaqi yo’lida butun ijodiy kuchlarni safarbar etish hissini tarbiyalashdan iboratdir.

Milliy xalq ta’limi tizimini yangilashning o’tish bosqichida ko’plab qiyinchilik va murakkab muammolar yuzaga keldi. Biroq respublika o’qituvchilari kelajakka ishonch bilan boqmoqda. Milliy maktab bugungi kunda qurilajak insonparvar jamiyat ma’naviyati asoslarini mustahkamlashning ma’naviyat chashmasining tozalashning tarkibiy qismiga aylandi.

Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar.

1. Karimov I.A. “O’zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, mafkura” 1jild

Toshkent.: 1996.

2. Karimov I.A. “Bizdan ozod va obod vatan qolsin” 2-jild. Toshkent.:

1996.

3. Karimov I.A. “Vatan sajdagoh kabimuqaddasdir” 3 jild. Toshkent.:

1996.


4. Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida; xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” Toshkent.: 1998

5. Karimov I.A. “O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz”

Turkiston.: 1999. 2-fevral.



6. Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q ” Toshkent.: 1998.

27-28 betlar.

7. Avtarxonov A. “Kremil saltanati”, “Cho’lpon’ T.; 1993 yil,

15,49,59- betlar.

8. Azizxo’jayev A.A. “Davlatchilik va ma’naviyat” Sharq, T.;

1997 yil, 68 bet.

9. “История узбекиской ССР” Т.IV. –T.; 1968. c214.

10. “Известия 1990г, 14 феврал.

11. Насыров Р. “Социалъное развитие село Узбекистана

(1965-1985) –Т.4.; 1994 с. 27-28.

12. «Тошкент ҳақиқати». 1990 йил, 19 декабр.

13. Ozbekistonning yangi tarixi. 1- kitob. “Turkiston chor

Rossiyasi mustamlakachiligi davrida”.



Toshkent, “Sharq” 2000 yil.

14. O’zbekistonning yangi tarixi. 2- kitob “O’zbekiston sovet

mustamlakachiligi davrida”. Sharq T.;



2000yil, 572,575, 648, 653 betlar.

15. O’zbekistonning yangi tarixi “Mustaqil O’zbekiston tarixi”

3-kitob “Sharq” T.: 2000 yil 133-134 betlar.

16. “Xalq sozi” 2000.13 may.

17. Эргашев К. “Развитие обще образавателъной школы в

Узбекистане” 70-с 90-с гг: проблемы

и тенденции Т.; 1996 с 20.

18. Беруний “Қадмли халқлардан қолган ёдгорликлар”

танланган асарларю Т.: 1963.

19. Narshahiy “buxoro tarixi” T.: “Meros” 1991 yil

20. Hayrullayev M. “O’rta Osiyoda ilk o’yg’onish

davri madaniyati ” T. 1996 12 bet.

21. Hermon Vanberi “Buxoro yohud Movaraunnahr tariri”

T. 1990 23-24 betlar.

22. Hamidov X. “O’zbek an’anaviy qo’shiqchili madaniyat

tarixi”T.: 1996 78bet.

23. Jadidchilik: islohat, yangilanish, mustaqillik va

tarqqiyot uchun kurash. Davriy to’plam 1,

T.: Universitet, 1991 yil 152-173 betlar.

24. Alimova D, Is’hoqov M va boshqalar.

“O’zbekiston tarixining dolzarb muammolariga

yangi chizgilar” Davriy to’plam 2 T.: “Sharq”

1999 yil. 168-179 betlar.

25. “To’ron tarixi” to’plam. T.: 1992. I-son,16-21 betlar.

26. “Tafakkur jurnali” 2000. II-son 54-84 betlar.
27. Alimova D, Golovonov A “O’zbekiston mustabid sovet

tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy

tazyiq oqibatlari” T., “O’zbekiston” 2000 yil

48 - 58 betlar.

28 Эргашева Ю.А. «Культура Узбекистана тенденции

и проблемы развития». (50-60 годы).

Тошкент, издателъство «Фан», 1997. с. 209.



29. Alimova D. “Tarix shohidligi va saboqlari”. T. “Sharq”,

2001 yil. 325-353 betlar.

30. Muhammadjonov A. “Temur va Temuriylar saltanati”.

Toshkent, 1994 yil, 118- bet.


1 Toshkent xaqiqati. 1990 yil,19 dekabr.

2 “Yosh Lelinchi” 1991, 27 aprel.

Download 372.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling