Mundarija bet Kirish


Download 372.5 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2020
Hajmi372.5 Kb.
#120525
  1   2   3   4
Bog'liq
XX – asrning 50 –






MUNDARIJA

Bet

Kirish ………………………………………………………3
I-BOB

Sovet mustabid tuzumining o’rnatilishi va uning Turkiston xalqlari milliy madaniyatiga ta’siri.

1.1. O’zbekiston xalqi madaniyatining og’ir sharoitdagi

taraqqiyoti………………………………………………………11

1.2. XX asr 20 yillarning ikkinchi yarmi va 50 yillar

boshlarida O’zbekistonda xalq ta’limi hamda fan sohasidagi



sovet siyosati…………………………………………………….18
II-BOB.

O’zbekistonda 1950-1980 yillardagi ma’naviy, madaniy qaramlik va uning oqibatlari. Qatag’onlikning yangi to’lqini.

2.1. Respublikamiz madaniy – ma’naviy hayotiga

“rivojlangan sotsializm” g’oyasining singdirilishi…………27

2.2. XX asrning 80- yillarida O’zbekiston madaniy

hayotida yuz bergan o’zgarishlar………………………………48

2.3.O’zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi xalqlarning

XX asrning 50-80 yillarida madaniyatdagi ziddiyatlar………55

Xulosa……………………………………………………………59

Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar……………………………62
KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqil- likka erishgach, biz yaqin – yaqingacha hukmron bo’lgan noinsoniy kommunistik g’oya asoratidan qutilib, o’tmishimizni xolisona baholash, xalqimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan milliy – madaniy qadriyatlarni, yurtimiz ravnaqi, istiqloli va istiqboli uchun kurashganlarni muborak nomlarini qayta tiklash imkoniga ega bo’ldik. “Hoyotimizda qanday o’zgarishlar ro’y berganini baholash uchun, - deydi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov, - bizga sodiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday tarixiy meros qolganini yana bir karra eslashimiz zarur… Noinsoniy g’oya hukmron bo’lgan mustabid tuzum o’zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini butun maorif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaxarlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg’ularini qo’pol ravishda kamsitar, tarixiy haqiqatni buzub ko’rsatar edi. O’z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o’z tarixini bilmaslik ko’plab odamlarning shaxsiy fojeasiga aylanib qolgan edi.”1 Totalitar tuzum tazyiqidan qutulish uchun milliy o’zlikni anglash kishilarni eski tafakkur qoliplaridan xalos qilish lozim bo’ldi. Bu o’lkan ijtimoiy – tarixiy axamiyatga ega vazifa eng avvalo tarixchi olimlar zimmasiga tushadi, chunki: “Ma’naviyatini tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini balan ko’tarib yurishi uchun insonga, albatt, tarixiy xotira kerak… Jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar tasiriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustaxkamlaydi”.2

Tarixiy xotira esa o’tmishni obyektiv baholaydigan, oqni oq,


___________________________

1.Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O`zbekiston, 2000.5 b.



2.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q// Biz o`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T. 7.-T.: O`zbekiston, 1999. 138 – 139 b.

qorani qora, deb ko`rsatib bera oladigan, hech qanday g`oyaviy tazyiqsiz xalq, millat manfaatlariga xizmat qila oladigan tadqiqotlar, fikrlar va ilmiy-nazariy qarashlar orqali shakllanadi.



I.A.Karimov tarixchi – olimlar va jurnalistlar bilan uchrashgan vaqtida (1998 yil) “biz shakllantirayotgan jamiyatimiz mafkurasi ham tarix buloqlaridan oziqlanadi”, mutaxassislarimiz o’zaro bahslashgan va turli ilmiy qarashlari surgan holda “davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratishlari lozim”,1 deb uqtirdi.

Yurtboshimizning ushbu ko’rsatmasi biz tadqiq etayotgan davrlarga ham taalluqlidir. Darvoqiy, sho’rolar davri tarixi, ayniqsa ijtimoiy – tarixiy jarayonlar ta’siri bois shakillangan yangi usuldagi maktablar, tizimi, ilm, fan, texnika, adabiyot va san’at – madaniyat turli bahslarni, yondashishlarni keltirib chiqarmoqda. Ularning ba’zilari, ko’pincha zimdan, “sotsialistik madaniyat” yoqlansa, ba’zilari esa sho’rolar davridagi yutuqlar butunlay inkor etildi.

Bugun kommunistik g’oya, sho’rolar davlati g’ayriinsoniy, g’ayrimilliy va g’ayrimadaniy maqsadlarni o’z oldiga qo’ygani hammaga ma’lum. Ammo o’tmishni ob’ektiv baholash uchun ushbu umumiy xulosa yetarli emas. Ayrim kishilar ongida saqlanib kelayotgan eski tushunchalarni batamom siqib chiqarish, ularda to’g’ri tarixiy xotirani shakllantirish uchun uchun har bir davrda ro’y bergan fojealarning bor ko’lamini, natijalarini, mohiyati va qoldirgan asoratlarini aniq tahlillarda ochib berish ham zarurdir.

Mavzuning o’rganilish darajasi. Mavzu ko’plab tadqiqotlarning diqqatini o’zida jalb etib keladi. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga faylasuflar, ijtimooiy – madaniy hayotning nazariy masalalari bilan shug’ullanuvchi madaniyatshunoslar kiradi. Bu borada T.N.Qori Niyoziy, A.K.Valiyev, F.Ismoilov, G’.N.Najimov, M.Qoraxonov, X.P.Po’latov, S.Sh.Shermuhammedov, K.B.Buronov, T.Jurgenov, V.N.Mineev, G.Uvarov, I.Shtern, R.K.Qurbonov, U.X.Qoraboyev kabi tadqiqotchilarning ismlarini keltirish mumkin.

Ushbu olimlar zamonaviy o’zbek – madaniyati shakllanishining ichki xususiyatlarini, madaniyatning jamiyat, davlat va shaxs hayotidagi o’rnini, milliy madaniyatining umuminsoniy madaniyat bilan bog’liqlik qonunlarini tadqiq etadilar. Shu bilan birga ularning izlanishlarida o’sha davrda keng yoyilgan markscha – lenincha madaniyat nazariyasining ta’siri ham borligini inkor qilib bo’lmaydi.

Hatto o’lkamizda 80- yillarning o’rtalarida totalitar tuzumga qarshi milliy ozodlik harakati boshlangan, hatto resbublikamiz mustaqillik haqida Deklaratsiya qabul qilingan davrda (1990 yil 20 iyun) ham ayrim tadqiqotchilar tarixiy – madaniy jarayonlarni eskicha, kommunistik mafkura nuqtai nazaridan tahlil etishda davom etdilar. Masalan V.N.Mikeev, 1990 yil chop ettirgan monografiyasida 1917 -1941 yillardagi O’zbekistondagi tarixiy – madaniy o’zgarishlar “Ulug’ Oktyabr sotsialistik revalyutsiyaning sharofati tufayli edi”1 deb yozadi. Uning fikriga ko’ra, sovet hokimiyati olib borgan madaniy – ma’rifiy ishlar, sinfiy kurash, ilmiy – ateistik targ’ibot o’zbek xotin – qizlarini ozodlikka chiqishini ta’minladi.2

1991 yil chop etilgan U.H.Qoraboyevning “Xalq an’anaviy ijodi: qayta tiklash va rivojlantirish muammolari” monografiyasida 30-40 yillarda “taqiqlash tartibi” avj olgani qayd etilsada xalq ijodi jumladan, badiiy havaskorlikning rivojlanishi sosan “XX asr boshlaridan oktyabr revolyutsiyasidan keyin boshlandi” deb ko’rsatiladi.3

Ikkinchi guruhga mavzuni tarixiy nazardan tadqiq etgan olimlar

kiradi. Ularning bir guruhi 20 yillar oxiri 40 yillar boshidagi o’zbek

_________________________



1. Минеев В.Н. Становление и развитие кулътурно – просветителъной работы среди женщин Узбекистана.-Т.: Фан, 1990. –с 3.

2.Қаранг: Ўша жойда. –с.123-124.

3. Карабаев У.Х. Традиционное народное творчество: проблемқ возротдения и развичия.- Т.:Фан, 1991.-с.7-8.

madaniyatini umumiy ijtimoiy – tarixiy jarayonlarning tarkibiy qismi sifatida qarasa, ikkinchi guruhi esa maorif, adabiyot, savodsizlikni tugatish, milliy kino, musiqa, opera, balet, tasviriy san’at rivojlanishining xususiy yo’nalishlarini tadqiq etadilar. Ushbu tadqiqotchilar qatoriga R.X.Aminova, Sh.Sh.Abdullayev, X.Abdullayev, G.Abduraxmanov, K.A.Akilov, D.B.Barakayev, M.A.Gulyamova, U.X.Kamolov, I.K.Qodirov, R.A.Karimov, V.Ya.Nepomnin, N.Oydinov, R.G.Robich, C.Radjabov, R.A.Rahmanov, S.S.Sodiqov, I.Y.Tursunov, R.Sharafutdinova, F.Sharipov, J.Xasanbayev, H.Hamidov, G.I.Jeltovalarni kiritish mumkin.1

Ushbu olimlarning asarlari XX asrning birinchi yarmida O’zbekistonda maorif, umumiy ta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’limlarning shakllanishi jarayonlari, adabiyot va san’atdagi o’zgarishlar, madaniy – ma’rifiy tadqiq etilgan. Ularda ilgari surilgan ilmiy – nazariy qarashlar, o’sha davrdagi murakkab jarayonlarni tahlil qilish usuli biz uchun ham qimmatlidir. Shu bilan birga mustabid tuzum mualliflarga bor tarixiy haqiqatni aytishga imkon bermagani ham kuzatiladi. Hatto mustaqillika erishgach ham ayrimrim tadqiqotchilar muvafaqqiyatlarni bo’rtirib ko’rsatishga, totalitar davrning daxshatlarini boricha ochib berishni chetlab o’tishga intiladilar. Masalan, N.Oydinov yozadi: “Asrimizning 20-30 yillarida O’zbekiston tasviriy san’ati alohida uslubiy izlanishlar evaziga rivoj topa boshladi.”2 “Shu davrda xalqimiz hayotining rang – barang qirralarini o’zida aks ettirgan yangi estetik dunyoni kashf etish boshlandi.”3 Baholangki, usha yillari milliy – ma’naviy san’at turlari

___________________________



1.Hamidov H. O’zbek an’anaviy qo’shiqchilik madaniyati tarixi.-T.: O’qituvchi,

1996; Oydinov N. O’zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar. –T.: O’qituvchi,

1997; Хушбеков Аю Из истории кулътурного строителъства в годқ первой пятилетки. – Самарқанд 1959.

2.Oydinov N.O’zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar.–T.:O’qituvchi,1997. 55b.

3. O’sha joyda. – 54 b



(kitob yozish va bezatish san’ati, beshikchilik, ganch va b.) bilan shug’ullangan katta tajribali ijodrokorlar eskilik tarafdorlari shiori ostida ta’qibga olingan, surgun va qatag’on qilingan.

Keyingi yillarda mavzumizga oid tarixchi – olimlarning bir qator asarlari nashr etildiki, ular muammoning qanchalik dolzarb bo’lib qolayotganidan darak beradi. D.Alimova, B. Ahmedov, X.Ziyayev, A.X.Choriyev, B.V.Hasanov, V.A.Gentshke, A.A.Golovanov, M.I.Inatov, I.Tursunov, H.Uzoqov, Q.Ergashev, R.Sharipov, R.Shamsutdinov, X.Sodiqov, P.Ravshanov kabi tarixchi olimlarimiz chop ettirgan monografik tadqiqotlar, maqolalar1 shurolar tarixchiligiga tandidiy munosabatda bo’lish, o’rganilayotgan davrdagi ijtimoiy tarixiy va madaniy jarayonlarni milliy istiqlol g’oyasi nuqtai nazaridan baholash zarurligini ko’rsatadi.

Tadqiqotning davriy chegarasi. 20 yillarning oxirlariga kelib esa mamlakatda Stalincha ma’muriy – buyruqbozlik boshqarishi o`rnatiladi. Shu yillardan to ikkinchi jahon urushigacha bo`lgan davr xalqimiz tarixida bir tomondan total boshqarish, ma’muriy – buyruqbozlik usulining o`rnatilishi, ommaviy qatag`onlarning uyushtirilishi, madaniy-ijodiy jarayonlar va xalq ta’limi ustidan tor sinfiy yondashuvlarning shakllanishi, ikkinchi tomondan xalqimizning zamonaviy ilm, fan, texnikani egallashga, jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan bahramand bo`lib, yangi hayot qurishga intilishi jo`sh urgan davr bo`ldi. Ushbu davrdagi ziddiyatli jarayonlarda sovet davri aynan shu davrda sotsialistik madaniyatni qaror toptirish maqsadida juda keng g’oyaviy va mafkuraviy kurashlar bordi. Sovet madaniyatining g’oyaviy nazariy asoslari vujudga keldi. Madaniyatning kelgusi rivojlanishini belgilab berdi.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari: XX asr 20 yillarining oxiri va 40 yillarning boshida, totalitar boshqarishning ma’muriy – buyruqbozlik usuli o’rnatilgan va avjiga chiqqan davrida O’zbekistonda madaniyatning rivojlanish jarayonlarini o’rganish ilmiy ishimning maqsadidir.

Ushbu maqsadga qo’yidagi vazifalarni:

O’zbekistonda umumiy ta’lim tizimarining shakllanishini va ularning ma’muriy-buyruqbozlik boshqarishi sharoitidagi ahvolini;

  • oliy, o’rta maxsus va kasb ta’limining madaniyatning rivojlanishiga ta’sir etish jarayonlarini;

  • maktabdan tashqari ta’limning aholi savodsizligini va chalasavodlikni tugatishdagi o’rnini;

  • ilm, fanning mustabid tuzum tazyiqiga qaramay kishilarning dunyoqarashini rivojlantirishdagi va xalq xo’jaligi muammolarini hal etishdagi vazifalarini;

  • adabiyot va san’atning madaniyatning rivojlanishiga ta’sirini va ushbu jarayonlarda erkin ijod bilan ma’muriy – buyruqbozlik boshqarishi o’rtasidagi ziddiyatlarni;

  • madaniy – ma’rifiy ishlarning xalq madaniyati va ijodining rivojlanishi jarayonlariga ta’sirini tadqiq etish orqali erishiladi.

Bitiruv malakaviy ishining metodologik va ilmiy – nazariy

asoslarini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tarixiy xotirani shakllantirish, o’zbek xalqining tarixiy – madaniy merosini o’rganish, milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklash haqidagi fundamental ahamiyatga ega asarlari, fikr – mulohazalari, ko’rsatmalari va farmonlari tashkil etadi.

O’zbek tarixchi – olimlarining mustabid tuzum hukmronlik qilgan va ommaviy qatag’onlar uyushtirgan davr tarixini o’rganish jarayonida chiqargan ilmiy – nazariy xulosalari, milliy madaniy rivojlanishining ijtimoiy tarixiy xususiyatlari haqidagi fikrlari ilmiy ish uchun konsepsual ahamiyatga ega. Ilmiy ishda falsafaning milliy va umuminsoniy madaniyatlarning uzviy bog’liqligi, xalq madaniyati, san’ati, ijodining tadrijiy rivojlanishi qonunlariga buysunishi haqidagi hulosalarga ham tayanildi.

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi:

1. O’zbek tarixshuinosligida hali to’la o‘rganilmagan, totalitar boshqarishning ma’muriy – buyruqbozlik usuli o’rnatilgan, XX asr 20 yillarining oxiri va mustabid tuzum hukmronligi avj olgan 40 yillarning boshida madaniyatning ahvoli, rivojlanish jarayonlari, ijtimoiy – tarixiy o’zgarishlarga ta’siri masalalari O’zbekistonning yangi tarixini yaratish konsepsiyasi nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan.

2. Mustabid tuzum o’z hukmronligini o’rganishga intilishiga qaramay O’zbekistonda jahon sivilizatsiyasi yutuqlariga munosib hissa qo’shgan ilm, fan, adabiyot va san’at asarlari yaratilgani, milliy madaniyatimizning yirik namoyondalari yetishib chiqqani, ularning ijodiy izlanishlari tufayli jahon xalqlari o’zbek xalqining madaniyati bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo’lgani ochib berilgan.

3. Tadqiq etilgan davrda O’zbekistonda oliy, o’rta maxsus va kasb ta’limi to’la shakllangani, unda yetishib chiqqan mutaxassis kadrlar milliy madaniyatning sobiq SSSR xalqlari bilan hamkorlikda rivojlantirishga o`lkan hissa qo’shgani, yoshlarimiz orasida ilm, fan, texnikani egallashga qiziqish keskin oshgani ko’rsatilgan. Bu yutuqlar sho’rolar saltanatining emas, eng avvalo o’zbek xalqining hohishi va orzu umidlarining natijasi sifatida qaralgan.

4. Mustabid tuzum o’sha davr ichida alifboni, yozuvni uch marta o’zgartirdi. Bu kishilar o’rtasida savodsizlik va chalasovodlikni keng yoyilishiga sabab bo’ldi. Biroq xalqimiz o’zining milliy madaniyatidan va tarixiy – madaniy an’analaridan voz kechmadi, o’zining muloqot tilini, nutq madaniyatini saqlab qoldi, zarur bo’lganida uni umuminsoniy belgilar bilan boyitdi. Demak, har bir xalqda shunday tarixiy – madaniy paradigmalar mavjud bo’lar ekanki, ularni eng g’ayriinsoniy va g’ayrimadaniy – tuzumlar ham batamom yo’q qila olmaydi.

5.Adabiyot, san’at, madaniy – ma’rifiy ishlar, xalq ijodiyoti madaniyatning eng muhim tarkibiy qismlari sifatida ijtimoiy munosabatlarning va yosh avlodning shakllanishiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham mustabid sho’rolar hukumati va kommunistik partiya ushbu sohalar ustidan o’zining yakka hukmronligini o’rnatishga intilgan. Ilmiy ishda ushbu hukmronlikning salbiy oqibatlari, milliy madaniyatning to’laqonli rivojlanishiga aks ta’siri keng manbalar, misollar asosida ochib borilgan. Unda, totalitar boshqarish, mustabid tizum ijtimoiy – tarixiy jarayonlarga qanchalik o’zboshimchalik bilan aralashmasin xalq o’z madaniyatini yaratish istagidan, erkin ijod qilish va demokratiyada yashash umidlaridan voz kechmaydi, degan fikr ilgari surilgan. Erkin ijod qilish, demokratiyada yashashning asl mohiyati esa “inson qadr – qimmati, hurmati hamma narsadan ulug’, degan aqidadan iborat”.1

Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati shundaki, uning

_____________________

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyatsiz kelajak yo’q\\ Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T.: O’zbekiston, 1997. 148 b.



natijalaridan o’rta maktablar, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida o’qitiladigan O’zbekiston tarixi, madaniyatshunoslik, ma’naviy asoslari kabi fanlarda foydalanish mumkin.

Xuddi shuningdek ulardan darsliklar, o’quv rejalari va uslubiy qo’llanmalar tayyorlashda foydalansa ham bo’ladi.

Ilmiy ishning ilmiy – nazariy xulosalari va unda qo’llanilgan tadqiqot usullari navbatdagi ilmiy izlanishlarga asos qilib olinishi mumkin. Yoshlarda tarixiy xotirani, milliy madaniyatga, ajdodlarimiz qoldirilgan tarixiy – madaniy boyliklarga hurmat ruhini shakllantirishda, ilmiy ishda ishlab chiqilgan tavsiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir.

Mazku bitiruv malakaviy ish ikki bobdan iborat bo’lib, uning birinchi bobida xalqimiz madaniyati tarixiga qisqacha sharh beriladi. Ikkinchi bobning birinchi §da jamiyatimiz madaniy – ma’naviy hayotiga rivojlangan sotsializm g’oyasining majburan singdirilishi haqida batafsil ma’lumot berilsa, Ikkinchi §da xalqimiz madaniyatining qayta qurish yillaridagi holati, Uchinchi §da Qoraqolpog’iston Respublikasi madaniyatini yoritishga harakat qilinadi.

I BOB. Sovet mustabid tuzumi – chorizim mustamlakachilik siyosatining vorisi va davomchisi.

1-§. O’zbek xalqi madaniyati tarixiga qisqacha sharq. Og’ir madaniyatdagi taraqqiyot.

Madaniyatimiz tarixi mamlakatimizda, xonadonimizda asrlar davomida yashab kelayotgan qadimiy qadriyatlarda o’z aksini topgan. Ular go’zallikni his qilish muhitini yaratgan, xalqimizning buyuk tarixini o’zida aks ettirgan bo’lib, o’sib kelayotgan avlod ongiga tarixiy idrok urug’larini qadab, qalbiga esa Vatanga muhabbat g’oyalarini singdirib, ularni yuksak ma’naviy ruhda tarbiyalab kelgan. Shuning uchun ham keyingi 130 yildan ortiq davr mobaynida madaniyatimiz boshdan kechirgan fojialarni butun teranligi bilan tasavvur qilish qiyin. Lekin bu fojealar o’z tarixchilarini davom etmoqda, o’z tarixini yozilishini talab etmoqda.

Tarixdan shu narsa ma’lumki, mustamlakachilik eng avvalo bosib olingan xalq millatni ma’naviy qashshoqlikka duchor etish yo’lidan borganlar. Bunday yo’l istilochilarning tarix sinovidan o’tgan, sinalgan, ayni paytda ularning ma’lum siyosatlarini yashirib turuvchi yo’ldir.

Bu jihatdan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi mulohazalari diqqatga sazovordir. “Xoh o’tmishda, xoh bugun bo’lsin, boshqa millat, davlatni o’ziga qaram qilish niyatida harakat qilgan, qilayotgan kuchlar doimo bir siyosatni yuritganlar, yuritadilar: ya’ni qaram xalqning ma’naviy, madaniy, tarixiy merosini yo’q qilish undan judo etish misol kerakmi?

Sovet davrida o’zbek millati tarixini buzib ko’rsatishdan, uni chalkashtirib yoritishdan, ba’zi sahifalarni umuman ko’rsatmaslikdan maqsad nima edi? Сhor Rщssiyaning Sxobelev degan generali shunday deb yozgan edi: “Millatni yo’q qilish uchun uni qurish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi.” Xo’sh, shu gaplarni tarixchilarimiz biladimi? Afsuski, ko’p olimlarimiz ongida eski tuzum asoratlari mahkam qolgan. Ular hozir mustaqillik sharoitida ham kimdandir qo’rqib, cho`chib gapiradilar.1 Nazarimizda, niqoblangan mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatini bundan aniq va lo’nda qilib tushuntirib berishning imkoni bo’lmasa kerak.

Rossiya mustamlakachilari va kommunistik mafkura “alloma”larning boy o’zbek madaniyatini kishilar ijtimoiy ongidan shuuridan siqib chiqarishga undagan narsa nimada? Nima uchun ular o’zbek milliy – madaniy boyliklarini yurtimizdan zo’ravonlarcha olib ketishga harakat qildilar? Buni tushunish uchun tarixga nazar tashlab, e’tiborini quyidagi muhim nuqtalarga qaratish lozim.

Ma’lumki Turon, Turkiston o’lkasi qadimdan jahon sivilizatsiyasining asosiy beshiklaridan bo’lgan,bunda qadimshunos olimlarimizning ilmiy izlanishlari, ular qo’lga kiritgan natijalar guvohlik beradi. Darhaqiqat, Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa, Fayoztepa, Sopollitepa, Ayritom saroylarning hashamatli devor bezaklari va ularning betakrorligi o’tmish me’morlarining nozik didi, yuksak bilimini namoyon etish barobarida o`lkamiz hukmdorlarining qadimgi davrlardagi hayot va turmush tarzi juda dabdabali bo’lib, ular behisob boylikka ega bo’lganlarini ko’rsatadi.

Shuni alohida qayd qilish lozimki, Markaziy Osiyo qadim - qadimdan Urartu, Misr,Yunoniston, Bobil, Rim kabi Yaqin Sharq va G’arb davlatlari bilan o’zaro savdo – sotiq ishlarini olib borgan. Turondan o’tgan “Buyuk ipak yo’li” esa Sharqiy Osiyo va Hindistonni O’rta Yer dengizi mamlakatlari bilan bog’lar edi. Bu yo’l ustidan Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv kabi jahon sivilizatsiyasiga o`lkan hissa qo’shgan shaharlar joylashgan

______________________

1. Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” – Toshkent,. “Sharq”, 1998 yil, 24 bet.

bo’lib, savdogarlar sotiladigan mollar qatorida turish madaniyat, san’at va fan sohalari bo’yicha yangiliklarni ham keltirganlar. Chunonchi, Xitoyga Sug’diyonadan gazlama, gilam, bezak buyumlari va qimmatbaho toshlar, Baqtriyadan tuyalar, Farg’onadan arg’um otlar, Badaxshondan la’l, Hindistondan Xitoyga kumush va fil suyagidan ishlangan buyumlar va ziravorlar va boshqa mahsulotlar olib borilgan. Albatta, hududlarimizdan milliy – madaniy boyliklarning tashib ketilishi turli boqinchilik, istilochilik yurishlari davrida juda avj oldi. Biroq e’tirof etish joizki, turli savdo – sotiq jarayonlari, madaniy aloqalar davrida ham ko’plab madaniy boyliklarimiz begona yurtlarda qolib ketgan.

O’zbek xalqi milliy – madaniy boyliklarining talon – taroj qilinishi, xususan arab istilosi davrida avjiga chiqdi. Ushbu hududda azaldan yashab kelgan xalqlar mafkurasi va uning asosini tashkil etgan diniy aqidalarning bekor qilinishi va ular o’rniga yangi din - islomning majburan joriy etilishi o`lkadagi ijtimoiy – siyosiy, madaniy – mafkuraviy vaziyatni tubdan o’zgartirib yubordi. Bosqinchilar o’lkada amalda bo’lib kelgan mahalliy yozuvlarni, xususan xorazmiy yozuvini bekor qilganlar. Xorazmdagi ilm targ’uboti bilan shug’ullanadigan ziyolilarni qattiq ta’qib ostiga olganlar. Chunonchi Qutayba xattotlarni yo’qotgan, ruhoniylarni qatl ettirib, ularning kitoblari va o`rama xat yozuvlarini o’tda yondirgan, natijada xorazmliklar yalpi savodsizlikka mahkum etilganlar.

Beruniy va Narshaniy kabi allomalarning guvohlik berishlaricha, arab istilochilari xalqqa ham moddiy zarar yetkazdi, milliy hokimiyat tugatildi, shaharlar, qadimgi madaniyat yodgorliklari, mavjud yozuvlar, kitoblar yondirilib, muhtasham me’moriy va san’at namunalari yakson qilindi.(1)

IX asrning ikkinchi yarmidan ahvol bir muncha yaxshilana bordi.

________________

1.Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”. Abu Bakr Muhammad Ibn Jafar Naxshabiy “Buxoro tarixi”Toshkent, “Me’ros”,1991 yil

Somoniylardan song keyingi asrlarda o`lkada Qoraxoniylar, Gaznaviylar, Xorazmshohlar davlatlari vujudga keldi. Shu bilan birga Yaqin va O’rta Sharq shakllangan yosh musulmon davlatlari o’rtasida iqtisodiy – madaniy aloqalar jonlandi, madaniyat namunalarini ayriboshlash, o’zaro ma’naviy ta’sir kuchaydi.

Mazkur madaniy davr yuksalishining yorqin siymolari bo’lmish Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Rudakiy, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Xojib kabi daholar markaziy Osiyo madaniyatining rivojlanishda juda katta va sezilarli rol o’ynadilar. Arab xalifasi Ma’mun o’z vaqtida Markaziy Osiyolik allomalarni xalifalik markazi bo’lgan Bog’doddagi mashhur akademiyasiga olib ketganida, ular bu ilm – fan va ma’daniyat oliy dargohining ko’rki bo’lgan edilar. Qayd etish lozimki, bu ulug’ ma’naviyat darg’alari orasida Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Javhariy, Ibn Mansur Marvaridiy kabi yirik allomalar ham bor edi. O`rta Osiyo xalqlari, xususan o`zbeklar orasidan yetilib chiqqan bu mutafakkirlarning nomlari jahon madaniyati tarixi sahifalariga oltin satrlar bilan bitilgandir. Bu yerda arab, fors va turkiy tillarda (bitilgan) muayyan tizimga solingan ijodiy jarayon yo`lga qo`yildi. Bu davr madaniyati o`zining kuchli vatanparvarlikka da’vat etishi, aql-zakovatni e’zozlashi bilan umuminsoniy qadriyatlar yuksakligiga ko`tarila oldi.

Qadimgi Fors, Hind, Arab, Yunon madaniy qadriyatlari negizida adabiyotlarda “musulmon madaniyati” deb nom olgan yangi madaniy qatlam vujudga keldi.Vatanimiz madaniyati tarixidagi bu uyg’onish davri, birinchi navbatda qaramlikdan qutilish, mustaqil mafkura, mustaqil ijod, mustaqil ma’naviyat samarasi bo’ldi.

Shuni qayd etish lozimki, uyg’onish davrining ilk bosqichi IX-XII asrlarda o’zbek milliy madaniyati juda chuqurlab rivoj topdi, o`sha davr allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi cheksiz bo’ldi. Biroq XIII asr boshlarida O’rta Osiyoga mo`g’ul istilochilarining bostirib kelishi o’lkaning boy madaniy me’rosini yakson qildi, boshlangan uyg’onish davri madaniyati rivojini izdan chiqardi.

Boshqa barcha istilochilar kabi mo`g`ul bosqinchilari o’lka madaniy va ma’naviy hayoti boshiga bitgan balo bo’ldi. Kutubxonalar talanib, kitoblar oyoq osti qilindi. Muqaddas kitoblar saqlangan sandiqlar otlar uchun oxur xizmatini o’taydigan bo’ldi. Ilk yulduzlari bo’lmish mullalar, shayxlar qullar qatori nufuzli mo`g`ul harbiylariga xizmatkor qilib berildi. Ko’pgina mo’tabar qizlar eshak va xachir boqishga majbur qilindi. Musulmon dunyosining markazlaridan biri bo’lgan Buxoro bosqinchi mo`g`ullarning dastlabki hammasidan so’ng ko’p dahshatlarni boshdan kechirdi.

Madaniyat va san’atning barcha turlari istilochilik davrida katta zarbaga uchradi. Yakson etilgan obidalar, madaniy inshootlar, talab ketilgan zargarlik buyumlari, yo’q qilingan yozma madaniyatimiz bularning barisi xalqimiz ma’naviy hayotining keyingi bosqichlarida o’zining ayanchli ta’sirini ko’rsatdi. “O’zlarining san’atlari va axloqlari, nozik tabiatlari ilm – ma`rifatlari bilan dong taratgan. Movaraunnahr aholisi baxtsizlikka uchrab masxara etildi. Buyuk bir el shamolday tarqab ketdi.” Xususan qochoq buxoroliklardan biri Xurosonga kelib o`z vatanining ahvolini quyidagi baytda keltirgan edi: Omadandu kunandu suhtondu xushtandu burdandu raftand (keldilaru, yemirdilaru, yondirdilaru, uldirdilaru, taladilaru, ketdilar)1

Markaziy Osiyo Amir Temur hokimiyati ostida birlashtirilib, mo`g`ul istilochilari o’lkadan haydab chiqarilgandan so’ng XIV asrning o’rtalaridan e’tiboran bu yerda madaniyat yanada yuksala boshladi. Temur olimlar, san’atkorlar, ilm – fidoiylarini o’ziga yaqin tutardi. U ulamo va fozillarga izzat – ikrom ko’rsatib, ularni har
_____________________

1.Hermon vanberi. “Buxoro yohid Movaraunnahr tarixi”.Toshkent.1990 yil,23-24 betlar.

qanday kishilar dan muqaddas bilardi. Amir Temurning Movaraunnahrda kutubxonachilik ishini rivojlantirishga dunyodagi eng yaxshi, qimmatli qo’lyozmalarni mamlakat kutubxonalarida saqlash yo’lidan qilgan sa’y – harakatlari, ayniqsa diqqatga sazovordir, xususan, uning shaxsan o’zi Samarqandda kutubxona tashkil qilishga bosh – qosh bo’ldi. Qo’lyozmalarni ko’chirish va kitob tayyorlash ustaxonalarida milliy kitob san’atining eng yaxshi ustalarini to’plagan.

Temuriy shahzodalardan Shohruh, Boygunqur va Xusayn Boyqarolarning kutubxonlari ham noyob va rang – barang adabiy – badiiy, ilmiy kitoblarga boyligi jihatidan Temurning Samarqanddagi sulolaviy kutubxonasidan qolishmas edi. Birgina Ulug’bek rasadxonasi qoshida boy kutubxona tashkil etilib unda fanning deyarli barcha sohalariga tegishli qariyb 15 ming kitob saqlangan.1 Ammo, afsuski,

Ulug’bekning o’ldirilishidan so’ng Temuriylarning sulolaviy kutubxonasi o’zaro feodal urushlar natijasida asta – sekin talon – taroj

qilindi va dunyo bo’ylab sochilib ketdi.



O’zbekistonning Temuriylar davridan keyingi tarixi ongga tahlikali kechdi, o’lka ijtimoiy turmushda nochorlik bu yerda yashagan xalqlar hayotini belgilovchi xususiyatga aylandi. Biroq bunday qiyinchiliklarga qaramasdan, o’zbek milliy madaniyati rivoj topdi, uning yangidan – yangi yo’nalishlari paydo bo’la boshladi, o’zbek tilida yaratilgan asarlar ko’paya bordi. Zahriddin Muhammad Bobur, Abdulla ibn Muhammad ibn Ali Nasrullohiy, Turdi, Abulg’ozixon, Mushfiqiy Saida Nasafiy kabi adib va shoirlar Ibn Bobo

Samarqandiy Muhammad Amiral-Munajjim al-Buxoriy, Abu Yoqib ibn Nasr Donish Buxoriy kabi munajjimlarning faoliyat ko’rsatganligi O’zbekiston hududida ilm – fan va madaniyat taraqqiy etganligidan

dalolat beradi.



____________________________

1.Muhammadjonov A. “Temur va Temuriylar saltanati”. Toshkent 1994 yil,118-betlar.

O`rta Osiyoning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi ma’naviy-madaniy sohada ham murakkab jarayonlarni keltirib chiqardi. Chorizm madaniyat siyosatining markaziy yo`nalishi O`rta Osiyo xalqlarini ma’naviy jihatdan asoratga solishga islom dinining ta’sirini susaytirib, milliy o`zlikni anglashni bartaraf etishga qaratilgan edi.1

Shu bilan birga Chor ma’muriyatining intilishlariga zid ravishda o`lkaning ma’naviy hayotiga madaniy taraqqiyotiga ob’ektiv ravishda yordam beruvchi yangi ijtimoiy-madaniy hodisalar kirib keldi. Turkiston, Buxoro va Xivaga rus teatr gruppalarining ular qatorida V.M.Samarin kabi buyuk rus sahna ustalarining kelishi mashhur rus yozuvchilari asarlarining o`zbek tiliga tarjima qilinishi, ommaviy kutubxonalarning ochilishi, gazeta, telegraf, grammafon, fotografiya, kinomotografiya, bosmaxonalarning paydo bo`lishi mahalliy xalqlar hayotiga yangiliklar kirita boshladi.2

Umuman olganda ikki mustabid tuzum davrida siyosiy va mafkuraviy jihatdan nihoyatda og`ir sharoitda o`zbek milliy madaniyati ma’lum darajada rivojlandi, ayrim sohalarda esa yuqori natijalarga ega bo`ldi, lekin unga bu siyosiy tuzumlarning yetkazgan talofatlari cheksiz bo`ldi va fojealarga olib keldi.

_________________________

1. Alimova D.A. “Tarix shahidligi va saboqlari: Chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida O`zbekiston milliy boyliklarinining o`zlashtirilishi” Toshkent, “Sharq”, 2001 yil 333-335 betlar.

2. Alimova D.A. “Tarix shahidligi va saboqlari” Toshkent, “Sharq”, 2001 yil 334-353 betlar.


Download 372.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling