Мундарижа: I боб. Компьютер луғатлари: тезаурус


Download 475.5 Kb.
bet16/27
Sana26.02.2023
Hajmi475.5 Kb.
#1233629
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
kitob yangi oxirgisi

Davomli holat fe’llari. Davomli holat fe’llari vaqt jihatidan chegaralanmagan, qachon tugallanishi noaniq bo‘lgan davomiy holatni ifodalaydi. Bunda subekt o‘z holatining davomiyligi, cho‘ziqligi bilan ajralib turadi. Bu holda davomiylik shaxs yoki predmet holati muhim tomonining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Davomli holat fe’llari quyidagilar: o‘tirmoq, turmoq, qolmoq, yotmoq, tunamoq.
Harakat natijasi bo‘lgan holat fe’llari. Harakat natijasi bo‘lgan holat fe’llarida ifodalangan holat harakat natijasida, harakatning tugallanishidan yuzaga keladi, ya’ni harakatning davomi bo‘ladi. U muayyan harakat ketidan kelishiga ko‘ra ajralib turadi. Harakat natijasida bo‘lgan holat fe’llarida holat faol harakatdan yoki muayyan holatdan o‘tiladi. Bir holatdan ikkinchisiga o‘tish ham asli harakat orqali sodir bo‘ladi. Aytilayotganlarga qarab harakat natijasi bo‘lgan holat fe’llari mohiyatiga ko‘ra o‘z ichida ikkiga bo‘linadi:

  1. Harakat natijasida bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tishni ifodalovchi holat fe’llari; qorong‘ilashmoq, zanglamoq, eskirmoq, qarimoq...

  2. Harakatdan bira to‘la holatga o‘tishni ifodalovchi holat fe’llari; to‘xtamoq, tutashmoq, tinmoq...

Harakat natijasida bo‘lgan holat fe’llari quyidagilar: yorishmoq (yorug‘ bo‘la bormoq)4, qoraymoq (qora tusga kirmoq), qizarmoq (qizil tus olmoq), tugamoq, qorong‘ulashmoq, sovumoq (sovuq holatga kelmoq), isimoq (issiq holatga kelmoq), ilimoq, oqarmoq (oq tusga kirmoq, bulutlanmoq), kamaymoq (miqdori ozaymoq), abadiylashmoq, botmoq, tinmoq (harakat, ovoz, yog‘in kabilardan to‘xtamoq, tiniqlashmoq), jimimoq, qo‘nmoq, qurimoq (quruq holga kelmoq, tamom bo‘lmoq), tiniqlashmoq, ko‘paymoq (miqdori ortmoq), sarg‘aymoq (sariq tusga kirmoq), tutashmoq (tutash bo‘lmoq), so‘nmoq (issiq va yorug‘ tegmay qo‘ymoq), o‘rnashmoq, ko‘karmoq (ko‘k tusga kirmoq), to‘lmoq, tinchimoq (harakat, ovoz kabilardan to‘xtamoq), qatqaloqlanmoq, dimiqmoq, qotmoq (qattiq holda bo‘lmoq), siyraklashmoq, nuramoq, to‘ymoq (ozuqa mineralga to‘yinmoq ), yomonlashmoq, qizimoq (qattiq isimoq), to‘qnashmoq, go‘zallashmoq, zararlanmoq, yaqinlashmoq, yolg‘izlanmoq, yorqinlashmoq va boshqalar.

Download 475.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling