МУНДАРИЖА:
I боб. Компьютер луғатлари:тезаурус
1.1.Компьютер тилшунослигининг хорижда ва Ўзбекистонда ўрганилганлик даражаси
1.2.Компьютер луғатлари.
1.2.Компьютер луғатларининг маълумот базаси сифатидаги аҳамияти.
1.3.Тезаурус луғатлар.
1.4.Ҳолат феъллари тадқиқи.
Bob bo`yicha xulosalar
II боб. Ўзбек тилидаги ҳолат феъллари тезауруси.
2.1.Шахс жисмоний ҳолатини билдирувчи феъллар.
2.2.Шахс руҳий ҳолатини билдирувчи феъллар.
2.3.Нарса-буюм ҳолатини билдирувчи феъллар.
2.4.Шахс жисмоний ҳолатини билдирувчи феъллар тезауруси.
2.5.Шахс руҳий ҳолатини билдирувчи феъллар тезауруси.
2.6.Нарса-буюм ҳолатини билдирувчи феъллар тезауруси.
Bob bo`yicha xulosalar
III боб.Komputer atamalari to`g`risida ma`lumot
3.1. Tezaurus va uning atamalari orasidagi bog`lanish
3.2. Tezaurusda kiritiladigan atamalarni tanlash uslublari
Bob bo`yicha xulosalar:
Хулоса
Kirish
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Tadqiqot obyekti va predmetining belgilanishi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili.
Tadqiqotda qollanilgan uslublarning qisqacha tavsifi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi
“O`ZBEK TILIDA HOLAT FE`LLARINING TEZAURUSI” MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi. XXI asr boshiga kelib axborot texnologiyalari taraqqiyoti tufayli globallashuv jarayoni yangi bosqichga ko‘tarildi. Bozor munosabatlari sharoitida shaxsga qo‘yiladigan talab ortib borganligi sababli, kishilar ilm o‘rganadilar‚ kasb egallaydilar‚ zamonaviy texnika‚ texnologiyani o‘zlashtiradilar‚ kompyuter yoki tilni o‘rganish choralarini ko‘radilar. Bular shunchaki oddiy bir istak bo‘lmasdan, bugungi zamon talabi darajasidagi imkoniyatlarni ochadi‚ erkin faoliyat yuritishni ta’minlaydi. Butun insoniyat tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar fan, texnika, madaniyat, ijtimoiy, ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirish borasidagi yangi jihatlar, demokratiya, qonunchilik, adolatni barqarorlashtirish borasidagi yutuqlardan ham iborat bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish respublikamizni jahondagi rivojlangan davlatlardan biriga aylantirish ishiga ham xizmat qiladi.
Yashayotgan asrimiz taraqqiyot sur’atlarining behad tezlashgani, intellektual salohiyat, tafakkur dunyoda yashab qolishning asosiy sharti ekanligi, texnikaning misli ko‘rilmagan darajada yuksalishi, ma’naviyatning tamaddun garoviga aylangani bilan insoniyat hozirgacha boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladi. Bunday vaziyatda ta’limga qo‘yilayotgan talab har doimgidan ham jiddiy va og‘ir bo‘lishi ko‘pchilikka ayon. Negaki globallashuv davri, texnika asrida o‘quvchining diqqatini jalb qilish, uning aql-u idrokini to‘g‘ri va maqsadli yo‘naltirish oson kechmaydi. Axborot manbalari bugungi kunda shu qadar ko‘p, rang-barang va takomillashganki, ta’lim jarayonida o‘quvchiga eng qulay, eng zamonaviy, eng qiziqarli, eng oson usul bilan ma’lumot yetkazilmas ekan, ko‘zlangan natijaga erishish qiyin. Ko‘zlangan natijaga erishish uchun har bir sohada shunday o‘zgarishlar, texnika bilan bog‘liq yangilik va yengilliklar yaratilishi lozim. Shunday yangiliklardan biri kompyuter lingvistikasining o‘zbek tilshunosligiga kirib kelishidir. Kompyuter lingvistikasi bugungi kunda paydo bo‘lgan soha emas. Kompyuter lingvistikasi bo‘yicha xorijiy tilshunoslikda salmoqli ishlar qilingan. Hatto AQShda maxsus tashkilotlar ochilgan bo‘lib, e’tiborini faqat kompyuter lingvistikasi bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga qaratadi. Rus va inglizlarda kompyuter lingvistikasi masalalarini, ilmiy izlanishlarni yoritish maqsadida maxsus jurnallar faoliyat yuritadi. Bizning mamlakatimizda ham bunday yangiliklarni o‘rganishga keng imkoniyatlar yaratib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |