Мундарижа: I боб. Компьютер луғатлари: тезаурус
Download 475.5 Kb.
|
kitob yangi oxirgisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyida ruslarda yaratilgan tezaurus namunasi
1.2. Kompyuter lug`atlari
O‘zbek tilining matematik va kompyuter modellarini yaratish, o‘zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish, inglizcha-o‘zbekcha kompyuter tarjima dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy va amaliy-tadqiqiy ishlar olib borilmoqda. Unda lingvistikaga doir masalalar, ya’ni tillarni o‘qitish, bilimlarni baholash, matnlarni tahrir qilish, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish kabi masalalar o‘rganilayapti. Tezaurus, ayniqsa, elektron formatdagisi har bir fanga doir so‘zlarni to‘liq ochib beradi. Uning oddiy lug‘atlardan farqi shuki, har bir so‘zning to‘liq yoritib berilishini ta’minlaydi. Tezaurus lug‘atda bir qancha lug‘atlarning jamlanganini ko‘rsa bo‘ladi. Bu lug‘atning elektron formatdagisi esa insonlarning vaqtini tejash, bir so‘z haqida to‘liqligicha ma’lumot olish imkonini beradi. Tilshunoslikning yangi yo‘nalishi bo‘lgan kompyuter lingvistikasi tilshunoslikning bir qator nazariy va amaliy yo‘nalishlari vujudga kelishiga turtki bo‘ldi. Shunday ekan, bizning asosiy maqsadimiz hozirgacha olimlarimiz tomonidan yaratilgan lug‘at boyligidan foydalangan holda kompyuterga xoslangan o‘zbek tilining tezaurusini yaratishdir. Bilamizki, bunday tezauruslar xorijiy davlatlarda ancha oldin yaratilib, ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan. Ularning ayrimlarini ko‘rib o‘tadigan bo‘lsak, masalan, chet el so‘zlarida tuzilgan lug‘at-tezaurus, orfografiyaga oid so‘zlar tezaurusi, V.Dal tomonidan yaratilgan velikorusskiy tillarga oid bo‘lgan izohli lug‘at-tezaurus, T.F.Yefremovaning rus tilidagi yangi so‘zlarning lug‘at tezaurusi, S.I.Ojegov, N.Y.Shvedova tomonidan yaratilgan rus tilining izohli lug‘ati-tezaurusi, Fasmer Maksning rus tilining etimologik lug‘ati-tezaurusi, yuridik terminlari tezaurusi va shunga o‘xshagan bir qancha mavzularda tezauruslar yaratilgan. Avvalo, tezaurusning o‘zi nima, u bizga qanday qulayliklar yaratadi? Quyida ruslarda yaratilgan tezaurus namunasi Tezaurus (thesauros) yunon tilidan olingan bo‘lib, g‘amlab qo‘yilgan narsa, «xazina» ma’nosini anglatgan holda ikki tomonlama tahlil qilinadi: – birinchisi lingvistik tahlil bo‘lib, unda to‘liq mazmunli axborotga ega bo‘lgan, tilga tegishli lug‘at hisoblansa; – ikkinchisida, ya’ni informatika yo‘nalishida esa inson yoki hisoblash mashinalariga uning ichida o‘zini erkin tutish imkonini beradigan, bilimlarning qaysidir bir sohasiga taalluqli tizimlashtirilgan axborotlar majmuyi sanaladi. Yana Tezaurus «maxsus tashkil qilingan axborot», tildagi leksik birliklarning normaga keltirilgan holatdagi yig‘indisi, ya’ni lug‘atidir. Tezaurus unda berilgan semantik munosabatlar bilan ba’zi tildagi ma’noni ifodalovchi birliklar demakdir. Tezaurus, aslida, til semantikasini (milliy til, ma’lum fan tili yoki avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi uchun rasmiy qabul qilingan til) belgilaydi. Dastavval tezaurus so‘zning matnlardagi ma’nosi to‘liq yoritilgan lug‘atlar ma’nosida ham qo‘llangan va u mavzularning ma’nosiga ko‘ra bo‘limlarga bo‘lingan, so‘zlar guruhlari bilan belgilanadigan bir tillik lug‘at sifatida baholanardi. Ayni vaqtda esa bir tillik lug‘at va tezaurusning o‘xshash va farqli jihatlari mavjud. Tezaurus lug‘atning bir tillik lug‘atdan anchagina ustunliklari mavjud, tezauruslarda har bir so‘z har tomonlama keng ochib beriladi. Download 475.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling