Мундарижа: I боб. Компьютер луғатлари: тезаурус


Download 475.5 Kb.
bet7/27
Sana26.02.2023
Hajmi475.5 Kb.
#1233629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
kitob yangi oxirgisi

TEZAURUS, birinchi navbatda, so‘zlar va ularning matndagi qo‘llanilishiga misollar keltirilgan maksimal darajada to‘liq lug‘at hisoblanadi. Hozirgi tilshunoslikda tezaurus leksik birliklar o‘rtasidagi semantik munosabatlar (sinonimlar, antonimlar, paronimlar, giponimlar, giperonimlar) ko‘rsatilgan umumiy yoki maxsus leksika lug‘atidir. Tezauruslar, asosan, elektron ko‘rinishlarda yaratiladi va muayyan predmetlar sohasini atroflicha tavsiflash vositasi hisoblanadi, muayyan predmet haqida to‘liq holatda axborot beradi.
Izohli lug‘atdan farqli ravishda, tezaurus tushunchani izohlabgina qolmay, uning sun’iy intellekt doirasida faol qo‘llanadigan boshqa tushunchalar va shu tushunchalar guruhiga munosabatini ham aks ettiradi.
Shu bilan birga, tezaurus informatsiya (axborot) nazariyasida subyekt egallagan barcha ma’lumotlarning majmuasi sifatida ham qo‘llanadi.
Tezaurus koorporativ kommunikatsiyaga ham yordam beradi. Koorporativ kommunikatsiya kompyuter lingvistikasiga o‘xshash, soddaroq qilib aytganda, bitta kasb yoki bir xil tartib-intizom bilan bog‘liq insonlar o‘rtasidagi muloqotlarning, munosabatlarning asosi sanaladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tezaurus alohida holatda olingan atama va so‘zlarni to‘liq tushuntiradigan, ochib beradigan vositalardan biri sanaladi.
Birinchi o‘rinda olib qaraydigan bo‘lsak, tezauruslar so‘z ma’nolari o‘rtasidagi aloqalar, so‘zlarni birlashtirishiga qarab uch katta guruhga ajratiladi:

  1. ideografik tezaurus;

  2. analogik tezaurus;

  3. assotsiaviy tezaurus;

Tezauruslar turlarining ayrimlari quyidagilar:
Amara-kosha (Amara lug‘ati) muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dastlabki sanskrit lug‘ati (III – IV asrlar)
Hozirgi ma’nodagi birinchi tezaurus inglizcha Tezaurus Roje (XIX asr), 15 000 ga yaqin leksik birlikni o‘z ichiga oladi.
Vikislovar – ko‘p tilli, erkin to‘ldirilib boriluvchi lug‘at va tezaurus («Rusvikislovar»da 250000 tushuncha, 67000 munosabat mavjud).
Ru Tez – tezaurus russkogo yazika. Informatsion tadqiqotlar markazi tomonidan avtomatik indekslash maqsadida yaratilgan. 1997-yildan hozirga qadar 45000 tushuncha, 107000 so‘z va ifoda, 177000 munosabatni aks ettiradi. Qolaversa, 1962-yili nashr qilingan (1-nashr, 1852) ingliz tezaurusi (muallif P.M.Rodjet), tarkibida 240000 so‘z mavjud 1040 bo‘limga ega. Ushbu tezaurusning ko‘rsatkichi (kaliti), bo‘lim va bo‘lim tarkibiy qismlari ko‘rsatilgan so‘zlarning alfavit bo‘yicha joylashtirilgan ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Ingliz, fransuz, ispan tillari uchun umumiy an’anaviy tezauruslar (alohida tillarning semantik tizimlari ta’riflari) mavjud. Tezaurusga har bir so‘zning asosiy parametrlari hosilalarini belgilovchi bir tillik lug‘atlar juda yaqin, masalan, S.I.Ojegovning rus tili lug‘ati. Bundan tashqari:

Download 475.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling