Мундарижа: I боб. Компьютер луғатлари: тезаурус
Download 475.5 Kb.
|
kitob yangi oxirgisi
Sinonimlar – yozilishi har xil, mazmuni (olingan fan sohasiga qarab) bir xil so‘zlar (so‘z birikmalari): masalan: yalmog‘iz = yovuz sehrgar.
Antonimlar – qarama- qarshi mazmunli so‘zlari: yaxshi - yomon. Giponim – boshqa umumiy tushunchaning shaxsiy hodisasi bo‘lgan atama. Zobit = giponim (harbiy); inson = giperonim (harbiy) Giperonim – aksincha, boshqa qator shaxsiy tushunchalar uchun umumiy bo‘lgan atama. giperonim (ovqatni shirin pishiradi) = giperonim (uyini toza tutadi) giperonim (tikishni biladi) = bu xususiyatlar umumiy qilib olganda yaxshi uy bekasi giponim nomi ostida birlashadi. Davlat standartlariga javob beradigan, ko‘pgina davlatlarda qo‘llanadigan «Bir tildagi axborot-qidiruv tezaurusi»da bog‘lanishlarning quyidagi ko‘rinishlari belgilangan: – jins-tur: harakat vositalari – arava, samolyot, mashinalar; bu misollarda zot sifatida harakat vositalari olinsa, uning turlari sifatida arava, samolyot, mashina va b. olinadi – qism-butun: uy so‘zi butun sifatida ko‘rilsa devor, eshik, deraza esa uning qismlari; – sabab-oqibat: qilichni tushirdi – kalla yelkadan uchdi gapida qilichni tushirdi sabab bo‘lsa, kalla yelkadan uchdi uning oqibati sifatida yuzaga chiqadi; – xomashyo-mahsulot: po‘lat qilich, ya’ni po‘lat materialidan tayyorlangan qilich; – ma’muriy iyerarxiya: sulton – vazir – soqchi; – jarayon-subyekt: qatl qilmoq – jallod; – jarayon-obyekt: qatl qilmoq – qurbon; – xususiyat – xususiyat tashuvchisi: o‘t purkovchi – ajdar; – antonimiya; – sinonimiya. Uyushgan munosabatlar bu boshqa iyerarxik munosabatlarga yoki sinonimik (ya’ni so‘zlar orasidagi bog‘lanishlarning har qanday ko‘rinishlari, hattoki g‘oyat spetsifik, faqatgina ma’lum bir fan sohasida mavjud bo‘luvchi) aloqalarga kirmaydigan munosabatlarning birlashishidir. Lug‘aviy maqola (norasmiy darajada) quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: OQILA SINONIMI: aqlli ANTONIMI: ahmoq GIPONIMI: bilag‘on, bilimli, topqir, o‘qimishli TUR – zakovat ko‘rsatkichi (yuqori darajada) Tezaurus va grammatika axborot-qidiruv tilini tashkil etadi. Grammatika til hosilalarining hosil bo‘lish qoidalarini qamrab oladi (semantik kodlarni, sintagmalarni, gaplarni) va sintaktik munosabatlarni belgilash vositalaridan foydalanishni qat’iy belgilaydi (masalan, bog‘lanishlar ko‘rsatkichlarini). Yuqorida ko‘rib chiqilgan axborot-qidiruv xizmatidan tashqari axborot tanishuv xizmati ham mavjud. Axborot-tanishuv xizmatida tezaurus mijozlar xatlarida uchraydigan barcha sifat va tavsiflarni, ularning darajalanishini ifodalashi lozim. Grammatika va tezaurus shunday mutanosiblikda, aniq holatda tashkil etilishi lozimki, tizim siz nima haqida topshiriq berilayotganingizni tushunishi darkor, aytaylik, so‘rovda ko‘rsatilgan sonni: bo‘y, yoshi nechadaligini (albatta, bularda kalit so‘zlar bo‘lishi kerak), mijozning o‘zi to‘g‘risida bergan ma’lumotlarini to‘liq holatda yetkazib bera olishi zarur. Tezaurus va grammatika qoidalari asosida hujjat va so‘rovlarning qidiruv ko‘rinishi (qidiruv ko‘rsatmalari) shakllanadi. Qidiruv ko‘rsatmalari – bu foydalanuvchi tomonidan talab qilingan, hujjatlar belgilarini o‘z ichiga olgan axborot qidiruv tilidagi matndir. Ma’lumotning qidiruv ko‘rinishi – ma’lumot bilan bir xil mutanosiblikka qo‘yilgan va uning sifatlarini ifodalovchi, uni so‘rov talabiga ko‘ra izlanishi lozim bo‘lgan, axborot-qidiruv tilidagi matndir. Ma’lumotning mazmunini ochib beruvchi, kamida uning mavzusini belgilovchi qidiruv sifatlaridan tashqari ma’lumotning qidiruv ko‘rinishi aynan tenglashtirilgan va ayrim qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi (nashrga oid ma’lumotlar, hujjat turi, uning tili va qidiruv ko‘rsatmalari so‘rovlar kelib tushishi natijasida shakllanadi), ma’lumotlarning qidiruv obrazi esa tizimning yangi hujjatlar bilan boyitilishi orqali to‘ldirilgani kabi, so‘rovnomalarga javoblar izlash jarayoni natijasida ham to‘ldirilishi mumkin. Axborot oqimi katta va tez-tez yangilanib turadigan tizimlar uchun resurslarni kodlashga zarurat yo‘q, qidiruv so‘zi sifatida ko‘pincha hujjatning o‘zi yoki uning nomi qabul qilinadi, chunki yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan sayin biz asos sifatida oladigan so‘z ikkinchi darajali bo‘lishi yoki umuman matnda ko‘rinmay qolishi mumkin. Agar uning nomi yoki hujjatning o‘zi diskriptor so‘z sifatida qabul qilinsa, bu kodlar inson xotirasida unutilmasdan uzoq saqlanadi, yo‘qotilganda ham uni tiklash nisbatan oson kechadi. Har qanday holatda ham kompyuter, birinchi navbatda, inson manfaatlarini ko‘zlab ishlaydi. O‘z e’tiborini unga yengilliklar va qulayliklar yaratishga qaratadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tezaurus tizimi bir qancha davlatlarda samarali o‘rganilgan. Shulardan biri bo‘lgan rus tilshunoslariga tayanib tahlil etganimizda quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin, ya’ni rus tilshunosligida tezaurus quyidalarni o‘z ichiga oladi: Download 475.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling