Мундарижа: I боб. Компьютер луғатлари: тезаурус


Download 475.5 Kb.
bet17/27
Sana26.02.2023
Hajmi475.5 Kb.
#1233629
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
kitob yangi oxirgisi

Ijro holati fe’llari. Ijro holati fe’llari asosan, shaxs ijrosi natijasida yuzaga kelgan holatni ifodalaydi. Shaxsning holati albatta ijro qismiga ega bo‘ladi. Ijro muayyan holatning yuzaga kelishida asos, holat esa asoslanuvchi – natija sanaladi. Ijro holatning muhim tomonini tashkil qiladi. Ijro holati fe’llari quyidagilar: saqlamoq, asramoq, o‘qtalmoq, panalamoq, qo‘riqlamoq, poylamoq, salqinlamoq.
Harakatning holati fe’llari. Harakatning holati fe’llarida holat harakatning doimiy belgisi uning mavjudligi, «yashash» usuli, ammo tugallanmagan, davomli belgisi bo‘lib ko‘rinadi. Chunki holatning yo‘qolishi harakatning tugashi bilan yuz beradi, ya’ni harakat holatning manbai, asosi sifatida mavjud bo‘ladi. Shaxs holati harakat bilan birgalikda, bir butun ajralmas holda ma’lum bir xususiyatni ochib beradi.
Harakatning holati fe’llari quyidagilar: og‘irlashmoq (qiyinlashmoq), kuchaymoq, pasaymoq, qizimoq (avjiga chiqmoq), susaymoq, kamaymoq, sustlashmoq, bo‘shashmoq (kuchi ketib, pasaymoq), sekinlashmoq, ko‘paymoq, muloyimlashmoq, zo‘raymoq, yengillashmoq, kasodlanmoq, mayinlashmoq, xiralashmoq (eshitish tiniqligi yo‘qolgan).
Malaka holati fe’llari. Malaka holati fe’llari jonli mavjudotda biror harakat-hodisaga, predmetga nisbatan paydo bo‘lgan muayyan munosabatni, shakllanib, mustahkamlanib, doimiy va davomiy xususiyatga aylangan ko‘nikmani, o‘zlashtirilgan odatni anglatadi. Bunday ko‘nikma va odatlar, asosan, insonga xos muhim xususiyat sifatida baholanadi. Ular inson xarakterining bir ko‘rinishidir.
Malaka holati fe’llari quyidagilar: odatlanmoq, ko‘nikmoq, o‘rganmoq.
Obrazli holat fe’llari. Obrazli holat fe’llari ob’yektiv borliqdagi predmet, hodisalar, ular orasidagi munosabatlar haqida muayyan ma’lumot berishga, emotsionallikka, ekspressivlik darajasining ortiqligiga ko‘ra ajralib turadi.
Obrazli holat fe’llari quyidagilar: alangalanmoq, qaqqaymoq, gavdalanmoq, pishmoq (chiniqmoq va ishlatish uchun tayyor), yonmoq, chaqnamoq, cho‘g‘lanmoq, nurlanmoq, olovlanmoq qotmoq (butunlay harkatsiz), so‘lmoq (g‘am-tashvishdan o‘zini butunlay oldirmoq), jonlanmoq, porlamoq, miltiramoq, mudramoq (harakatsizlikka berilmoq), charaqlamoq, shalpaymoq, shumshaymoq (xunuk ko‘rinmoq), shalvaymoq, shalviramoq, qapishmoq, jilmaymoq (nur sochib tabassum qilmoq), jilvalanmoq va boshqalar.

Download 475.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling