Мундарижа: I боб. Компьютер луғатлари: тезаурус


Download 475.5 Kb.
bet13/27
Sana26.02.2023
Hajmi475.5 Kb.
#1233629
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
kitob yangi oxirgisi

Uchinchidan, so‘zlikning generallashishi(o‘ziga xosligiga nisbatan qaraganda tezauruslar umumiy va maxsus tezauruslarga bo‘linadi. Umumiy tezauruslar umumadabiy til leksikasini ifodalaydi. Maxsus tezauruslar esa asosan, til uslublari leksikasini ifodalaydi:
1. adabiy til tezauruslari yozuvchi tili yoki alohida asar lug‘atlari, evfemizmlar lug‘ati va boshqalar bilan ifodalangan bo‘lishi mumkin ;
2. so‘zlashuv uslubi slenglar lug‘atida ifodalanadi ;
3. hududiy tilning o‘ziga xosligi shevaga oid ideografik lug‘atlarda ifodalanadi;
4. ilmiy til esa ilmiy-texnik tezauruslarda (atamalar) ifodalanadi va boshq.
To‘rtinchidan, leksemalarni ishlab chiqish nuqtai nazaridan qaraganda mavjud tezauruslar uchta asosiy darajaga bo‘linadi:

  1. Kumulyativ – ya’ni leksemalar guruhini, ularning qiymatlarini ta’riflamasdan turib ifodalaydi

  2. Definitiv – guruhdagi har bir leksik birlikning bir tildagi izohlarini o‘z ichiga oladi (K. Marello terminologiyasi) ;

  3. Tarjimaga oid – leksik birlikning mazmunini boshqa til birliklari yordamida ochib beradi.

Shuni tan olish kerakki, hozircha kumulyativ tezauruslar ustunlikni saqlab turibdilar. Bu avvalo ideografik tezauruslarga taaluqli, chunki lug‘atning bu turi tashuvchilar uchun mo‘ljallanganligi sababli va tilning butun leksik ko‘rinishlarini o‘z ichiga olishi lozim, ammo har bir leksik birlikni ta’riflash uni beso‘naqay va foydalanuvchi uchun noqulay qilib qo‘yar edi. Ammo yangi avlod lug‘atlari ko‘pincha ta’riflarni o‘z ichiga oladi va definitiv tezauruslari guruhini to‘ldiradi (asosan, analogik (o‘xshash) tezauruslar).
Beshinchidan va oltinchidan, grammatik-stilistik malakaga, shuningdek, leksemalar faoliyatining namoyishiga nisbatan mavjud tezauruslarni to‘liq va tabaqalashtirilganlarga (differnsiatsiyalangan) bo‘lish mumkin.
To‘liq tezauruslar mukammal qo‘shimcha semantik-funksional tabiatga ega va suratlar bilan bezatilgan boy materiallarni o‘z ichiga oladi; tegishli ravishda, differensiatsiyalangan tezaurusda belgilar tizimi va tasviriy misollar nisbatan kamroqdir.

Download 475.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling