Мундарижа: I боб. Компьютер луғатлари: тезаурус


Download 475.5 Kb.
bet14/27
Sana26.02.2023
Hajmi475.5 Kb.
#1233629
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
kitob yangi oxirgisi

Yettinchidan, taqdim qilingan tillar soniga qarab tezauruslar bir va ikki tillik tezauruslarga bo‘linadi. Bizning nazarimizda, shu turdagi ko‘ptillik leksikografik hosilalari ham mavjud bo‘lishi mumkin.
Sakkizinchidan, leksemlarni semantizatsiyalash uchun ishlatiladigan semiotik turdagi vositalar nuqtai nazaridan qaraganda, bosma nashrdan chiqarilgan an’anaviy tezauruslar, illyustrativ (rasmli) lug‘atlar va aralash semiotik vositali lug‘atlar to‘g‘risida gapirish mumkin. Dunyo leksikografikasida yangilik bu kombinatsiyalangan lug‘atdir. Uning asosiy farqi - bu leksikani tashkil qilishning bir necha turlaridan foydalanilganidir. So‘zlikdagi so‘zlarning alfavitli tartibi, odatda, lug‘atda keltirilgan leksik birliklar ularning ishlatilish sohasi yoki ular izohlaydigan tushunchalarga qarab tezaurus-indekslar bilan mujassamlashtiriladi. Shu yo‘l bilan izohli-ideografik (kombinatsiyalangan) lug‘atlarni, izohli-analogik (o‘xshash) (kombinatsiyalashtirilgan) lug‘atlarni va (potensial) izohli-assotsiativ lug‘atlarni ko‘rsatish mumkin. Bir vaqtning o‘zida izohli, analogik lug‘atlarni va bilvosita bog‘lanishlar lug‘atini o‘z ichida mujassamlashtiruvchi elektron kombinatsiyalashtirilgan lug‘atlar soni ortib bormoqda. O‘z ichida ham lingvistik, ham ensiklopedik axborotlarni mujassamlashtiruvchi bir va ikki tillik maxsus lug‘atlar ham ommalashib bormoqda; biz tomonimizdan tahlil qilingan shu turdagi lug‘atlar, grafik ko‘rinishning umumiyligi, ya’ni alfavit bo‘yicha, va shuningdek, tematik hosilalar bilan ta’minlangan leksikani sistemalashtiradi. Bundan tashqari, ilovalarning giperizohli sistemasi tufayli foydalanuvchi denotativ bog‘langan leksemlar, leksem-giponimlar (giperonimlar) va boshqalar maqolalaridan hyech qanday qiyinchiliksiz foydalanishi mumkin. Bunday lug‘at-tezauruslarni shartli ravishda tilshunoslik-ensiklopedik kombinatsiyalashtirilgan lug‘atlar, deb atashimiz mumkin. Bundan tashqari, lug‘atlarning texnik imkoniyatlari tufayli leksemlarning qo‘shimcha semantik-funksional xarakteristikalari kengaymoqda; bunga, masalan, ovozlashtirilgan lug‘atlar, leksemlarning audioko‘rinishlarini beruvchi lug‘aviy maqolalar misol bo‘la oladi.



Download 475.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling