Мундарижа: I боб. Компьютер луғатлари: тезаурус


Download 475.5 Kb.
bet18/27
Sana26.02.2023
Hajmi475.5 Kb.
#1233629
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
kitob yangi oxirgisi

Biologik holat fe’llari. Biologik holat fe’llari keng ma’nodagi tirik, jonli organizmning hayoti, o‘sishi, rivojlanishi kabilar bilan bog‘lanadi. Ular tirik organizmda tabiiy-zaruriy sodir bo‘luvchi biologik holatlarning nutqdagi ramzi bilan aniqlashadi. Biologik holat fe’llarining mazmunida aks etuvchi irsiy hodisa –holatlar shaxs, hayvon, o‘simliklarning holat belgisida bo‘ladi.
Biologik holat fe’llari quyidagilar: keksaymoq, qarimoq, o‘lmoq, suvsamoq, chanqamoq, ochiqmoq, yosharmoq, ulg‘aymoq, qurimoq (so‘lib o‘sishdan to‘xtamoq), sarg‘aymoq, yetilmoq (yetishib pishmoq), qizarmoq, bo‘rtmoq (ko‘kara boshlamoq), gullamoq (gul ochmoq), chirimoq, so‘linqiramoq, qovjiramoq, so‘lmoq (normal o‘sib turgan holatini yo‘qotmoq) va boshqalar.
Fiziologik holat fe’llari. Fiziologik holat fe’llari holat fe’llarining tarkibidagi eng keng va katta hisoblangan qismidir. Ular inson va hayvon organizmining jismoniy holatini ifodalaydi. Bu holat fe’llari ma’nosida jonli mavjudotlar organizmida, ularning muayyan organlarida vujudga kelgan aniq fiziologik o‘zgarishlar aks etadi. Bu fiziologik o‘zgarishlar jonli mavjudotlarda:
1. Jismoniy o‘zgarish natijasida: hurpaymoq, qonsizlanmoq, so‘lg‘inlashmoq, charchamoq......va hokazo.
2. Jismoniy jarayon holatida: hansiramoq, suzilmoq, g‘ilaylashmoq, jimirlamoq....yuz beradi.
Fiziologik holat fe’llari quyidagilar: uxlamoq, charchamoq, shilpiqlanmoq, toliqmoq, mung‘aymoq, bo‘zraymoq, terlamoq, og‘rimoq, sulaymoq, oriqlamoq, ozmoq, isitmalamoq, bezraymoq, yig‘lamsiramoq, mizg‘imoq, sovqotmoq, namiqmoq, kasallanmoq, semirmoq, yo‘g‘onlashmoq, to‘lishmoq, majolsizlanmoq, chiniqmoq, qoraymoq (qora tusga kirmoq), qonsizlanmoq, qotmoq (muzlamoq, sovqotmoq), ravshanlashmoq (yaxshi ko‘radigan bo‘lib bormoq), tirishmoq, isimoq, pishiqmoq, yelimlashmoq, suzilmoq, changaklanmoq, qontalashmoq va boshqalar.
Psixik holat fe’llari. Psixik holat fe’llari inson ruhiy faoliyatini, va holatini ifodalaydi. Ushbu fe’llar insonda yuz bergan yoqimli va yoqimsiz tuyg‘ularni, tinchlik – farog‘at, hayajonlanish va ma’yuslanish, dadillik va taraddudlanish, quvonish va g‘azablanish, qo‘rquv va shodlik5 kabi ijobiy va salbiy hissiyotlarni ifoda etishi bilan boshqa holat fe’llarining guruhlaridan ajralib turadi.
Psixik holat fe’llari quyidagilar: o‘ng‘aysizlanmoq, qo‘rqmoq, ajablanmoq, zavqlanmoq, sevinmoq, achinmoq, cho‘chimoq, uyalmoq, afsuslanmoq, asabiylashmoq, quvonmoq, gerdaymoq (manmanlik qilmoq, kerilmoq), yumshamoq (jahldan tushmoq), qizarmoq (uyalmoq), achchiqlanmoq, ranjimoq, bo‘shashmoq (hovuridan tushmoq), mudramoq, xavotirlanmoq, zerikmoq, g‘azablanmoq, taajjublanmoq, hayajonlanmoq, o‘pkalamoq, ikkilanmoq, iymanmoq, sovimoq (ko‘ngli qolmoq), betoqatlanmoq, tinchimoq, siqilmoq, shubhalanmoq, qiynalmoq, hadiksiramoq, chidamoq va boshqalar.
O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, biz bunday fe’llarni juda ko‘p qo‘llaymiz. Kunida bir necha marotaba bu fe’llarga murojaat etamiz. Shu sababli ham fe’llar lug‘atimizning asosiy qismini tashkil etadi.
Yuqorida sanalgan fe’llardan ayrimlarini, masalan, harakat natijasi bo‘lgan holat fe’llari tarkibiga kiruvchi tinmoq fe’lini olib ko‘ramiz.




        1. Download 475.5 Kb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling