1. Morfologiya va sintaksisga aloqadorligi;
2. Talaffuz qilinishi;
3.Ma’nolar tarkibi;
A) so‘zning asl ma’nosi;
B) sinonimi;
C) antonimi;
D) giperonimi;
E) giponimi;
4. Qarindosh so‘zlar;
5. So‘zlarning etimologiyasi;
6. Frazeologizmlarda qo‘llanishi;
7. Boshqa tillarda qo‘llanishi.
Tadqiqotning obyekti va predmeti sifatida “O`zbek tilining izohli lug`ati” ning “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan 2006-yil nashri, “O`zbek tilining etimologik lug`ati” Sh.Rahmatullayev, 2007-yil Toshkentda Xosiyat Suvonova Tomonidan nashr ettirilgan “O`zbek tilining shakldosh so`zlar o`quv lug`ati” asos qilib olindi.
Tadqiqot uslubiyati va uslublari. Tadqiqot davomida statistik metod, kompanent tahlil metod, transformatsion metodlaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi. Har qanday tilning so‘zlari ro‘yxati to‘liq lug‘at, ya’ni undagi so‘z yasalishi va shakl yasalishi bilan belgilanadi. So‘zning u yoki bu so‘z turkumiga xosligi ham lug‘at orqali aniqlanadi. O‘zbek tilida gapning asosini kesim tashkil etadi, kesimsiz to‘liq shakllangan gap bo‘lmaydi. Shu sababli ham biz fe’lga e’tiborimizni qaratmoqchimiz. Fe’l gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘lanib kesim, ega, to‘ldiruvchi, hol vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe’l maxsus shakllarga ega bo‘ladi. Turli gap bo‘laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari fe’lning vazifa (funksional, xoslangan) shakllari sanaladi va bu tilshunosligimiz erishgan yutuqlar asos bo`ladi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi. Tadqiqot natijalaridan, nafaqat, lingvistika yo`nalishida ta`lim olayotgan bakalavr va magistr talabalar, balki ishlab chiqarishning har bir soha vakillari hamda o`z ehtiyojlari nuqtayi nazaridan barcha shaxslar foydalana olishlari mumkin.
Tadqiqotning tuzilishi va tarkibi. Magistrlik dissertatsiyasi Kirish, 3 bob, 4 bo`limdan iborat. Asosiy qism, Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |