Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti doktoranti Suyunov Baxodir Turdiyevichning
Download 44 Kb.
|
Dissertatsiyaga taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Terminologik tizim va tibbiy terminlar tadqiqi”
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti doktoranti Suyunov Baxodir Turdiyevichning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Tibbiy terminlar semantikasi va tezaurusi” mavzusida filologiya fanlari doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferatiga TAQRIZ Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlarning o‘zbekcha muqobillarini yaratish, ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik vazifaga aylandi. Ona tilimizni, uning ichki va tashqi imkoniyatlarini yanada teranroq tadqiq etish, terminologiyaning dolzarb masalalarini atroflicha o‘rganish hozirda, ayniqsa muhimdir. Tildagi terminlar soha asoslarini o‘zlashtirishdagi asosiy tayanch tushunchalar bo‘lib, uning taraqqiyotini belgilovchi omil hisoblanadi. Tibbiyot sohasi kishilik jamiyatining ajralmas qismi sifatida inson faoliyatining asosiy qirralarini qamrab oladi. Shu jihatdan tibbiy terminlarni o‘rganish, terminologiyaning nazariy va amaliy masalalarini ilmiy asosda atroflicha tadqiq etish, tibbiy terminlar semantik maydonidagi o‘zaro aloqadorlik, partonimik, ierarxik munosabatlarni tahlil qilish, mazkur soha tushunchalarini tizimli ravishda o‘zlashtirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mazkur ilmiy tadqiqot ishi ayni shu muammoga bag‘ishlanganligi bilan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Dissertatsiyaning tuzilishi va uning mazmuni O‘zR OAK talablariga javob beradi. Dissertatsiya kirish (doktorlik (DSc) dissertatsiyasi annotatsiyasi), to‘rt bob, xulosalar, umumiy xulosa, shartli qisqartmalar, adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan tashkil topgan bo‘lib, uning umumiy hajmi 225 sahifadan iborat. Tadqiqotning birinchi bobi “Terminologik tizim va tibbiy terminlar tadqiqi” masalalariga bag‘ishlangan. Mazkur bobda terminologik tizim, umuman terminlarning tilimizda tutgan o‘rni va ahamiyati, ularning leksik-semantik, morfologik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, terminologiyaning nazariy va amaliy jihatlari atroflicha tadqiq qilingan. Terminografiya va tibbiy terminlar lug‘atlari tahliliy o‘rganilgan. Xususan, dastlabki lug‘at sifatida Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridan namunalar keltirilgan, o‘zbek leksikografiyasi va terminologiyasining shakllanishida XIV asrga oid asarlar va boshqa ilmiy manbalarning o‘rni va ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. XIV asrga oid Abu Hayyonning “Kitob ul-idrok li-lison ul-atrok”, Xalil bin Muhammad bin Yusuf al-Ko‘nyaviy tomonidan yaratilgan “Kitobi majmuai tarjumoni turki va ajami va mug‘ali”, muallifi noma'lum “Kitobi attuhfat uzzakiyati fi-l-lug‘atit turkiya”, Jamoluddin Turkiyning “Kitob bulg‘at al-mushtoq fi-l-lug‘atat-turk va-l-qifchaq”, “Al-qavoninul kulliya li-zabtil-lug‘atit-turkiya” kabi asarlarning o‘rni, terminologik tizim va tibbiy terminlar haqida so‘z yuritilgan. Rus tilshunoslari A.G.Smirnova, G. Borisova, M.V.Lomonosov, N.M.Karamzin, D.S.Lotte, S.M.Velichkova, M.V.Oznigin, shuningdek o‘zbek tilshunos olimlari D.X.Bozorova, A.Husanovlar, R. Doniyorov, K.M.Musaev, A.Qosimov va boshqalarning tadqiqotlari tavsiflangan. Ikkinchi bobda Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling