Mundarija i-bob. Metodlar haqida umumiy tushuncha metodika tushunchasi
Pedagogik psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 88.11 Kb.
|
Abdulhamid 12 04
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.
Pedagogik psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Shaxs tarakkiyotidagi ichki ziddiyatlar psixik tarakkiyotning xarakatlantiruvchi kuchidir. Asosiy ziddiyatlardan biri shaxsda paydo buladigan yangi extiyojlar va ularni kondirish uchun zarur vositalarning etishmasligidir. SHaxs tarakkiyotining erishgan darajasi, xayot tarzi va uning ijtimoiy munosabatlar sistemasida tutgan urni urtasidagi ziddiyat xam muxim ziddiyatlardan biridir. SHaxs yangi sharoitga moslashishga intiladi (bog’chada, maktabda). Ta’lim va tarbiya jarayoni xam shaxs oldiga yangi vazifalarni kuyadi, faoliyatning yangi motivlarini xosil kiladi. Psixologiya fanida yosh davrlarini tabakalash buyicha kator nazariyalar mavjud. Masalan, psixodinamika nazariyasini yorkin vakillaridan biri e.erikson nazariyasiga kura inson umri 8 davrga bulinadi: 1-davr – gudaklik; 2-davr – ilk bolalik; 3-davr – uyin yoshi; 4-davr – maktab yoshi; 5-davr – uspirinlik; 6-davr – yoshlik; 7-davr – etuklik; 8-davr – karilik davri. E.Shpinger, K.Byuler, A.Maslou va boshkalar personologik nazariyaning vakillari bulib, ular yosh davrlarini shaxs “men” xususiyatlarining shakllanishi boskichlari deb xisoblaydilar. Kognitivistik yunalishning asoschilari katoriga J.Piaje, Dj.Kelli va boshkalarni kiritish mumkin. J.Piaje intellektni kuyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi. sensomotor intellekti ( tug’ulishdan 2 yoshgacha) operaciyalardan ilgari tafakkur davri (2 yoshdan 7 yoshgacha) konkret operaciyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha) formal (rasmiy) operaciyalar davri. Sobik sovet psixologlari L.S.Vigotskiy, L.I.Bojovich, D.B.el’konin, A.A.Lyublinskaya, V.A.Kruteckiy, A.V.Petrovskiylar xam yosh davrlarini uziga xos tabakalash nazariyalarini yaratdilar. Ular orasida D.B.el’koninning tasnifi aloxida urin tutib, etakchi faoliyat nazariyasiga asoslanadi. Bu nazariyaga kura xar bir yosh davrida biror faoliyat turi inson shaxsi shakllanishida asosiy rol’ uynaydi. Bu yosh davrlari kuyidagilar: gudaklik davri – tug’ilgandan 1 yoshgacha; asosiy faoliyat – bevosita emocional mulokot. Ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha; asosiy faoliyat – predmetli faoliyat. Maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha; asosiy faoliyat – rolli uyinlar. Kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 10 yoshgacha; asosiy faoliyat – ukish. Usmirlik davri – 10 yoshdan 15 yoshgacha; asosiy faoliyat – mulokot. Ilk uspirinlik davri – 15 yoshdan 18 yoshgacha; asosiy faoliyat – ukish, kasb tanlash. Psixik tarakkiyotning bir boskichidan ikkinchisiga utish boskichlarida yosh krizislari yuz beradi. Krizislar ikki yosh davri oralig’ida yuz berganligi sababli 1 yosh davrining tugashi va ikkinchi yosh davrining boshlanishiga tug’ri keladi. Barcha yosh krizislari ba’zi umumiy belgilarga ega. Bolalar krizislar davrida kaysar, asabiy bulib koladilar, kattalar bilan nizolar paydo buladi, avvalo bajaradigan ishlarini kilishdan bosh tortadilar. Krizislar davrida paydo buladigan yangi extiyojlari kondirilmaydigan bolalar shunday reakciya namoyon kiladilar. SHaxsning ontogenezidagi ijtimoiy rivojlanish 2 yunalishda: ijtimoiylashuv va individuallashuv kurinishida bulib turli yosh davrlaridagi krizislar xam mos ravishda turli xarakterga ega. Masalan: 1, 6, 15 yoshlilar krizislari ijtimoiy tajribani uzlashtirish muxitda uz poziciyalarini mustaxkamlash bilan bog’lik bulsa 0, 3, 10, 17 yoshdagi krizislar esa uzini anglash, kursatish, atrofdagilarning tan olishi uchun kurashish asosida yuzaga keluvchi krizislardir. Bola avval ma’lum darajaga etib, keyin tarbiyalanmaydi, balki ta’lim va tarbiya jarayonida psixik rivojlanadi. Bunda psixologlar Vigotskiy tomonidan aniklangan koidaga, ya’ni ta’lim berish bola kulga kiritib bulgan rivojlanish darajasini kuzlamasdan, bir muncha olg’a ketish, bolaning tafakkurida uning mavjud imkoniyatlarini bir muncha oshiradigan talablar kuyishi u erishgan va yaxshi uzlashtirib olgan analitik-sintetik faoliyat darajasini talab kilish kerak degan koidaga asoslanadilar. L.S.Vigotskiy ta’limining akliy rivojlanishdagi etakchi rolini ta’kidlar ekan, ta’lim bolaning rivojlanishidagi kechagi kunga emas, balki ertangi kunga tayanmog’i lozim deb xisoblangan edi. Ta’lim rivojlanishning fakat tugallangan darajasi asosida kurilmasdan, avvalo xali unga tarkib topmagan narsalarga tayanmog’i kerak. L.S.Vigotskiy boladagi akliy rivojlanishning 2 darajasi xakidagi koidani ifodalab berdi. Birinchi daraja, Vigotskiy atyganidek, aktual rivojlanish darajasi – ukuvchi tayyorligining mavjud darajasi bulib, u ukuvchining kanday topshiriklarni tula mustakil bajara olishi bilan xarakterlanadi. YAncha yukori bulgan ikkinchi daraja (uni Vigotskiy eng yakin rivojlanish zonasi deb atagan) bolaning nimani mustakil bajara olmasligini, lekin ozrok yordam bilan (yul-yurik beruvchi savollar ...) nimaning uddasidan chika olishini kursatadi. Vigotskiy bola bugun kattalar, ukituvchi yordamida bajarayotgan narsani ertaga mustakil ravishda uzi bajaradi, eng yakin rivojlanish zonasiga kirgan narsalar, ta’lim jarayonida aktual rivojlanish jarayoniga utadi deb ta’kidlagan edi. Xar kanday psixik funkciya inson xayoti davomida 2 marotaba namoyon buladi: avval ijtimoiy, sungra psixologik xarakterdadir, avvaliga psixik funkciya odamlar orasida interpsixik kurinishda bulsa, sungra bola uchun intrapsixik kurinishdadir. Bu konuniyat barcha psixik funkciyalar, ixtiyoriy dikkat, mantikiy xotira tushunchalarining, irodaning rivojlanishiga tegishlidir. Xar kanday funkciya avval boshka odamlarga karatilgan bulib, sungra shaxsning ichki funkciyasiga aylanadi. Ontogenezda psixik bir boskichdan sifat jixatdan boshka bosikchga kadamma-kadam utishdir. Xar bir yosh davrlarda tashki ta’sirga psixikaning sezuvchanlik xususiyati turlicha bulib, u yoki bu psixik funkciya rivojlanishi uchun kulay sharoit yaratiladi. Bunday davrni – shu psixik funkciyaning senzitiv davri deyiladi. Masalan, 1 yoshdan 3 yoshgacha davr nutk rivojlanishining senzitiv davridir. Kichik maktab yoshi ukuv faoliyati uchun senzitivdir. Bu yoshdagi bolalarning xususiyatlari, xususan ukituvchining obruli ekanligi, ishonuvchanligi, tirishkokligi bunga imkon beradi. Uspirinlik yoshi esa uz ichki dunyosini bilish uchun kulay davrdir. Ularning emocional sferasining boyishi, uz-uzini boshkarish va ma’suliyati seziladi. Bola psixik rivojlanishining turli yunalishi mavjudligini unutmaslik lozim. Funkional rivojlanish bevosita bilim va malakalarni uzlashtirish bilan bog’lik bulsa, yosh davriga xos psixofiziologik rivojlanish bilan belgilanadigan yosh davri rivojlanishida. Pedagogik fanlarni o’qitishning asosiy shakllarilariga quyidagilar kiradi: 1. Ma`ruza. 2. Seminar. 3. Amaliy 4. Laborotoriya 5. Mustaqil ta`lim. Ma'ruza - bu, o’qituvchi tomonidan bilimni bayon etish. Ma'ruzada keng hajmli bilim monologik yo'l bilan bayon qilinadi. Qoidaga ko'ra, ma'ruza metodi yuqori sinflarda qo’llanadi. Ma'ruzaning mohiyati shundaki, u o’quvchilarning bilimni to'liq va tugallangan, mantiqan, o'zaro bog`liq holda o'zlashtirishiga yordam beradi.Hozirgi davr pedagogik tajribada ham, ma'ruza bahs metodi qullanilmoqda. Bu metod o’quvchilarning mustaqil fikrlash, o'z mulohazalarini isbotlash, asoslashni bilishlarida muhim omil bo'layapti. Zero, puhta tayyorgarlik bilan uyushtirilgan bahs o'kuvchilarning ta'lim va tarbiyada muammoni chuqur tushunish yo'llarini, unga nisbatan bo'lgan o'z fikr-mulohazalarini himoya qilishni, boshqalar fikri bilan hisoblashish odobini egallashlarida alohida ahamiyatga ega. Ma'ruza metodida ko'zlangan asosiy maqsad - o’quvchilarda bilimni mustaqil egallash qobiliyatini hosil qilishdir.Ma'ruza yangi bilimni o'tishda uning qism larini umumlashtirishda, murakkab qonun-qoidalarni yakunlashda, muammoli masalalarni o'rganishda, o’quv fanlari o'rtasidagi o'zaro aloqani o'rganishda qo’llaniladi. Ma'ruza, asosan ijtimoiy fanlarni o’qitish jarayonida qo’llanmoqda. Ma'ruza darslarini tashkil etish ancha murakkab va ko'p mehnat talab qiladigan ishdir. Ma'ruza darsi tajribali, yuksak darajada pedagogik mahorat asosida tashkil etiladi. Ma'ruzadan faqat fan, o’quv predmeti asoslari borasidagi ma'lumotlar berib qolmasdan, balki o'kuvchilarni ijtimoiy-g`oyaviy jihatdan tarbiyalab borish talab etiladi. Ma'ruza jarayonida asosiy e'tibor o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilim va faoliyat malakasini oshirishga qaratilgan. Maktab amaliyotida ma'ruzaning quyidagi turlaridan keng foydalanilmoqda: ma'ruza-hikoya, ma’ruza-suhbat, ma'ruza-munozara hamda ommaviy ma'ruza. Ma'ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi. Shu bois ma'ruzachi-o’qituvchida ma'ruza mavzusi yuzasidan reja hamda konspekt bo'lishi lozim. Ma'ruza umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda yangi turdagi o’quv muassasalarida 45 daqiqalik bir akademik soatdan iborat bo'ladi. Umumiy qoidaga muvofiq ma'ruza bir dars davomila ohiriga etkazilmay holgan bo'lsa, u yangi mashg`ulotda davom ettiriladi. Har bir mavzu bo'yicha ma'ruza materiallari tushuntirib bo'lingach, o’quvchilar bilan savol-javob o'tkaziladi. harbir mavzu yuzasidan foydalanish lozim bo'lgan adabiyotlar ro'yhati taqdim etiladi. Ma'ruzachi va tinglovchilar o'rtasidagi muloqatni yuzaga keltirish uchun uchta guruh shartlari mavjuddir. Birinchi guruh sharti ma'ruza mazmuni va tuzilishiga bog`liq bo'ladi. Bularga quyidagilar kiradi. Ma'ruzalarga ularni o'tkazishga qat'iy talablar qo’yiladi: 1. Ma'ruzani mazmuni va tuzilishi aniq ishlab chiqilgan bo'lishi kerak. 2. Ma'ruza aniq reja asosida tashkil etilishi. 3. Ma'ruza ilmiy faktlar va ma'lum otlarga boy bo'lishi kerak. 4. Ma'ruzada fan-tehnikaning eng so'nggi yangiliklari yoritilishi zarur. 5. Ma'ruza uchun materiallar chuqur o'rganilgan holda tanlanishi kerak. 6. Ma'ruza mazmuni asosiy tushunchalarni yoritishga qaratilgan bo'lishi kerak. 7. Ma'ruzada ilmiy adabiyotlar tahlili, o'tilayotgan mavzuni darslikda yoritilishiga ob'ektiv baho berish zarur. Ikkinchi guruh shartlari ma'ruzachini sifatlariga qaratilgan talablardir: 1. Ma'ruzachi aniq g`oyaviy va ilmiy bilimlarga ega bo'lishi.
Yuqorida sanab o'tilgan uch guruh shartlari birgalikda amalga oshirilsagina, hamma talablarga javob beradigan ma'ruzani o'tish mumkin bo'ladi. Ma'ruza, asosan ijtimoiy fanlarni o’qitish jarayonida qo’llanmoqda. Ma'ruza darslarini tashkil etish ancha murakkab va ko'p mehnat talab qiladigan ishdir. Ma'ruza darsi tajribali, yuksak darajada pedagogik mahorat asosida tashkil etiladi. Ma'ruzadan faqat fan, o’quv predmeti asoslari borasidagi ma'lumotlar berib qolmasdan, balki o’quvchilarni ijtimoiy-g`oyaviy jihatdan tarbiyalab borish talab etiladi. Ma'ruza jarayonida asosiy e'tibor o'kuvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilim va faoliyat malakasini oshirishga qaratilgan. Seminar mashg`ulotlarining vazifasi - darslarda bayon qilingan nazariy fikrlarni konkretlashtirish, chuqurlashtirishdan, o’quvchilar bilimini tekshirish va mustahkamlashdan, adabiyotni o'rganish ko'nikmasini hosil qilish, uni konspekt qilish, suhbatlar, dokladlar, ota-onalar uchun konsultaciyalarning plan va konspektlarini tuzishdan, kursning konkret temasini og`zaki bayon qilish qobiliyatiga ega bo'lishdan iboratdir. Seminar mashg`ulotlari uchun kursning eng muhim va murakkab masalalari shuningdek, adabiyotlarda etarli darajada to'liq yoritilgan va o'kuvchilarning o'zlari mustaqil ravishda o'rgana olishlari mumkin bo'lgan masalalar tanlab olinadi. Seminarning harbir temasi bo'yicha o’quvchilarga adabiyotlar ro'yhatini berish, topshiriqning harakterini belgilash, uni bajarish plani va hisobot formasini ko'rsatish kerak. Adabiyotlarni o'rganayotganda o’quvchilar konspekt yoki ota-onalar uchun konsultaciyalarning tekstlarini tuzadilar. Seminar mashg`ulotlarini quyidagicha tashkil etish mumkin: avvalo o’qituvchi seminarning vazifasi va uni o'tkazish tartibini belgilaydi. So'ngra nutq so'zlash uchun o'kuvchilarga so'z beradi. Shundan keyin ishtirok etuvchilar nutq so'zlaganlarga savollar beradi, ular javob qaytarishadi. Keyin boshqa o'quvchilar nutq mazmuniga haratkeristika berib, uni to'ldiradilar (yutuq va kamchiliklar ko'rsatiladi). O’qituvchi seminarni yakunlar ekan, asosiy nutqni baholaydi, uning mazmuni, ifoda formasi ko'rgazmali qurollar (jadvallar, rasmlar, fotosuratlar va boshqalar) dan foydalanish darajasiga harakteristika beradi, shuningdek, boshqa o'kuvchilarning nutqlari to'g`risida ham fikr mulohazasini aytadi. Mashg`ulot so'ngida qo'yilgan vazifa qanday bajarilganligini aytib o'tish va navbatdagi seminarga tayyorlanish uchun tavsiyalar berish muhim. Laboratoriya mashg`ulotlari - bu o’qituvchi rahbarligida va belgilangan reja asosida yangi bilim bo'yicha tajriba o'tkazish jarayonida amalga oshiriladigan aniq amaliy vazifalardir. Yangi bilimni egallash bo'yicha o'tkaziladigan laboratoriya mashg`uloti quyidagi metodik priyomlar orqali amalga oshiriladi: - mashg`ulot mavzuini va amalga oshiriladigan vazifalarni aniqlash; - mashg`ulot tajriba-bosqichlarini aniqlab olish; - mashg`ulotning borishini, ishning tehnik havfsizlikka rioya qilingan holda bajarilishini kuzatib borish; - mashg`ulotni yakunlash, asosiy hulosani bayon etish. Laboratoriyada o'tkaziladigan mashg`ulot-tajriba o'kuvchilarning hozirgi davrdagi ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini, tajribada qo’llanadigan asboblarga ongli munosabatda bo'lish ko'nikmasini, tehnik bilimni egallab olishlariga zamin yaratadi.Bu mashg`ulotda o’quvchilar o’qituvchining topshirig`i bo'yicha asboblardan foydalanib, biror hodisani reja asosida tadqiq etadilar. Amaliy mashg`ulotlarda mavzuning yirik qism lari o'rganiladi. Bu - umumlashtiruvchi tarzda bo'ladi. Mazkur ish faqat sinfda emas, balki sinfdan tashqarida ham amalga oshiriladi. Laboratoriya mashg`uloti quyidagi priyomlardan tashkil topadi: - mashg`ulot maqsadini belgilash; - bajariladigan ishni, unga rahbarlik qilish tartibini belgilab olish; - ish tugagach, uni yakunlash. v Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot va rivojlanish.
Download 88.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling