Mundarija I. Kirish 2 II. Asosiy qism 3
Download 96.22 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.Xulosa
Muammoli vaziyat.
Atomning yadrosida protonlar joylashgan demak u musbat zaryadlangan , yadro atrofida elektronlar harakat qiladi ularning zaryadi manfiy , nega elektrostatika qonunlariga asosan elektronlar yadroga qulab tushmaydi ? O`qituvchi o`quvchilarga bu keysni o`qib eshittirgach, savollarga javob topish uchun yangi mavzuni diqqat bilan o`qib chiqishi va mexanika bilimlarini qo`llashi lozimligini ta’kidlaydi. Keyingi dars bayoni yakunida muammo yechiladi hamda o`tilgan mavzuni qo`llash ko`nikmalari shakllantiriladi. (Keysning javobi : markazdan qochma kuch uni ushlab turadi, chunki elektron aylana bo`ylab noldan farqli tezlik bilan harakatlanadi. III.XulosaMazkur kurs ishida fizika faniga fundamental bilimlarni shakllantiradigan maktab dars jarayonlarida qo`llaniladigan metodlar yortilib berildi va unga yangilik sifatida “Start of phisics” metodi kiritildi. Bu metod orqali darsni yaxshi o`zlashtirmagan o`quvchilar bilan ishlash imkonini yaratsa bo`larkan. Yuqoridagi pedagogik texnologiyalarni qo`llab o`tkazilgan fizika dars jarayonlari o`quvchilar tomonidan ham ijobiy qabul qilinadi. Oddiy, an’anaviy usulda tashkil qilingan dars jarayonidan farqli ravishda pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilgan dars jarayoni o`zining sezilarli samarasini ko`rsatadi.Ya’ni pedagogik texnologiyalarni qo`llash orqali o`quvchining darsga bo`lgan e’tiborini oshirish mumkin bo`larkan. Ushbu kurs ishida “Atom fizikasi” bo`limiga oid ma’lumotlarni turli xil metodlar qo`llash orqali o`quvchilarga yetkazib berish ketma-ketligi ko`rsatilgan. Masalan “Tushunchalar tahlili” metodida jadval orqali ma’lumot yetkazib berilgan. Bunda o`quvchilar jadval orqali ma’lumotlarni tezda tushunib olishadi. Shunday qilib, mazkur kurs ishi davomida pedagogik texnologiya haqida ma’lumot, unga bir qancha ta’riflar berib o`tildi. Pedagogik texnologiyalarni qo`llash usullari fizikaning Optika bo`limini takrorlashda, yangi- atom fizikasi mavzusi bayonida tahlil qilindi. Pedagogik texnologiyalarni ma’ruza mashg‘ulotlarida qo`llashda o`qituvchining pedagogik mahorati katta rol o`ynaydi. Shuning uchun har bir pedagog dars jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo`llashni juda chuqur o`zlashtirishlari lozim. Chunki yangi tahrirdagi pedagogik texnologiyalar bilan ishlash keng ma’noda o`ylab ko`rilsa zamon talabi hisoblanadi. Umumiy olib qaraganda ushbu kurs ishidan eng asosiy xulosamiz shuki, “Atom fizikasi”ni yangi hamda o`quvchilar tushinishi oson bo`lgan shaklda qiziqarli metodlar orqali yoritib berishdir. Download 96.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling