Mundarija I. Kirish 2 II. Asosiy qism 3
Download 96.22 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demokrit
- Yadro fizikasi instituti
- E.Rezerford
1-jadval.
Dars maqsadi :Atom tuzilishi va uning xossalarini o`rganadi. O`qituvchi yangi mavzuni 20 minut ichida maruza tarzida tushuntirish lozim. U quydagi ma’lumotlarni o`quvchilarga yetkazadi: Atom fizikasi bo`limiga kirishda ushbu ma’lumotlarni aytish o`rinlidir: Atom haqidagi tassavurlar mil.av. VI–V asrlarda Demokrit, o`rta asrlarda yashab o`tgan Ar-Roziy, Abu Rayhon Beruniy tomonidan aytilgan. Keyinchalik 1897yilda J.Tomson elektronni kashf qildi va atom tarkibida elektron bor degan nazariyani ilgari surdi. 1911-yil E.Rezerfordatomning planetar modelini kashf qildi. 1913-yilda esa N.Bor vodorod atomi misolida atom nazariyasini yaratdi. Shu kabi atom fizikasining yaratilishiga asos bo`lgan fundamental kashfiyotlar juda ko`p va hozirgi kunga kelib atom fizikasi butun dunyoda shu jumladan O`zbekistonda ham rivojlantirilmoqda. Chunonchi, O`zbekiston fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida ham yadro fizikasi sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mazkur institut Yer yuzida yadro xavfsizligini ta’minlash masalalari bo`yicha Atom Energiyasi Bo`yicha Xalqaro Agentligi bilan faol hamkorlik qilmoqda. Atom haqidagi umumiy tushuncha, uning ma’nosi va u nimalardan tashkil topgani tepadagi “Tushunchalar tahlili” jadvalida va klasterda ko`rsatilgani yana bir bor aytib o`tiladi.Endi atomni tasavvur qilish uchun J.Tomson tomonidan taklif etilgan modeli bilan tanishtiradi: 3-rasm. Tomsonning fikriga ko`ra atommning tuzilishi huddi tepadagi rasmda ko`rsatilgandek bo`lib, atomning musbat zaryadi uning butun hajmini egallaydi va bu hajmda bir xil zichlik bilan taqsimlanadi. Eng oddiy atom bo`lmish vodorod atomining radiusi 10−8m bo`lgan musbat zaryadli shardan iborat, bu sharning ichida elektron shoylashgan. Yanada murakkabroq bo`lgan atomlarda atom ichida bir nechta elektron joylashadi va bu bilan atomni keksga o`xshatish va elektronlarni undagi mayiz singari joylashgan deyish mumkin. Atom musbat va manfiy zaryadlangan zarralardan tashkil topganligi haqidagi Tomsonning fikrlari to`g’ri edi. Lekin atom musbat zaryadlangan shar, uning ichida manfiy zaryadli elektronlar joylashganligi haqidagi fikrlar Rezerford tajribalarida o`z tasdig’ini topmadi. Endi esa atomning planetar modeli haqida o`quvchilarga ma’lumotlar beriladi. Buyuk ingliz fizigi E.Rezerford o`z shogirdlari( Geyger, Masden ) bilan 1908-yildan boshlab atom tuzilishiga oid tajribalar o`tkaza boshladi. Rezerford tajribalari natijalaridan atomning planetar modeli bevosita kelib chiqadi. Atom markazida uning deyarli barcha massasi yigʻilgan musbat zaryadli yadro joylashgan. Elektronlar yadro atrofida doimiy ravishda harakatda boʻladi. Elektronlar yadro bilan elektr ta’sirda boʻladi. Elektronlar yadro atrofida xuddi Quyosh atrofida sayyora (planeta)lar aylangani kabi aylanadi. Masalan, vodorod atomida yadro atrofida faqat bitta elektron aylanib yuradi. Vodorod atomi yadrosining zaryadi qiymati jihatidan elektron zaryadiga teng, massasi esa elektron massasidan 1836,3 marta kattadir. Atomning oʻlchami 10−8 cm atrofida boʻlib, u elektron orbitasining diametri bilan oʻlchanadi. Atom yadrosining diametri esa 10−12 va 10−13 cm tartibdadir. Bundan yadro elektrondan 10000-100000 marta kichik ekanligi ma'lum boʻldi. 1911-yilda Rezerford tomonidan e'lon qilingan atom tuzilishining planetar modeli quyidagidan iborat: 4-rasm. Keyinchalik atom yardosining proton-neytron nazariyasi kashf qilindi, bu nazariya yadro ikkita zarrachadan-proton va neytrondan tashkil topgan degan g’oyani ilgari surgan va yadrodagi Z protonlar soni, N neytronlar soni yig’indisi atom massa soniga teng va A bilan belgilanadi: Download 96.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling