Excel dasturida iqtisodiy masalalarni yechish. Progressiya. Saralash amallar


Download 404 Kb.
bet1/7
Sana01.03.2023
Hajmi404 Kb.
#1241930
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
EXCEL DASTURIDA IQTISODIY MASALALARNI YECHISH. PROGRESSIYA. SARALASH AMALLAR


EXCEL DASTURIDA IQTISODIY MASALALARNI YECHISH. PROGRESSIYA. SARALASH AMALLAR


Reja:

    1. Bosh va tanlanma to‘plam

    2. Statistik baholar va ularning xossalari

    3. Foydalanilgan adabiyotlar

Shuni unutmasligimiz keraki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan akademik litseylar va kasb–hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb–hunar va ilm-ma`rifat sirlarini o‘rganayotgan, hozirdanoq 2-3 tilda bemalol gaplasha oladigan ming–minglab o‘quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o‘z istedodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu-intilishlarimiz bugunning o‘zida o‘z hosilini berayotganining guvohi bo‘lyapmiz.
Muhtasar qilib aytganda oxirgi yillarda ta`lim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz biz ko‘zlagan ezgu niyatlarimiz erishish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma`naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratdi, desak hech qachon xato bo‘lmaydi.
O‘rganilayotgan tushuncha va uslublar hayotda va tabiatda ro‘y berayotgan hodisalarni matematik modellashtirish vositasi ekanligi to‘grisidagi tasavvurlarni shakllantirishni amalga oshirishga xizmat qiladi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida matematikani o‘qitishda ko‘zda tutilgan asosiy maqsad quyidagidan iborat;
O‘quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakillantirib borish natijasida ularning aql-zakovati rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqul yo‘llarini topa olishga ko‘maklashishi;
O‘quvchilarni vatanparvarlik, milliy g'ururni tarkib toptirishni rivojlantirish; O‘quvchilarni qomusiy olimlarimizning matematika rivojiga qo‘shgan ulkan hissalaridan xabardor qilish;

Download 404 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling