Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism I bob. O’qish darslarining maqsad va vazifalari, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati


Download 133.55 Kb.
bet2/18
Sana06.10.2023
Hajmi133.55 Kb.
#1694257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
4-sinf ona tili darslarida sintaksisga oid bilimlar berishda maqollar bilan ishlash metodlari

Mavzunung o’rganganlik darajasi. Bugungi kunga qadar bolalar badiiy adabiyotni o’rgatish va ularning nutqini o’stirish ustida ishlash borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilgan. Chunki boshlang’ich ta’limda ta’limda bola nutqi rivojlantirilsa, ular hikoya qilish bilan tanishtirilsa, bolalar adabiyoti vakillari hamda badiiy adabiyot ustida ishlash tizimi ma’lum me’yorga keltirilsa, bola hayotining keyingi bosqichlarida bog‘lanishli nutq bilan bog‘liq masalalar biroz bartaraf etilgan bo‘ladi. O’quvchilarni hikoya qilishga o’rgatish ustida ishlash ravon nutqning turi sifatida o’quvchilarda monologik nutq tarzida 5-6 yoshdan boshlab, o‘rgatilib borilishi juda ko‘plab ilmiy adabiyotlarda ta’kidlangan.
Bunda, boshlang’ich ta’lim sohasida o‘zining qarashlari bilan alohida ahamiyatga ega bo‘lgan Q.Shodiyevaning o‘qishga o‘rgatishda gap ustida ishlash yuzasidan bildirgan fikrlarini, shu bilan birga F.R.Qodirova, M.R.Qodirova va boshqalarni nutq o‘stirishda badiiy adabiyot ustida ishlash va hikoya qilishga o’rgatish haqidagi qarashlarini, S.Jumaboyevning bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirsh sohasidagi izlanishlarini, boshlang’ich ta’lim sohasida Abdullayeva K., G’apparova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G., Matshonov S., Safarova R., Qosimova K., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.2 kabilarni alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda o’quvchilarning maktabda bog’lanishli nutqini o’stirishning yangi jarayonlarini dars mashg‘ulotlari asosida ishlab chiqishga harakat qildik.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi –Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan, amalda hayotga tadbiq etish tadqiqotimizning maqsadi hisoblanib, boshlang’ich ta’limda bolalarni o‘qishga o‘rgatish dars mashg‘ulotlarini o‘tish bilan birga bog’lanishli nutqini o’stirish ustida ishlashning yangidan-yangi usullarini ishlab chiqish ham asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari-Boshlang’ich sinfda o’qitish o’quvchilar nutq madaniyatini o’stirishga keng imkoniyat yaratadi. Barcha sinf mashg’ulotlarda, shu jumladan ona tili darslarida ham, tilni amaliy jihatdan o’zlashtirib borish, to’g’ri talaffuz qitish usullarini o’rganib chiqish.

Download 133.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling